Geografiya ta’limida o’yinlardan foydalanish reja


Download 133 Kb.
bet1/7
Sana05.04.2023
Hajmi133 Kb.
#1275304
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O’YINLARDAN FOYDALANISH


GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O’YINLARDAN FOYDALANISH
Reja:

1. Didaktik texnologiyalarni dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati


2. Interfaol darslar va ularni o‘tkazish usullari


3. Geografiya darslarida geografik o‘yinlar texnologiyasini qo‘llanishi


4. Rolli o‘yinni o‘tkazish metodikasi



1. Didaktik texnologiyalarning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati

Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim tizimi hodimlaridan ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishini talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa o‘qituvchilar zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi.


Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘quvchilarni Vatanimizni sevadigan, o‘z bilimi va iste’dodiga suyanadigan hamdamustaqil ravishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda bilim oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. Mazkur vazifalar samarali darslar orqali amalga oshiriladi.

O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish deganda, o‘quvchilarda yuqori darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy normalarga mos xulqning paydo bo‘lishi tushuniladi.


Geografiyani o‘qitishda maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirishi o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan pedagogak texnologiyalarga bog‘liq bo‘ladi.


Didaktikada ishlab chiqilgan har qanday texnologiya o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Quyidagi texnologiyalarda mazkur masala asosiy g‘oyani egallaydi:



  1. Didaktik o‘yin texnologiyalari.

  2. Muammoli ta’lim texnologiyalari.

  3. Modulli ta’lim texnologiyalari.

  4. Hamkorliqla o‘qitish texnologiyasi.

  5. Loyihalash texnologiyasi.




Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling