Glossariy “avesto”


Download 32.78 Kb.
bet1/8
Sana02.01.2022
Hajmi32.78 Kb.
#187367
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu glossariy


GLOSSARIY

AVESTO” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Bu kitob mustaqillik sharofati bilan hozirgi o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilinib nashr etildi. Bir paytlar bu kitob muqaddas “mazdayasna” diniga asos bo‘lgan bo‘lsa, bugun yirik adabiy yodgorlik sifatida qaraladi. “Avesto” matnlari shakllangan, yig‘ilgan va qayta yig‘ilgan davrlar asotir tafakkur davri bo‘lgani sababli bu kitobda bayon etilgan ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik boshqa yurtlarga tarqalib, turli siyosiy, g‘oyaviy ta’sirlar ostida ko‘p joylarida mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi. Masalan, Zardusht gohlarida tilga olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, qadim avesto tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu) - “tafakkur olami”, Ashah Vahishta (Ardabehesht) – “go‘zal haqiqat”, “mukammal nizom”, Vuhuvmana (Bahman)– “ezgu niyat”, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz) - “komil aql”, Zashra Vayrayah (SHahriyor)– “umid dunyosi”, Amirmitota (Amurdod) – “umrboqiylik”, “abadiyat”, Xavravatot (Xo‘rdod) – “komillik”, “to‘g‘rilik” ma’nolarini anglatib kelgan. Keyinchalik kohinlar talqinida bularning har biri ilohiy xilqat sifatida tasavvur qilinib, ularga sig‘inish qoidaga aylangan, ya’ni Zardusht da’vatidagi yagona Parvardigor - Axura Mazda(ilohiy bilim egasi, ma’nosida)ga e’tiqod qilish o‘rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar, ya’ni sig‘inish ob’ektlariga aylantirish holati yuz bergan.



AYSESKO (ISESCO) - Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti 1979 yilda ta’sis etilgan. Ayni vaqtda 54 ta davlat uning a’zosi, yana 3 ta mamlakat kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Tashkilotning qarorgohi Rabotda (Marokash) joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya Ta’lim, faan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (AYSESKO) bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi sifatida tasdiqladi. Hujjat 13.10.2017 yilda kuchga kirdi.

ASOTIR (MIF) – ibtidoiy inson ongida Borliq haqiqatining xayoliy timsollar vositasida ifodalanishi. Hozirgi zamon odami asotirni afsona sifatida tushunadi, ammo qadimgi dunyo odamlari asotirning Borliq haqiqatini ifodalashiga shubha qilmaganlar. Masalan, qadimgi yunonlar Zevs, Apollon, Afrodita kabi turli sanamlarni Olimp tog‘ida abadiy yashaydi deb tasavvur qilganlar va ular sharafiga ibodatxonalar qurib, qurbonliklar keltirganlar. Asotir va badiiy asarning umumiy tomoni Borliq haqiqatini timsollar vositasida anglash va anglatishga urinish bo‘lib, ularning o‘zaro farq qiluvchi tomoni - asotirni o‘z davrining odami haqiqat deb qabul qilgan, san’at asarini esa insonlar mutlaq haqiqat deb o‘ylamaydi, balki ibrat maktabi sifatida tushunadi.

ASOTIR TAFAKKUR - Borliq mohiyatini idrok etishga dastlabki urinish bo‘lib, ibtidoiy jamoa, qisman qadimgi dunyo va o‘rta asrlar odamining fikrlash tarziga xosdir. Bu davrlarda aksariyat insonlar g‘ayb olamiga oid narsa-hodisalar va mavhum tushunchalarni moddiy voqelik ashyolaridan ajratib tasavvur qila olmaydilar, mushriklikning kelib chiqish sababi ham shunda.

BADIIY ADABIYOT – san’atning bir turi, inson ruhini Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashtirishga intiluvchi asosiy vositalardan bo‘lib, milliy ma’naviyatmiz an’analarida ibrat maktabi, mehr parvarishidir. Mumtoz adabiyot o‘z mohiyatiga ko‘ra Borliq haqiqatining botiniy sirlarini zohiriy timsollar vositasida majoziy ifodalash qudratiga ega.


Download 32.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling