Guruh talabasi ahmadova durdonaxon
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
3 FALSAFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa chiqarish
621-22 GURUH TALABASI AHMADOVA DURDONAXON. 3-JORIY NAZORAT TOPSHIRIG’I. 11-MAVZU: MULOHAZA HULOSA CHIQARISH. 1. Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish, predmet va hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga, ularning ichki zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Hukmlar orqali narsalar va hodisalar haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar aniq, tekshirilgan bilimlarni ifodalsa, ba’zilarda esa xususiyatning predmetga xosligi ehtimol qilinadi, demak noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar predmet va hodisalarning hamma tomoni haqida fikrni ifodalaydi. Ular nisbatan tugallangan fikrdir. Hukmlar predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. SHuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan fikrlar chin bo‘ladi, aks holda xato bo‘ladi. Hukmlarni ifodalash uchun til vositalari talab qilinadi. Hukmlar gaplar orqali ifodalanadi. Ular mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gaplar grammatik kategoriyadir. Mantiqning vazifasi hukmlarni turli tomondan o‘rganishdir. Hukmlar predmet va hodisalarga ma’lum bir xususiyatning xosligi yoki xos emasligini ifodalaydigan tafakkur shaklidir. Hukmlarni o‘rganishni ularning tuzilishini o‘rganishdan boshlaymiz. O‘rganish qulay bo‘lishi uchun dastlab ularni oddiy va murakkab turlarga bo‘lib olamiz. Bunda biz hukm atamalarining miqdoriga, soniga e’tibor beramiz. Hukmning sub’ekt va predikati uning atamalari deb ataladi. Agar hukm terminlari bittadan bo‘lsa oddiy hukm, birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deyiladi. Sub’ekt (S) fikr qilinadigan predmet va hodisani bildiradi. Predikat (R) esa predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Ya’ni predmet haqidagi yangi bilimni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi. Hukmlarning turlari. Predikatning mazmuniga qarab hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni qat’iy hukmlar ham deb yuritamiz. Masalan, «mustaqillik davr talabidir». Mavjudlik hukmlarida predikat biror predmet va hodisaning mavjud yoki mavjud emasligini bildiradi. Masalan, «TMI da Soliq fakulteti bor». Munosabat hukmlarida predmetning biror jihatdan munosabati ko‘rsatiladi. Masalan, «Matematik mantiq klassik mantiqqa qaraganda yoshroqdir». Sub’ektning miqdoriga qarab hukm turlari quyidagilardir: umumiy, juz’iy, yakka hukmlar. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetning soni, nechtaligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Oddiy hukmlarda diqqatimiz bir turkum predmetlarning hammasiga, bir qismiga yoki bir donasiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar O‘zbek tilida chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir». Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor hukmlar. Mantiqiy bog‘lama hukmning sifatini belgilaydi. Tasdiq hukmlarda xususiyatning predmetga xosligi, inkor hukmlarda aksincha , xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «O‘zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdoridir», «O‘zbekiston fuqarolari qurollanish tarafdori emas». Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. Bunda hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning asosiy turlari quyidagilardir: 1) Umumiy tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi , «hamma S R dir» formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega». 2) Juz’iy tasdiq hukmlar J harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar». 3) YAkka tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «bu S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu talaba iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir». 4) Umumiy inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «hech bir S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz yaratilmaydi». 5) Juz’iy inkor hukmlar. O harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan». 6) YAkka inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «bu S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi kursda o‘qimaydi». Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, ehtimollik va zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda fikrni ifodalash shaklini tushinish kerak. Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi. Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan, ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi». Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Yuqorida ko‘rsatilgandek, oddiy hukmlar sub’ekt va predikatdan iborat bo‘ladi. Ular hajmi jihatdan xarakterlanadi. Hukm terminlari ikki xil hajmda bo‘lishi mumkin: to‘la hajmda olingan va to‘la hajmda olinmagan. Agar hukm termini bir turkum predmetlarning hammasini ifodalagan bo‘lsa, to‘la hajmda olingan bo‘ladi, aks holda to‘la hajmda olinmagan bo‘ladi. Umumiy tasdiq hukmlarda sub’ekti to‘la hajmda olingan, predikat bir xil hukmlarda to‘la olingan, boshqalarida to‘la hajmida olinmagan bo‘ladi. Masalan, «Hamma talabalar O‘zbekiston tarixini o‘rganadilar». Bunda talabalarning hammasi fikr qilingani uchun sub’ekt to‘la hajmda olingan, O‘zbekiston tarixini o‘rganuvchilar esa faqat talabalar emas, ular bilan birga yana boshqalar ham bor, shuning uchun predikat to‘la hajmda olinmagan. «Hamma oddiy hukmlar ikkita termindan iborat» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la olingan, predikat ham to‘la, chunki ikkita termindan iborat faqat oddiy hukmlarning o‘zlaridir. Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti to‘la olinmagan predikati bir xil hukmlarda to‘la, boshqalarida to‘la olinmagan bo‘ladi. Masalan, J «Ba’zi spektakllar zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan», bunda sub’ekt ham, predikat ham to‘la hajmda olinmagan. J «Ba’zi odamlar ikkita chet tilini biladi» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la emas, predikat to‘la olingan, chunki chet tilini biladiganlar hammasi odamlardir. YAkka tasdiq hukmlarning sub’ekti va predikati to‘la hajmda olingan bo‘ladi. YAkka hukm sub’ektida bir predmet bir individ sifatida olingani uchun umumiy hukm singari sub’ekti to‘la bo‘ladi. Predikati umumiy hukmning birinchi xili singari to‘la olingan bo‘ladi. Masalan, E «hech bir jism tinch turmaydi». Juz’iy inkor hukmlarda sub’ekt to‘la olinmagan. Masalan, O «Ba’zi talabalar kutubxonalarga a’zo emas». YAkka inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘la hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Bu odam oliy ma’lumotli emas» hukmlarda terminlar hajmini yaxshiroq tushunish uchun doiralardan foydalanamiz. Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab hukmlarni turlarga, ajiratganda ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab murakkab hukmlarning quyidkgi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlar. Birlashtiruvchi hukmlarda sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq bo‘ladi. Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga mos keluvchi boshqa bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ». Ayiruvchi hukmlar tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha predikatlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki siyosiy iqtisod, yoki filosofiya bo‘limida o‘qiydi». SHartli hukmlar tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ikki bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. SHartli hukmning sabab va oqibatini ifodalaydigan qismlarida sub’ekt va predikat alohida-alohida bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u kengayadi». Birlashtiruvchi hukmlar kon’yuktiv, ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv, shartli hukmlar implikativ hukmlar deb ham ataladi. Ayiruvchi hukmlar «S yoki R, yoki R1, yoki R2 dir» formulasi, shartli hukmlar «Agar S R bo‘lsa, S1 Pt dir» formulasi orqali beriladi. 2 . Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum Download 5.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling