Himoyaga ruxsat beriladi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana30.04.2020
Hajmi1.45 Mb.
#102454
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning orni va bu masalani oqitish uslubiyoti


1

 

 



O`zbekiston Respublikasi 

Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi 

Buxoro Davlat universiteti 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti 

Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi 

 

Himoyaga ruxsat beriladi 

Fakultet dekani 

_______________

 

i.f.n.  A.T.JO‘RAEV 



«_____»_________________________ 

2014-yil 



Himoyaga ruxsat etildi  

Kafedra mudiri 

_______________

 

i.f.n. dos. H.R.HAMROEV 



«_____»_______________________ 

2014-yil 



 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

Mavzu: ―Mamlakatimiz  iqtisodiyotini  rivojlantirishda  xorijiy 

investitsiyalarning  o‘rni va bu masalani o‘qitish uslubiyoti‖. 



Bajardi: 

5140900 – ―Kasbiy ta`lim‖ (ijtimoiy–iqtisodiy soha) yo`nalishi  

3-1IQK-10 guruhi  talabasi Sharopov Farhod Olimjon o’g’li. 

 

Ilmiy rahbar: 

                                                   M.SH. Boltayeva  

Himoya sanasi:   

 

 

 

 

 

D.A.K.ning bahosi 

 

«____»___________2014yil   

 

                    ___________________ 

D.A.K.ning xulosasi 

 

Buxoro-2014. 


2

 

 



O`zbekiston Respublikasi 

Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi 

Buxoro Davlat universiteti 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti 

Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi 

Mutaxasislik:    5140900 – ―Kasbiy ta`lim‖ (ijtimoiy–iqtisodiy soha) 

 

“Tasdiqlayman” 

Kafedra mudiri_____________ 

«____»____________2013 й. 

SHAROPOV FARHOD OLIMJON O’G’LI 

T O P SH I R I Q 

Bitiruv malakaviy ishimavzusi: ―Mamlakatimiz  iqtisodiyotini  rivojlantirishda  

xorijiy investitsiyalarning  o‘rni va bu masalani o‘qitish uslubiyoti‖ 

1.Universitet bo`yicha buyruq bilan tasdiqlangan____________________________ 

2.Tugatilgan ishning talaba tomonidan topshirish muddati_____________________ 

3.Tushuntirish xatining tarkibi___________________________________________ 

Bitiruv malakaviy ishiga tegishli savollar ro`yxati: 

4.Grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko`rsatkichi bilan) 

 

5.Ilmiy maslahatchilar:                D.X. Xodjayeva,   H.R. Hamroyev                       



6.Ilmiy rahbar:                             M.SH. Boltayeva 

7.Vazifani topshirish sanasi_____________________________________________ 

8. Vazifa ijroga qabul qilindi____________________________________________ 

Talaba imzosi________________________________________________________ 

Kafedra mudiri imzosi_________________________________________________ 

Eslatma: Bu vazifa tugallangan ishga ilova  

 


3

 

 



MUNDARIJA: 

 

Kirish………………………………………………………………………….……4 



I bob:

  Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari. 

1.1  Xorijiy  investitsiyalarning  mohiyati,  turlari    va  investitsiyalashga  ta‘sir 

etuvchi omillar……………………………………………………………….….….8 

1.2   Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish 

sabablari………………………………………………………………...…………20 

1.3   O‘zbekiston Respublikasining investistion muhiti…………….…...…24 

II-bob:


  O‘zbekiston  iqtisodiyotini  rivojlantirishda  xorijiy  investitsiyalarning 

ahamiyati va uning hozirgi holatining tahlili.  

2.1    O‘zbekiston  Respublikasi  makroiqtisodiy  investitsion  faoliyati 

tahlili………………………………………………………………………………33 

2.2  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  moliya  institutlari  va  rivojlanish 

tashkilotlari bilan hamkorligi……………………………………………...………46 

III  bob:

   


―  Mamlakatimiz        iqtisodiyotini        rivojlantirishda        xorijiy 

investitsiyalarning    o‘rni‖    mavzusini  o‘qitishning  texnologik  modelini  

yaratish.....................................................................................................................51 

Xulosa va takliflar..………………………………………………………...……...68 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………..71 

 

 



 

 


4

 

 



KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi:

 

O`zbekiston  va  jahon  iqtisodiyotining  kelgusi 



taraqqiyoti,  asosan,  investitsiyalarga  bog‘liqligini  bugungi  kunda  deyarli  har  bir 

mutaxassis va xo`jalik yurituvchi sub`ekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi 

kunda 

respublikamiz 



iqtisodiyotiga 

investitsiyalarni, 

xususan, 

xorijiy 


investitsiyalarini  kengroq  jalb  etish  ularning  mamlakatimizda  o`tkazilayotgan 

iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi 

bilan  bog‘liqligini  tushunib  olish  qiyin  emas.  Mamlakatni  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 

siyosiy  rivojlanishida  investitsiyalarining  jumladan,  xorijiy  investitsiyalarning 

ahamiyati  kattadir.  Ma`lumki,  har  qanday  davlat  dunyodan  ajralgan  holda,  jahon 

tajribalarini  o`rganmasdan,  dunyoning  yetakchi  davlatlari  ilm,  fan  va  texnika 

sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.  

Bu  borada  so`z  ketganda  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  quyidagi  fikrlarini 

ta`kidlashimiz lozim: "Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika 

va  texnologiyalar  bilan  jihozlangan  yangi  korxonalarni  barpo  etish  va 

rekonstruktsiya  qilish  uchun  xorijiy  sarmoyalarni  jalb  qilish,  .......  nechog‘lik  katta 

hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  ekanini  kimgadir  isbot  qilib  berishga  hojat  yo`q.  Bu 

avvalombor,  aholi  bandligi,  uning  ish  haqi  va  daromadlarini  oshirish,  bu  oxir  - 

oqibatda  respublikamiz  hududlari, shahar va  tumanlarimizdagi eng  muhim  ijtimoiy 

muammolarni yechish demakdir".  

Investitsiyalar -

 

 qayta ishlab chiqarishdan ortgan va endilikda uni kengaytirish, 



qo‘shimcha  daromod  olishga  yo‘naltirilgan  mablag‘‘lar  (investitsiyalar) 

iqtisodiyotning  hajm  jihatdan  o‘sishini,  ya‘ni,    yangi  korxonalarning  qurilishi, 

asbob-uskunalar  keltirilishi,  yangi  ish  o‘rinlarining    yaratilishi  ta‘minlaydi.  Bu 

masalaning  bir  tomoni,  ikkinchi  tomondan,  investitsiyalar  faqatgina  iqtisodiyotdan 

tashqari  so‘gliqni  saqlash,  ta‘lim,  infratuzilmani  yaxshilash  (m.s  qishloqlarda 

turmush  tarzini  oshirish),  ichimlik  suvi  va  atrof  muhitni  muhofazalash  kabi 

muammolarning ham yechuvchisi sanaladi.  

    1.

   


I.  Karimovning  “Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O„zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo„llari  va 

choralari” O'zbekiston nashriyoti, 2009 yil 



5

 

 



Shunday ekan bu masalani o‘rganish, tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.  

Bitiruv  -  malakaviy  ishning  maqsadi:  Mamlakatimizning  investitsion 

faoliyati  va  iqtisodiyotimizni  rivojlantirishda  xorijiy  investitsiyalarning  tutgan 

o‘rnini tahlil qilish, ushbu mavzuni  o‘qitish uslubiyotini yaratish. 

Bitiruv-  malakaviy  ishning  vazifasi:  Qo‘yilgan  maqsadga  erishish  quyidagi 

vazifalarning yechimi bilan bog‘liq: 

- Milliy  iqtisodiyotda  chet  el  kapitalining  ahamiyati  va  uni  jalb  qilish 

sabablarini o‘rganish; 

- Mamlakatimizda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish; 

- Respublikamiz  makroiqtisodiy  investitsion  faoliyati  statistik  ko‘rsatkichlari 

bilan tanishish va ularni tahlil qilish; 

- Mamlakatimizning xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan 

hamkorligi va istiqboldagi rejalarini o‘rganib chiqib, tahlil qilish. 

Bitiruv-  malakaviy  ishning  ob’ekti:  Bitiruv  malakaviy  ishining  ob`ekti  etib  

"Mamlakatimiz  iqtisodiyotini  rivojlantirishda  xorijiy investitsiyalarning  o‘rni‖ va 

bu masalani o‘qitish uslubiyoti olindi. 

 Bitiruv malakaviy ishining predmeti:  Investitsion faoliyatga kirishish va uni 

amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  nazariy  va  uslubiy  asoslari:  O`zbekiston 

Respublikasi  qonunlari,  Prezident  Farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari, 

I.A.Karimov  asarlari,  vatanimiz  va  xorijiy  olimlarning  ilmiy  ishlari  va 

maqolalari.Mazkur  ilmiy  tadqiqotlar  ushbu  muammolar  bo`yicha  Davlat  Statistika 

Qo`mitasining statistika ma`lumotlaridan foydalanildi. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  uchta  bob,  xulosa,  foydanilgan  adabiyotlar 

ro‘yxatidan va ilovalardan iborat. 



Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning predmeti, ob‘ekti hamda bitiruv 

malakaviy ishning maqsadi va vazifalari yoritilgan.   



Birinchi  bobda  xorijiy  investitsiyalarning  mohiyati  va  jalb  qilish  sabablari, 

shuningdek,  respublikamizda  yaratilgan  investitsion  muhit  haqida  ma‘lumot 

berilgan.  


6

 

 



Ikkinchi 

bob 

O‘zbekiston 

iqtisodiyotini 

rivojlantirishda 

xorijiy 

investitsiyalarning  ahamiyati  va  uning  hozirgi  holatining  tahliliga  bag‘ishlangan 

bo‘lib,  unda  mamlakatimining  makroiqtisodiy  investitsion  faoliyati  tahlili, 

shuningdek,  xalqaro  moliya  institutlari  va  rivojlanish  tashkilotlari  bilan  hamkorligi 

bayon etilgan. 

Uchinchi  bob  ―Mamlakatimiz    iqtisodiyotini    rivojlantirishda    xorijiy 

investitsiyalarning  o‘rni‖  mavzusini o‘qitishning texnologik modelini  yaratish deb 

nomlanib,  unda  ushbu  mavzu  bo‘yicha  ma‘ruza  o‘qish  texnologiyasi  va  amaliy 

mashg‘ulotlarni tashkil etishning  texnologik modeli  keltirilgan.  



Xulosa  va  takliflar  qismida  ishga  yakuniy,  umumlashtiruvchi  xulosalar 

berilib, tegishli takliflar kiritilgan.  

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

7

 

 



 

 

 



 

I BOB: XORIJIY 

INVESTITSIYALARNING 

MOHIYATI VA JALB QILISH 

SABABLARI. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

8

 

 



1.1  Xorijiy investitsiyalarning mohiyati, turlari  va 

investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillar. 

 

«Investitsiya»  atamasi  lotin  tilidagi    «invest»  so`zidan  kelib  chiqqan  bo`lib 

«qo`yish», «mablag‘`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng 

ma`noda  investitsiya  mablag‘`ni  ko`paytirib  va  qaytarib  olish  maqsadida  kapitalni 

safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va 

boshqa  faoliyat  ob`ektlariga  kiritiladigan  moddiy  va  nomoddiy  ne`matlar  hamda 

ularga doir  huquqlar tarzida  ta`riflanadi. Investitsiya  deganda  barcha  turdagi  milliy 

va  intelektual  boyliklar  tushunilib,  ular  tadbirkorlik  faoliyati  ob`ektlariga 

yo`naltirilib  daromad  keltirishi  yoki  biror-bir  ijobiy  samaraga  erishishi  zarur. 

Investitsiya  kiritishdan  asosiy  maqsad  daromad  olish  va  ijobiy  -  ijtimoiy  samaraga 

erishishdir. 

O`zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan 

boshlab qabul qilindi va o`tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. Investitsiya 

to`g`risida  O`zbekiston  Respublikasida  qabul  qilingan  qonunda  ko`rsatilishicha, 

investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad)  olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga 

erishish  uchun  sarflanadigan  pul  mablag‘`lari,  banklarga  qo`yilgan  omonatlar, 

paylar,  qimmatli  qog`ozlar  (aktsiya,  obligatsiyalar),  texnologiyalar,  mashinalar 

asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir. 

Bu iqtisodiy ta`rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to`laligicha faoliyat 

ko`rsatishini  aniq  tasdiqlaydi.  Jumladan,  unda,  birinchidan,      investitsiyaning   

o`ziga   va   investitsiya   faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan; ikkinchidan, 

investitsiyaning  bevosita    iqtisodiy  va  ijtimoiy  samara  olishga  muqarrar  bog`liqligi 

ta`kidlab o`tilgan. 

Xorijiy  mamlakatlarning  tajribasi  va  investitsiya  to`g`risida  o`zimizda  qabul 

qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta 

turini ajratish mumkin: 

 

 

 



9

 

 



1-chizma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  shar  bir  investitsiya  turining  o`ziga  xos  o`rni 

bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul 

birliklari,  banklardagi  omonatlar,  depozit  sertifikatlar,  aktsiyalar,  obligatsiyalar, 

veksel‘‘lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, 

inshootlar,  kommunikatsiyalar  va  boshqa  turdagi  asosiy  ishlab  chiqarish 

fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. 

Aqliy  (intellektual)    investitsiyalar  miqdori  juda  rang-barangdir,  ya`ni  ular 

mulkiy  shuquqlar  shaklidagi  investitsiyalar  aqliy  meshnatga  oid  shakldagi 

investitsiyalar    va  tabiiy    resurslardan  foydalanish  shaklidagi  investitsiyalardan 

iborat.  Mulkiy  huquqlar  guruhiga  kiradigan  investitsiyalarning  xillari  bozor 

munosabatlarining  nechog`lik  rivojlanganligiga,  milliy  bozorlarning  o`ziga  xos 

tomonlariga  qarab  har  xil  bo`ladi.  Aqliy    mehnatga  oid  haq-huquqlar  shaklidagi 

investitsiyalar  tarkibiga  mualliflik  huquqlari,  ―nou-xau‖,  kashfiyotlar,  tovar 

belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. 

 

Investitsiya 



turlari 

 

 



 

aqliy 


(intellektual)

 

 



moddiy

 

 



moliyaviy

 


10

 

 



Investitsiyalar  xususiy  sektor  va  davlat  tomonidan  mamlakat  ichkarisida  va 

uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, 

obligatsiyalar) 

qo`yilishi 

mumkin. 

Investitsiyalar 

yalpi 

va 


sof 

investitsiyalargaajratiladi.  Yalpi  investitsiyalar  –  bu  ishlab  chiqarish  vositalarining 

iste`mol qilingan qismini qoplash hamda ularni qo`shimcha o`sishi maqsadida ishlab 

chiqarish jamg`armalari va aholi mablag‘`lari qo`yilmalaridir. Boshqacha so`z bilan 

aytganda,  yalpi  investitsiyalar  o`z  ichiga  amortizatsiya  va  sof  investitsiyalarni 

qo`shadi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya 

ajratiladi. 

Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning 

ahvoli  qanday  ekanligini,  ya`ni  yuksalish,  yo  turg`unlik  yoki  pasayish  davrini 

boshidan  kechirayotganligini  aniqlash  mumkin.  Agarda,  yalpi  investitsiyalar 

amortizatsiyadan  ortiq,  ya`ni  sof  investitsiya  yuqori  bo`lsa,  iqtisodiyot  yuksalishda 

bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi. 

Yalpi  investitsiya  va  amortizatsiya  bir-biriga  teng  bo`lgan  chog`da  iqtisodiyot 

turg`unlik holatida bo`ladiBu vaziyatda sof investitsiyalar nolga barobar va iqtisod 

shu  yilda  qancha  kapital  iste`mol  qilgan  bo`lsa,  uni  qoplash  uchun  shuncha  ishlab 

chiqaradi.Ishchan  faollik  pasayib  borayotgan  iqtisodiyotuchun  (asegnatsiya  holati) 

yalpi  investitsiyalar  amortizatsiyadan  kam  bo`lgan  holdagi  vaziyat  xosdir,  ya`ni 

iqtisodiyotda  yil  davomida  kapital  ishlab  chiqarilganiga  nisbatan  ko`proq  iste`mol 

qilinadi.  Bunday  holatda  sof  investitsiyalar  ishorasi  manfiy  bo`lib,  uning  mutlaq 

qisqarishini  bildiradi.  Natijada,  yil  oxirida  kapital  hajmi  yil  boshidagiga  qaraganda 

kam bo`ladi.    

Xorijiy  investitsiyalar  -  bu  chet  el  investorlari  tomonidan  yuqori  darajada  

daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, 

tadbirkorlik  va  boshqa  faoliyatlariga  safarbar  etadigan  barcha  mulkiy,  moliyaviy, 

intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda 

tashqi  moliyalashtirish  manbaiga  kiradi.  Xorijiy  investitsiyalarning  ichki 

investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo‘ladi. 

Iqtisodiy  mazmuniga  ko`ra  xorijiy  investitsiyalar  ssuda  kapitali  (ya`ni  qarz  va 



11

 

 



kredit), xamda bevosita va portfel‘ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga 

yo‘naltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi. 



2-chizma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Kapital  investitsiya  jumlasiga  asosiy  fondlarni  vujudga  keltiruvchi  va  takror 

ishlab  chiqarishga,  shuningdek,  ishlab  chiqarishning  boshqa  shakllarini  ishlab 

chiqarishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga 

texnika  va  texnologiyalarning  yangi  avlodini  ishlab  chiqish  va  o`zlashtirishga 

qo`shiladigan  investitsiyalar  kiradi.  Ijtimoiy  investitsiyalar  jumlasiga  inson 

salohiyatini,  malakasi  va  ishlab  chiqarish  tajribasini  oshirishga,  shuningdek, 

nomoddiy 

ne`matlarning  boshqa  shakllarini  rivojlantirishga  qo`shiladigan 

investitsiyalar kiradi. 

Xorijiy  investitsiyalar  ko`lamiga  qarab  xalqaro  doiradagi,  ya`ni  xalqaro 

investitsiyalar  ko`rinishiga  ham  ega  bo`ladi.  Xalqaro  investitsiyalar  –  jahon 

mamlakatlari o`rtasida xarakatda bo`lgan investitsiyalardir. 

Investitsiyalarni  xorijga  chiqarish,  ularning  mamlakatlar  o`rtasidagi  faol 

harakati  zamonaviy  jahon  xo`jaligi  va  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  ajralib 

turuvchi  xususiyatlariga  aylandi.  Investitsiyalarni  chetga  chiqarish  jahon 

Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud:

 

KAPITAL



 

INNOVATSIYA

 

IJTIMOIY


 

asosiy fondlarni 

vujudga 

keltiruvchi va 

takror ishlab 

chiqarishga, 

shuningdek, ishlab 

chiqarishning 

boshqa shakllarini 

ishlab chiqarishga 

qo`shiladigan 

investitsiyalar

 

inson salohiyatini, 



malakasi va ishlab 

chiqarish 

tajribasini 

oshirishga, 

shuningdek, 

nomoddiy 

ne`matlarning 

boshqa shakllarini 

rivojlantirishga 

qo`shiladigan 

investitsiyalar

 

texnika va 



texnologiyalarning yangi 

avlodini ishlab chiqish 

va o`zlashtirishga 

qo`shiladigan 

investitsiyalar

 


12

 

 



xo`jaligidagi  tovarlarni  chetga  chiqarish  monopoliyasini  tugatdi.  Hozirgi  vaktda 

xalqaro  investitsiyalarning  o`rtacha  yillik  o`sish  sur`ati  30%dan  oshadi.  Bu 

ko`rsatkich  jahon  savdosi  o‘sishi  sur`atlaridan  deyarli 5  marotaba  ortiqdir. Xalqaro 

investitsiyalar  o`zida  moddiy  boylik  barpo  etish  uchun  zarur  bo`lgan  ishlab 

chiqarish,  pul  va  tovar  shakllarida  jamgarilgan  zaxiralarni  mujassamlashtiradi. 

Ushbu  investitsiyalar  doimiy  ravishda  mamlakat  ichida  bir  tarmoqdan  boshqasiga, 

hamda davlatlararo harakatda bo`ladi. 

Investitsiyalar  turli  shakllarda  amalga  oshiriladi  va  ularni  tahlil  qilish, 

rejalashtirish  uchun  alohida  xususiyatlaridan  kelib  chikkan  holda  guruhlashtiriladi. 

Quyilish ob`ektiga  qarab  investitsiyalar  real va  moliyaviy  shakllarga ajratiladi.Real 

investitsiyalar  (kapital  qo‘yilmalar)  –  pul  mablag‘`larini  korxonaning  moddiy  va 

nomoddiy  aktivlariga  sarflanishidan  iborat.  Moddiy  investitsiyalar  asosiy 

kapitalning  elementlarini  sotib  olish  bilan  bog`liq  bo`lib,  ko‘pchilik  hollarda 

investitsion  loyixalar  doirasida  amalga  oshiriladi.  SHuning  uchun  shaxsiy 

mablag‘`lar bilan birga qarzga olingan mablag‘`lar xam foydalanilishi mumkin. 

Nomoddiy  investitsiyalar  nomoddiy  boyliklar  yaratilayotganda  amalga 

oshirilib,  kadrlarni  tayyorlash  va  kayta  tayyorlashga,  ilmiy-tadkikot  va  tajriba-

konstruktorlik  ishlarini  amalga  oshirish,  yangi  mahsulotlarning  namunalarini 

yaratishga  sarflarni  mujassamlashtiradi.Fan-texnika  taraqqiyotini  tezlashuvi  bilan 

intellektual  salohiyat  ishlab  chiqarishni  eng  kuchli  omiliga  aylandi,  uning  jiddiy 

unsuri  bo`lib  qoldi. XX  asr  boshlarida  fan  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirish 

uchun  sarflanadigan  qo‘yilmalar  oshib  bordi.  SHuning  uchun  ham  jahonda  real 

investitsiyalar  tarkibida  ilmiy  izlanishlar,  fan,  ta`lim,  kadrlar  tayyorlash  uchun 

sarflanadigan  harajatlar  o`sib  bordi.  Masalan,  AQSH,  Yaponiya  va  boshqa 

rivojlangan mamlakatlarda fan va ilmiy izlanishga sarflanadigan qo`yilmalar o`sish 

sur`atlari asosiy fondlarga sarflanadigan investitsiyalardan ustundir. Jahon bozoriga 

kirib  borish,  keng  ko`lamda  marketingni  rivojlantirish,  batafsil  axborotga  ega 

bo`lish,  yuqori  darajadagi  komp‘yuter  tizimlarini  tashkil  etishni,  yuqori  malakali, 

raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlash  va  mazkur  sohada  dunyodagi  rivojlangan 

davlatlar  darajasiga  erishishni  talab  etadi.  Shuning  uchun  xam  jadal  sur`atlar  bilan 



13

 

 



rivojlanish  real  investitsiyalar  tarkibida  fan,  texnika,  ta`lim,  kadrlarni  kayta 

tayyorlash uchun sarflanadigan real investitsiyalar asosiy o`rinlardan birini egallashi 

zarur. 

Asosiy fondlarga sarflangan real investitsiyalar maqsadi sarflanish yo`nalishlari 



va boshqa ko`rsatkichlarga ko`ra hududlararo, tarmoqlararo, texnologik, qayta ishlab 

chiqarish  tarkiblariga  ega.  Asosiy  fondlarga  sarflangan  investitsiyalarni,  ularning 

aktiv  (mashinalar,  asbob-uskunalar)  va  passiv  (bino,  inshootlar)  qismlarini  tashkil 

etish  uchun  sarflangan  umumiy  harakat  yig`indisidagi  ulushi  investitsiyalarning 

texnologik  tarkibini  tashkil  etadi.  Qayta  ishlab  chiqarish  tarkibi  investitsiyalarning 

kanday  maqsadlarga  yo`naltirilganligi;  yangi  qurilishga,  ishlab  turgan  korxonalarni 

kengaytirishga, rekonstruktsiyaga va yangi texnika bilan qayta kurollantirishga jalb 

qilingan  harajatlarni  umumiy  harajatlardagi  har  birining  nisbiy  jihatdan  ulushini 

ko`rsatadi.  Investitsiyalarning  hududlararo  va  tarmoqlararo  tarkibi  esa  ularning 

nisbiy  jihatdan  hududlar  va  tarmoqlar  bo`yicha  taqsimotini  bildiradi.Rivojlangan 

mamlakatlarda  real  investitsiyalarning  asosiy  qismini shaxsiy  investitsiyalar  tashkil 

etadi.  Davlat  sektorida  real  investitsiyalar  sarfi  muhim  ahamiyatga  ega.  Iqtisodiy 

muvofiqlashtirish  siyosati  asosida  kreditlar,  subsidiyalar  ajratiladi,  davlat  kapital 

qo‘yilmalari  muvozanatlashtiriladi  va  real  investitsiyalar  o`zlashtiriladi.Davlat 

tomonidan  o`zlashtiriladigan  investitsiyalar  dastlabki  bozor  infratuzilishini  va  u 

bilan  bog`liq  bo`lgan  tarmoqlarni  rivojlantirishga  sarflanadi.  Investitsiyalarni 

samaradorligini  oshirish  asosiy  kapitalni  aktiv  elementlarini  vujudga  keltirish  va 

o`stirish  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Investitsiyalar  yo‘naltirilaetgan  sohalar  va 

ularni  ishlatishdan  olinadigan  natijalarga  kura  real  va  moliyaviy  investitsiyalarga 

bulinadi.  Real  investitsiyalar  deb    real  kapitalning  o‘sishiga  olib  keladigan,  ya`ni 

ishlab  chiqarish  mablag‘lari,  material  boyliklarning    o‘sishini  ta`minlash  uchun 

qo‘yilgan  qo‘yilmalarga  aytiladi.  Moliyaviy  investitsiya  deb  aktsiyalar, 

obligatsiyalar,  veksellar  va  boshqa  qimmatli  qog‘ozlar  uchun  qo‘yilgan 

qo‘yilmalarga  aytiladi.  Bu  qo‘yilmalar  buyum  ko‘rinishdagi  kapitalning  o‘sishini 

uzida  mujassam  etmasada,  lekin  foyda  shu  jumladan  spekulyativ  foyda  ya`ni 

qimmatli  qog‘ozlar  kursi  o‘zgarishi  natijasida  vujudga  keladigan  foyda  keltiradi. 



14

 

 



Moliyaviy  investitsiyalarning  ikki  xil  ko‘rinishida  bo‘ladi.  Aktsiyalarni  sotib  olish  

real  moddiy  ko‘rinishdagi  kapitalni  yaratmaydi.  Lekin  kelajakda  spekulyativ 

ko‘rinishda  foyda  olish  mumkin  bo‘ladi. Aktsiyalarni sotishdan  tushgan  mablag‘ni 

ishlab chiqarish uchun, asbob uskunalr sotib olish uchun sarflaganda u real kapitalga 

aylanadi  va  real  investitsiya  ko‘rinishini  oladi.  Shu  sababdan  qimmatli  qog‘ozlarni 

oldi-sotdi  operatsiyalari  natijasida  olinadigan  spekulyativ  foyda  keltiruvchi 

moliyaviy investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni sotish natijasida pul ko‘rinishdagi 

real moliyaviy investitsiyalarni farqlash lozim.  

Real  investitsiyalarni  tavsiflash  ularni  hajmi  va  daromad  keltirishi  asosida 

amalga  oshiriladi.  Moliyaviy  investitsiyalar  kapitalni,  to`lov  va  moliyaviy 

majburiyatlarning  barcha  turlarini  o`zida  mujassamlashtiruvchi,  moliyaviy 

aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari 

qimmatli  qog`ozlardir:  ulushli  (aktsiyalar)  va  qarz  (obligatsiyalar).  Real 

investitsiyalardan  farqli  o‘laroq  moliyaviy  investitsiyalarni  ko‘prok  portfel‘ 

investitsiyalar  deb  atashadi,  chunki  bu  holda  investorning  asosiy  maqsadi  bo`lib 

moliyaviy 

aktivlarning 

mukammal 

yig‘masini  (investitsiyalar  portfelini) 

shakllantirish  va  qimmatbaho  qog`ozlar  bilan  amalga  oshiriladigan  turli 

operatsiyalarni 

boshqarish 

hisoblanadi.Moliyaviy 

investitsiyalar 

shaxsiy 

kompaniyalar  va  davlat  idoralari  tomonidan  muomalaga  chiqarilgan  aktsiyalarga, 

obligatsiyalarga  va  boshqa  qimmatli  qog`ozlarga  va  bank  depozitlariga,  uzoq 

muddatga  jalb  kilinadigan  qo‘yilmalardir.  Moliyaviy  investitsiyalarning  asosiy 

qismi,  kapitalni  noishlab  chiqarish  sohasiga  sarflanishini  bildiradi.  Moliyaviy 

investitsiyalar  aksariyat  holatlarda  real  investitsiyalarning  manbai  bo`lib  xizmat 

qilishi  mumkin.  Moliyaviy  investitsiyalar  erkin  bozor  infratuzilmasi  rivojlangan 

mamlakatlarda,  qimmatli  qog`ozlar  bozori  orqali  kapitalni  sohalar  bo`yicha 

taqsimlanishida  muhim  ahamiyatga  bo`lgan  davlatlarda  ko`proq  tarqalgan. 

Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy investitsiyalarining tarkibida asosiy o`rinni 

shaxsiy investitsiyalar tashkil qiladi.  

Shaxsiy investitsiyalar, tadbirkorlar, xususiy firmalar, kontsernlar va aktsioner 

tashkilotlar  tomonidan  taqiqlanmagan  faoliyatlarga  sarflanadigan  mulkdorlik  va 


15

 

 



intellektual boyliklarni  anglatadi. Yetuk qimmatli qog`ozlar  bozori  mavjud bo`lgan 

mamlakatlarda shaxsiy investitsiyalarni ko`pgina qismi maxsus investitsiya fondlari 

tomonidan  sarflanadi.  Xorijiy  investitsiyalarning  moliyaviy  shakli  (portfel‘ 

investitsiyalar)  milliy  iqtisodiyotda  istiqbolli  korxonalarni  aniklash  va  keng 

mikyosda investitsiyalashni amalga oshirishga asos bo`la oladi. 

Investitsiyalash  davriga  qarab  investitsiyalar  qisqa  muddatli  (bir  yilgacha 

bo`lgan  muddatga  beriladi)  va  uzoq  muddatli  (bir  yildan  ortiq  muddatga  beriladi) 

bo`ladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi. 

Masalan,  depozit  sertifikati  olti  oy  muddatga  beriladi  –  bu  qisqa  muddatli 

qo‘yilmalar  vositasidir,  obligatsiyalar  20  yilda  qaytarish  muddati  bilan    uzoq 

muddatli  qo‘yilmalar  vositasidir.  Lekin,  uzoq  muddatli  qimmatli  qog`ozlarni  sotib 

olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o`tgandan so`ng, investor uzoq muddatli 

vositalardan  qisqa  muddatli  maqsadlar  uchun  foydalanish  mumkin.  Ko`pincha 

investorlar  ana  shunday  vositalarni  tanlaydilar  va  o`z  pullarini  qisqa  muddatlarga 

qo`yishni xohlaydilar.   

Mulk  shakllaridan  kelib  chikib  investitsiyalar  xususiy,  davlat,  qo`shma  va 

xorijiy  shakllarga  ajratiladi.  Xususiy  investitsiyalar  nodavlat  yuridik  shaxslarining 

va  fuqarolarning  mablag‘`larini  tadbirkorlik  faoliyati  ob`ektlariga  qo‘yilishini 

anglatadi.  Davlat  investitsiyalari  davlat  byudjeti  va  davlat  korxonalarining 

mablag‘`larini  hududiy  joylashtirilish  bo`yicha  investitsiyalar  ichki  va  tashqi 

investitsiyalarga bo`linadi.  

Xorijiy  investitsiyalar  davlat  yoki  xususiy  investitsiyalar  shaklida  bo`lishi 

mumkin.  Birinchi  shaklda  davlat  investitsiyalari  ishtirok  etib,  bunda   bir  davlat 

boshqa davlatga kreditlar yoki boshqacha shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday 

munosabatlarga  xalqaro  huquq  normalari  qo`llaniladi.  Ikkinchi  shaklda  esa,  bir 

mamlakat  xususiy  firmalari,  kompaniyalari  yoki  fuqarolari  boshqa  mamlakatning 

tegishli  sub`ektlariga  beradigan  investitsiyalar  tushuniladi.  Davlat    investitsiyalari 

deb  davlat  tomonidan    milliy  daromadning  davlat  byudjetining  mablag‘lari 

ko‘rinishida  mamlakat    iktisodiningrivojlanishi  uchun  sarflaetgan  mabalaglariga 

tushuniladi.  Xususiy investitsiyalar  deb xususiy kompaniyalar, axoli va tadbirkorlar 



16

 

 



tomonidan  mabalglarning  qo‘yilishiga  aytiladi.  Investitsiya  munosabatlari  shu 

darajada  murakkab  va  ko`p  qirraliki,  ko`pincha  davlatlar  o`rtasidagi  munosabatlar 

xususiy  shaxslar  o`rtasidagi  munosabatlar  bilan  uzviy  bog`langan  bo`ladi.  Bunday 

aloqa investor huquq va talablarni davlatga topshirganda yaqqol ko`rinadi.  

Maqsadiga  ko`ra,  xorijiy  investitsiyalar  bevosita  va  portfel‘  investitsiyalarga 

bo‘linadi.  Bevosita  investitsiyalar  –  bu  kapitalni  to‘g`ridan-to‘g`ri  eksporti  bo`lib, 

investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat  qilish huquqini beradi. Bunda 

korxona  asosiy  kompaniyaning  xorijdagi  shahobchasiga  aylanadi.  Bevosita  xorijiy 

investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi. 

Xalqaro  statistikada  investitsiyalarni  BXIlar  turiga  kiritish  bo`yicha  har  xil 

yondashuvlar  mavjud.  Xorijiy  investorlar  tomonidan  nazorat  qilish  huquqini 

belgilovchi  ko‘rsatkich  sifatida  ular  ega  bo`lgan  aktsionerlik  kapitalining  hissasi 

ko‘rsatkichidan  foidalaniladi.  Bu  ko‘rsatkich  AQSHda  10%,  Frantsiya  va  Buyuk 

Britaniyada  20%,  Germaniyada  25%dan  50%  gacha,  O`zbekistonda  esa  49% 

darajasida belgilangan. Shuningdek, shu korxonaning boshqaruvida bevosita amalga 

oshirilayotgan  investitsiyalarning  uzoq  muddatli  ekanligi  xam  uning  muhim 

belgilaridan 

biridir. 

Investitsiyaning 

bu 


ko‘rinishi 

tavakkalchilikni, 

investitsiyalardan  foydalanish  samaradorligi  uchun  ma`suliyatni  davlat  va  axoli 

zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari  o‘rtasida taqsimlashning 

eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi. 


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling