Ma‟ruza materiallari 1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Reja


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana23.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1225385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1-2-3-mavzular



O‘QUV MATERIALLARI 

MA‟RUZA MATERIALLARI 
 
1-mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati 
 
Reja: 
 
1.1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
1.2. Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi.
1.3. Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo‘yilmalarning roli. Moliyaviy va real 
investitsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi. 
1.4. Investitsiyalarni o‘stirish omillari. Jamg‘armalar – investitsiyalar manbasi sifatida.
1.5. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli. 
Tayanch iboralar: investitsiya, jamg‘arma, kapital qo‘yilma, moliyaviy investitsiyalar, real 
investitsiyalar, intellektual investitsiyalar. 
 
1.1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 
O‘zbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda esa 
investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. 
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar o‘rtasida xilma 
– xil fikrlar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi ―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi 
qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta‘rif berilgan: ―investitsiyalar — qonun 
hujjatlarida ta‘qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga 
kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan 
intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar‖
1
sifatida ta‘riflanadi. Shunday 
qilib, ―investitsiya‖ deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish 
maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog‘lari va boshqa sohalariga investorlar 
tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi. 
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi moddiy, 
moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga 
kiritishdir. 
Investitsiyalarga aniq bir ta‘rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G‘. G‘ozibekov 
investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, 
quyidagicha ta‘rif berib o‘tgan: ―Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan 
mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital 
qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi‖. 
2
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta‘rifni beradi: 
―Investitsiya – bu mulk shaklidan qat‘iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy 
va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini 
qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir‖.
3
Mahalliy iqtisodchi-olimlar tomonidan: «investitsiyalar – pulni saqlash, ko‘paytirish yoki 
ijobiy miqdordagi daromadni ta‘minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bo‘lgan 
har qanday vosita sifatida ifodalanadi»
4
, deb ta‘riflangan. «Investitsii» darsligining muallifi, 
1
O‘zbekiston Respublikasining ―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi Qonuni, 2014 y 9 dekabr. 3 – modda.
2
G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: ―Moliya‖ nashriyoti. 2003. 26 bet. 
3
Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq 
munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: 2003. 29 b.
4
Маmatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. 
Toshkent moliya instituti. – Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2014. – 23 b.


O‘QUV MATERIALLARI 

professor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi: «foyda olish yoki 
boshqa samaralarga erishish maqsadida o‘z yoki o‘zga mamlakatning turli tarmoqlariga
tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini amalga 
oshirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir»
5
.
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus va o‘zbek olimlari tomonidan 
quyidagicha tavsiflangan:
- «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi 
obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi»
6

- «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari 
singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, 
tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli 
yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig‘indisi tushuniladi»
7

- «investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning 
turli tarmog‘iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo‘yilmasi sifatida namoyon 
etadi»
8

- «investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq 
muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag‘larini uzoq muddatga kiritishni anglatadi»
9

Investitsiyalar keng ma‘noda o‘zini mablag‘lar va resurslarning kelgusida ko‘payishi va 
iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) 
maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi.
Xorijlik iqtisodchi-olimlardan U.Sharp, K.Eklund, Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu 
kabilar investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta‘riflarni bayon etishgan. 
Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha laureati (1990 yil) U.Sharp ta‘kidlashicha: 
«investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan 
qiymatlikdan voz kechishdir»
10
. «Investitsiyalash» atamasining ma‘nosini mana bunday 
sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki, 
mablag‘larni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash 
atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan «xayrlashish»da ko‘radilar. 
Shved iqtisodchi-olimi K.Eklund fikricha: «investitsiya – bu kelajakda ko‘proq iste‘mol qilish 
sharoitiga ega bo‘lish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan 
zaxiraga qoldiriladigan iste‘mol buyumlari bo‘lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni 
kengaytirishga yo‘naltirilgan resurslardir»
11
.
«Investitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida ko‘payishi maqsadida uning turli xil shaklda 
joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin»
12
. «Investitsiyalar – qo‘yilmaning kelgusida o‘sish 
maqsadida bugungi iste‘moldan voz kechish»
13
. «Investitsiya – ishlab chiqarish davri davomida 
paydo bo‘lgan kapital qo‘yilma qiymatining joriy o‘sishi. Bu o‘sha davrdagi foydaning iste‘mol 
uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi»
14
.
Investitsiyalar– kelajakda foyda olish uchun bugun pul yoki boshqa mablag‘larni xarajat 
qilishni anglatadi. Masalan, aksiyalarni olsak, ularga egalik qilishdan keladigan tushumlarga vaqt 
bilan birdek investitsiya riski ham ta‘sir ko‘rsatadi. Biror bir darslikni o‘qish uchun ketgan vaqt 
5
Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. – 4-е изд. – М.: «Дашков и К
0
», 2006. – С. 13. 
6
Шимширт Н.Д., Копилевич В.В., Холодова Е.И. Современная инвестиционная и инновационная политика 
государства : учебно-методическое пособие. – Томск: Издательский Дом ТГУ, 2016. – C.12. 
7
Зайиров Л., Насиров Э., Ханова Н., Асамходжаева Ш. Инвестиции. Учебное пособие. – Т.: IQTISOD-MOLIYA, 
2019. – 448 с. 
8
Юзвович Л.И., Дегтярев С.А., Князевa Е.Г. Инвестиции. Учебник. – Екатеринбург: Издательство Уральского 
университета. 2016. – C. 7. 
9
Сабирова Л.Ш., Носиров Э.И. Иностранные инвестиции: Учебное пособие. - М.: Иқтисод-молия, 2016.- 150 с. 
10
Шарп У., Александр Г., Бейли Дж. Инвестиции. Пер. с. англ. – М.: «Инфра-М», 1997. – С. 16, 979. 
11
Клас Эклунд. Эффективная экономика: шведская модель. – М.: «Экономика», 1991. – С. 96. 
12
Ткаченко И.Ю. Инвестиции: учеб. пособие. – М.: «Академия», 2009. – С. 6. 
13
Самуэльсон П.А. Экономика: пер. с англ. – М.: «БИНОМ», 1997. – С. 783. 
14
Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег: пер. с англ. – М.: «Гетос АРВ», 1999. – С. 352. 


O‘QUV MATERIALLARI 

ham (uni qiymatini o‘ylamagan taqdirda ham) – investitsiyadir.Chunki siz bo‘sh vaqtingizni va 
boshqa ishdan olishingiz mumkin bo‘lgan daromadingizdan voz kechgan holda, kelajakdagi 
faoliyatingiz yetarli darajada foydali bo‘lishiga hamda sarf qilgan vaqtingiz va kuchingizni 
oqlashiga umid qilasiz. Bu ikki investitsiya ko‘p taraflama farqlanishiga qaramay, ular barcha 
investitsiyalar uchun zaruriy bir xususiyatga ega: bugun biror bir qiymatga (boylikka) ega bo‘lgan 
nimadandir voz kechib, biz ertaga bundan foyda olishni ko‘zlaymiz.
15
Iqtisodchi-olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini 
quyidagicha sharhlaydilar, ya‘ni «investitsiya (investment) – bu moddiy zahiralarning ko‘payishi, 
ishlab chiqarish vositalarining jamg‘arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar»
16
. Ushbu ta‘rif o‘z 
mazmuniga ko‘ra, ko‘proq, «kapital qo‘yilmalar» tushunchasiga mos kelishini ta‘kidlab o‘tish joiz.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni 
(ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. 
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi
ya‘ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni, bo‘lishi noaniqroq 
bo‘lgan kelajak qiymatga almashishdir 
17

Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» (M. «Delo» nashriyoti-
1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta‘rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni 
ko‘zlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, 
u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng 
ma‘noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun 
zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta‘minlaydi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling