Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari


Download 1.07 Mb.
bet1/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1734963
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
HO\'AT YN 306


HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI FANIDAN NAZORAT SAVOLLARI

  1. Qolip deganda nima tushuniladi?

  2. Qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi va gap qanday birliklar sanaladi?

  3. Кarimning kitobi qiziq ekan

Karimning - aniqlovchi
Kitobi - ega
Qiziq ekan - kesim

  1. Sintagmatik munosabat deganda nima nazarda tutiladi?

  2. LSQni qanday tushundingiz?

Фонетика, лексика ва морфологияда бўлгани каби синтаксисда ҳам
лисоний ва нутқий жиҳат фарқланади. Маълумки, лисоний ҳодиса
бевосита кузатишда берилмаганлик (моддийликдан холилик), миқдоран
чеклилик, такрорланувчанлик, ижтимоийлик ва мажбурийлик белгисига
эга, у бевосита кузатишда берилганлик, миқдорий чекланмаганлик,
бетакрорлик, индивидуаллик, ихтиёрийлик сифатига эга бўлган нутқий
ҳодисага қарама-қарши туради.
Нутқий синтактик бирлик сифатида нутқда қўлланадиган, сезги
аъзоларига таъсир қиладиган, ўқиш, ёзиш, айтиш, эшитиш мумкин бўлган
сўз бирикмаси ва гап тушунилади. Лисоний синтактик бирлик эса сўз
бирикмаси ва гап ҳосил қилиш қолипи. Лисоний сатҳга тегишли
бўлганлиги учун уларни лисоний синтактик қолип (қисқача ЛСҚ) деб
атаймиз.
ЛСҚ ғишт қолипига ўхшайди. Инсон онгида ҳам сўзлаш, нутқни
шакллантириш мақсадида лексемаларни сўз бирикмаси шаклига
келтириш, гап ҳосил қилиш қолипи мавжуд. Улар ЛСҚ, модел,
конструкция, қурилма деб номланса-да, аслида бир тушунчани
ифодалайди. Масалан, китобни ўқимоқ каби чексиз бирикмани
чиқарадиган [оттушум келишиги + фeъл] сўз бирикмаси қолипи қандай
номланмасин, унинг моҳиятига таъсир қилмайди.
Қолип ва нутқий ҳосила (сўз бирикмаси ва гап)лар диалектик
бирликда. Қолип нутқий ҳосиласиз ўлик ва жонсиз, нутқий ҳосила эса
қолипсиз бўлиши мумкин эмас. Қуйида ЛСҚ ва нутқий сўз бирикмаси
ҳамда гапнинг бир-бирига ўхшамайдиган, фарқли хусусиятини баён
этамиз

LSQ:

Moddiylikdan holi
Ijtimoiylik
Takrorlanuvchanlik
Cheklangan
Majburiy

Nutqiy xosila:


Moddiy
Individual


Betakror
Cheksiz
Ixtiyoriy

  1. Halimning tepa sochi tikka bo‘ldi.

Halimning tepa sochi tikka bo‘ldi. Sodda gap. Tepa sochi tikka bo‘ldi - yaxlit kesim. Halimning - aniqlivchi.

  1. Sintaktik aloqa bilan sintagmatik aloqaning farqi nimada?

Sintagmatik aloqani sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik aloqa barcha til birliklariga xos ketma-ket bogʻlanish boʻlsa, sintaktik aloqa soʻz va gaplarning hokim-tobelik munosabati. Demak sintagmatik aloqa va sintaktik aloqani butunlay boshqa-boshqa hodisalar ham, shuningdek ularni bir-biriga aynan tenglashtirish, bir-birini qoplovchi tushuncha sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik va sintaktik aloqa butun-boʻlak munosabatida. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa sintagmatik aloqaning bir koʻrinishi.
Mustaqil soʻzlarning nutq jarayonidagi erkin bogʻlanish sintaktik aloqa deyiladi.
Ism soʻzi 3 ta tovushning ketma-ketligidan iborat. Bunday chiziqsimon, liniyaviy ketma-ketlik aloqasi sintagmatik aloqa deyiladi. Sintagmatik aloqa lisonda ham, nutqda ham mavjud boʻladi. Masalan, [kitob] leksemasi 5 ta tovushning birikuvidan iborat nomemaga eha boʻlib, u lisoniy birlik sanaladi. Shuningdek yasama soʻz(suvchi), soʻz birikmasi(kitobni oʻqimoq) da ham birikuvchi aʼzolar sintagmatik aloqada boʻladi.

  1. Sintaksisning tadqiq manbayi va predmeti haqida gapiring.

Sintaksis va uning tadqiq manbai. Til o'z kommunikativ
vazifasini sintaktik qurilma - gap vositasida amalga oshiradi.
Tildagi barcha - fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu
sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va
morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o'ziga xos.
Zero, har qanday sintaktik hodisada so'z va morfologik
ko'rsatkichni ko'ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda
leksik va morfologik omilga tayaniladi.
Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi - gap
haqidagi ta'limot. Gap, aslida, so'zning erkin birikuviga ham
asoslanganligi tufayli so'zning bog'lanish qonuniyati, so'z birikmasi
ham sintaksisda o'rganiladi. So'z birikmalarini o'rganish gap
ta'limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi
mumkin emas.
Sintaksis so'zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvni lisoniy
mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo'sindagi so'zning birikuvi bo'lgan
qo'shma so'z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog'ini yalagan, yulduzni benarvon uradigan, ko'ngli
bo'sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog'lanishga ega emas.
Sintaksis atamasi grammatika atamasining o'zi kabi ikki
ma'noli:
I) tilning sintaktik qurilishi;
2) grammatikaning tarkibiy qismi.
Atamani ana shu ikkinchi ma'nosida qo'llab, birinchi ma'no
ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz.
Asosiy sintaktik birliklar. So'z birikmasi va gap - sintaksisning
asosiy birIiklari. Shunga ko'ra, sintaksis ikkida bo'linadi:
1) so'z birikmasi sintaksisi;
2) gap sintaksisi.
So'zning nutqda o'zaro aloqaga kirishuvidan so'z qo'shilmasi
vujudga keladi. So'z qo'shilmasini ikki guruhga birlashtirish
mumkin:
1) gap (Osmon tip-tiniq);
2) so'z birikmasi (tip-tiniq osmon).
Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi.
Axborot uzatish esa gap orqali am alga oshiriladi. Demak, gap fikr
ifodalaydi. So'z birikmasi fikr emas, balki so'z kabi tushuncha
ifodalaydi. (Biroq so'z birikmasi ifodalagan tushuncha so'z
ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko'rinadiki, sintaksisning
bosh birligi gap, so'z birikmasi so'z kabi bevosita yoki bilvosita
uning tashkil etuvchisidir.
Sintaktik birlik - gap va so'z birikmasi - so'zning
qo'shijishidan hosil bo'lishi, bu qo'shilishning esa turIi vosita
(qo'shimcha, yordamchi so'z) va usul (masalan, tobe aloqaning
turi) orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar b lan zich
aloqada ekanligini ko'rsatadi.
Demak, nutqda:
1) so'zIar o'zaro sintaktik aIoqaga kirishib, tushllncha
ifodalovchi birlik - so'z birikmasi vujlldga keIadi. So'zIarning
o'zaro birikib, tushuncha ifodaIovchi birlik hosil qilish qonuniyatini
o'rganish - so'z birikmasi sintaksisining vazifasi;
2) so'z fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik - gapni
shaklIantiradi. Gap hosil qilish qonuniyati bilan gap sintaksisi
mashg'uI bo'Iadi.


  1. Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling