Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari mavzusini o`qitishda baliq skleti metodidan foydalanish Reja


Download 97.67 Kb.
bet1/8
Sana20.06.2023
Hajmi97.67 Kb.
#1629670
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jo`rayeva S (4)


Ilk o‘rta asrlarda Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlatlari mavzusini o`qitishda BALIQ SKLETI metodidan foydalanish
Reja


I.bob. Ilk o`rta asrlar davri davlatlarining tashkil topishi
1.1. Xorazm Afrig`iylar va Xiyoniylar davlatining vujudga kelishi
1.2. Kidariylar davlatini tashkil topishidagi shart sharoitlar
II.bob. Umumta`lim maktablarida tarix darslarini o`qitishda BALIQ SKLETI metodidan foydalanish
2.1. BALIQ SKLETI metodini tarix darslarida qo`llash usullari
2.2. Mavzu yuzasidan dars ishlanmasi


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Markaziy Osiyo xalqlarining davlatchiligi tarixida ilk o`rta asrlar davri muhim o`rin egallab, aynan mintaqa tarixining yetarlicha o`rganilmagan qismi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugungacha jahon tarixshunosligi, shuningdek Markaziy Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligida salmoqli ishlar amalga oshirilgan bo`lib, bu boradagi tadqiqotlar davom etib kelmoqda. Qariyb bir yarim asr davomida ushbu mintaqa tarixining ilk o‘rta asrlar davri bo‘yicha shunchalar ko‘p va xilma-xil materiallar to‘plandiki, bugungi kunda ularni yangicha qarashlar asosida qayta ilmiy taxlildan o‘tkazish va tarixiy ob’ektivlik asosida bir yaxlit ilmiy tizimga solib umumlashtirish zaruratga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘zbek xalqining qadimgi tarixi, uning davlatchiligi va etnogenezi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tarixchi olimlar oldiga qo‘yilgan konseptual muammolar bosqichma-bosqich o‘zining ilmiy yechimini topmoqda. Ayniqsa so`nggi yillarda o‘zbek davlatchiligi va uning ilk o‘rta asrlar davridagi rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar va monografiyalar e’lon qilindi.
Jahonda xalqlarning tarixini o‘rganish va targ‘ib qilish asosida umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. IV-V asrlarda Sharqiy Yevropada Attila boshchiligidagi Xun saltanati, O‘rta Osiyo va unga janubdan qo‘shni hududlarda Xioniylar va Kidariylar davlati, V-VI asrlarda esa Eftaliylar saltanati hukmronlik qildi. Bu esa Osiyo va Yevropa qit’alarining sezilarli bir qismida turli tillarda so‘zlashuvchi, farqli madaniyatlarga ega elatlarning etnomadaniy jihatdan o‘zaro madaniy almashinuvlari jadallashuviga sharoit yaratdi. Yevroosiyo kengliklarida yuz bergan bu jarayonlar bugungi kunda ham davom etib, mintaqa mamlakatlari orasida kuchayib borayotgan integratsiya jarayonlari buning yorqin misolidir. Shu bois, mintaqa xalqlari uchun umumiy bo‘lgan tarixiy davrlarni sinchiklab o‘rganish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

Download 97.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling