Kimyo-texnologiya


Download 290.53 Kb.
bet1/10
Sana09.02.2023
Hajmi290.53 Kb.
#1182682
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
issitish issiqlik almashinish Ravshanbek

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
KIMYO-TEXNOLOGIYA
fakulteti


KIMYO VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA
kafedrasi


KIMYOVIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA
QURILMALAR
fanidan

КУРС ЛОЙИҲАСИ


Mavzu:«Toluolni isitish uchun vertikal g‘ilofsimon issiqlik almashinish qurilmasini hisoblang va loyihalang. Berilgan: unumdorligi G = 19425 kg/soat. Toluolning harorat: tb=34C, to=87C, suv bug‘ining harorat T=180C Pabs=0,38 MPa.»
64-20 guruh talabasi:
Bajardi: Jo’raboyev R.
(imzo)


Rahbar: _____________ b
(imzo) (F.I.Sh)


Taqrizchi: _____________ ______________
(imzo) (F.I.Sh)
Komissiya a’zolari: _____________ ______________
(imzo) (F.I.Sh)

FARG‘ONA – 2023 y.
MUNDARIJA
bet
1. Kirish…....................................................................................................3
2. Berilgan mahsulotning tavsifi...................................................................6
3. Texnologik sxema bayoni.........................................................................9
4. Texnologik hisob......................................................................................12
5. Asosiy qurilma bayoni..............................................................................15
6. Atrof muhitni muhofaza qilish .................................................................22
7. Xulosa….....................................................................................................29
8. Adabiyotlar.................................................................................................31

Kirish
Xozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxotlar axolini sifatli toluol maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish va bu soxadagi ta’minotni tubdan yaxshilab, ishlab chiqariladigan maxsulot sifatini jaxon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz raxbariyati tomonidan soxa taraqqiyotiga katta axamiyat berilmoqda. Buni so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va farmoyishlarda xam ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil “Toloulchilik ishlab chiqarish sohasini va mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. Arenalardan benzol, toluol, ksilollar ayniqsa ko‘p tonnali neftkimyoviy mahsulotlarga kiradi. Arenlar sanoatining jahon miqyosidagi dinamikasi shundan dalolat beradiki ularni ishlab chiqarish doimiy ortib bormoqda.


Arenlarni ishlab chiqarishning jahon miqyosidagi hajmi, mln.t.
Arenlar 1981 y 1985 y 1995 y
Benzol 16,5 18,5 26,7
Toluol 7,8 8,7 12,8
Ksilollar 9,5 10,6 15,3
Arenlar yig‘indisi 33,8 37,8 54,8
1986 yil boshlarida benzol ishlab chiqarish sanoati jahon miqyosidagi quvvati 25 mln.t/y teng bo‘ldi. 1990 yilda Rossiyada arenlar sanoati hajmi ming t/y: benzol– 2187, toluol –1123, ksilollar – 1185 ishlab chiqarildi.
AQSh va Rossiyadagi arenlar sanoati asosiy jarayonlariga neftni benzin fraksiyasi katalitik reformingi xizmat qiladi,
G‘arbiy Yevropa davlatlarida ko‘pchilik arenlar suyuq mahsulotlarni piroliz qilib olinadi. Arenlarni olishda alkanlar S3–S5 degidrosiklizatsiyalanishi istiqbolli usul hisoblanadi.
Benzolni ishlatishning asosiy yo‘nalishlari 10.1– sxemada keltirilgan. Benzolni yirik iste’molchisi etilbenzoldan stirol olish sanoatidir, etilbenzol esa benzolni etilen bilan alkillab olinadi. Benzolning 20 % ga yaqini fenol sanoati uchun ishlatiladi, fenolni olish kumol usulda amalga oshiriladi. Taxminan 15 % benzol iklogeksan sanoati uchun sarflanadi, undan kaprolaktam va adipin kislotasi olinadi. Ruteniy katalizatorlari ishtirokida benzolni bir bosqichda gidrogenlab olingan siklogeksan asosida kaprolaktam sanoati istiqbolli hisoblanadi.


Download 290.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling