Korporativ boshqaruv” kafedrasi


Download 0.7 Mb.
bet1/16
Sana01.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1238896
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Biznes Muhit Norboyev Dilxushbek Kurs ishi 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

“Korporativ boshqaruv” fakulteti




“Korporativ boshqaruv” kafedrasi



Ro‘yhatga olindi № __________




Ro‘yhatga olindi № __________

“______” ___________2023 y.




“______” ___________2023 y.
Korporativ boshqaruv” KAFEDRASI
Biznes muhit: nazariya va amaliyot”
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Biznesda moliya muhiti va uning tahlili
Bajardi: __________________________
Tekshirdi: ________________________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2023 y.






Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2023 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2023 y.

Baho “_____” _________



___________


(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________

__________________


__________________






TOSHKENT – 2023
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………………3

  1. Biznes muhit konsepsiyasi, uning tabiyati va ko`lami …………………….….5

  2. Biznesda moliviy muhit turlari va bosqichlari ……………….…..…………..13

  3. Biznes muhitning moliyaviy tahlili …………………………………………..20

  4. Tata Nano kompaniyasi biznes muhit tahlili (Hindiston) …………………….24

  5. SWOT tahlili va uning biznesdagi samarasi ………………………………….26

  6. Apple kompaniyasi SWOT tahlili……………………………………………..29

Xulosa ……………………………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………….37
Ilova………………………………………………………………………………….38


Kirish
Butun dunyoda iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida biznes muhitning ahamiyati juda katta hisoblanadi. O`zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash, tarkibiy qayta qurish, iqtisodiy o`sishning barqaror, yuqori sur`atlarini ta`minlash vazifalari iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini to`xtovsiz o`stirishni, har bir investitsiyani eng zarur, eng ko`p samara beradigan obyektlarga sarflanishini talab etadi. Ichki investitsiya manbalarining cheklanganligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida ham katta kuch-g`ayratni talab etmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilindi. Ko‘rilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Bunday ijobiy o‘zgarishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham keng e’tirof etilmoqda. Jumladan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilingan “Biznes yuritish – 2020”1 hisobotida O‘zbekiston 69-o‘rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi.
Mamlakatimizda biznes muhitni yaxshilash bo`yicha Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan bir qancha qonun, farmon va farmoyishlarni imzoladi. Xususan, Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi qarorining imzolanishi doirasida Biznes yuritish bo`yicha reytingda yuqori o`rinlarni yuritish bo`yicha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga doir “Yo‘l xaritasi” tuzib chiqildi2
2021-yilda O‘zbekistonga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi o‘tgan yilga nisbatan 40,7 foizga o‘sish bilan 20,4 foizni tashkil etdi. Xalqaro ekspertlar tomonidan hisoblangan kapital zichligi bo‘yicha O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun jozibador davlat hisoblanadi. Respublika 2016/2017 yillarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan tartibga soluvchi islohotlar orqali tadbirkorlik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan davlatlar qatoridan joy oldi.
Potentsial investorlar mamlakatdagi investitsiya muhitining sifatini odatda turli tahliliy, tadqiqot kompaniyalari va agentliklarining ma'lumotlarini o'rgangan holda kuzatib boradilar. Ular orasida Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingi ko‘pchilikka ma’lum. Reyting ko'rsatkichlari ishbilarmonlik muhitining rivojlanish darajasini, turli mamlakatlarda biznes yuritish va investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur bo'lgan ichki sharoitlar yaratish jarayonining rivojlanishini aks ettiradi. Ishbilarmonlik muhitining yuqori reytingi mamlakatda iqtisodiy rivojlanish uchun eng qulay sharoitlar yaratilganligini anglatadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘zining “Biznesni yuritish 2018” hisobotida dunyoning 190 ta davlatida biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha reytinglarni e’lon qildi. Biznes yuritish qulayligi koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekiston 190 ta davlatdan 74-oʻrinni egalladi (2013-yilda — 185 tadan 154 tasi). Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida - 24 tadan 19 tasi (2013 yilda - 24 tasi).


  1. Download 0.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling