Laboratoriya ishlari organik sintez texnika xavfsizligi qoidalari


Download 1.53 Mb.
bet1/21
Sana09.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1467187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
LABORATORIYA ISHLARI1-13


LABORATORIYA ISHLARI


Organik sintez texnika xavfsizligi qoidalari

Organik moddalar, erituvchilar, oson yonuvchan tez yonuvchan birikmalar bilan ish olib borilganda qo‘yidagi qoidalarga qat’iy rioya qilinishi zarur:


a) Organik moddalar oson yonuvchan va shunga o‘xshash xususiyatlarga ega birikmalarni olovga yaqin bo‘lgan joyda saqlash mutlaqo mumkin emas;
b) Laboratoriya tajribasi o‘tkaziladigan qurilmani yig‘ganda gaz va bug‘ holatidagi organik moddalar chiqmasligi uchun uskunani zichligini (germetikligini) ta’minlash kerak;
v) Tez alangalanuvchi (benzin, erituvchilar va boshqalar)ni yopiq holdagi isitgich (plita) yoki suv hammomida qizdirish zarur;
g) Yong‘inni oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Agarda organik moddalar yonsa suv bilan o‘chirmaslik kerak. Yonayotgan organik moddani, kislotali o‘t o‘chirgichlar bilan yoki qum, kigiz yordamida o‘chirish zarur.
Elektr dastaklar va uskunalar bilan ishlash qoidalari
1) Tez alangalanuvchi moddalar va erituvchilar bilan laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borishda, ishlaganda ochiq holdagi elektr simli asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
2) elektr asboblardan yong‘in chiqqan holatda ularni asbestli mato yoki o‘t o‘chirgichlardan foydalanib o‘chirish zarur.
3) elektr asboblaridan foydalanib bo‘lingandan so‘ng, ularni elektr tarmog‘idan zudlik bilan uzib qo‘yish talab etiladi.
Gaz holdagi moddalar bilan ishlash qoidalari
1) Gaz bilan to‘ldirilgan balon, idishlar tashqi issiqlik ta’siridan saqlanishi kerak.
2) Yonuvchan gazlar bilan ishlaganda zich yopilgan (germetik) yopiq va olovdan saqlangan bo‘lishi kerak.
3) Qo’llaniladigan standart gaz balonlari maxsus ko‘rsatilgan joylarda saqlanishi kerak.
Zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari
1) erituvchi va uchuvchan zaharli moddalar bilan laboratoriya mashg‘ulotlari havo tortuvi (ventilyatsiya) shkaflarida olib borilishi kerak.
2) erituvchi va zaharli moddalar bilan ishlashda kuyish xavfidan extiyot bo‘lish zarur. Ularni to‘qilishi va sachrashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
3) Zaharli moddalar turgan idishdan ularni faqat pipetka yordamida tortib olish kerak. Og‘iz yordamida so‘rib olish ta’qiqlanadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling