Ma’ruza №7 Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari


Download 88.83 Kb.
bet1/8
Sana24.03.2023
Hajmi88.83 Kb.
#1294139
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Ma\'ruza


Ma’ruza №7
Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari.

185. Tozalash о‘ymasi tasdiqlangan loyihaga muvofiq bajarilishi kerak. Umuman kon uchun yoki shaxta maydoni uchun qabul qilingan qazish tizimi (uning asosiy elementlari)ga prinsipial о‘zgartirishlar kiritish, shuningdek yangi tizimlarni sinab kо‘rishga faqat vazirlik (assotsiatsiya, konsern) ning alohida loyiha bо‘yicha ruxsati bilan yо‘l qо‘yiladi.


Qazish tizimi yoki uning alohida blok (kamera, panel)ga taalluqli elementlariga о‘zgartirish kiritish kon boshqarmasi (kombinat, birlashma) bosh muhandisining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qazish tizimi loyiha tashkilotlari tomonidan ishlarning xavfsizligi, jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, foydali qazilmani qazib olishda yо‘qotishlarni kamaytirishni hisobga olgan holda tanlantsht kerak.
Izoh: yaqin joylashgan qatlam(plast)larni vazirlik (assotsiatsiya, konsern) tomonidan "sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan maxsus loyiha bо‘yicha qazib olishga ruxsat etiladi.
186. Tozalash о‘ymasi loyihada kо‘zda tutilgan tozalash ishlarini boshlash uchun zarur bо‘lgan tayyorlov va qirqma qazilmalar kovlangandan keyin, shamollatish va changga qarshi choralar hamda ishlarning xavfsizligini ta’minlovchi boshqa tadbirlar amalga oshirilgandan sо‘ng boshlanishi kerak.
187. Seliklar (saqlovchi, kameralar о‘rtasidagi, shtrekusti, ship va h.) Ning о‘lchami va shakli amaldagi meyorlar va qoidalariga asosan mustahkamlik bо‘yicha hisob-kitob qilinishi va ularning butun xizmat davrida о‘pirilish xavfiga yо‘l qо‘yilmasligi kerak.
188. Agar seliklar va shipda buzilishlar aniqlansa va bu ularning mustahkamligini kamaytirsa, seliklar va shipning mustahkamligini ta’minlovchi qо‘shimcha tadbirlar bajarilgunga qadar ishlar tо‘xtatilishi kerak.
189. Dam olish, bayram kunlari yoki boshqa biror ishlab chiqarish zaruriyati tufayli tozalash zaboyida ishlar vaqtincha (bir sutkadan ortiq muddatga) tо‘xtab qolganda zaboyoldi maydonchada shipning о‘pirilishini, zaboyda gaz tо‘planishi va h. Ni oldini olish choralari kо‘rilishi kerak.
Uch sutkadan ortiq muddatli uzilishlardan yoki avariyani bartaraf etish ishlaridan keyin ishlarni tiklashga zaboylar uchastka nazorati xodimlari tomonidan kо‘zdan kechirilgandan keyin faqat shaxta bosh muhandisi yoki uning о‘rinbosarining ijozati bilan ruxsat etiladi.
190. Yondosh qavatlarda о‘pirilishi bо‘yicha ustma-ust joylashgan bloklarni bir vaqtda qazish ta’qiqlanadi.
Yondosh qavatlarda tozalash ishlarini bir vaqtda olib borishga yuqori qavatdagi tozalash zaboyi pastki qavatdagiga nisbatan loyihada belgilangan va ishlarning xavfsizligini ta’minlaydigan masofada oldinroq kovlanganda ruxsat etiladi.
191. Qiya va vertikal qazilmagohlarning yuriladigan bо‘linmalari lyadalar yoki panjaralar bilan, ventilyatsiya qо‘zg‘atuvchilari va rudani tushirish qurilmalari esa metall panjaralar bilan bekitilishi, yoki ushbu qazilmalarga odamlarni tushib ketishidan saqlovchi boshqa usul yordamida tо‘silishi kerak.
192. Har qaysi tozalash ishlarining qavatosti yoki tashish gorizonti asosiy gorizontdan uskuna va materiallarni kо‘tarish-tushirish moslamasi bilan ta’minlangan bо‘lishi kerak. Har bir bunday moslama ikki tomonlama signalizatsiya bilan jihozlanishi kerak.
193. Barcha ishlab turgan chiqarish yoychalari, loyihada kо‘zda tutilgan hollardan tashqari, ushatilgan ruda bilan tо‘ldirilishi kerak. Ishlaydigan yoychalarning chiqarish tuynuklarida kashaklar о‘rnatilishi kerak.
Chiqarish yoychalari yoki lyuklar qazilmagohlarning shiplarida, shuningdek rudani pastki gorizontlar (qavatosti)ga tushirish uchun xizmat qiladigan qazilmalar qarshisida joylashtirilmasligi kerak.
194. Tozalash bо‘shlig‘ining kenglishi (balandligi) tik tushishda kamida 0,6 m va bо‘sh tushishda kamida 0,8 m bо‘lishi kerak.
195. Zaryadlarni portlatish paytida kamerada, skreper shtreki(orta)da, maydalash kamerasida yoki otkatka gorizonti yuqorisida joylashgan boshqa qazilmalarda otkatka gorizontiga chiqadigan lyuklar ularning zatvoridan kamida 0,3 m ga ruda bilan tо‘ldirilgan bо‘lishi kerak.
Portlatish ishlarini bajarish paytida ushbu gorizontning otkatka qazilmagohida harakatlanish tо‘xtatilishi kerak.
196. Zamini barqaror о‘ymada rudani yig‘ishtirib olish (kamarni tozalash) ishlari yuqori kamardan pastki kamarga qarab ketma-ket bajarilishi kerak.
Ishlar yondosh kamarlarda bir vaqtda olib borilayotganda ustma-ust joylashgan kamarlarda ishchilar bо‘lmasligi kerak.
197. Kamarlarda ishlaganda va tiklovchi tozalash qazilmalarini yuqoridan pastga kengaytirishda ishchilar arqon yordamida mustahkam tayanchga mahkamlangan saqlovchi kamarlardan foydalanishlari kerak.
198. Tozalash kamerasida yuqorida joylashgan kamera tubini ship sifatida qoldirishga, agar yoychalar (rudani tushirish qurilmalari) о‘tkazilgan bо‘lsa va tubning holati ship mustahkamligiga qо‘yiladigan talablarga javob bersa, ruxsat etiladi.
199. Qazib olingan tozalash kameralariga kirish ta’qiqlanadi. Ushbu kameralarga olib boruvchi qazilmalar bekitilishi kerak. Istisno hollarda qazib olingan kameralarga maxsus ishlarni bajarish uchun kirish ruxsat etiladi. Bunday hollarda ruxsat etish tartibi va xavfsizlik choralari shaxtaning bosh muhandisi tomonidan belgilanadi.
200. Smena boshida va zaboyda ishlarni bajarish jarayonida ship, zaboy va qazilma devorlari kо‘zdan kechirish va urib kо‘rish yо‘li bilan tekshirilishi kerak. Qatlam kо‘chishi xavfi belgilari aniqlanganda ajraladigan kon massasi qatlamlari kо‘chirib olinishi, zarur hollarda qо‘shimcha mahkamlash inshootlari о‘rnatilishi kerak. Kо‘chirib olish ishlarini mustahkam asosda va xavfsiz joyda turib maxsus asboblar yordamida bajarish ruxsat etiladi. Kо‘zdan kechirish, urib kо‘rish va qatlamlarni kо‘chirib olish paytida zaboyda boshqa ishlar bajarilmasligi kerak.
201. О‘z-о‘zidan о‘pirilish belgilari aniqlanganda tozalash zaboyida ishlar zudlik bilan tо‘xtatilishi, odamlar xavfsiz joyga olib chiqilishi, ushbu zaboyning ta’sir doirasidagi qazilmalar esa ularga odamlar kirishini oldini olish uchun tо‘silishi kerak.
Ushbu zaboyda ishlarni tiklash shaxta bosh muhandisining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
202. Maydalash yoki skreperlash gorizontiga chiqadigan yoychalarning joylashishi loyihada belgilanadi.
Agar yoychalar boshqa boshqa yoycha qarshisida joylashgan bо‘lsa, ruda faqat bitta yoychadan chiqarilishi, ikkinchi yoycha esa rudaning о‘z-о‘zidan chiqib ketishiga yо‘l qо‘yilmaydigan holatga keltirilishi kerak.
Ushatilgan ruda skreper shtreki (ortasi) ga kelib tushganda ruda ustidan qazilma balandligining kamida 2/3 miqdoridagi balandlikdagi о‘tish joyi saqlanishi kerak.
203. Skreper ishlayotganda skreper yо‘lida yoki skreper trosining harakatlanish zonasida ishchilar bо‘lmasligi kerak.
Skreper lebyodkasi bir tomonidan unga xizmat kо‘rsatish uchun kamida 0,7 m kenglikda, ikkinchi tomonidan esa montaj ishlarini bajarish uchun kamida 0,6 m kenglikda о‘tish joyi qoldirilgan holda joylashtirilishi kerak.
204. Elash qurilmalari mustahkam о‘rnatilishi kerak.
Elash qurilmasining panjarasi pishiq metall konstruksiyaga ega bо‘lishi kerak.
Elash qurilmasi panjarasidan о‘lchami 400 mm va undan ortiq bо‘lgan yirik bо‘lakli ruda о‘tkazilganda elash qurilmasi odamlar uchun mо‘ljallangan о‘tish joyi tomondan tо‘silishi kerak.
205. Elash kamerasining balandligi tepadan kamida 2 m, elash qurilmasi yonidagi erkin о‘tish joyi kengligi esa kamida 0,5 m bо‘lishi kerak.
206. Rudani о‘tkazishda duchkada, ruda tushirish qurilmasida va lyuklarda tiqilib qolgan rudani о‘tkazib yuborish uchun ishchilar uzun lomlardan foydalanishlari kerak.
Osilib qolgan rudalardan (tozalash bо‘shlig‘ida) hosil bо‘lgan gumbazlarni yо‘qotish ishlari, xavfsiz joyda turib, detonatsiya shnurlarini uzun xodachalar yordamida kо‘chirib zaryadlarni portlatish yoki boshqa usul bilan bajarilishi kerak.
Bunday ishlarni bajarishga kirishgunga qadar tutash qazilmagohlar va duchkalardan, rudani tushirish qurilmalardan chiqish yо‘llari begona predmetlar va ruda (kon jinslari) uyumlaridan tozalanishi kerak.

Download 88.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling