Mavzu: aniqlovchi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Mundarija: I. Kirish


Download 62.13 Kb.
bet1/5
Sana30.01.2023
Hajmi62.13 Kb.
#1140711
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TOLDIRUVCHI


MAVZU: ANIQLOVCHI VA UNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TADQIQI.


Mundarija:
I. KIRISH.……………………………………………………………………2-4
II. ASOSIY QISM
1. SO‘Z BIRIKMASI VA SINTAKSIS MASALALARI ……..……………...5-16
2. SO‘Z BIRIKMASI BOGʻLANISH OMILLARI: BITISHUV, BOSHQARUV, MOSLASHUV USULLARI ………………………………………………...12-16
3. SO‘Z BIRIKMASINING LISONIY XUSUSIYATLARI ……………….23-31
III. UMUMIY XULOSALAR………………………………………………...32
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...33

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Qarama-qarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan. Avvalo biron bir xalqni bilmoqchi bo‘lsak uning tili va ma'daniyatini yaxshi bilmog'imiz lozim.Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov o'z asarida til haqida «Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir»1,-deb aytgan edilar.
Til haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyev ham o'z fikrlarini aytganlar:»Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin.Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir.Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.»2
So'z birikmasi - ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil bo'lgan, borlikdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning ko'zi, kitobni o'qimoq, oydin kecha va boshqa Har qanday so’z birikmasi birdan ortiq mustaqil so'zning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va 2 qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy— tobe qism, maʼlumot — hokim qism).
So’z birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga bulinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan so’z birikmasi sodda so’z birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, so’z birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab so’z birikmasi deyiladi. Masalan: oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe kiyim, mutaxassis — hokim qism).
Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra So’z birikmasining 2 turi farqlanadi: ot so'z birikmasi, feʼl so’z birikmasi. Ot so’z birikmasi hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan so’z birikmasidir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl so’z birikmasi hokim qismi feʼl bilan ifodalangan So’z birikmalaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili so’z birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli so’z birikmasi (tez gapirmoq, qishloqda yashamoq).3 Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi. So’z birikmasi va ibora. Ibora (turg’un birikma) ma'no jihatidan bir so’zga teng, ajralmas holatga kelib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so’zlarni hokim yoki tobe birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo’l (so’z birikmasi) – oq yo’l (ibora). So’z birikmasi va sintagma. Sintagma fonetik hodisa bo’lib, unda ikki so’z o’zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so’zning o’zi ham sintagma hisoblanishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi. So’z birikmasi va gap. Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko’cha. Gap bitta so’zdan ham iborat bo’lishi mumkin va u kesimlik qo’shimchalari bilan shakllangan bo’ladi, so’z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi: Shu xususiyatlari bilan ular o’zaro farqlanadi. Ergash so’z bilan bosh so’zning birikish usullari. Ergash so’z bosh so’z bilan quyidagi usullar yordamida birikadi: So‘z birikmalarining tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab turlari mavjud. Sodda so‘z birikmalari - ikkita mustaqil so‘zdan iborat so‘zlarning birikuvidir. Quyida berilgan holatlar sodda so‘z birikmalari hisoblanadi. Mehnatiga yarashaolmoq, hammaga qaraganda chiroyli (bu yerda so‘zlar soni uchta bo‘lsa ham mustaqil ma’no anglatuvchi so‘zlarning soni ikkita).
Qo‘li ochiq yigit, tarvuzi qo‘ltig`idan tushgan odam, qulog`iga quyib uqtirmoq.Bu birikmalar ham sodda so‘z birikmalari bo‘lib hisoblanadi, chunki bu yerda turg`un birikma qatnashgan. Turg`un birikma xuddi so‘zlar kabi bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta lug`aviy birlik hisoblanadi.
Kitobni o‘qib chiqmoq, mehmonlarni taklif qilmoq – birikmaning bir qismi qo‘shma yoki ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bo‘lganligi sababli bular ham sodda so‘z birikmasidir. Shoda-shoda dur-u gavharlar, uyum-uyum arpa-bug`doylar bir qismi juft so‘zli birikmalar ham sodda so‘z birikmalari bo‘lib hisoblanadi.
Murakkab so‘z birikmalarida tobe so‘z o‘ziga qarashli bo‘laklar bilan kengayib keladi va gapda so‘z birikmalari zanjirini hosil qiladi. So‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha tobe so‘zlarga aloqador bo‘lganda yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zlarga aloqador bo‘lganda so‘z birikmalari zanjiri hosil qilinadi. Ular bitta so‘roqqa javob bo‘ladi. Cho‘ldan esgan mayin shamol hokim so‘z birikmalari zanjiri turli gap bo‘laklari bo‘lib kelishi mumkin. Masalan: Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to‘ldirdi gapida so‘z birikmalari zanjiri ega vazifasida kelgan.4



Download 62.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling