Mavzu: Kompaniyada marketingning roli
Download 44.2 Kb.
|
Strategiya amaal 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operasion marketing
- 1.2-rasm. Marketingning firma operasiyalaridagi roli
Mavzu:. Kompaniyada marketingning roli “Marketing” atamasi tom ma’noda bozor sari harakatlanish jarayoni ma’nosini beradi, bu atama jarayonning ichki ikkiyoqlamalik xossasini to‘la ochib bera olmaydi va marketingning “tahliliy” jihatiga nisbatan uning “faolroq” tomoniga ko‘ra ko‘proq urg‘u beradi. Bu ikkiyoqlamalikni xarakterlash uchun “strategik” va “operasion” marketing atamalaridan foydalaniladi. Operasion marketing qisqa muddatga mo‘ljallangan rejalashtirishning mavjud bozorlarga qaratilgan faol jarayondir. Bu tovar, sotish, narx va kommunikasiyalarga oid taktik vositalardan foydalanish yo‘li bilan kerakli savdo hajmiga erishishning klassik tijorat jarayonidir. Marketingning firmaning iqtisodiy operasiyalarida o‘ynaydigan roli 1.2.-rasmda ko‘rsatilgan. Bu erda boshqaruvning to‘rt asosiy funksiyasi (tadqiqot va ishlab chiqish, ishlab chiqarish, marketing va moliya) o‘rtasidagi asosiy moliyaviy aloqalar keltirilgan. Operasion marketingning asosiy maqsadi – tovar sotishdan daromadlar hosil qilish, ya’ni maqsadli aylanmalardir. Bu sotishning eng samarali usullaridan foydalangan holda xarid uchun buyurtmalarni “sotish” hamda qabul qilish va ayni paytda xarajatlarni kamaytirishni anglatadi. Ma’lum darajadagi savdo hajmiga erishishdan iborat bo‘lgan maqsad operasiyalar bo‘limi uchun ishlab chiqarish dasturiga va savdo bo‘limi uchun tovarlarni saqlash va bevosita o‘tkazish dasturiga aylanib ketadi. Bundan kelib chiqadiki, operasion marketing firmaning qisqa muddatli rentabelligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi hal qiluvchi elementdir.
1.2-rasm. Marketingning firma operasiyalaridagi roli Operasion marketingning faolligi - firma faoliyatidagi, ayniqsa raqobat kuchaygan bozordagi hal qiluvchi omildir. Har qanday tovar, hatto uning sifati eng yuqori bo‘lsa ham, bozor uchun maqbul narxga ega bo‘lishi, sotish tarmog‘i ko‘taradigan, mo‘ljaldagi iste’molchilarning odatlariga moslashgan bo‘lishi kerak, hamda tovarning bozordagi yaxshi ketishini ta’minlovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlovchi kommunikasiya yordamiga ega bo‘lishi lozim. Bozorda talab taklifdan ko‘p bo‘lgan, firma xaridorlarga yaxshi tanish bo‘lgan va raqobat bo‘lmagan hollar kam uchraydi. Operasion marketing - marketingning eng ko‘zga ko‘rinarli jihatidir, bunga asosiy sabab shuki, reklama va tovarlarni siljitish faoliyatining roli g‘oyatda muhimdir. Ba’zi firmalar, masalan sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi esa aksincha, marketingni reklama bilan uzviy bog‘liq deb tushunib, uzoq vaqtgacha marketing bizning biznesga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblab keldilar. Demak, marketing - bu firmaning tijorat dastagi bo‘lib, hatto eng yaxshi strategik reja ham yaxshi natijalarga olib kela olmaydi. Ammo ko‘rinib turibdiki, etarlicha katta strategik bazasiz mutlaqo rentabelli operasion marketing ham bo‘lishi mumkin emas. Fikrsiz dinamizm - asossiz tavakkaldir, xolos. Operasion marketing rejasi har qancha kuchli bo‘lmasin, u ehtiyoj yo‘q bo‘lgan joyda talabni yuzaga keltira olmaydi va yo‘qolib ketishi muqarrar bo‘lgan faoliyat yo‘nalishini saqlab qola olmaydi. Binobarin, rentabellikni ta’minlash uchun operasion marketing strategik fikrlashga asoslangan bo‘lishi kerak, u esa o‘z navbatida bozordagi ehtiyojga va uning kutilayotgan evolutsiyasiga tayanadi. Download 44.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling