Mavzu: Qurilish materiallarini maydalash qonuniyati


Download 1.74 Mb.
bet1/9
Sana03.05.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1423449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uskuna M 1


Mavzu: Qurilish materiallarini maydalash qonuniyati.
Мавзуни ёритиш режаси:



  1. Tog‘ jinslarini maydalash usullari.

  1. Maydalashning asosiy qonunlari

  1. Jinslarning maydalanish darajasi.

  1. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar klassifikatsiyasi

Tayanch iboralar: maydalash, sindirish, maydalovchi va kukunlovchi mashinalar, boshlangich bo‘lak, natijaviy bo‘lak.
1. Maydalash usullari va ularni zarurligi.
Har xil qurilish materiallarini mahsulot va konstruksiyalarini tayyorlash uchun ishlatilayotgan xom ashyo va aralashmalarni maydalashga to‘g‘ri keladi. Maydalash jarayoni sindirish va kukunlash bosqichlaridan iborat. Sindirish va kukunlash bir biridan ajralmasdir. Sindirish natijasida tayyor mahsulot kattaligi 3 mm dan yuqori bo‘ladi, kukunlashda esa 3 mm dan kichik bo‘ladi. Sindirish jarayoni sindiruvchi mashinalarda, kukunlash esa tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Sanoatda qurilish materiallarini sindirish va kukunlash jarayonlari alohida ahamiyatga ega. Chunki olingan mahsulot har xil qurilish materiali sifatida (sement, ohak, sopol, temir-beton va b.q.) ishlatiladi. Qurilish materiallarini maydalash asosan ezish sindirish ishqalash, urish yoki birgalikda ta'sir qilishi, ezish va ishqalash, urish ishqalash va boshqa hollarda.



Maydalash usullari sxematik ko‘rinishda rasmda keltirilgan.
Maydalovchi-kukunlovchi mashinalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlaridan biri maydalash darajasidir. Boshlang‘ich bo‘laklar razmerini, natijaviy bo‘lak razmerlariga nisbatan maydalash darajasi. Maydalash darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

D - boshlang‘ich bo‘lak razmeri, m
d - natijaviy bo‘lak razmeri, m
Faqatgina birgina maydalovchi yoki kukunlovchi mashinada yuqori darajada maydalash darajasi olish mumkin emas, shuning uchun boshlang‘ich mahsulotni maydalash bir necha ketma-ket ishlayotgan mashinalarda amalga oshirish mumkin.
Maydalangan mahsulotning o‘lchamlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi.

Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar ochiq va yopiq sikllarda ishlashi mumkin. Ochiq siklda ishlagan holda qurilish materiallari maydalovchi va kukunlovchi mashinalardan faqat bir marotaba o‘tadi va bunda natijaviy mahsulot tarkibida talab qilingan o‘lchamdan yuqori bo‘lgan zarrachalar uchraydi.
a) katta o‘lchamli - 350 - 100 mm. b) o‘rta o‘lchamli - 100 - 40 mm.
v) kichik o‘lchamli - 40 - 3 mm

Yopiq siklda ishlaganda esa natijaviy mahsulot tarkibidagi katta o‘lchamli zarrachalar yana qayta maydalovchi mashinalardan o‘tadi.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling