Mavzu: xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri reja: kirish


Download 495.35 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi495.35 Kb.
#1582795
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
rustamm




MAVZU:XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING JAHON IQTISODIYOTIGA TA’SIRI


REJA:


KIRISH
I.BOB. JAHON IQTISODIYOTIDA IQTISODIY INTEGRATSIYA
1.1.Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati hamda sabablari.
1.2.Xalqaro iqtisodiy integratsiya toʼgʼrisidagi turlicha nazariy qarashlar
1.3.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar
II. IQTISODIY INTEGRATSIYANING JAHON HAMDA O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRI
2.1.Xalqaro integratsiyaning milliy iqtisodiyotlar rivoji uchun afzalliklari va uning umumiy jihatlari
2.2.Globallashuv sharoitida Oʼzbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki tahlili
2.3.Oʼzbekistonning Yevro-Osiyo xalqaro iqtisodiy tashkilotiga aʼzo boʼlishining ijobiy va salbiy tomonlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Maʼlumki mamlakatimiz istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq tashqi iqtisodiy siyosat borasidagi islohotlarini jadal rivojlantirishni samarali yoʼlga qoʼyishga kirishdi va shundan kelib chiqib ushbu boradagi meʼyoriy-huquqiy baʼzani yaratdi. Globallashuv sharoitida mamlakatlarning oʼzaro turli sohalarda integratsiyalashuvi jarayoni jadal kechadi va u respublikalar taraqqiyoti omili boʼlib xizmat qiladi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan boʼlsak, u jahon xoʼjaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Ushbu jarayonga esa mamlakatlarning oʼzaro integratsiyalashuvi asos boʼlib xizmat qiladi. Аyniqsa, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv mamlakatimizga xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim rol oʼynaydi, chunki olib qaraydigan boʼlsak tashqi iqtisodiy faollik mamlakatni investitsion jozibadorligini oshiradi.
Shu o`rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilgi murojaatnomalarida “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerakligi va shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarurligi ta`kidlab o`tgan bo`lsalar Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Unga ko`ra iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti bo‘lgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz, , iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifadir.Kelgusi yili eksport hajmini 30 foizga oshirib, 18 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilib qo‘ymoqdamiz.Biz eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishimiz, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirishimiz zarur.”1deb ta`kidlab o`tdilar.
Dunyoda globallashuv jarayonlari shudarajada jadal kechmoqdaki, baʼzi mamlakatlarning oʼzaro ziddiyatlari mavjudligiga qaramasdan ayrim hollarda ularning birgalikda hamkorlikda ishlashga majbur qilmoqda, aks holda jahon sivilizatsiyasidan orta qolish kabi holatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi sharoitda mamlakatlar oʼrtasida oʼzaro aloqalarning rivojlanishi har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotini rivojlanishiga taʼsir koʼrsatadi. Ularni hisobga olish har bir davlatning samarali tashqi iqtisodiy siyosat yuritishining zarur shartiga aylanib qoldi. Maʼlumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti global xususiyatga ega boʼlib, kichik yoki katta milliy iqtisodiyotlar majmuidan iborat. Ularning hammasi uzilmas rishtalar bilan bogʼlangan va bir-birlarini toʼldirib turadi. Hozirgi dunyoda ekstranaliyalar, yaʼni ijobiy yoki salbiy tashqi taʼsirlarga uchramagan iqtisodiyotlar yoʼq.

Download 495.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling