Metodikalari kafedrasi


Download 68.63 Kb.
bet1/3
Sana25.09.2020
Hajmi68.63 Kb.
#131268
  1   2   3
Bog'liq
Parpieva Rano 2 guruh


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

MAKTABGACHA, BOSHLANG’ICH VA MAXSUS TA’LIM

METODIKALARI KAFEDRASI

BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QITUVCHILARI KURSI

2-GURUH TINGLOVCHISI

Parpiyeva Ranojon Qahorovnaning

O’quvchilarda kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda o’qituvchining o’rnimavzusidagi


MALAKA ISHI

Kafedra mudiri v.b: ______ D.Muminova

Ilmiy rahbar: ______ N.Karimova

Namangan2020-yil avgust oyi

1

Mundarija



Kirish……………………………………………………………….……3

Asosiy qism:

1. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyati…………………………………………………………5

2. 1-4 sinf o’quvchilarning o’qish darslarida shakllangan fanga oid kompitensiya elementlari …………………………………………………………13

3.Pedagogning kasbiy kompetentligi …………………………………19.

4.Ta’limda kompetentsiyaviy yondashuvning vujudga kelishi tarixiga oid ma’lumotlar. ……………………………………………………24

Хulosa…………………………………………………30

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………31


Annotatsiya
Ushbu malaka ishi ” Boshlang’ich sinf o`quvchilarida kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda o’qituvchining o’rni ” mavzusida yozilib, kirish,asosiy qism,xulosa va adabiyotlardan tuzilgan. Tayyorlanish sifati va belgilangan tartibda rasmiylashhtirilgan, mustaqil bajarilgan va ijodiy yondashilgan. Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyatining ochib berilgan, maqsad va natijalar mos keladi. O`zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko`zda tutadi.

2

KIRISH



. Mavzuning dolzarbligi. O`zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini bar’o etishni ko`zda tutadi. Amalga oshirilayotgan o`zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma`naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo`lda bizga doimo mash`ala bo`ladigan, yo`limizni charog’on yoritib turadigan ota-onalarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari bor. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona odob-ahloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Yurtimizda buyuk rejalar va bunyodkorlik ishlari tarixiy an’ana va tajribalarga asoslanib, aql-u idrok bilan amalga oshirilmoqda. Dunyodagi har bir millatning, shu jumladan, o`zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti, o`ziga xos tarixiy–etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo`lgan munosabati ham turlicha bo`lishi shubhasiz. Zero, milliy o`ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar tabiiy geografik o`rnashuv, o`zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror to’adi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy-’sixologik qarashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi. Mazkur malakviy ishda shu kundagi dolzarb masala o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini hayotiy ehtiyojlarida qo’llay olish layoqat(kompetentlik)larini shakllantirish hamda uni amalga oshirishning eng samarali usul va metodlarini tanlashga bag’ishlangan.

3

MALAKA ISHINING MAQSADI.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi,boshlang’ich sinf o`quvchilarini faollashtirishda o`zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini yoritish va uning amaliy samaradorligini ta`minlashga asoslangan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish.


  • mavzuga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o`rganish;

  • boshlang’ich sinf o`quvchilarini faollashtirishda o`zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlariga oid tavsiyalar ishlab chiqish.

  • Mavzuga oid ilmiy- uslibiy adabiyotlarni o’rganish.


4

1. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyati.

-Kompetentlik nima?

-Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi?

-Pedagog o’zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur?.

Ayni o’rinda shu va shunga yondosh g’oyalar yuzasidan so’z yuritiladi. Ta’limda kompetentsiyaviy yondashuvning vujudga kelishi tarixiga oid materiallarni analiz qilinsa, uning rivojlanish tarixini shartli ravishda to’rtta davrga bo’lish mumkin.

Birinchi bosqich (1960—1970 yillar). Bu davrda ilk bor “kompetentsiya” va “kompetentlik” so’zlari ilmiy adabiyotlarga kirib kela boshladi. Shu davrdan boshlab til o’rganish nazariyasi yo’nalishida til kompetentsiyasi turlariga tegishli tadqiqotlar boshlanib D.Xayms tomonidan, “kommunikativ kompetentlik” tushunchasi kiritiladi.

Ikkinchi bosқich (1970—1990 yillar). Bu davrda til o’rganish (ayniqsa o’z ona tilisi bo’lmagan) nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda kasbiy mahorat, rahbarlik qilishda, menejmentda, muloqot qilishni o’rganishda kompetentsiya/kompetentlik kategoriyalari ishlatila boshlandi; “ijtimoiy kompetentsiya/kompetentlik” tushunchalarining mazmuni ishlab chiqila boshlandi. Bu davr shunisi bilan xarakterliki kompetentlikning turli ko’rinishlarida “tayyor bo’lmoq”, “layoqat” kategoriyalarining taqdim etilishi, shuningdek, “javobgarlik”, “ishonch bilan” kabi psixologik sifatlarni qayd qilinishi ehtiborni jalb qiladi. J.Ravenning 1984 yilda chop etilgan “Zamonaviy jamiyatda kompetentlik” nomli asarida kompetentlikka keng tahrif beriladi. Bu shunday ҳodisaki, “ u juda ko’p miqdordagi komponentlardan tashkil topgan b0’lib, ulardan ko’pchiligi birbiriga nisbatan mustaqildir, ayrim komponentalar ko’proq kognitiv sohaga tegishlidir, boshqalari – emotsional sohaga tegishli.

Bu komponentalar o’z-o’zini samarali boshqarishda birbirini tў\o’ldirishi mumkin” deydi. XXI asr uchun ta’lim bo’yicha xalqaro komissiyada Jak Delorning “Ta’lim: yashirin xazina” nomli mahruzasida “ta’lim tayanadigan to’rtta ustunni ta’riflab beradi: – bu bilishni o’rganish, bajarishni o’rganish, birgalikda yashashni o’rganish, yashashni o’rganish”. Bu bilan globolg’ kompetentlikning asosiy mazmunini ochib beradi.

Jak Delorf fikriga ko’ra, bajarishni o’rganish deyilganda, nafaqat kasbiy malakaga ega bo’lish, balki keng mahnoda kompetent bo’lish nazarda tutiladiki guruhlarda ishlay olish va ish paytida yuzaga keladigan juda ko’p murakkab vaziyatlardan muvaffaqiyatli chiqib keta olsin. 1996 yilning 27-30 mart kunlari Bern shahrida Yevropa Kengashi dasturi bo’yicha o’tkazilgan simpoziumda,

ta’limni isloh qilish uchun eng muhim narsa tayanch kompetentsiyalarni belgilab

olish kerak ekanligi, bu esa o’z navbatida ta’lim oluvchilarning muvaffaqiyatli ravishda ishlay olishlari va so’ngra oliy ta’lim egallashlari uchun zarurligi haqida masala qo’yiladi.

V. Xutmaxerning umumlashtiruvchi mahruzasida kompetentsiya ko’nikma, kompetentlik, qobiliyat, mahorat kabi tushunchalar bilan bir qatorda ishlatilsada, uning mazmuni hali to’la ochib berilmaganligini ta’kidlab o’tadi.

Ma’ruzachining fikricha, “kompe-tentsiya” “bilamanki,nima...”, dan ko’ra “bilamanki, қanday....” tushunchasiga yaqinroqdir.

Kompetentsiyalarni ishlab chiquvchi asosiy mutaxassislardan biri G.Xalaj ularning ta’riflashni, Yevropa oldiga qo’yilgan chaqiriqlarga (demokratik ochiq jamiyatni saqlash, mulg’timadaniyat, mehnat bozoriga qo’yilgan yangi talablar, tashkilotlarni kompleks rivojlantirish, iqtisodiy o’zgarishlar va ҳ.k.) javob sifatida qaraydi. V.Xutmaxer Yevropa kengashi tomonidan qabul qilingan “evropa yoshlari ega bo’lishi kerak bo’lgan” beshta tayanch kompetentsiyalarning ta’riflarini keltiradi.

Ommaviy axborot vositalari va reklamalar orqali tarqatilayotgan axborotlarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lish, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ajrata bilish uchun bunday texnologiyalarni bilish; - kasbiy va ijtimoiy hayot kontekstiga ko’ra butun hayoti davomida uzluksiz ravishda o’qib o’rganib borish. SHuni aytish joizki, “kompetentlik” tushunchasi bilan birgalikda, uning sinonimi sifatida “malakalar bazasi” ishlatilgan hollar ham mavjud.

T. Oskarson tomonidan mana shunday malakalar bazasining ro’yxati tuzilgan bo’lib uni kompetenliklar sifatida tushuntirish mumkin. B.Oskarsson fikriga ko’ra, ular keng qamrovli, maxsus kasbiy xislatlariga qo’shimcha ravishda rivojlanadilar. Bunday tayanch kompetentsiyalar shuningdek, o’z ichiga jamoada samarali ishlash, rejalashtirish, muammolarni yechish, ijod qilish, peshqadam bo’lish, tadbirkorlik, tashkilotchilik va kommunikativ ko’nikmalarni oladi. B.Oskarsonga asoslanib 1998 yilda S.SHo yana quyidagilarni kiritadi: “asosiy malakalar”, masalan, savodxonlik, hisob-kitob olib bora olish; “hayotiy ko’nikmalar”, masalan, o’z-o’zini boshqarish, boshqa insonlar bilan munosabat; “tayanch malakalar”, masalan, kommunikativlik, muammolarni yechish; “ijtimoiy va fuqarolik malakalari”, masalan, ijtimoiy faollik, qadriyatlar; “band bo’lish uchun malakalar”, masalan, axborotni ishlovdan o’tkazish; “tadbirkorlik malakalari”, masalan, ishbilarmonlik imkoniyatlari; “boshqarish malakalari”, masalan, maslahat berish, analitik mushohada qilish; “keng malakalar”, masalan, analiz qilish, rejalashtirish, nazorat. Bundan tashqari, kompetentlik malakalar bazasi bilan munosabatda bo’lib qolmasdan, tayanch kvalifikatsiyalar bilan bog’langandir. Bunda muhimi, malakalar bazasini kompetent ravishda aniqlashdan iborat. “Bu ijtimoiy hayotdagi, ishdagi juda ko’p vaziyatlarda va turli shakllarda namoyon bўladigan shaxsiy va shaxslararo sifatlar, qobiliyatlar, bilimlar va ko’nikmalardir”. Uchinchi bosqich 90-yillardan boshlanadi. Bu davrda kompetentlikni ilmiy kategoriya sifatida ta’limda nisbatan қo’llash bo’yicha tadqiqot ishlari bajarildi.

A.K.Markovaning (1993-1996 y) ishlarida mehnat psixologiyasi kontekstida kasbiy kompetentlik maxsus predmet sifatida har tomonlama qaraladi. Bu davrda shuningdek, o’qituvchi kompetentligiga tegishli bo’lgan ishlar L.M.Mitina, L.A.Petrovskoy, N.V. Kuzg’mina, L.P.Alekseeva, N.S.SHabligina va boshqalar tomonidan bajariladi. Mazkur yondashuv rivojlanishining uchinchi bosqichining yana bir jihati shundaki YuNESKO materiallari va hujjatlarida ta’limdan kutiladigan natija sifatida bir qancha kompetentsiyalar ajratib olina boshlandi. To’rtinchi bosqich kompetentsiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumtahlim fanlari standartlari mazmuniga kiritish bilan bog’langandir. 2006 yil 18 dekabrda Yevropa parlamenti va Kengashi uzluksiz ta’lim uchun quyidagi tayanch kompetentsiyalarni tavsiya qildi:

1 O’z ona tilida muloqot qila olish;

2 CHet tilida muloqot qila olish;

3 Matematik kompetentlik hamda fan va texnika sohasidagi asosiy kompetentsiyalar;

4 Raqamli kompetentlik;

5 O’qishni o’rganish;

6 Ijtimoiy va fuqarolik kompetentsiyasi;

7 Tadbirkorlik va tashabbuskorlik tuyg’usi;

8 Madaniyatdan xabardor bo’lish va uni ifodalash.

Kompetenttsiyaviy yondashuv deganda nimani tushunamiz?

“Com’etence” so’zi “to com’ete” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi. So’zma-so’z tarjima qilinsa “musobaqalashishga layoqatlilik” mahnosida keladi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetentsiya, kompetentlilik o’ta murakkab, ko’p qismli, ko’pgina fanlar uchun mushtarak bo’lgan tushunchalardir. SHu boisdan uning talқinlari ham hajman, ham tarkibiga ko’ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tumandir. Atamaning mohiyati shuningdek, “samaradorlik”, “moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “muvaffaqiyatlilik”, “tushunuvchanlik”, “natijalilik”, “uquvlilik”, “xocca”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmokda.

“Kompetentlilik”, “kompetentsiya” tushunchalari tavsiflarida quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratiladi:

 bilimlar majmuining amalda qo’llanilishi;

 shaxsning uquvi, xislatlari, fazilatlari;

 amaliy faoliyatga tayyorgarlik o’lchovi;

muammolarni hal etish, amalda zarur natijalarni qo’lga kiritish layoqati;

 shaxsning professional faoliyatini ta’minlovchi bilim, kўnikma, malakalar yaxlitligi;

 faollashgan (amaliyotga tatbiq etilgan) o’quv, bilim, tajribalar majmui;

 shaxsning maqsadli yo’naltirilgan emotsional iroda kuchi.

O’zbekiston Respublikasida ta’limning barcha bosqichlarida chet tilini o’qitishning asosiy maqsadi o’rganuvchilarning ko’p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirishdan iborat.

Hozirda“ Yevropa uchun tayanch kompetentsiyalar” deb nomlangan Yevropa kengashi simpoziumida belgilangan tayanch kompetentsiyalar quyidagilar:

O’rganishi kerak: - tajribadan foydali biror narsani chiqarib olishi;

- o’z bilimlari orasidagi o’zaro aloqani tashkil qilish va ularni tartiblashtirish;

- o’zining shaxsiy o’rganish usullarini tashkil qilish (o’rnatish);

- muammolarni yecha olish. Mustaqil bilim olish bilan shug’ullanish;

- turli ma’lumotlar bazasini izlash;

-tevarak-atrofdan surishtirish;

- ekspertdan maslahat olish; axborot olish;

 hujjatlar bilan ishlash va ularni turkumlash(klassifikatsiyalash).

O’ylash: - o’tgan va hozirgi voqealar orasidagi o’zaro bog’liqlikni topmoq;

- jamiyat rivojlanishining u yoki bu aspektiga tanqidiy yondashmoq;

- murakkablik va o’ziga bo’lgan ishonch yo’qolishiga qarshi turmoq;

- bahslashuvlarda o’z pozitsiyasini egallash va shaxsiy nuqtai nazariga ega bo’lmoq; - o’qiyotgan va ishlayotgan joydagi siyosiy va iqtisodiy muhitning muhimligini anglash; - salomatlik, iste’mol qilish, hamda tasviriy san’at va adabiy asarlarini baholay bilish.

Hamkorlik qilish:

- Guruhda ishlash va hamkorlik qila olish;

-Qarorlar qabul qilish –anglashilmovchilik va janjallarni bartaraf etish;

-Kelisha olish;

- Shartnomalarni ishlab chiqish va bajarish. Ishga kirishish:

- Loyihada qatnashish;

- Javobgarlikni olish;

- Guruhga yoki jamoaga kirish hamda o’z hissasini qo’shish;

- Hamkor ekanligini isbotlash;

- O’z ishini tashkil qila bilish;

-Hisoblash va modellashtirish asboblaridan foydalana bilish. Ko’nikish;

- Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish; - Tez o’zgarishlar oldida moslashuvchanligini isbotlash;

- Yangi yechimlarni topa bilish.



Niderlandiyada o’quvchilarda quyidagi kompetentsiyalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim tizimi yaratilgan: -kelajakka intilish ko’nikmalarini rivojlantirishni mo’ljal qiladigan strategik kompetentsiya; - o’rganilayotgan o’quv fani xususiyatiga doir bo’lgan bilim va malakalar bilan bog’liq predmet kompetentsiyalari; mazmuni jihatidan boshqarish malakalaridan iborat bo’lgan metodik kompetentsiya; - asosiy tarkibi hamkorlik malakalari, tanqidni qabul qilish, qayta aloqa o’rnatish; axloqiy-madaniy kompetentsiya bo’lgan ijtimoiy-kompetentsiya. Ular o’z ichiga kasbiy munosabatlar, motivatsiya, natijaga erishish uchun tayyor bo’lish va o’quv malakalari, refleksiyani rivojlantirishni belgilaydigan o’quv kompetentsiyalarni oladi.

Avstriya ta’lim tizimida quyidagi tayanch kompetentsiyalar ajralib turadi: - shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan kompetentsiyalar; - ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetentsiyalar.

Ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetentsiyalarga quyidagilar kiradi: -“Til va kommunikativlik”; - “Ijod va dizayn”; - “Inson va jamiyat”; - “Salomatlik va harakat”; - “Tabiat va texnika”. Ijtimoiy kompetentsiyalarga kommunikativlik, jamoada ishlay olish, janjallarni bartaraf qila olish, boshqalarni tushunish, kirishimlilik, ijtimoiy javobgarlik kiradi.



Britaniya maktablarida oltita tayanch kompetentsiyalar asos sifatida olingan. Ularni shartli ravishda bir nechta guruhlarga birlashtirish mumkin.

Asosiy kompetentsiyalar: - muloqotga kirishish; - hisob-kitoblar yuritish; - axborot savodxonligi. Keng ko’lamli tayanch kompetentsiyalar: boshqalar bilan ishlay olish; o’qish va takomillashish malakasi; turli masala va muammolarni yechish ko’nikmasi.



AQSHda 1980 yillardan boshlab ta’lim standartlari ishlatila boshlangan. AQSH maktablarida yil yakunini baholashda shuningdek, bitiruvchi sinflarda o’quvchilarning bitirish imtihonlarida standart-lashtirilgan imtihon (test) lardan foydalaniladi. Amerikada ta’lim tizimi markazlashtirilmagan. SHunga ko’ra, ta’lim-ga doir ko’pgina masalalar mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilinadi. Har bir shtat tomonidan ta’lim standartlari va dasturlari odatda mustaqil ravishda qabul qilinadi. Har bir shtatdagi qonun chiqaruvchi majlis tomonidan maktablar uchun bilimlarning umumiy minimal darajasi belgilab qo’yilgan.

Germaniyada 1970 yilda PISA tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarning butun mamlakat bo’yicha past natija ko’rsatganidan so’ng ta’lim standartlari va dasturlari ishlab chiqila boshlandi. Nemislarning standarti o’quvchilarda tayanch malakalar va kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lib o’quv dasturi ortiqcha bilimlar bilan to’ldirib tashlanmagan. 2004 17 yildan boshlab maktab ta’limi standartlari majburiy hisoblanadi.

O’quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishda uni uch turga bo’ladilar.

1. Metapredmet kompetentsiyalari (tayanch kompetentsiyalar).

2. Predmetlararo kompetentsiyalar.

3. Predmetga oid kompetentsiyalar.

Metapredmet kompetentsiyalar – bu “premetdan oldin”, “predmet ustida” degan mahnoni bildiradi. Buning sababi shundaki inson jamiyatda muvaffaqiyatli yashashi uchun ma’lum bir turdagi layoqat, qobiliyat, malakalarga ega bo’lishi kerak. Jumladan, o’z fikrini ravon, tushunarli holda og’zaki va yozma bayon qila olish, zaruriy axborotlarni izlab topa olishi va undan foydalanish, jamiyatda faol bўlishi, o’z-o’zini doimiy rivojlantirish va h.k. xususiyatlarga ega bo’lish. Tayanch kompetentsiyalarning eng maqbul variantini Xalqaro pedagogika fanlari akademiyasining akademigi, pedagogika fanlari doktori A.V. Xutorskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko’ra:

-qadr-qimmat, e’tiqod kompetentsiyasi.

-Umummadaniy kompetentsiyalar.

–o’quv-o’rganish kompetentsiyasi.

-Axborot kompetentsiyasi.

-Kommunikativ kompetentsiya.

-Ijtimoiy-mehnat kompetentsiyasi .

- SHaxsni takomillashtirish kompetentsiyasi.

Qozog’iston Respublikasi hukumati 2012 yil 23 avgustda “Tegishli ta’lim bosqichlarining davlat umummajburiy ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilinadi. Mazkur qaror bilan 6 ta yo’nalish bo’yicha kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat umummajburiy standartlari tasdiqlanadi:

1) maktabgacha tarbiya va ta’limning davlat umummajburiy standarti;

2) o’rta (boshlang’ich, tayanch o’rta, umumiy o’rta ta’lim) ta’limning davlat umummajburiy standarti;

3) texnik va kasbiy ta’limning davlat umummajburiy standarti;

4) o’rta ta’limdan keyingi ta’limning davlat umummajburiy standarti;

5) oliy ta’limning davlat umummajburiy standarti;

6) oliy ta’limdan keyingi ta’limning davlat umummajburiy standarti.

Maktabgacha tarbiya va ta’lim maskanlarida tarbiyalanayotgan va o’qiyotganlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kompetentlikka ega bo’lishlari belgilab qo’yilgan:

 salomatlikni saqlash kompetentligi;

kommunikativ til kompetentligi;

 bilish kompetentligi;

 ijodkorlik kompetentligi;

 ijtimoiy kompetentlik.

O’rta ta’limda tahsil oladigan o’quvchilar kompetentligi uchta yo’nalishda erishgan natijalariga ko’ra baholanadi:

1) shaxsiy natijalar;

2) tizimli-faoliyatiga ko’ra natijalari;

3) o’quv predmetlari bo’yicha natijalari.

Muxtasar qilib aytganda XX asrda o’qish, yozishni bilmaydigan odamni “savodsiz” deyishsa, 21-asrga kelib o’qib o’rganganlarini amalda qo’llay olmaydigan odamni “savodsiz” deyish mumkin. Bu esa ta’lim tizimini kompetentsiyaviy yondashuv asosida olib borishni taqozo etadi.



O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuv asosida olib borilgan ishlar CHet tilini o’qitishdagi ijobiy natijalarni hisobga olib uzluksiz majburiy tahlim tizimi uchun boshqa umumtahlim fanlaridan ham kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlarini ishlashga kirishildi.

Mehnat ta’limi yo’nalishlaridan biri qishloq xo’jaligi mehnatidir. Bunda yerga ishlov berishda ishlatiladigan ketmon, panshaxa, o’roq, lopatkalarda bosim tushunchasi, mashina va mexanizmlarda aylanma va ilgarilanma harakatlarni fizikada shu mavzularni o’rganganlarida bilimlaridan amaliyotda foydalanish kompetentsiyalarini shakllantiriladi. Tajriba-tadqiqot jarayonida tayanch kompetentsiyalar, o’quv predmetiga oid kompetentsiyalar bilan hamohang ravishda shakllantirib olib borilgan. Masalan: 6-sinfda “Issiqlik o’tkazuvchanlik.

Konvektsiya” mavzusini o’rganishda, asosan, issiqlik uzatishning turlariga e’tibor qaratilgan. Bundao’qitishning loyihalash usulidan foydalanilgan.

Ona tili darslarida o’quvchilarda tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishda parallel ravishda predmetga oid kompetentsiyalar ham shakllantirilib borilgan. Xususan, Mustaqil va ijodiy fikrlash kompetentsiyasi- Ona tili ta’limining asosiy usuli talablariga ko’ra, o’quvchi mavzu bo’yicha belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashi uchun darslikdagi mashq va topshiriqlarni o’n bosqichli mustaqil, ijodiy fikrlash mashqlari asosida bajarishi kerak. Ular quyidagilar: kuzatish, izlanish, alohidaliklarni sharhlash, umumiylikni topish, farqlarni aniqlash, qiyoslash, tasniflash, xulosa chiqarish, aloqadorliklarni ochish, amalda qo’llash.



Ona tili darslarida o’quvchilarda tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishda parallel ravishda predmetga oid kompetentsiyalar ham shakllantirilib borilgan. Xususan, Mustaqil va ijodiy fikrlash kompetentsiyasi- Ona tili tahlimining asosiy usuli talablariga ko’ra, o’quvchi mavzu bo’yicha belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashi uchun darslikdagi mashq va topshiriqlarni ўn bosқ\qichli mustaqil, ijodiy fikrlash mashqlari asosida bajarishi kerak. Ular quyidagilar: kuzatish, izlanish, alohidaliklarni sharhlash, umumiylikni topish, farqlarni aniqlash, qiyoslash, tasniflash, xulosa chiqarish, aloqadorliklarni ochish, amalda qo’llash. Majburiy o’rta ta’lim ikki bosqichdan iborat bo’lib umumiy o’rta ta’lim (1-9-sinflar) va o’rta maxsus ta’limni qamrab oladi. Majburiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti, ta’lim nihoyasida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va kompetentsiyalarning minimal (o’rta) darajasini belgilab beradi. Har bir sinf yakunida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va kompetentsiyalar matematika fani bo’yicha ishlab chiqilgan o’quv dasturida o’z aksini topadi. Davlat ta’lim standartlari o’quvchilarning matematika fani bo’yicha bilim va tayyorgarlik darajalarini belgilab beradi, o’quv reja va dasturlar, darsliklar, qo’llanmalarni ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 68.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling