Metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo’ladi


Download 31.94 Kb.
Sana08.12.2020
Hajmi31.94 Kb.
#162464
Bog'liq
Meliqulov Sh 1-amaliy ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”



fanidan
AMALIYOT

TOPShIRIQ №1

Bajardi: Axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi



OEL-013 – 2 guruh

Meliqulov SH




Toshkent 2020


1-savolga javob:

O‘lchash asboblaridagi asosiy tarkiblar

Har  qanday  o’lchash  asbobini  tanlashda  eng  avvalo  uning 


metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo’ladi. 
O’zgartirish  funksiyasi  -  buni  analogli  o’lchash  asboblarida 
shkala  tenglamasidan  ham  bilishimiz  mumkin.  Tanlanayotgan 
asbobda o’zgartirish funksiyasi chiziqli bo’lishi qaydnomalarni olishni 
osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi. 
Sezgirligi.  Asbobning  sezgirligi  chiqish  signalining  kirish 
signaliga nisbatidan aniqlanadi: 
S q dy/dx ; 
Asbobning  o’lchash  xatoligi.  Bu  xatolik  sifatida  mutlaq 
xatolik,  nisbiy  xatolik  yoki  keltirilgan  xatolik  berilgan  bo’lishi 
mumkin. 
Bu  xatoliklar  xususida  oldingi  mavzularda  etarli  ma’lumotlar 
berilgan. 
O’lchash  diapazoni.  Bu  asosan  ko’p  diapazonli  asboblarga 
tegishli.  Aksariyat  hollarda  asbobning  har  bir  o’lchash  diapazoniga 
taalluqli xatoliklari ham beriladi. 
Sezgirlik  ostonasi  -  tekshirilayotgan  kattalikning  qanday 
boshlang’ich  qiymati  o’lchash  asbobining  chiqish  signaliga  ta’sir 
etishini bildiradi. 
Xususiy  energiya  sarfi.  Bu  tavsif  ham  muhim  hisoblanib, 
asbobning  o’lchash  zanjiriga  ulanganidan  so’ng  kiritishi  mumkin 
bo’lgan  xatoliklarni  baholashda  ahamiyatli  sanaladi.  Ayniqsa,  kichik 
quvvatli zanjirlarda o’lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir. 
Asbobning  ishonchliligi  -  uni  belgilangan  ko’rsatkichlarini 
vaqt  mobaynida  saqlash  xususiyatini  bildiradi.  Bu  ko’rsatkichlarni 
chegaradan  chiqib  ketishi  asbobni  layoqatligi  pasayib  ketganligidan 
dalolat beradi. 
Aksariyat  o’lchashlarda  biror  signalni  boshqa  turga  o’zgartirish 
lozim  bo’ladi.  Ushbu  vazifani  odatda  o’lchash  o’zgartkichlari 
bajaradi. 
O’lchash  o’zgartkichi  deb  o’lchash  ma’lumoti  signalini  ishlab 
chiqish,  uzatish,  keyinchalik  o’zgartirish,  ishlov  berish  va  yoki 
saqlashga  mo’ljallangan,  lekin  kuzatuvchining  ko’rishi  uchun 
moslanmagan o’lchash vositasiga aytiladi. 
O’lchash  o’zgartkichlarining  turlari  juda  ko’p.  Odatda  o’lchash 
zanjirida  birinchi  bo’lgan,  ya’ni  o’lchanayotgan  kattalik  signalini 
qabul 
qiladigan 
o’lchash  o’zgartkichiga  birlamchi  o’lchash 
o’zgartkichi  deyiladi.  Undan  keyingi  joylashgan  o’lchash 
o’zgartkichlariga esa oraliq o’zgartkichlar nomi berilgan. 
O’lchash o’zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli 
va parametrik o’lchash o’zgartkichlari kiradi.

2-savolga javob:

O‘rta Osiyo qadimiy kattaliklar birliklari

"Metrologiya" so`zi grekcha metros-kenglik va logos o`qish ma`nosini bildirib, kenglik haqida o`qish, aniqroq ma`noda esa o`lchovlar haqidagi fan demakdir. Zamonaviy tarixiy metrologiya fanining vazifasi insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida qo`llanilgan o`lchov birliklari tarixi va ularni hozirgi davr o`lchov birliklariga muvofiqligini yoritish, ajdodlarimizning bebaho merosini kelajak avlodlarga yetkazishdan iboratdir. Tarixiy metrologiya ijtimoiy-iqtisodiy, xo`jalik, huquq, madaniy tarixni o`rganishda zarurdir. O`lchovlar rivoji avvalo jamiyatning ishlab chiqarish holatlari bilan bog`liqdir.

Ba`zi manbalarda XIX asr oxiridan kitob va traktlarda metrologiya termini uchrashi qayd etiladi. Vaholanki o`lchovshunoslik poydevoriga ajdodlarimiz juda qadimdan asos qo`yib kelishgan.

Qadimgi o`lchov birliklari

Uning poydevoriga ajdodlarimiz qadimdan tamal toshi qo`yib kelishgan. Dastlab ular, kundalik ishlarida zarur bo`lgan vaqt, uzunlik, yuza, hajm va og`irliklarni o`lchash uchun kerak bo`lgan usullarni topib, ulardan amalda foydalanishgan. Eng qadimgi o`lchash birliklari antropometrik, ya`ni insonning muayyan a`zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o`lchash birliklari hisoblanadi. Haqiqatdan ham ular vaqtni o`lchashda erta, kech, kun, tun, kun–tun kabi atamalardan foydalanishgan bo`lsa, uzunlikni o`lchashda qadam, qarich, quloch, barmoq, tirsak, shuningdek arpa yoki bug`doy donlaridan yoki ot yo`lidan foydalanishgan. Yuza va hajmlarni esa boshqa ma`lum yuza yoki hajmga nisbatan qiyoslab o`lchashgan. Og`irlikni o`lchash uchun bir narsani vazni ikkinchi narsani vazni bilan solishtirilgan, bunda asosan don (arpa, bug`doy, no`xat va hakozo) va meva (danak, yong`oq va haqozo) donalaridan foydalanishgan. O`lchashning mana shunday oddiy usullari ajdodlarimizning o`sha davrdagi kundalik ishlari uchun yetarli bo`lgan.

Boy madaniy merosga ega bo`lgan, jahon fani xazinasiga ulkan hissa qo`shgan o`zbek xalqi qadimdan o`lchovshunoslik sohasiga va uning rivojlanishiga juda katta ahamiyat berib kelgan. Shuning uchun bo`lsa kerak xalqimiz tomonidan shu sohaga tegishli yuzlab naqllar yaratilgan: Bog`ni boqsang bog` bo`lur, botmon-botmon yog` bo`lur», «Yemak tuz bilan, tuz o`lchov bilan», «Yetti o`lchab, bir kes», «Har yerning oz botmoni bor», «Har kim o`z qarichi bilan o`lchar», «Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh –tarozu» va hakozo.

Xalqimiz qadimdan dunyodagi ko`plab mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy va boshqa ko`pgina sohalar bo`yicha aloqalar qilishgan, savdo-sotiq bilan shug`ullanishgan. Mana shu aloqalarning samarali bo`lishida xalqimizning o`lchov va o`lchov birliklariga katta ahamiyat berishi va ulardan to`g`ri foydalanishi muhim bo`lgan. Ayniqsa, o`sha davrning o`qimishli kishilari o`lchash sohasiga tegishli ilmlarning yaratilishiga o`z hissalarini qo`shish bilan birga kishilarni shu sohadagi ilmlarni o`ganishga ham chaqirishgan. Natijada yuzlab o`lchovlar va o`lchov birliklarini yaratishgan va amalda qo`llashgan.

O`lchov va o`lchov birliklari to`g`risidagi bir qator ma`lumotlar buyuk Xorazmlik olim Abu Abdullox Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy algebraik risolasining «O`lchashlar haqida» deb ataladigan va geometriya (xandasa) ga doir qismida keltirilgan. Olim bunda uzunlik, yuza va hajmlarni hisoblash va o`lchash usullari bilan topishga katta ahamiyat bergan. Unda tanob, gaz, barmoq kabi o`lchov birliklari va o`lchov yog`ochi kabi o`lchash vositalari to`g`risida yaxshi ma`lumotlar berilib, ularni amalda qo`llashning yo`l-yo`riqlari ko`rsatilgan. Xorazmiy «Quyosh soatlari to`g`risida risola» asarida ham o`lchash sohasiga munosib hissa qo`shgan. Ulug` olim Ahmad Farg`oniy dunyoda birinchi bo`lib (861 yil) suv satxini o`lchaydigan asbob kashf etgan va uni yasab amalda qo`llagan.1

U «Quyosh soatini yasash haqida kitob» asarini ham yozib o`lchovshunoslik sohasining rivojlarishiga munosib hissa qo`shgan.

Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar tomonidan yaratilgan asarlarda juda ko`plab o`lchov birliklari keltirilgan. Ularning ko`pchiligi hozirgi kunda ham o`z kuchini yo`qotmagan. Boboqalon shoirimiz Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda 1069 - yili yozilgan «Qutadg`u bilig» asarida o`lchov va o`lchov birliklaridan foydalanibgina qolmay, balki o`lchash va iyyor ishlariga tegishli bilimlarni mukammal bilishga ham chaqirilgan. Bu iboradagi «iyyor ishi» atamasi metall sofligini sinash, bozordagi tosh va tarozilarning to`g`riligini, muomaladagi oltin va kumush pullarning sofligini va og`irligini kuzatib turish kabi ishlarni bajarish ma`nolarini bildiradi.

Mamlakatimiz hududida o`lchash ishlariga, ya`ni o`lchovshunoslik sohasiga katta ahamiyat berilganini Noshruddin Burxonuddin o`g`li Rabg`uziy tomonidan 1310 - yili turkiy tilda yozilgan «Qissai Rabg`uziy» asaridagi, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zaxriddin Muhammad Bobur va boshqa o`nlab olimu-fozillarning asarlaridagi ma`lumotlardan ham bilsa bo`ladi.

Suv sathini o`lchashda qo`llaniladigan o`lchov va o`lchov birliklari ham xalqimiz tomonidan yaratilgan, «Quloq» , «Tegirmon » singari o`lchov birliklari bunga misol bo`la oladi.

19-asrda Rossiya O`rta Osiyoni bosib olganidan so`ng u mahalliy aholiga «Ovrupa madaniyati » ni singdirish rejalarini amalga oshirdi. 1894 yili Rossiya hukumati ras o`lchovini Turkistonda so`zsiz qo`llash to`g`risida ko`rsatma e`lon qildi. O`tish muddati yirik savdogarlar uchun 3 yil, boshqalar uchun esa 5 yil qilib belgilangan edi. Shundan keyin qadimgi mahalliy o`lchov va o`lchov birliklariga oid barcha ma`lumotlar sekin-asta muomaladan siqib chiqarila boshladi. Masalan, 30-yillardk tahlil o`rniga analiz, sarjin o`rniga sajen, tanob o`rniga desyatina , chaqirim o`rniga versta kabi o`lchov birliklari qo`llaniladi.

Frantsiya kabi mamlakatlarda ham, O`rta asrlarda feodal knyazliklarda bir-biridan farq qiluvchi, turli o`lchov birliklari ishlatilgan. Sanoat inqilobi dunyo mamlakatlari o`rtasidagi savdo-sotiqning rivojlanishi turli o`lchov birliklaridan voz kechib, yagona metrik tizimga o`tishni taqozo etdi.2

1875 - yilning 20 - mayida Parijda 17 mamlakatning diplomatik vakillari tomonidan metrik konvensiyaning hujjatlari imzolandi. Xalqaro birliklar tizimi (XBT) 1960 yildan boshlab sobiq SSSRda qo`llana boshladi.3

Shunga qaramay XTB joriy qilinganiga 45 yildan oshgan bo`lsa ham muomalada ajdodlarimizdan meros bo`lib qolgan birliklardan hozir ham xalq orasida unumli foydalaniladi.

Jahon xalqlari tomonidan ,bir necha ming yillar davomida kashf etilgan vaqt, uzunlik, yuza, hajm, og`irlik va boshqa o`lchov birliklarining nomlari har xil bo`lgani bilan ularning qiymatlari bir-biriga juda yaqin. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichidayoq odamlarda u yoki bu kattaliklarni o`lchash ehtiyoji bo`lgan. O`rta Osiyoda qadimdan uzunlik o`lchovi inson tanasining biror a`zosi yordamida amalga oshirilgan, shuningdek don eni-yu ot yolining eni qo`llanilgan bo`lsa, ikkinchidan, bug`doy, arpa donlarining og`irlik o`lchovi sifatida qo`llanilishidir. O`rta Osiyo hududidan, buyuk ipak yo`lining o`tishi, g`arb bilan sharq o`rtasida joylashganligi uchun ajdodlarimiz tomonidan kashf qilingan o`lchov va o`lchov birliklari dunyoning to`rt tomoniga tarqalib, o`sha tomon xalqlari tomonidan ba`zan bizning tilimizda, yoki bo`lmasa, o`z tillariga tarjima qlinib qo`llanilgan. 1

Shuning uchun ham musulmon davlatlari, shu jumladan O`rta Osiyo davlatlarida qo`llanilgan o`lchov va o`lchov birliklari ko`pchilik tadqiqodchilardan biri nemis olimi V.Xintsdir. U Maroqashdan to Hindistongacha bo`lgan hududdagi musulmon davlatlarida qo`llanilgan o`lchov va o`lchov birliklarini o`z qo`llanmasida keltirib, katta ish qilgan.


II. Amaliy topshiriq
Misol. Karrali va ulushli birliklarni hosil qiluvchi old qo‘shimchalar.
3 - jadval


T [Tera] = 1012

G [Giga] = 109

M [Mega] = 106

K [Kilo] = 106

G [Gekto] = 102


K > 0 - karrali

d [detse] = 10-1

s [santi] = 10-2

m [milli] = 10-3

mk [mikro] = 10-6

n [nano] = 10-9


K < 0 - ulushli


Keltirilgan fizik kattaliklarning qiymatlarini karrali va ulushli birliklar ko‘rinishida ifodalang (3-jadval asosida)

4 - jadval



Yo'ldoshev Ulug'bek

№ 46.

Chastotani Gers (Gs) va megagerslarda(mGs) ifodalang f=40 kGs.


Javoblar:

f = 40 kilogers

f = 40 000 gers

f = 0.04 megagers

Bajarilgan ishlar bo’yicha xulosa:

Bizga ma’lumki hozirgi kunda metrologiya fani keng qo’llanilib kelinmoqda. Shuning uchun biz bu fanga ma’lum bo’lgan atamalar, so’zlarni ma’no – mazmuniga yaxshi tushunib olishimiz zarur. Bu mavzu yuzasidan men metrologiya faniga oid bo’lgan asosiy aksiomalar, postulatlar, xatoliklar va ularning turlari bilan tanishib chiqdim.

Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ruyhati

1.Ismatullayev P.R., Kodirova Sh.A. Metrologiya asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti 2012. -304 bet.

2. Ismatullayev P.R., Matyakubova P.M., Turayev Sh.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. “Lisson-press”, Toshkent, 2014.

3. Абдувалиев А.А., Латипов В.Б., Умаров А.С. и др. Основы стандартизации, метрологии, сертификации и управление качеством. – Т.: НИИСМС 2007. - 555 с.

4. Метрология, стандартизация, сертификация и электроизмерительная теxника: учебное пособие (Под редакцией К.К.Кима, учебное пособие) Москва. Санкт-Петербург, 2006. -338 с.

5. Назаров В.Н., Карабегов М.А., Мамедов Р.К. Основы метрологии и технического регулирования. Учебное пособие. – СПб: СПбГУ ИТМО, 2008. – 110 с.

6. Metrologiya haqida. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 1993 yil.

7. Standartlashtirish haqida. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 1993 yil.

8. Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash haqida. O‘zbekistonn Respublikasi qonuni. 1993 yil.

9. Abdullaev A.X. i dr. Metrologiya, standartizatsiya i sertifikatsiY. Tashkent, «Izdatelstvo» TGTU, 2003.

10. Qurbonov A.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Toshkent, «Yangiyul poligraph service», 2007.

11. S.M.Mahkamov, U,S,Azimova. Metrologiya va standartlashtirish asoslari. Toshkent, “Talqin”, 2006. 12. O‘zDSt 8.012:2004 “O‘lchovlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Kattaliklar birliklari” O‘zbekiston davlat standarti.

13. O‘zDSt 8.010:2002 “O‘lchovlar birligini ta’minlash davlat tizimi. MetrologiY. Atamalar va ta’riflar. 1 – qism. Asosiy va umumiy atamalar” O‘zbekiston davlat st. andarti.

14. O‘zDSt 8.010:2002 “O‘lchovlar birligini ta’minlash davlat tizimi. MetrologiY. Atamalar va ta’riflar. 2 – qism.

15. Maxmonov O’.A., Yusupov R.E. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan ma’ruzalar matnlari to‘plami: – Qarshi, QarMII, 2010 y. – 116 b.

16.www.ziyonet.uz.



17.www.referat.uz
Download 31.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling