Meva sharbatlari reja: Uy sharoitida mevalarni qayta ishlab sharbat olish


Download 62 Kb.
bet1/7
Sana12.10.2023
Hajmi62 Kb.
#1699949
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu


MEVA SHARBATLARI
REJA:
1.Uy sharoitida mevalarni qayta ishlab sharbat olish.
2.Danakli meva sharbatlari, urug‘li meva sharbatlari, mulьtifrukt sharbatlar.
3.Qadoqlash va saqlash.
Tayanch iboralar:sharbatlar,tiniq sharbat, quyuqtarbat, mag‘izli sharbatlar,elektroplazmolizatsiya, protoplazma, askorbin kislotasi, qiyomlar qiyomlar.


1. Meva sharbatlarini tayyorlash texnologiyasi
Meva sharbatlari yangi uzilgan, pishgan meva va rezavor-mevalarni siqib yoki shibbalab olinadi.
Konserva qilingan meva sharbatlarida hamma ozuqa moddalari (shakar, kislota, mineral tuzlar, vitaminlar) yaxshi saqlanadi. Sharbatlar tarkibida 5-15% qand, 0,3-3,0% gacha organik kislota bo‘ladi.
Meva va rezavor-mevalardan sharbat chiqishi turli xil xom-ashyolarda har xil bo‘ladi va mahsulotning sifatiga, qirqish va shibbalashga bog‘liq. Olmadan – 55-80%, gilosdan – 60-70%, olxo‘ridan – 70-80%, qizil smorodinadan – 70-80%, qora smorodinadan – 55- 70% va uzumdan – 70-80% sharbat chiqadi.
Konservalangan mevalar sharbatining bir necha turi mavjud
Tabiiy sharbatlar. Tabiiy sharbatlar biror turdagi xom ashyodan ishlab chiqariladi. Unga qand, qand siropi, kislota, ranglovchi va xushbo‘y qiluvchi, konservalovchi komponentlar qo‘shilmaydi. Bu sharbatlardan ichimlik sifatida (olma sharbati, uzum sharbati va hokazo.) yoki alkogolsiz va likyor-aroq sanoatida (olcha sharbati, qora qorag‘at sharbati va hokazo.) YATM sifatida foydalaniladi. YUqori kislotali mahsulot sharbatlari faqat chuchuklashtirilgandan so‘ng ichish uchun yaroqli hisoblanadi.
Tabiiy sharbatlarning turlari – markali sharbatlar, xom ashyoning birgina tanlangan navidan ishlab chiqariladi (masalan olmaning Rannaya roza navidan). Ushbu sharbatlar yuqori ozuqaviy qimmati, ayniqsa yaxshi ta’m va xushbo‘yligi bilan farq qiladi.
Kupajlangan sharbatlar. Ushbu sharbatlar asosiy sharbatga boshqa turdagi sharbat qo‘shilishi (nok-olma sharbati 80:20; olcha-gilos sharbati 65:35 va hokazo.) yo‘li bilan tayyorlanadi. Bir xom ashyoning turli navlarining sharbatlari ham kupajlanadi, masalan yuqori qandli nav sharbati kam qandli, ammo yuqori kislotali nav sharbati bilan va hokazo.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling