5-mavzu: meva sharbatlari


Download 39.98 Kb.
bet1/17
Sana28.10.2023
Hajmi39.98 Kb.
#1732303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
5-maruza (5)


5-MAVZU: MEVA SHARBATLARI
1.Sharbatlarning sinflanishi.
2.Xom ashyoga bo‘lgan talablar.
3.Mag‘izsiz sharbatlar.
4.Mevalarga dastlabki ishlov berish.
5.Sharbatni ajratish.
6.Sharbatlarni tozalash.
7.Kimyoviy moddalar bilash yoritish.
8.Sharbatlarni qadoqlashga tayyorlash.
9.Sharbatlarni konservalash usullari.
10.Konsentrlangan sharbatlar.
11. Mag‘izli sharbatlar.


Tayanch so’z va iboralar: tabiiy sharbatlar, mag’izli sharbatlar, kontsentrlangan sharbatlar, ferment preparati, aseptik usuli, antiseptiklar, kupajlangan sharbatlar, pektolitik va proteolitik fermentlar, elektroplazmoliz, elektroimpuls, ionizatsiya nurlari, ekstraktsiya, diffuzion usul, elektroseparator, tanin, jelatin, bentonit, yoritish.
Meva sharbatlari ichimlik sifatida keng ishlatiladi, bundan tashqari qiyom, liker, yaxna va gazlangan ichimliklarni tayyorlash uchun qo’llaniladi.
Sharbatlar parhiz va davolash uchun ham katta ahamiyatga ega. Ular ovqatni hazm qilish va modda almashinishini yaxshilaydi. Masalan, uzum sharbati glyukozaga boy, uning tarkibida vino kislotaning tuzlari bo’ladi. Olma sharbati tarkibida shakarlar (asosan fruktoza), organik kislotalar, pektin va oshlovchi moddalar mavjud.
Tsitrus mevalarning sharbatlari askorbin kislotaga boy. O’rik va tsitrus sharbatlarida ko’p miqdorda karotin uchraydi.


Sharbatlarning sinflanishi
Konserva sharbatlari bir necha turga bo’linadi:
Tabiiy sharbatlar. Tabiiy sharbatlar xom ashyoning bir turidan ishlab chiqariladi. Ularga shakar, qiyom, kislotalar, bo’yovchi moddalar, aromatik va konservalaydigan moddalar qo’shilmaydi. Bu sharbatlar ichimliklar yoki yarimfabrikatlar sifatida ishlatiladi. Nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlarni ichimlik sifatida faqat shakar qo’shilgandan keyin ishlatish mumkin. Markali sharbatlar xom ashyoning bitta navidan tayyorlanadi. Bunday sharbatlar ta‘mli va xushbo’y bo’lib, ozuqa qimmati yuqori bo’ladi.

Download 39.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling