5-mavzu: meva sharbatlari
Sharbatni pressli-ekstraktsion usuli bilan ajratish
Download 39.98 Kb.
|
5-maruza (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diffuzion usul.
- Sharbatlarni tozalash
Sharbatni pressli-ekstraktsion usuli bilan ajratish. Tayyorlangan mezga presslanadi. Tuppalarga suv qo’shiladi, aralashtiriladi va yana presslanadi. 2-marta olingan (suyultirilgan) sharbat kontsentratsiyasi dastlabki olingan sharbatning kontsentratsiyasiga teng bo’lguncha qaynatiladi. Birinchi va ikkinchi presslashda olingan sharbatlar aralashtiriladi.
Bu usulda olingan sharbatlar kimyoviy tarkibidan, ta‘midan, presslash orqali olingan sharbatlardan farq qilmaydi, miqdori esa 10-15% ko’payadi. Diffuzion usul. Bu usulda mevalarning ekstraktiv moddalari suv bilan ajratiladi. Olingan eritma kontsentratsiyasi tabiiy sharbatga yaqin bo’lishi kerak. Diffuzion jarayonning tezligini oshirish uchun mevalar bo’laklarga kesiladi yoki maydalanadi. Issiqlik ta‘sirida ham diffuziya tezligi va ekstraktiv moddalarning eruvchanligini oshirish mumkin. Sharbat ta‘mi buzilmasligi va uchuvchan moddalarni saqlash uchun jarayon 10-30°C haroratda o’tkaziladi. Diffuziya tezligi kontsentratsiya gradienti ortishi bilan oshadi. Uni ko’paytirish uchun diffuziya jarayoni bir necha bosqichlarga bo’linadi va diffuzion batareyalarda o’tkaziladi. Diffuzion batareya 8-12 apparatdan iborat bo’lib, diffuzor baki ichidagi teshikli tubi dag’al to’qima bilan qoplanadi va mezga bilan to’ldiriladi. Diffuzor to’lganda unga pastdan suv yuboriladi. I-diffuzorda suv ekstraktiv moddalar bilan to’yinib II-diffuzorga o’tadi. Hamma diffuzorlar yangi mezga bilan to’ldirilgan bo’ladi. Suv hamma diffuzorlardan o’tib, oxirgi diffuzordan to’yingan holatda chiqadi va qadoqlashga yuboriladi. I-diffuzordagi mezgadan hamma ekstraktiv moddalar ajratilgandan keyin, uni bo’shatib yangi mezga quyiladi. Shu bilan birga diffuzorlarning raqamlari o’zgartiriladi va suv berish tartibi ham o’zgaradi. Toza suv oldin II-diffuzorga tushadi, keyin hamma diffuzorlardan o’tib, oxirida I-diffuzorga keladi. Diffuzordagi mezga va suvning nisbatani 1:1 teng. Sharbatlarni tozalash Meva sharbatlarini yoritish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi: Download 39.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling