Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
- MAVZUGA OID ADABIYOTLAR
- Mustaqillik va milliy istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi Reja
- 1-masalaning bayoni
- 2-masalaning bayoni
- 3-masalaning bayoni
3-masalaning bayoni: О‗zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat hususida, uning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari tо‗g‗risida fikrlashdan avval mustaqillikkacha bо‗lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum haqida ayrim xulosalarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Masalaga bunday yondashishning sababi shundaki, sovet mustabid tuzimi davrida О‗zbekiston xalqaro hamjamiyatga qо‗shilish, ijtimoiy taraqqiyotda umumjahon e‘tirof etgan umumbashariy qadriyatlarga amal qilish imkoniyatidan mahrum bо‗ldi. Sovet mustabid tuzumining о‗ziga xos g‗oyaviy-mafkuraviy asosi mavjud bо‗lib, uning mazmun va mohiyatini kommunistik mafkura tashkil etardi. Bunday mafkura ham ijtimoiy-siyosiy, ham ma‘naviy-mafkuraviy, ham iqtisodiy jihatdan jiddiy cheklangan edi. Unda demokratiya, inson manfaatlarini hurmat qilish, fuqaro huquqlarini himoya etish, hurfikrlikning rivojlanishi kabi umumbashariy qadriyatlarga asoslangan g‗oyalar soxtalashtirilgan edi. Inson manfaatlariga mutlaqo zid bо‗lgan bunday mafkura bir necha о‗n yillar mobaynida dunyoning kо‗plab mamlakatlarida noinsoniy tajribalar о‗tkazdi. О‗sha davrda «sovet madaniyatini yaratish», «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik, ruhan baynalminal madaniyat barpo etish», «kishilarning yangi tarixiy birligi - sovet kishisini tarbiyalash», «sotsializm rivojlanib borgani sari sinfiy kurashning kuchayib borishi» tо‗g‗risidagi g‗ayriilmiy xulosalar sovet turmush tarzining g‗oyaviy- mafkuraviy asoslari edi. Jamiyatda sodir bо‗layotgan har bir ijtimoiy hodisa, voqeaga sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan munosabatda bо‗lish tufayli sobiq SSSRdagi barcha respublikalar qatori О‗zbekiston ham jahon hamjamiyatidan ajralib qoldi. Natijada mamlakatda kommunistik mafkuraning yakka hokimlik tizimi yuzaga keldi. Fikriy rivojlanishda g‗oyaviy-mafkuraviy boqimandalik avj oldi, hurfikrlikka «siyosiy savodsizlik», «g‗oyaviy kambag‗allik», «millatchilik» singari yorliqlar bilan zarba berildi. Ma‘lumki, 1989 yilning о‗rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet xukumati tomonidan О‗zbekistonga nisbatan qatag‗on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, ―paxta ishi‖, ―О‗zbeklar ishi‖ deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bо‗lgan ―Pravda‖ gazetasining ―Oltin xazinasi ustidagi ilon‖ deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuxmat va bо‗xtonlar yog‗dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz о‗rtasida ―desantchilar‖ deb nom olgan guruxlar tomonidan qancha-qancha begunox insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta‘qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi. Ana shunday og‗ir bir sharoitda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‗oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qо‗yildi. Vatanimiz mustaqilligi, ta‘bir joiz bо‗lsa, yangi xayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bо‗lgan xal qiluvchi dasturiy maqsad va g‗oyalarni Islom Karimov о‗sha dolg‗ali yillardayoq, uzoqni kо‗rgan xolda, о‗ziga nechog‗lik aniq-ravshan tasavvur eta oldi. Shu davr mobaynida о‗lkamizda rо‗y bergan Farg‗ona, Guliston, Bо‗ka, О‗sh, Namangan voqealari paytida, tarixda ―GKCHP‖ deb nom olgan, SSSR davlatining sо‗nggi kunlarida bir gurux imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy tо‗ntarish chog‗ida va boshqa shu kabi о‗ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona tо‗g‗ri yо‗lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta‘minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydi. Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qо‗ygan og‗ir ijtimoiy-iqtisodiy axvolni о‗nglash, xalq dardiga darmon bо‗lish, yillar davomida yechilmasdan kelgan muammolarni xal etish maqsadida axoliga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa yerlari ajratish, paxta yakkaxokimligiga barxam berish borasida davlatimiz raxbari tomonidan keng kо‗lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bо‗yicha 700 mingta oilaga yer berilgani, muallif ta‘biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning axolisiga teng bо‗lgan 1,5 million yangi oila paydo bо‗lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, о‗z xо‗jaligini yuritish uchun urug‗lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda dunyoda ―О‗zbek modeli‖ deb nom olgan taraqqiyot yо‗limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas, aksincha, о‗sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, baxs va tortishuvlar jarayonida tug‗ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta‘limotga aylandi. Mustaqillik g‗oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda Yurtimizning dadil qadamlarini kо‗rolmaydigan g‗arazli kuchlar sobiq Markazda xam, о‗zimizda xam topiladi. Bunday siyosiy о‗yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Xindiston Respublikasida rasmiy safarda bо‗lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat raxbarining О‗zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim raxbarlar GKCHPning noqonuniy qarorlarini qо‗llab-quvvatlaydi, shu tariqa о‗zining siyosiy va ma‘naviy qiyofasini kо‗rsatadi. Faqatgina yurtboshimizning mustaxkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bо‗lgan siyosiy avantyuristlar о‗z qabix niyatiga yetolmadi. Afsuski, bugun vaqt о‗tishi bilan ana shu voqealarni kо‗rgan-bilgan, ularga bevosita guvox bо‗lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. Yaqin tariximizning mash‘um bir davrida sodir bо‗lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning moxiyatini chuqur anglamasdan turib el-Yurtimizning istiqlolga erishish yо‗lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan tо‗liq tasavvur etib bо‗lmaydi. Mustaqillik yillarida О‗zbekiston jamiyati oldida turgan eng katta vazifa - barpo etilishi lozim bо‗lgan davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy- ma‘rifiy qiyofasini aniqlash edi. Pirovard natijada bunday qiyofaning chizgilari yuzaga keldi. «Bizning bosh strategik maqsadimiz - bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta‘minlash davlatimiz siyosatining mazmun- mohiyatini ifodalaydi. Bu - xalqimizning asriy an‘analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, rivojlangan davlatlarning tajribalaridan kо‗r-kо‗rona nusxa kо‗chirmasdan, о‗zimizga xos va о‗zimizga mos rivojlanish yо‗lini izchil davom ettirish demakdir» 5 . MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: Tarixiy taraqqiyot, tarixiy taraqqiyot mezonlari, tarixiy jarayon, sivilizatsion yondoshuv, g‗oyaviy-mafkuraviy mezon, jadidchilik, g‗oya va mafkuralarning rivojlanish tarixi, tarixiy merosga mafkuraviy yondoshuv, gumanizm. 5 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 28-29. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Tarixiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi motivlari nimalardan iborat? 2. Tarixiy taraqqiyot mezonlariga deterministik yondoshuvlarning xususiyatlarini kо‗rsating. 3. Tarixiy taraqqiyotda obyektiv va subyektiv omillar birligini izohlang. 4. Tarixiy taraqqiyotni davrlashtirish tamoyillarini tavsiflang. 5. Konkret tarixiy taraqqiyot bosqichiga g‗oyaviy-mafkuraviy ta‘sirning imkoniyatlari qanday? 6. Temuriylar davridagi jamiyat taraqqiyoti haqidagi qarashlarning xususiyatlarini kо‗rsatib bering. 7. Jamiyat taraqqiyotiga doir jadidchilik g‗oyalarining mazmuni va ahamiyati nimada? 8. Hozirgi davrda jamiyat taraqqiyoti haqidagi muqobil g‗oyaviy-mafkuraviy qarashlarning yо‗nalishlarini yoritib bering. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR: 1. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T. : 2008. 2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‗q. -T. : 1998. 3. Karimov I.A. Biz kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilaye quramiz. T.7. T.: О‗zbekiston, 1999. 89,99,132,297,303 betlar 4. Karimov I. A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. T.: О‗zbekiston. 2000. 503, 504 betlar. 5. Karimov I.A. Biz tanlagan yо‗l – demokratik taraqqiyot va ma‘rifiy dunyo bilan hamkorlik yо‗li. t.11. T.: О‗zbekiston, 2003. 17, 18 betlar. 5. Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug‗at. -Toshkent, 1998. 6. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izohli tajribaviy lug‗at) -Toshkent, 2002. 7. B.Tо‗rayev, J.Ramatov. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. T., «Ijod dunyosi», 2002. Mustaqillik va milliy istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi Reja: 1. Mustaqillikning ilk yillarida О‗zbekistonda jamiyat g‗oyaviy-mafkuraviy asoslarining о‗zgarishi. 2. Mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy hayotining asoslariga yangicha qarash, uning huquqiy asoslari. 3. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ishlab chiqilishi, uning mazmun va mohiyati 1-masalaning bayoni: Mustaqillikning ilk yillarida О‗zbekistonda jamiyat g‗oyaviy-mafkuraviy asoslarining о‗zgardi. Kommunistik g‗oyadan butkul voz kechildi. Chunki, О‗zbekistonda qurilayotgan yangi jamiyat о‗zining g‗oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyangandagina pirovard maqsadga erishish mumkin. Qayd etish lozimki, о‗zbek xalqining ming yilliklar davomida yaratgan о‗ziga xos g‗oyalari - tinchlik, ozodlik, hurlik, mustaqillik, ezgulik, barqarorlik, ma‘naviy barkamollik, shaxsni ulug‗lash, uning manfaatlarini hurmatlash - bularning bari yangi shakllanayotgan jamiyatimizning g‗oyaviy poydevori hisoblanadi. Kо‗hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g‗oyaviy- mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bо‗ldi. Yurtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati о‗z ildizlari bilan asrlar qa‘riga borib taqalishi va uzoq ming yillarni о‗z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf va tarixchilarning yozib qoldirgan ma‘lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg‗uziyning «Qisasi Rabg‗uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlaridan, zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy bitiklar, jumladan О‗rxun-Yenisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz mumkin. Milliy g‗oya va mafkuramizning ildizlari о‗ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar - Arrian, Kursiy, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi. Qayd etish lozimki, О‗zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy о‗zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‗tish asnosida yuz berdi. ―Ayni vaqtda biz jamiyatni va jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun‘iy ravishda chetdan turib, zо‗ravonlik yо‗li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo qarshimiz. Biz barcha sohalarda, jumladan, ma‘naviy sohada ham tadrijiy-evolyusion islohotlar yо‗li tarafdorimiz va bunga qat‘iy amal qilamiz. YA‘ni, sodda qilib aytganda, odamlarning dunyoqarashi, e‘tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar vademokratik qarashlarning kengayishi va mustahkam о‗rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog‗liq ekanini hayotning о‗zi taqozo etadi‖. 6 Ma‘lumki, sotsialistik ishlab chiqarish usulidan bozor munosabatlariga о‗tish о‗z-о‗zidan bо‗lmaydi. Buning uchun kishilardagi eskicha tafakkur tarzini о‗zgartirish, iqtisodiyotda erkinlashtirish jarayonini avj oldirish, islohotlarni chuqurlashtirish kerak edi. Bu borada ayniqsa xо‗jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, uning huquqiy bazasini mustahkamlash lozim bо‗ldi. Mustaqillik yillari bu borada ulkan ishlar bajarildi. Biroq, hali bajarilishi lozim bо‗lgan vazifalar kо‗p. «Bu - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va о‗zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bо‗lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat Bu yо‗nalish yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda yetakchi о‗rinni egallaydigan, fuqarolarning muhim daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bо‗lgan xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish, kichik va о‗rta biznes hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi» 1 . 2-masalaning bayoni: Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish eng avvalo uning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslarini mustahkamlashni talab etadi. Agar har bir sohadagi, jumladan, iqtisodiy jabhadagi islohotlar g‗oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta‘minlanmas ekan, jiddiy milliy tiklanish tо‗g‗risida fikr yuritish mushkuldir. Xо‗sh, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda uning qaysi g‗oyaviy- mafkuraviy asoslariga suyanish lozim? Avvalo, iqtisodiy hayot erkinlashishi lozim. Shuningdek, kо‗p ukladli iqtisodiyotni yaratish, mulkdorlar sinfining shakllanishi о‗ta muhimdir. Biroq, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi eng muhim g‗oyaviy asos - fuqarolarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‗zgartirish, har bir kishiga о‗z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatini yaratib berishdir. Mamlakat iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish, milliy g‗oya konsepsiyasida ijtimoiy hamkorlik va evolyusion taraqqiyot kabi g‗oyalarning о‗rni kattadir. Ijtimoiy hamkorlik davlat va millat taraqqiyotida har bir soha uchun muhimdir. Siyosat, ijtimoiy soha, iqtisodiyot, madaniy jabhadagi hamkorlik milliy tiklanish uchun kuchli poydevor hisoblanadi. Ayniqsa shu narsani yodda tutish lozimki, davlatning bosh islohotchilik roli jamiyatdagi ijtimoiy hamkorlikni ta‘minlaydigan iqtisodiy asoslarni, siyosiy vazifani, madaniy muhitni, qonuniy- huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, boshqarish va nazorat qilish faoliyatida yaqqol namoyon bо‗ladi. О‗zbekistonning hozirgi ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim jihatlardan yana biri - bu yangi jamiyat barpo etish va milliy tiklanish jarayonida evolyusion rivojlanishning ustuvor ahamiyatga ega ekanligidir. Ma‘lumki, bosqichma-bosqich, 6 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.101 1 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Биз танлаган йўл – демократик тараққиѐт ва маърифий дунѐ билан ҳамкорлик йўли. Т.11. Т.: Ўзбекистон, 2003. –Б.21. tadrijiy rivojlanish yо‗li nafaqat bozor iqtisodiyotiga о‗tishda, shuningdek, barcha sohalarda muhim о‗rin egallaydi. О‗zbek xalqining mentalitetiga xos bunday tadrijiy taraqqiyot pirovard natijada О‗zbekistonda demokratik, insonparvar huquqiy davlat qurishning kafolati hisoblanadi. Shu bois mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy hayotining asoslariga yangicha qarash shakllanib, uning huquqiy asoslari yaratildi. О‗zbekistonda jamiyat ijtimoiy hayot sohalarining siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma xilligiga asoslanmoqda. Hech bir mafkuraning davlat mafkurasi sifatida о‗rnalitishi mumkin emasligi konstitusiyaviy asoslar bilan mustahkamlab qо‗yildi. Bularning barchasi milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasini ishlab chiqish ehtiyojini keltirib chiqardi. Prezident Islom Karimov asarlarida milliy istiqlol g‗oyasining nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi. 3-masalaning bayoni: О‗zbekistonda milliy g‗oya konsepsiyasi milliy mafkuraning bosh g‗oyasi bilan uyg‗undir. Haqiqatdan ham «О‗zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yо‗lidagi bosh g‗oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‗oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma‘no-mazmunini belgilaydi. Har bir inson, uchun muqaddas bо‗lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni о‗zida mujassam etadi» 7 . Mamlakatimizda milliy tiklanish g‗oyasini amalga oshirish millat va jamiyat oldida turgan vazifalarni aniqlashtirib olishni talab qiladi. Umuman, bu vazifalar Milliy mafkuraning bosh g‗oyasidan kelib chiqadi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‗rikenglik - bular milliy tiklanish g‗oyasini amalga oshirishdagi muhim nuqtalardir. Yuqorida ta‘kidlanganidek, davlat va jamiyatning bundan keyingi rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish va demokratiyalash bilan bevosita bog‗liqdir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy-siyosiy sohada demokratiya amalga oshirilmas ekan - milliy tiklanish tо‗g‗risida fikr yuritish befoydadir. Umuman, fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishdir. О‗zbekistonda bu jarayon «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyil asosida olib borilmoqda. «Hammamizga ayonki, - deb qayd etadi I.Karimov, - bu yо‗nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‗liq kо‗p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini jamoat tashkilotlariga о‗tkaza borishni taqazo etadi» 8 . Darhaqiqat, О‗zbekistonning hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayotini erkinlashtirishda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning о‗zini-о‗zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich о‗tkaza borishni ta‘minlash о‗ta muhimdir. 7 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 50-51. 8 1 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Биз танлаган йўл – демократик тараққиѐт ва маърифий дунѐ билан ҳамкорлик йўли. Т.11. Т.: Ўзбекистон, 2003. –Б.27. «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi о‗zining g‗oyaviy- mafkuraviy asoslariga ega bо‗lib, ular О‗zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va kо‗lami bilan belgilanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‗tish vazifasi birdaniga hal bо‗lmaydi. Uning uchun ma‘lum shart-sharoitlar yetilgan bо‗lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat: - jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yо‗qotish, g‗oyaviy-ma‘naviy boqimandalik hissini bartaraf etish; - kishilarda jamiyat hayotida sodir bо‗layotgan voqea va hodisalarga befarqlikni, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatini bartaraf etish; - insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kо‗tarish, jamiyatda sodir bо‗layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissini shakllantirish; - odamlarda о‗z-о‗zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari, nodavlat muassasalarida erkin faoliyat kо‗rsatish kо‗nikmasini paydo qilish; - mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish; - davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga kо‗r-kо‗rona aralashuv mexanizmini yо‗q qilish; - qonunlar ijrosini ta‘minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bо‗lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Albatta, bular kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‗tishning barcha jihatlarini qamrab ololmaydi. Ammo, kuchli jamiyat yuqoridagi kabi holatlarning amaldagi ijrosisiz ham paydo bо‗lishi mumkin emas. Siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, hech shubhasiz, jamiyatni bosqichma-bosqich demokratlashtirish bilan bog‗liqdir. Ta‘kidlash lozimki, О‗zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurilishining umumjahon e‘tirof etgan о‗ziga xoya konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо‗lib, unda ijtimoiy hayotning muhim hodisalaridan bо‗lgan demokratiyani yangicha talqin etish va tushunishga alohida e‘tibor qaratilgan. Umuman, demokratiyani tushunish va anglash, unga amal qilish shaxsdan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Siyosiy ongi va tafakkuri shakllanmagan insonning demokratiya talablariga javob berishi mumkin emas. Bundan tashqari, demokratiyaning о‗ziga xos xususiyatlari, uning har bir davlat va millat hayotida amal qilish tamoyillari ham mavjud. Shu о‗rinda Sharqona demokratiya tо‗g‗risida ayrim fikrlarni aytish muhimdir, zero bunday demokratiya aslida demokratiya tushunchasining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu demokratiya Sharq mamlakatlari, asosan aholisining kо‗p qismi musulmon ma‘naviyatidan bahra olgan hududlarga xos bо‗lgan demokratik qoidalar majmuining о‗ziga xos shakl va mazmunda namoyon bо‗lishidir. Sharqona demokratiya milliy bosiqlik, andisha, yoshi ulug‗larga hurmat, о‗zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning kelishuvlariga asoslanadigan faoliyatdir. Ana shu xususiyatlari bilan ushbu ijtimoiy tushuncha G‗arb demokratiyasidan farq qiladi. Ayni paytda sharqona demokratiya, siyosiy tartibsizliklar, bosh-boshdoqlik va mitingbozlikni milliy manfaatlarga zid deb qaraydi hamda jamiyat va davlatning ichki masalalari har qanday fundamentalistik va qurolli kuchlarga asoslangan harakatlarni qoralagan holda, о‗z faoliyatini о‗ziga xos madaniyat tamoyillari asosida yо‗lga qо‗yadi. Mamlakatimizda ma‘naviyatni rivojlantirish о‗zining g‗oyaviy-mafkuraviy, ma‘naviy-axloqiy negizlariga ega bо‗lishi alohida ta‘kidlandi. Bular mamlakat Prezidenti tomonidan quyidagicha belgilandi: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning о‗z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - insonparvarlik va vatanparvarlik. О‗zbekiston hukumati asosiy e‘tiborni milliy ma‘naviyatni rivojlantirishga, uning huquqiy-qonuniy bazasini yaratishga qaratdi. Jumladan, О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 42-moddasida «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‗amxо‗rlik qiladi», deyiladi. Islom Karimovning asarlari, nutqlarida milliy tiklanish masalasiga konseptual-nazariy jihatdan tamomila yangicha tarzda munosabatda bо‗lindi. Ta‘kidlash lozimki, Prezidentning bu boradagi konsepsiyasi sobiq sovet mustabid tizimi va uning mafkurasining siyosiy-g‗oyaviy jihatdan cheklanganlik mohiyatini ochib berishdan boshlandi. Ayniqsa, I.Karimovning sovet mustabid tizimi davridagi hukmron mafkura va ta‘lim tizimi tо‗g‗risida fikrlarini anglab yetish о‗sha davrning mohiyatini bilish uchun juda kerak edi. «Bizga meros bо‗lib qolgan ta‘lim-tarbiya tizimining ma‘lum bir ma‘qul jihatlari bilan bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni shundan iborat ediki, - deydi I.Karimov, - о‗quv jarayonida о‗quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yо‗l qо‗ymaslik, har qaysi о‗quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, avvalo, ularning sobiq sovet tuzumiga va soxta g‗oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yо‗llash tamoyili asosiy о‗rinni egallar edi. Kо‗p joylarda sifat о‗rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Kо‗pchilik haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, amal-taqal qilib diplomli bо‗lib olish ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi. Bu tuzumdan bizga qolgan meroslar ichidagi shunga о‗xshagan salbiy asoratlarni, afsuski, hozir ham sezib turibmiz» 1 . Darhaqiqat, sovet mafkurasi manfaati uchun mustaqil fikrlaydigan, siyosiy ongi va madaniyati kuchli shaxsning keragi yо‗q edi. Chunki bunday shaxs g‗oyaviy-mafkuraviy jihatdan boqimandalika mahkum etilgan bо‗lib, uni boshqarish oson bо‗lardi. I.Karimov tomonidan sovet mustabid tizimi mafkurasi mazmun-mohiyatining ochib berilishi shu nuqtai nazardan g‗oyat muhimdir. 1 Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни - халқ, миллатни- миллат қилишга хизмат этсин. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 94. 8. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling