Moliya siyosatining mazmuni va asosiy tamoyillari. Moliyaviy strategiya va taktika, ularning o‘zaro bog‘liqligi. Moliyaviy siyosatning maqsad va vazifalari


Download 47.44 Kb.
bet1/5
Sana19.08.2023
Hajmi47.44 Kb.
#1668490
  1   2   3   4   5

2-mavzu:Moliya siyosati


Reja:

  1. Moliya siyosatining mazmuni va asosiy tamoyillari.

  2. Moliyaviy strategiya va taktika, ularning o‘zaro bog‘liqligi.

  3. Moliyaviy siyosatning maqsad va vazifalari.

  4. Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlari.

  5. Moliya mexanizmining mazmuni, ahamiyati va uning elementlari .

  1. Moliya siyosatining mazmuni va asosiy tamoyillari

Har qanday jamiyatda davlat o‘z funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish, belgilangan maqsadlarga erishish uchun moliyadan foydalanadi. Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda moliya siyosati muhim rol o‘ynaydi. Uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan vazifalarini bajarish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi.


Moliyaviy siyosat – bu moliyaviy resurslarni jamlash, ularni davlatning o‘z funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda usullarida tizimli namoyon bo‘luvchi tadbirlar yig‘indisidir. Ma’lum mamlakatning moliyaviy siyosati qator omillarga: tarixiy sharoitlar, iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar, ularga erishish muddatlari va hattoki milliy udumlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, jamiyat rivojlanishi har bir bosqichning spesifikatsiyasi ham ichki, ham halqaro ahvolning o‘ziga xos xususiyatlari, davlatning real iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlari hisobga olinishi kerak. Moliya siyosatini ishlab chiqishga ilmiy yondoshish siyosatni belgilovchi barcha omillarni o‘rganish, uning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlariga muvofiqliligi, moliya nazariyasi xulosalarining muntazam hisobini nazarda tutadi. Bu talabning bo‘zilishi halq xo‘jaligida katta talofatlarga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning mazmuni ko‘p qirrali bo‘lib, quyidagi muhim bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi:
a) moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu konsepsiyalar quyidagilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi:

  • Iqtisodiy qonunlar talablarini o‘rganish;

  • Xo‘jalik axvolini har tomonlama tahlil qilish;

  • Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;

  • Aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganish.

b) istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish. Shu tarzda iqtisodiy siyosatda ko‘zda tutilgan maqsadlarga yetish yo‘llaridan kelib chiqiladi, halqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
v) qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy hatti –harakatlar, chora-tadbirlar ko‘rish.
Yuqoridagi asosiy bo‘g‘inlarning birligi moliyaviy siyosatning mazmunini aniqlab beradi. Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan moliyaviy siyosat samarasizdir. Shuningdek, o‘zoq davrga mo‘ljallangan, istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va yo‘nalishlar qanchalik jozibali va maqsadli bo‘lmasin, davlatning amaliy harakatlari, chora-tadbirlari bilan ta’minlanmasa inqirozga duchor bo‘ladi.
Soliq siyosati va byudjet siyosati moliya siyosatining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Moliya siyosatiga byudjet siyosati xizmat qiladi va unga bog‘liq holda rivojlanadi. Byudjet siyosati ma’lum byudjet mexanizmiga asoslanib va tayanib amalga oshiriladi.
Byudjet siyosati ham o‘zining strategik va taktik boshqaruviga tayanadi: agarda byudjet siyosatining strategiyasi iqtisodiy rivojlanishdan kelib chiqib, davlat byudjeti defitsitini minimal darajaga yetkazishda; ustuvor yo‘nalishga molik bo‘lmagan tarmoq va sohalarga byudjet mablag‘larini joylashtirilishini minimallashtirish yoki to‘xtatishda; aholini ijtimoiy himoya qilishni jahon talab darajasiga ko‘tarishda; xalq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlarini himoya qilishda, shuningdek, boshqa umumjamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan va shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishda namoyon bo‘lsa, unda byudjet siyosatining taktikasi daromadi cheklangan aholi qatlamiga, byudjet tashkilotlarining ishchi va xizmatchilarini o‘z vaqtida moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda rejadagi byudjet fondining shakllanishini amalga oshirishda; byudjet taqchilligini vujudga kelish sabablarini qisqa vaqt ichida oldini olish va byudjet fondini shakllanish va foydalanish bilan bo‘lgan barcha joriy ish va tadbirlarni qisqa muddatda bajarishda o‘z aksini topib kelmoqda.
Davlat byudjet siyosati orqali Respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga har tomonlama faol ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Soliq siyosati - bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodni , butun xalq xo‘jaligini rivojlanishiga davlat orqali ta’sir etadigan muhim iqtisodiy dastakdir. Shuning uchun Respublikamizda soliq siyosatini takomillashtirishga va Respublikaning soliq organlarini samarali amal qilishini tashkil etish uchun katta ahamiyat berilmoqda.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Moliyaviy siyosatning maqsadliligi .Moliyaviy siyosat ma’lum bir maqsadni ko‘zlashi va shu maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

  2. Moliyaviy siyosatning muvofiqligi. Ishlab chiqilayotgan moliyaviy siyosat o‘sha davrga , davlatning iqtisodiy tizimiga va ahvoliga muvofiq bo‘lishi lozim.

  3. Moliyaviy siyosatning qonuniyligi. Davlatning moliya sohasidagi faoliyati belgilangan qoidalarga o‘rnatilgan normalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Moliya sohasiga yuridik normalarni kiritish moliya siyosatini muvaffaqiyatli o‘tkazishda, moliya mexanizmining aniq ishlashida katta ahamiyatga ega.

  4. Moliyaviy siyosatning adolatliligi. Bu tamoyil asosan moliyaviy resurslarni iqtisodiyotning turli sohalariga taqsimlashda ko‘zga tashlanadi.

  5. Yetarlilik tamoyili. Bu tamoyilga asosan harajatlar daromadlar doirasida sarflanishi, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda harajatlar rejalashtirilishi lozimligini bildiradi.

2. Moliyaviy strategiya va taktika, ularning o‘zaro bog‘liqligi
Hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarning harakteriga, murakkabligiga va davrining o‘zoqliligiga qarab moliyaviy siyosat:

  • Moliyaviy strategiya

  • Moliyaviy taktikaga bo‘linadi.

Moliyaviy strategiya deb, korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun va ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish uchun tuzilgan o‘zoq muddatli rejaga aytiladi.
U istiqbolga mo‘ljallangan va iqtisodiy, ijtimoiy strategiya bilan belgilangan yirik miqyosli vazifalarni hal etishni nazarda tutadi.Uni ishlab chiqish jarayonida moliya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari bashorat qilinadi, ulardan foydalanish qonuniyatlari shakllantiriladi, moliya munosabatlarini tashkil etish prinsiplari belgilanadi. O‘zoq muddatli maqsadlarni tanlash va moliya siyosatida maqsadli dasturlarni to‘zish, moliya resurslarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning bosh yo‘nalishlarlarida umumlashtirish uchun kerak.Korxonaning moliyaviy strategiyasi o‘z ichiga korxonaning moliyaviy ahvolining tahlilini asosiy va aylanma mablag‘larini optimallashtirish, daromadni taqsimlash, naqd pulsiz to‘lovlarni, soliq va baho siyosatini, qimmatli qog‘ozlar jarayonidagi siyosatni oladi. Moliyaviy strategiya korxonaning moliyaviy imkoniyatlarini, ichki va tashqi omillarning xolisona xususiyatini har tomonlama e’tiborga oladi.Agar moliya strategiyasi korxonani resurslar bozorida mavjud bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlariga javob bermasa, u muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin yoki korxona bankrot bo‘lishi mumkin.
Moliya strategiyasi vazifalarining ko‘lami va davriyligiga qarab asosiy va operativ bo‘lishi mumkin.
Asosiy moliyaviy strategiya deb, korxona faoliyatini aniqlovchi byudjetning hamma darajasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarga,korxonaning daromadlarini tashkil etib uni sarflashga, ehtiyojlik miqdorini va bir yilda moliyalashtirish manbalariga aytiladi.
Operativ moliyaviy strategiyaning asosiy moliyaviy strategiyadan farqi, u o‘z ichiga yalpi daromadlarni va mablag‘larning ko‘payishini(ish haqi, sotilgan mahsulot uchun sotib oluvchilar bilan hisob-kitob qilish, kredit operatsiyalaridan tushumlar) va hamma yalpi harajatlarni (ta’minlovchilar bilan hisob-kitob, ish haqi, hamma darajadagi byudjetlar va banklar bilan majburiyatlarni o‘zmoq) oladi.
Moliyaviy taktika- strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi. Moliya taktikasi moliyaviy aloqalarni tashkil etish, moliya resurslarini qayta guruhlashtirish usullarini o‘z vaqtida o‘zgartirish yo‘li bilan jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichi vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan. Moliya strategiyasining nisbatan barqarorligida moliya taktikasi egiluvchanligi bilan farqlanishi lozim bo‘lib, bu iqtisodiy shartlar, ijtimoiy omillar va boshqalarning harakatchanligi bilan shartlanadi.
Moliya siyosatining strategiyasi va taktikasi o‘zaro bog‘langan. Strategiya taktik vazifalarni hal etish uchun maqbul imkoniyatlarni yaratadi. Iqtisodiyot va ijtimoiy soha rivojlanishining hal qiluvchi qismlari va asosiy muammolarni aniqlagan holda taktika moliya aloqalarini tashkil etish usullari, shakllarini o‘z vaqtida o‘zgartirish yo‘li bilan moliya strategiyasi tomonidan belgilangan vazifalarni yanada qisqa muddatlarda,eng kam talofat va harajatlar bilan hal etish imkonini beradi.
Rivojlanishning har bir bosqichining moliyaviy strategiyasi ob’ektiv iqtisodiy sharoitni hisobga oluvchi iqtisodiy strategiyaning vazifalari bilan belgilanadi. Masalan mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishning dastlabki bosqichida iqtisodiy siyosatning asosiy strategik maqsadlari quyidagicha belgilanadi:
1.Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish;
2.Ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish: xususiy mulkni davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
3.Korxonalar va fuqoralarga keng iqtisodiy erkinliklar berish ularning xo‘jalik faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvida huquqiy asoslar va vositalardan foydalanish;
4. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish.
Mazkur iqtisodiy strategik vazifalarni amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarda taktika ishlab chiqiladi va tegishli moliya mexanizmi shakllantiriladi:
- qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish davlat byudjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, dotatsiya va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirib borish;
- byudjetdan mablag‘larni eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina ajratish;
- investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
- soliq tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlarini barqaror bo‘lib turishini ta’minlaydigan mustahkam soliq siyosatini olib borish va h.k.



Download 47.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling