Mundarija kirish I bob fransuz adabiyotidagi she’riy janrlarga xos xususiyatlar
Download 418 Kb.
|
М.ЖУРАЕВА
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob bo’yicha xulosa...................................................................................28 II BOB O’ZBEK SHE’RIYATIDAGI JANRLARNING O’ZIGA XOS BELGILARI
- II bob bo’yicha xulosa.................................................................................43
- III bob bo’yicha xulosa...................................................... .. ........................70
- . ..............74 KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
- Mavzuning o’rganilish darajasi.
- Tadqiqotning maqsadi.
- Tadqiqotning obekti
- Dissertatsiya ishining nazariy va amaliy ahamiyati
- Tadqiqotning tuzilishi va hajmi.
- Viyyoon
- 1 .2. Sonet va elegiya janrlariga xos jihatlar . Sonet
- Auguste Mangeotning sonetlari
- nasriy tarjima bizniki. –M.J
MUNDARIJA KIRISH........................................................................................................3 I BOB FRANSUZ ADABIYOTIDAGI SHE’RIY JANRLARGA XOS XUSUSIYATLAR Jahon she’riyati ta’sirida shakllangan she’riy janrlar. Oda va ballada janri tabiati ............................................................................................................7 1.2. Sonet va elegiya janrlariga xos jihatlar....................................................11 1.3. Rondo va trioletning janriy belgilari.......................................................20 I bob bo’yicha xulosa...................................................................................28 II BOB O’ZBEK SHE’RIYATIDAGI JANRLARNING O’ZIGA XOS BELGILARI 2.1. Qasida va uning taraqqiyoti.....................................................................29 2.2. Marsiyaning mumtoz va zamonaviy she’riyatdagi takomili....................33 2.3. Musallas va uchlik munosabati..............................................................37 II bob bo’yicha xulosa.................................................................................43 III BOB FRANSUZ VA O’ZBEK ADABIYOTIDAGI SHE’RIY JANRLARNING MUSHTARAK VA FARQLI JIHATLARI 3.1. Oda va qasida janrlari tipologiyasi..........................................................45 3.2. Elegiya va marsiya munosabati...............................................................51 3.3. Triolet, rondo, musallas va uchlik janrlariga xos umumiy xususiyat va tafovutlar.......................................................................................................53 III bob bo’yicha xulosa................................................................................70 XULOSA........................................................................................................72 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.................................74 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Fransuz va o’zbek adabiyotida she’riy janrlar ko’p asrlik shakllanish va takomil bosqichlariga egadir. Ayni vaqtda adabiy ta’sir natijasida bir milliy she’riyatdagi janrning belgilari boshqa she’riyatdagi janrga o’tib turadi, mushtaraklik kasb etadi. Natijada tipologik jihatdan bir tizimdagi she’riy janrlar yuzaga keladi. Bu jarayonni fransuz va o’zbek adabiyoti misolida nazardan o’tkazsak, manzara yanada oydinlashadi. Binobarin, hozirgi fransuz she’riyatida oda, sonet, elegiya, rondo, lirik she’r, triolet kabi janrlar o’ziga xos taraqqiyot yo’lini boshdan kechirdi. O’zbek she’riyatida ham qasida, marsiya, musallas, uchlik, noma, muvashshah singari janrlar rivoj topmoqda. Aytish mumkinki, hozirda oda-qasida, elegiya-marsiya, triolet-rondo-musallas-uchlik tarzidagi tipologik tizim yuzaga keldi. Bu janrlarni fransuz va o’zbek she’riyati namunalari misolida qiyosiy o’rganish bugungi qiyosiy adabiyotshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Mazkur jihat mavzuning dolzarblik xususiyatini belgilab beradi. Jahon adabiyotshunosligida lirik janrlar tipologiyasi, mushtaraklik va farqli xususiyatlarni ilmiy o’rganish orqali she’riyat taraqqiyotini belgilash mumkin. Qolaversa, adabiy ta’sir yo’nalishida dunyo she’riyatining badiiy estetik tajribalari, shakliy-uslubiy izlanishlarni qiyosiy tekshirish mumkin bo’ladi. Shu nuqtai nazardan fransuz va o’zbek she’riyatidagi janrlar mushtarak va farqli jihatlari alohida tadqiqni talab etadi. Fransuz va o’zbek she’riyati namunalari asosida mazkur jarayonni ilmiy-nazariy umumlashtirish, mazkur janrlar tipologiyasini ilmiy baholash bugungi qiyosiy adabiyotshunoslik ilmida dolzarblik kasb etadi.
O`zbek adabiyotshunosligida N.Rahimjonov, B.Nazarov, N.Jabborov, U.Hamdam, A.Ulug`ov2 singari taniqli olimlarning tadqiqotlarida istiqlol davri o'zbek adabiyoti, ayniqsa, she`riyatiga xos xususiyatlarni umumlashtirish barobarida ayrim she’riy shakllarga xos jihatlarga munosabat bildirilgan. Xususan, N.Rahimjonovning “Mustaqillik davri o`zbek she’riyati” monografiyasi bu yo`ldagi salmoqli ishlardan biridir. Unda Rauf Parfi she’riyatidagi jahon adabiyoti ta’sirida shakllangan she’riy shakllar tahlil etilgan. B.Nazarovning “Dil afro’z shoira” nomli suhbat maqolasida shoiraning uchlik shaklidagi asarlariga munosabat bildirilgan3. A.Ulug`ovning “Qalb qandili” kitobida so’nggi yillar o’zbek she’riyatidagi yangilanishlar muayyan ijodkorlar ijodi misolida oydinlashtirilgan4. Bu yo’nalishdagi eng yangi va salmoqli tadqiqotlardan biri Q.Yo’lchievning “Tipologik o’xshashliklar: birlik va uchlik” nomli monografiyasi va “O’zbek she’riyatida birlik va uchlik poetikasi” nomli dissertatsiyasi5da o’zbek she’riyati materiali asosida birlik va uchlik shakliga xos xususiyatlar ochib berilgan. Ko’rinadiki, yuqorida nomlari tilga olingan tadqiqotlarda o’zbek she’riyatidagi janrlarga xos xususiyatlar yoritilgan. Biroq mazkur janrlar jahon adabiyotida taraqqiy etgan janrlar bilan qiyosiy aspektda tekshirilmagan. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida fransuz va o’zbek she’riyatidagi tipologik o’xshash she’riy janrlar yaxlit badiiy tizim sifatida maxsus tadqiq etilmoqda. Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqot o’z oldiga fransuz va o’zbek she’riyatidagi she’riy janrlarning tipologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: fransuz she’riyatidagi she’riy janrlarga xos xususiyatlarni oydinlashtirish; o’zbek she’riyatidagi janrlar tabiati, muayyan belgilarini aniqlash; fransuz va o’zbek she’riyatidagi janrlarni qiyoslash; oda va qasida, elegiya va marsiya munosabatlarini yoritish; triolet va rondo, musallas-uchlik janrlarining mushtarak va farqli belgilarini ochib berish; Tadqiqotning obekti. Magistrlik dissertatsiyasi uchun fransuz va o’zbek she’riyati namunalari obekt sifatida tanlandi. Tadqiqotning predmetini fransuz va o’zbek she’riyatidagi mushtarak janrlarni qiyosiy tipologik tekshirish tashkil etadi. Tadqiqotning metodlari sifatida qiyosiy-tipologik, tarixiy-qiyosiy, psixologik va kompleks tahlil kabilar tanlandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. jahon she’riyati ta’sirida yuzaga kelgan poetik shakllarga xos xususiyatlar ochib berilgan; fransuz she’riyatidagi sonet, oda, elegiya janrlariga xos xususiyatlar yoritilgan; o’zbek she’riyatidagi qasida, marsiya, uchlik, musallas kabilarning muhim janr belgilari aniqlangan; oda-qasida, marsiya-elegiya tizimidagi lirik janrlar tipologiyasi tekshirilgan; triolet-uchlik-rondo-musallas tizimidagi janrlarning o’xshash va tafovutli xususiyatlari ochib berilgan; Dissertatsiya ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati fransuz va o’zbek she’riyatida bir tizimda turuvchi qasida oda, marsiya elegiya, triolet rondo musallas uchlik janrlari qiyoslangan fikrlardan lirik janrlar tipologiyasi yo’nalishida olib borilayotgan tadqiqotlarda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati, undagi ilmiy umumlashma va xulosalardan “Fransuz adabiyoti”, “Qiyosiy adabiyotshunoslik”, “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg`ulotlar o’tishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 78 sahifani tashkil etadi. I BOB FRANSUZ ADABIYOTIDAGI SHE’RIY JANRLARGA XOS XUSUSIYATLAR 1. 1. Jahon she’riyati ta’sirida shakllangan she’riy shakllar. Oda va ballada janri tabiati Jahon adabiyotida she’riy janrlar o’ziga xos badiiy tizimni tashkil etadi. Xususan, oda, sonet, ballada, rondo, triolet, xokku, elegiya kabi janrlar uzoq asrlik taraqqiyot belgilariga ega. Shu bois bu janrlarga xos xususiyatlar bir-biriga o’tib, bir-biriga ta’sir etib, yashab keladi. Jahon she’riyatida an’anaviylashgan bu janrlar o’z qonuniyatlari va muayyan qat’iy belgilariga ega. Yapon she’riyatidagi xokku, tanka, italyan she’riyatidagi terset va tersina yoxud oda, sonet, ballada, elegiya kabilar dunyo adabiyotidagi ustuvor jarnlar bo’lsa, rondo, triolet kabilar fransuz adabiyotidagi o’ziga xos she’riy janrlarni tashkil etadi. Binobarin, oda janri jahon she’riyatidagi qadimiy janr sifatida turli xalqlar adabiyotida shu mazmundagi janrlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Xususan, fransuz she’riyatida shakllanib, takomil topgan oda o’zbek she’riyatida qasida janri bilan tipologik jihatdan bir qatorni ishg`ol etadi. Jumladan, adabiyotshunos D.Quronov xokku haqida shunday yozadi: “XOKKU, xayku (yaponcha “ilk misralar”) – yapon she’riyatidagi an’anaviy qat’iy she’riy shakl, lirik janr. X. uch misradan tashkil topib, birinchi va uchinchi misrasi besh bo’g`inlik, ikkinchi misrasi esa yetti bo’g`inlik o’lchovda bo’ladi va bu jihatdan u tankaning (q.) dastlabki uch misrasi bilan bir xil bo’lib, she’rning asosiy fikri aks etgan “ilk misralar” X. nomli qat’iy she’r shakli sifatida qaror topgan. Janrning asoschisi sifatida XVII asr yapon shoiri M.Basyo e’tirof etiladi, u janrning go’zal namunalarini yaratish bilan birga, unga qo’yiluvchi shakliy va mazmuniy talablar, estetik prinsiplarni ishlab chiqqan”6. Ko’rinadiki, dunyo adabiyotida xokku she’riy janr sifatida bir qator xususiyatlarga ega. Ya’ni uch misrali tugallik kasb etgan bu janrning o’ziga xosligi shundaki, bo’g`inlar o’lchovi birinchi va uchinchi misrada beshtani, ikkinchi misrada esa yettitani tashkil etadi. Bu qat’iy o’lchovdir. Oda – (gr. oide – qo‘shiq so‘zidan) g‘arb va rus she’riyatidagi lirik turga mansub, sharq poeziyasidagi qasidaga o‘xshash janrlardan biri: biror kishi sha’niga yoki muhim voqeaga bag‘ishlangan tantanali she’r. Qadimgi grek adabiyotida odalar xor tomonidan musiqa va o‘yin jo‘rligida aytilgan hamda o‘z tabiatiga ko‘ra maqtov odalari, yig‘i va o‘yin odalariga bo‘lingan. Qadimgi Rim adabiyotida Goratsiy odani musiqadan ajratib, adabiy janr sifatida shakllantirdi. Keyinchalik oda Fransiyada XVI asrda qaytadan yuzaga keldi va G‘arbiy Yevropa she’riyatida keng tarqaldi. Oda F.Malerb va fransuz klassitsizmining boshqa namoyandalari ijodida o‘zining kamolot bosqichiga ko‘tarildi. Odaning nazariy asoslari Bualo tomonidan ishlab chiqildi. Bu nazariyaga ko‘ra odalar sheva elementlaridan xoli, ko‘tarinki, jozibali tilda yozilishi, har bir misra lo‘nda fikrni anglatishi, ya’ni so‘zning bir misradan ikkinchi misraga ko‘chmasligi, och qofiyalarning mutlaq qo‘llanmasligi shart. Rossiyada oda XVI-XVII asrlarda yuzaga kelgan bo‘lib, oda terminini birinchi bor V.K.Trediakovskiy qo‘llagan, keyinchalik M.V.Lomonosov ijodida oda asosiy va yetakchi janrlardan biriga aylandi. M.V.Lomonosov vatanparvarlik va falsafiy mazmunga boy odalar yaratgan bo‘lsa, o‘z davrining mashhur odanavisi bo‘lgan G.R.Derjavin odaga hajviy, fosh etuvchi xususiyat kiritdi. Rossiya odalarida nutqning cherkov so‘zlariga boy, dabdabali uslubda bo‘lishi, undovlar va ritorik qaytariqlar qo‘llanishi, qat’iy to‘rt stopali yambdan iborat vaznga, a-b-a-b-v-v-g-d-d-g shaklida qofiyalangan o‘n misradan iborat band tuzilishiga egaligi qat’iy qoidalashgan shakl hisoblangan. A.N.Radishchev va A.S.Pushkin o‘zlarining “Erkinlik” deb nomlangan odalari orqali mazkur janrni mavjud tuzumga qarshi yo‘naltirishga uringanlar, biroq bu xususiyat oda janrining tabiatiga mos kelmasligi bois, qat’iylashmagan. XIX asrning 20-yillariga kelib esa oda umuman rivojlanishdan to‘xtab qolgan. Ayrim hollarda oda termini qasida tarzida tarjima qilinadi. Aslida bu ikki termin boshqa-boshqa hodisalarni bildiradi, shuning uchun ularni aralashtirmaslik lozim. Garchi oda janri o‘z tabiatidagi tantanavorlik, maqtov kabi xususiyatlari bilan Sharqdagi qasida janriga yaqin tursa ham, tuzilishi, qofiya tartibi va boshqa xususiyatlari jihatidan ular butunlay boshqa-boshqa janrlardir. Fransuz adabiyotida Jan Baptis Russo, Viktor Gyugo kabi shoirlarning odalari mashhur. Jahon she’riyatida odaning quyidagi janr ko’rinishlari mavjud: 1. Diniy mavzudagi: ilohiylik odalari, madhiya odalar va diniy madhiyalar; 2. Jangovorlik yoki qahramonlik odalari; 3. Ibrat mazmunidagi falsafiy odalar; 4. Xushchaqchaq odalar. Ajdodlar odani o’z tragediyalaridagi xor ashula singari ifodalab kelishgan. Ular odani bir-biri bilan kelishgan qo’shiq va ularni tartibga solib turuvchi uch qismga bo’lishdi: band, bandsiz va epod (antik poetikada bir xil lirik she’r). Ronsar maktabi o’z ritmik va xoreografik bo’linmalarini oda bilan qaytarishga harakat qildi. Vauquelin o’zining “Poetik san’atida” shunday degan edi: “Ronsargacha xam odalarning borish-kelish turlari (sayrga chiqqanda va qaytayotganda aytiladigan qo’shiq) mavjud bo’lgan”7. Oda janri keyinchalik mashxur fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning “Odes et Ballades” asariga kiritilgan. XX asrning boshlariga kelib Claudel qalami ostida oda janri qayta yangilangan ko’rinishda uning Cinq Grandes Odes (5 ta katta odalar)da namoyon bo’ldi. Trubadurlar o‘z ijodida turli she’riy shakllarni, rang-barang vaznlarni qo‘llagan holda xalq qo‘shiqlariga xos ayrim unsurlarni qayta-qayta ishlab, she’rlar yaratganlar. Ular asosan quyidagilardir: kansona, sirventa, alba, serenada, pastorella, tensona, ballada. Shular orasida ballada ham G`arb adabiyotida keng qo’llangan janr sifatida ahamiyatli Ballada – (fransuzcha “ballade” so’zidan olingan “raqs qo’shigi”) bu liro-epik she’riyat janrlaridan biri, dramatik syujetni rivojlantirish bilan hikoya qiluvchi qo’shiq yoki she’r. « Ballade » so’zi Fransiyaning janubida «ballata» so’zidan kelib chiqqan. O’rta asrlarda «danser» – «raqs tushmoq» ma’nosini anglatuvchi «baller» oilasiga mansub so’zga borib taqaladi. Ballada talaffuz qilinadigan syujet, maxsus ohangdorlik, musiqiylik bilan ajralib turadi.Ballada ichida xayoliy, sirli, tushunarsiz, hatto aytilmaydigan holatlar ham uchraydi. Balladaning kelib chiqishi an’analar xalq afsonalari bilan bog’liq hikoya va qo’shiqning xususiyatlarini birlashtiradi. Ballada sentamentalizm va romantizm janrlarining asosiy she’riyatidir. Ballada shuni ko’rsatadiki,qadimgi ma’no,o’rta asrlar she’riyati, 3 banddan tashkil topgan aniq ko’rinishga ega va birinchi yarim bandi qayta takrorlanadigan, har bir band takroriy she’r bilan tugaydigan, kelib chiqishi qo’shiq ko’rinishini eslatadi.She’rdagi voqea keskin bandli balladalarda saqlanib qoladi. Misralar soni har bir qatordagi bo’ginlarga teng bo’ladi. 8 yoki 10 qatordan iborat bo’ladi va har xil mavzularda yoziladi. Pléiade eskirgan ballada janrini sonet va odalarning yangi ko’rinishiga mos ravishda qo’shdi. XVIII asrning oxirlarida ballada ingliz va nemis an’analarini yoritishda romantizm balladalariga yakun yasash uchun xizmat qiladigan qurol sifatida namoyon bo’ldi. Adabiyot soxasida tashqaridan, ballada so’zi zamonaviy qo’shiqning po’rtanasiga aylandi, asta-sekin, xushoxang umumiy ma’noda bu XX-asrning oxirlarida edi. Balladaning muayyan xususiyatlari boshqa janrlarga singdirilganligi sababli bunday asarlar qo’shma nomlar bilan xam ataladigan bo’ldi (masalan ballada-poema, ballada-simfoniya va boshqalar). François Villon signait parfois ses ballades en mettant un acrostiche dans l’envoi. C’est le cas de la Ballade de la Grosse Margot, de la Ballade de bon conseil, de la Ballade des contre vérités, du Débat du cœur et du corps de Villon. Ou de la Ballade pour prier Notre Dame, tirée du Grand Testament :
Certains commentateurs s'appuient même sur l'acrostiche un peu défectueux de l'une des ballades en jargon du manuscrit de Stockholm pour attribuer la paternité de celle-ci à Villon, tandis que d'autres ne trouvent pas l'argument probant. Fransua Viyyoon balladalarida akrostika janridan foydalangan. Masalan: “Gross Margo haqida ballada”, “ Yaxshi maslahat xaqida ballada”, “ Viyyonning ta’na va yurak baxslari haqida ballada” larida bu janrni uchratish mumkin: Ma’nosi: Siz, qirolicha, bokira, iffatda, poklikda yuksaklarga chiqdingiz (xuddi Bibi Maryam kabi) Iso (paygambar) da (ya’ni hukmronlik qilgan, yashagan davrda) na to’xtash va na oxir (intiho) bor edi. Ey qodiri mutlaq, bizning gunoh va kamchiliklarimizni o’zing bilguvchisan Osmonlarga imkon ber va o’zing bizni qulla, Ey Olloh, yana va yana tavba qilaman, chiroyli o’lim hadya et Faqat shu onda men yashashni va o’lishni xohlayman. (tarjima bizniki J.M.) Ko’rinadiki, oda va ballada fransuz she’riyatida takomil topgan lirik janrlardir. Odada maqtov ruhining ustuvorlik qilishi, balladaning esa sidirg`asiga she’rda yozilishi va voqeabandlikka asoslanishi xos xususiyatlar sifatida ko’zga tashlanadi. Bu janrlar, avvalo, jahon she’riyatida etakchilik qilganva fransuz adabiyotida ham taraqqiy etganligi yuqoridagi fikr va qarshlardan ma’lum bo’ldi. 1.2. Sonet va elegiya janrlariga xos jihatlar. Sonet – (italyancha “sonetto” – “jaranglamoq”) jahon she’riyatida keng tarqalgan lirik janr bo’lib, u dastlab XIII asrda italyan adabiyotida vujudga kelgan. Sonet qat’iy qonun-qoidalar asosida yaratiladi. U 4 banddan iborat bo’lib, birinchi va ikkinchi bandlar 4 misradan (quatrain-katren), uchinchi va to’rtinchi bandlar 3 misradan (terset) tashkil topadi. Jami 14 misradan tashkil topgan bo’lib, ko’pincha a-b-b-a, a-b-b-a, d-d-e, e-f-e (boshqa variantlar ham bor) shaklida qofiyalanadi. Dastlab XIII asrda Italiya adabiyotida paydo bo‘lgan. Sonetning mustaqil she’r turi sifatida shakllanishida Dante va Petrarkaning xizmatlari katta. Buyuk Britaniya adabiyotida V.Shekspir sonet rivojiga katta hissa qo‘shdi. She’riy shaklning bu turidan, ayniqsa, simvolist shoirlar keng foydalanganlar. Sonetlar nazariyasini boyitishda Bexerning xizmatlari kattadir. U sonetni badiiyatning eng yorqin dialektik ko‘rinishlaridan biri deb atadi. Sonetning dastlabki to‘rt misrasini u tezis sifatida katren, keyingi to‘rtligini antitezis sifatida ikkinchi katren va so‘nggi ikki uchlikni sintez deb atadi. Sonetdagi qofiyalar to’liq va jarangdor bo’lishi kerak. Sonet faqat shaklan emas, mazmunan ham shunday talablarga javob berishi lozim. Masalan , uning birinchi bandida asosiy fikr aytiladi, ikkinchi bandda bu fikr rivojlanadi, uchinchi bandda echim va to’rtinchi bandda esa xotima ifodalanadi. Sonet haqida ko’pchilik umumiy tasavvurga ega. Sonetning faqat 14 qatorli she’r emas, balki murakkab xamda nixoyatda yuksak maxorat talab qiladigan she’riy shakl ekanini hamma bilmaydi. Fransuz adabiyotida mumtoz sonetning go’zal namunalarini Pierre de Ronsard ning ijodida uchratish mumkin. Sonetning Italiyadan Fransiyaga o’tishi tarixiy taraqqiyotga ega. Fransuz adabiyotida bu janrda ko’plab shoirlar, jumladan: Pierre de Ronsard, Clément Marot, Charles Baudelaire, Stéphane Mallarmé, Paul Verlainelar ijod qilishgan. Charles Baudelaire fransuz mumtoz she’riyatining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan estetika va ramziylikning asoschisi, shoir, tanqidchi, esseist va tarjimondir. U sonet janrida mahorat ko’rsatgan: A une passante La rue assourdissante autour de moi hurlait. Longue, mince, en grand oeuil, douleur majestueuse, Une femme passa, d’une main fastueuse Soulevant, balançant le feston et l’ourlet; Agile et noble, avec sa jambe de statue. Moi, je buvais, crispé comme un extravagant, Dans son oeil, ciel livide où germe l’ouragan, La douceur qui fascine et le plaisir qui tue. Un éclair… puis la nuit! – Fugitive beauté Dont le regard m’a fait soudainement renaître, Ne te verrai-je plus que dans l’éternité? Ailleurs, bien loin d’ici! trop tard! jamais peut-être! Car j’ignore où tu fuis, tu ne sais où je vais, O toi que j’eusse aimée, ô toi qui le savais! O’tkinchi ayolga Men bir ayolni uchratdim, suronlar ichra. Motam alomati sokin, oydin yuzida Nazokat mujassam, viqor ko’zida Ko’cha toshqinida o’tdi yalt etib. Tuyg`ular mavjlandi, vujud jim qoldi. Dudog`i shivirlar g`amgin ifoda, Xayollar charx urdi masrur, poyida. Ko’ngil tusar edi zaharli bolni. Bir zum yonib o’chdi... zulmat pardasi. Hayotbaxsh qorachiq bag`rimni ezdi. Qayta uchrarmisan, o sevgi sharpasi, Vasling umidida dunyolar kezsam? Taqdirning ayovsiz mavhum zarbasi, Sevgan bo’lar edim buni sen sezding. Charles Baudelairening mazkur soneti muhabbat mavzusida yozilgan. Aslida, bu dunyo adabiyotida an’anaviylashgan. Ko’cha toshqinida lirik qahramon oshiq ayolga duch keladi, unga nisbatan muhabbat uyg`onadi. “Hayotbaxsh qorachiq” sevikli ayol timsolini ifodalab keladi. “Zulmat pardasi”ning o’chishi oshiq qalbdagi og`riqlarni bildiradi. Oshiq “sevgi sharpasi”ga duch kelgan yo’ldan qaytmoqchi emas. Demak, sonetda boshdan oxir sevgi iztirobidagi oshiq kechinmalari aks ettirilgan. Shakl jihatdan 14 qatordan tashkil topgan. Dastlabki 8 misra katren, so’nggi 6 misra tersina uchlik bandlardan tashkil topgan. Auguste Mangeot publia dans Le Monde musical le sonnet suivant qu'il trouvait admirable bien qu'adressé par un correspondant anonyme:
–Toute la joie ardente essorait vers les nues, Et toute la langueur et toute la beauté. Sur un seul vœu de moi, désir chaste ou lyrique, Ta fertile magie a toujours, ô musique : Bercé mon tendre songe ou mon brillant désir. Et quand viendra l'instant ténébreux et suprême, Tu sauras me donner le bonheur de mourir, En refermant les bras sur le Rêve que j'aime ! Mal lui en prit car le poème contenait un acrostiche contre lui (« Mangeot est bête »). Son auteur n'était autre que Willy avec lequel il s'était violemment querellé. Auguste Mangeotning sonetlari «Le Monde musicale» – « Musiqiy dunyo» jurnalida nashr etilgan. Bu sonetning mazmuni quyidagicha: Kuy, navo – sen meni mashhur xiyobonlarning ostonasidagi fusunkor, sexrli saroy kabi etding. Tunu kun davomiy va mangu olovli sahnalarda mayin va ardoqlanib tebranding. Galma-gal xorlar, zavqlangan xonimlar Qasamlar, favnlar (yunon mifologiyasida xosildorlik xudosi), koxinlar Ko’kka qarab uchgan barcha jo’shqin xursandchilik Va barcha xorginlik va xamma go’zallik. Mening tanxo, sof shoirona tilagim Ox, navo, sening doimgiday boy, sexrli kuying Mening nazokatli, mayin o’ylarimni, yaltiragan xohishlarimni tebratdi. Zim-ziyo, qorongu va oxirgi fursat yetkanda Men sevgan xayollar ustida, yopilgan qo’llarda Sen menga o’lish baxtini berasan (nasriy tarjima bizniki. –M.J). Aytish mumkinki, mumtoz sonetning go’zal namunalarini Bokachcho, Dante, Bexer, Petrarka, Bryusov, Ronsar, Kleman Maro, Bodler kabi jaxon adabiyotining mashxur shoirlari ijodida yanada rivoj topdi. Sonetlar guldastasi – o‘n besh sonet 210 misradan iborat she’riy asar. Sonetlar guldastasi shunday murakkab tuzilishga egaki, unda har bir sonetning birinchi misrasi o‘zidan oldingi sonetning oxirgi misrasi bilan boshlanadi, oxirgi sonet magistral deb ataladi. Magistral sonet o‘n to‘rt sonetning birinchi misralaridan tashkil topadi. Xuddi mana shu yo‘l bilan sonetlar bir-biriga mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Sonetlar guldastasi eng murakkab she’riy shakllardan bo‘lgani uchun ko‘pgina shoirlar bunday asar yaratish sharafiga muyassar bo‘la olmaganlar. Sonetlar guldastasi yaratishga intilgan ko‘plab shoirlar, chuqur bir mazmunni ifodalay olmay, quruq shaklbozlikka berilib ketganlar. Sonetlar guldastasi Yevropa adabiyotida dastlab XIII asrda yaratilgan. Bunday sharafga rus shoirlaridan V.Bryusov (1873-1924), Vyacheslav Ivanov (1866-1949), M.Voloshin (1878-1932), I.Selvinskiy (1899-1968)largina muyassar bo‘lganlar. I.Bekkernnng “Germaniyaning ikkinchi jahon urushi qurbonlariga” asari sonetlar guldastasining go‘zal namunasi hisoblanadi. O‘zbek she’riyatida birinchi marta Barot Boyqobilov O‘zbekiston haqida sonetlar guldastasini yaratishga muvaffaq bo‘la oldi. O’zbek she’riyatidagi Usmon Nosir sonetlari jahon adabiyotidagi an’anani davomi edi. Ta’kidlash kerakki, Rauf Parfining janrdagi izlanishlari XX asr o’zbek she’riyatida fenomenal hodisasiga aylandi. Shoir jahon she’riyati yutuqlarini ijodiy o’zlashtirib, sonetning yuksak namunalarini yarata oldi. Mulohazalarimiz shoirning Abdulla Qodiriyning lirik siymosi yaratilgan “Ona Turkiston” sonetlar turkumi misolida asoslashga harakat qilamiz. Bu turkum A.Qodiriy haqida haq so’zni aytish mushkul bo’lgan bir davrda – 1967-yilda yozilgan. Uch sonetni birlashtirgan yoniq satrlar Abdulla Qodiriy monologi yanglig` jaranglaydi. Ayni zamonda unda shoir qalbi tubida yashirinib yotgan dardlar ham qalamga olingan. Birinchi sonet quyidagicha boshlanadi: Xotiramning qa’ri qa’rida tarix, Doim so’zlab turar ezgin hikoya. Tutqun qush singari qolurman g`arib, Ruhimda bulutlar tashlaydir soya8. Xalqimizning uzoq va yaqin o’tmishida kechgan voqeliklar, shoir ta’biricha, ezgin hikoyadir. Shu bilan birga bunda zukko kitobxon ulug` adibning “O’tkan kunlar” tarixiy romaniga ham ishorani sezishi ham qiyin emas. Lirik qahramon o’zini “tutqun qushga” qiyoslayapti. Haqiqatan, tutqun qush qatag`on muhitida ezilgan, ozor chekkan Abdulla Qodiriydir. Shu tarzda shoir xayolidan chekingan “olisda miltirab turgan sham, ko’hna hasratning mash’um yarasi” haqida fikr yurita boshlaydi. Bu ifodada metaforik mazmun mavjud. Sababi, “olisda miltirab turgan sha’m” Qodiriyning orzu-umidlari ifodasi, “ko’hna hasratning mash’um yarasi” esa qatag`on davrini aks etirgan. Kishanband qilinar qo’llarim go’yo, Tuproqqa qorisha boshlaydi tanim, Shu qadar yuragi tormidir dunyo ( 255). Istiqlol yillarida qatag`onga uchragan ulug` adib va shoirlar haqidagi haqiqatlar baralla aytila boshlandi. Otaxon adabiyotshunos U.Normatov “Qodiriyning so’nggi iltijosi” nomli maqolasi adib o’limi bilan bog`liq tafsilotlarni keng yoritishi bilan ahamiyatlidir. Bunda olim A.Qodiriyning o’g`li Mas’ud aka xotiralariga tayanadi. Xotiralarning guvohlik berishicha, bu mudhish o’lim voqeasiga bog`bon, yozuvchining do’sti Mirolim Mirkomilov shohid bo’lgan. Uning Bo’zsuv daryosi bo’yida bog`i bo’lgan. A.Qodiriy otilgan 1937 yilning 4 oktyabr kechasi u shu joyda bo’lgan va bog` ortidagi jarlikda tunda sodir etilayotgan notinchliklar asnosida qulog`iga tanish ovoz chalingan. Bu – Qodiriyning ovozi edi. Mirolim ota tatar komandiri va A.Qodiriy suhbatini eshitadi. Ulug` adib o’limi oldidan komandirning tatar, ya’ni musulmonligini bilib, undan suv so’ragan va ikki rakat namoz o’qib olishini iltimos qilib so’ragan. Komandir bunga rozi bo’lgan va shundan so’ng hukm ado etilgan9 (2, 232). Yuqoridagi satrlarda ham shu tarixiy voqelikka ishoralar mavjud. Binobarin, qo’llari kishanband qilingan, tani tuproqqa qorishgan A.Qodiriy tasvirida shoir anglagan achchiq haqiqat aks etgan. Qolaversa, “O’zi yuragimga jo bo’ldi, ammo Nechun sig`dirmadi, nechun Vatanim” tarzidagi hayqiriqda chin vatanparvar inson siymosi aks etib turibdi. Ikkinchi sonet ham yuqoridagi satrlarning mantiqiy davomidir. A.Qodiriy ichini kemirgan ulkan dard yurtni ozod ko’rish istagi edi: Ko’ringiz tarixni. Ko’z oldim parda, Qo’limdan uchmoqda bu er, bu Vatan... Oshno tutinardim po’lat xanjarga... Jang maydoni sari otilardim man (1, 255). Zero, yaqin tarixdagi voqeliklar, yuz bergan turli xunrezliklarda A.Qodiriyga o’xshagan xalqning asl farzandlarining erk yo’lidagi shonli kurashlari, ayanchli qismati aks etgan. Haqiqatan, adib Vatanni himoya qilish uchun qo’liga po’lat xanjar tutishga tayyor fidoiy. Bunda “keskir tosh” ham A.Qodiriyni ifoda etmoqda. Uchinchi sonet xulosaviy mazmunga ega: Umr deganlari o’tmakda shoshqin, Tilla barglarini elab yo’limga. Sening manguliging beradi taskin, Erta uzilguvchi mening umrimga ( 256). Inson umri shoshqin daryoga qiyos. Tilla barg – shoirning betakror metaforasi. Unda hayot kuziga ishora mavjud. Vatanning abadiyligi, bezavolligi umri “erta uzilayotgan” adibga taskin beradi. O’, Ona Turkiston, kuylayman yonib, Dunyo jur’atini berding qo’limga. Men endi angladim Turkiy dunyoni Mana, men tayyorman endi o’limga ( 256) Bunda Ona Turkiston uchun qalbida katta jur’atni joylab, o’limga ham tik borgan adib siymosi aks etib turibdi. Vatan shunday yuksak tuyg`uki, uni til bilan kuylashning o’zi yetarli emas. Shu bois adib uni “kuyib kuylamak”ni istaydi. Yuqorida tahlil etganimiz sonetlarda Abdulla Qodiriyning yurt uchun yongan qalbi manzaralari badiiy ifoda etilgan. Ayni zamonda ulug` adib yuragida armon bo’lgan so’ngsiz dardlar va og`riqlar R.Parfining shoir qalbini larzaga solgani, uni tuyg`ularini junbushga keltirgan. Ta’kidlash kerakki, R.Parfi qo’llagan har bir metafora va ramz A.Qodiriy lirik siymosini yorqin ifodalashga xizmat qilgan. Download 418 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling