Mundarija O’quv materiallar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana22.09.2020
Hajmi1.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi: 
1.  Adabiy so`zlashuv uslubi 
2.  Oddiy so`zlashuv uslubi. 
Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va 
ishlangan  bo`lishi  bilan  xarakterlanadi.  Oddiy  so`zlashuv  uslubida  esa 

25 
 
betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir. 
So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor: 
1.  Fonetik xususiyatlar. 
2.  Leksik-frazeologik xususiyatlar 
3.  Grammatik xususiyatlar 
So’zlashuv  uslubidagi  nutq  ko’pincha  dialogik  shaklda  bo’ladi.  Ikki  
yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi. 
     So’zlashuv  uslubida    ko’pincha    turli    uslubiy      bo’yoqli      so’zlar, 
grammatik    vositalar,  tovushlarning    tushib  qolishi,  orttirilishi  mumkin:  Obbo, 
hamma ishni  do’ndiribsiz-da. Mazza qildik.  Kеtaqo-o-ol! 
     So’zlashuv  uslubida    gapdagi  so’zlar  tartibi  ancha  erkin  bo’ladi. 
Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. 
2. Ilmiy  uslub 
     Fan-tеxnikaning    turli    tarmoqlariga    doir  ilmiy  asarlar,  darsliklar 
ilmiy  uslubda  yoziladi.  Ilmiy  uslub  aniq  ma'lumotlar  asosida  chiqarilgan  ilmiy 
xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi:   
Yomg’ir  -  suyuq  tomchi  holidagi  atmosfеra  yog’ini.  Tomchining  diamеtri  0,5-
0,6 mm bo’ladi. 
     Ilmiy  uslubda    har  bir  fanning  o’ziga  xos  ilmiy  atamalaridan 
foydalaniladi,  bu  uslubda  so’zlar      o’z    ma'nosida  qo’llanadi,  qoida  yoki 
ta'rifning  mazmunini  ochishga  xizmat  qiladigan  ajratilgan  bo’laklar,  kirish 
so’zlar,  kirish  birikmalar,  shuningdеk,    qo’shma    gaplardan    ko’proq 
foydalaniladi. 
Ilmiy  uslub  fan,  texnika  va  ishlab  chiqarish  bilan  bog`liq  vazifaviy 
uslubdir.  U  o`z  ichida  yana  ilmiy  texnikaviy,  ilmiy-hujjat,  ilmiy-ommabop, 
o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi. 
Ilmiy  uslubning  hozirgi  zamon  taraqqiyoti  bilan  bog`liq  ravishda  quyidagi 
umumiy xususiyatlari bor: 
1)  axborotning ob’yektivligi, aniqligi; 
2)  nutqning ma’lumotlarga boyligi; 

26 
 
3)  fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi; 
4)  muallif individualligining sezilmasligi; 
5)  emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi; 
6)  atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi; 
7)  matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi; 
8)  adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi; 
9)  fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi; 
10)  ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta  
so`zning tushib qolishi); 
11)  turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi; 
12)  otlarni, asosan, birlikda ishlatish; 
13)  matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish; 
14)  maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z,  so`z  
birikmalarining qo`llanishi. 
3. Rasmiy-idoraviy uslub 
     Davlat  idoralari    tomonidan  chiqariladigan  qarorlar,  qonunlar, 
nizomlar,  xalqaro  hujjatlar  rasmiy-idoraviy  uslubda    yoziladi.  Ariza,  tilxat, 
ma'lumotnoma,  chaqiruv    qog’ozi,  taklifnoma,  shartnoma,  tarjimai  hol,  e'lon, 
tavsifnoma,  dalolatnoma,  hisobot  kabilar  ham  shu  uslubda  yoziladi.  Bunday  
uslubdagi  hujjatlar  qisqa,  aniq,  barcha  uchun  tushunarli  qilib  tuziladi.  Bu 
uslubning  asosiy  bеlgisi:  jumlalarning  bir  qolipda,  bir  xil  shaklda  bo’lishi.  Bu 
uslubda  ham  so’zlar  o’z  ma'nosida  qo’llanadi,  ko’pchilikka  ma'lum  bo’lgan 
ayrim  qisqartma  so’zlar  ishlatiladi,  har  bir  sohaning  o’ziga  xos    atamalaridan 
foydalaniladi.  Rasmiy-idoraviy  uslubda  ko’pincha  darak  gaplardan,  qaror, 
buyruq,  ko’rsatma  kabilarda  esa  buyruq    gaplardan    ham  foydalaniladi.  Bu  
uslubda  gap  bo’laklarining  odatdagi  tartibda  bo’lishiga  rioya  qilinadi:  O’z 
lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin. 
Rasmiy  (ish  yuritish)  uslubga  hisob-statik  organlar,  sud,  adliya,  fuqarolik 
holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa 
vazirliklarning,  idora,    muassasa,  tashkilotlarning,  ayrim  shaxslarning  rasmiy 

27 
 
hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, 
shartnoma,  tavsiya,  izohnomalar  va  ariza,  shikoyat,  axborot,  majlis  bayoni, 
tilxat, 
tarjimai 
hol, 
ishonchnoma, 
guvohnoma, 
e’lon, 
dalolatnoma, 
ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi. 
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir: 
1)  badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi; 
2)  uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi:  
uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi; 
3)  eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi; 
4)  quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi; 
a)  tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning 
belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; 
ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h. 
b)    noaniqlikka  yo`l  qo`ymaslik  maqsadida,  odatda,  otlar  olmosh  bilan 
almashtirilmaydi; 
c)  fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa,farqlanib turadi; 
oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin; 
d)    bu  uslubda  uyushiq  bo`lakli  gaplar  keng  qo`llanilib,  ayrim  o`rinlarda 
bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin; 
e)    qo`shma  gaplardan,  xususan,  shart  ergash  gapli  qo`shma  gaplardan  keng 
foydalaniladi; 
f)    so`roq  va  undov  gaplar  deyarli  qo`llanilmaydi,  asosan,  darak  va  buyruq 
gaplar ishlatiladi. 
5)    Hujjatlar  matni  birinchi  shaxs  yoki  uchinchi  shaxs  tilidan  yoziladi.  Yakka 
rahbar  nomidan  yoziladigan  farmoyish  hujjatlari  birinchi  shaxs  tilidan  bo`ladi. 
Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) 
ham  birinchi  shaxs,  birlik  sonida  shakllantiriladi.  Boshqa  hujjatlar  esa  yo 
birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi. 
6)   Hujjatlar  matnida  turg`unlashgan, qoliplashgan  so`z  birikmalaridan  ko`proq 
foydalaniladi. 

28 
 
7)  Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart. 
8)  Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi. 
9)  Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi. 
4. Ommabop  (publitsistik) uslub 
     Tashviqot-targ’ibot  ishlarni  olib  borishda  qo’llanadigan    uslub,  ya'ni 
matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar 
ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, 
maqol    va  hikmatli  so’zlardan  ham  foydalaniladi.  Bunday  uslubda  gap  
bo’laklari    odatdagi    tartibda    bo’ladi,  kеsimlar  buyruq    va    xabar    maylidagi 
fе'llar  bilan  ifodalanadi,  darak,  his-hayajon  va  ritorik  so’roq  gaplardan,  yoyiq 
undalmalardan,  takroriy  so’z  va  birikmalardan  unumli  foydalaniladi:  Azamat 
paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti. 
Publitsistika  keng  ma’noda  ijtimoiy-siyosiy  hayot  masalalarini  yoritadigan 
barcha  turdagi  asarlarni  o`z  ichiga  oladi.  Bu  uslub  ham  o`zining  yozma  va 
og`zaki  ko`rinishlariga  ega.  Hayotning  muhim  ijtimoiy-siyosiy  masalalariga 
bag`ishlangan  bosh  maqolalar,  felyeton,  murojaatnomalar,  chaqiriqlar, 
deklaratsiyalar uslubningyozma turidagi asarlaridir. 
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga 
ega  bo`lsada,  ular  publitsistik  uslubning  umumiy  talablariga  bo`ysunadi. 
Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir 
va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar 
mavjud bo`ladi. 
5. Badiiy  uslub 
     Badiiy  asarlar  (nazm,  nasr  va  dramatik  asarlar)  badiiy  uslubda 
bo’ladi.  Badiiy  asar  kishiga  ma'lumot  bеrish  bilan  birga,  timsollar  (obrazlar) 
vositasida  estеtik  ta'sir  ham  ko’rsatadi:  O’lkamizda  fasllar  kеlinchagi  bo’lmish 
bahor  o’z  sеpini  yoymoqda.  Badiiy  uslubda    qahramonlar  nutqida  oddiy  nutq 
so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. 
       Badiiy  asarlar  uslubi  aralash  uslub  hisoblanadi.  Unda  so’zlashuv 
uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi. 

29 
 
               Uslubiy  xoslangan  va  uslubiy  betaraf  so‘zlar 
    Adabiy  tilning  ijtimoiy  hayotdagi  ma’lum  soha  doirasiga,  ma’lum  
nutqiy    vaziyatga    xoslangan    ko‘rinishi    nutq    uslubi    hisoblanadi.  So‘zlar  
ma’lun    nutq    uslubiga    xoslanish  –  xoslanmaslik    belgisiga    ko‘ra    uslubiy  
xoslangan    va    uslubiy    betaraf    so‘zlarga    bo‘linadi.  Ayrim    nutq    uslubi  
doirasidagina    qo‘llanadigan    so‘zlar    uslubiy    xoslangan    so‘zlar,    bunday  
xususiyatga  ega  bo‘lmagan  so‘zlar  uslubiy  xoslanmagan  yoki betaraf  so‘zlar  
deyiladi. 
     Tovush,  urg‘u,    bo‘g‘in,    undalma,    morfema,    omonim,    sinonim,  
uslubiyatkabi  qator  so‘zlar  uslubiy  xoslangan  so‘zlardir. Chunki  bu  so‘zlar  
asosan  tilshunoslik  fani  doirasida  qo‘llaniladi. 
    Osmon,  xalq,  bayram,  o‘quvchi,  dars,  tushlik,  salomatlik,  odam  
kabi    so‘zlar    barcha    nutq    uslublari    doirasida  birdek    qo‘llanish    imkoniga  
egaligi  sababli  uslubiy  betaraf  so‘zlar  qatoriga  kiradi   
.    So‘zlashuv  uslubi  va  uning  xususiyatlari. Shevaga  xos  so‘zlar. 
     Oilada,    ko‘cha  –  ko‘yda    kishilarning    fikr    almashish    jarayonoda  
qo‘llanadigan    nutq    uslubi    so‘zlashuv    uslubi    deyiladi.    So‘zlashuv    uslubiy  
adabiy    va    oddiy    so‘zlashuv    uslublarini    o‘z    ichiga    oladi.    Adabiy    til  
me’yorlariga    qat’iy    amal    qilingan    so‘zlashuv    uslubi    adabiy    so‘zlashuv  
uslubi,    bunday    xususiyatga    ega    bo‘lmagan    so‘zlashuv    uslubi  esa    oddiy  
so‘zlashuv    uslubidir.  So‘zlashuv    uslubining    har  ikki    turi    ko‘pincha    dialog  
shaklida    ro‘yobga    chiqadi.    Bu    uslubda    so‘zlar  odatda      kinoya,    piching,  
qochirmalarga    boy    bo‘ladi.    So‘zlashuv    uslubining    yana  bir    o‘ziga    xos  
xususiyati    erkinligidir.  Jumlalar    qisqa    va    ta’sirli    bo‘lib,    ko‘pincha  so‘z  – 
daplar,    to‘liqsiz    gaplar,    maqol  va  matallar    hamda    iboralardan  keng  
foydalaniladi. 
Umumxalq tili  ma’lum  bir  xalqning  so‘zlashuv  tilidir. Adabiy tilesa  
ma’lum  bir  til  qoidalari  asosida  tuzilgan,  ishlangan, sayqal  berilgan  tildir.  
Umumxalq tili kengroq  hajmda  bo‘lib, u  sheva  va  lahjalar,  kasb-hunarga  oid 
so‘zlar,    atamalar,    jargonlar,    ma’lum    toifa    (biror    ijtimoiy    guruh)  ga    oid  

30 
 
so‘zlarni  ham o‘z  ichiga oladi. Bu  xil  tilda  nutq  erkin  bo‘lib,  til  qoidalariga  
asoslanilmaydi. 
    Faqat  muayyan  bir  hududga  xos  ayrim  belgilarni  o‘zida  namoyon  
qilgan    til    shakli    sheva    hisoblanadi.  Bir    qancha    shevalar    yig‘indisi    lahja  
deyiladi.  Sheva  va    lahjalar      ma’lum    bir    hududda    yashovchi    aholining 
mahalliy    so‘zlashuv  tilidir  (masalan,    Toshkent  shevasi,      Farg‘ona  shevasi  
kabi). 
                                   Me’yor  tushunchasi 
Nutq  mаdаniyati  to‘g‘risidа  gаp  bоrаr  ekаn,  tаbiiyki,  nutqdа  so‘zlаrning 
o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini 
to‘g‘ri  yoki  nоto‘g‘ri  dеyilgаndа,  аlbаttа,  mа’lum  bir  o‘lchоv  (mеzоn)  gа 
аsоslаnishimiz  tаyin.  Mаnа  shu  o‘lchоv  (mеzоn)  tilshunоslikdа  аdаbiy  til 
mе’yori dеb yuritilаdi. 
      Hаr  bir  lаhjаning,  so‘zlаshuv  tilining,  аdаbiy  tilning  o‘z  mе’yorlаri 
bo‘lgаnidеk,  nutqning  аlоhidа  ko‘rinishlаri  bo‘lgаn  аrgоlаr,  jаrgоnlаr  hаm  o‘z 
mе’yorigа egа. Хususiy mе’yorlаr quyidаgichа ko‘rsаtilаdi:  
1. Diаlеktаl mе’yor.  
2. So‘zlаshuv nutqi   mе’yori.  
3. Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori.  
4. Аdаbiy til mе’yori (аdаbiy mе’yor). 
    Аdаbiy 
mе’yor. 
Mа’lum 
bir 
hududdа 
tаrqаlgаn 
uzus           
imkоniyatlаri o‘shа hududdа yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, 
ya’ni аlоqаni yеngil аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu- tilning o‘zi mе’yordаn 
ibоrаtligini ko‘rsаtаdi. Mе’yor -- tilning yashаsh shаklidir. 
    Аdаbiy  mе’yor  uzusgа  аsоslаnаdi,  undаn  оlinаdi.  Аdаbiy  mе’yor 
аdаbiy  til  bilаn  birgа  tug‘ilаdi,  bаdiiy  аdаbiyotning,  хаlq  mаdаniyatining 
tаrаqqiyoti bilаn rivоjlаnib, o‘z qоnun -qоidаlаrini mustаhkаmlаb bоrаdi. 
    Аdаbiy  mе’yor  uzusdаn  оlingаnligi  sаbаbli  hаmmа  uchun  tushunаrli 
bo‘lаdi.  Shuning  uchun  jаmiyat  tаrаqqiyotidа  muhim  аhаmiyat  kаsb  etаdi. 

31 
 
Jаmiyat а’zоlаrini uyushtirishdа, kаttа vаzifаlаrgа оtlаntirishdа аdаbiy til, uning 
mе’yorlаri jаmiyat uchun nihоyatdа zаrurdir. 
    O‘zbеk  аdаbiy  tili  mе’yorlаri  ilmiy  аsаrlаrdа  quyidаgichа  tаsnif 
qilinаdi: 
1.
  Lеksik - sеmаntik mе’yor. 
2.
  Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor. 
3.
  Yozuv (grаfikа) mе’yori. 
4.
  Fоnеtik mе’yor. 
5.
  Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor. 
6.
  Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor. 
7.
  So‘z yasаlish mе’yorlаri. 
8.
  Imlоviy mе’yor. 
9.
  Uslubiy mе’yor 
10.
 Punktuаtsiоn mе’yor. 
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki 
аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq 
shоir  -  bахshilаri  kаttа  hissа  qo‘shsаlаr,  yozmа  аdаbiy  mе’yorning 
shаkllаnishidа  bеlgilаngаn  yozuv  shаkli  аsоsidа  yozib  qоldirilаdigаn  yozmа 
аdаbiyotning  хizmаti  chеksizdir.  Umumаn  оlgаndа,  аdаbiy  til  mе’yorini 
o‘rgаnish  yangi  hоdisа  emаs.  Til  mе’yori  vа  аdаbiy  mе’yor  muаmmо  sifаtidа 
nutq  mаdаniyati  ilmiy  sоhа  dеb  tаn  оlingungа  qаdаr  hаm  o‘rgаnib  kеlingаn. 
Аdаbiy  til  mе’yori,  uning  shаkllаnish,  rivоjlаnish,  stаbillаshuv  qоnuniyatlаri 
nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi. 
Ilova 2. 
1-topshiriq.    Gaplarni    o'qing.    Xato    yozilgan    so'zlami    aniqlab,    to‘-
g'rilari  bilan  almashtirib  ko‘chiring.  Xato  yozish sabablarini tushuntiring. 

32 
 
l.Til  tafakkurning  in’ikosi,  uning  hosilasidir.    2.    Bu  yerning  iqlimi  issiq    siz 
mo‘tadiI havoga ko‘nikgansiz. 3. Samarqanddan olgan  taasurotlaringiz asosida  
insho  yozing.  4.  Bog‘ga  chiqib, qipqizil  olmalarni  tariflang,  baxru  dilingiz  
ochiladi.  5.  Davo  hujatlari  tayyor  bo‘lguncha,  ish  joyingizdan  tafsivnoma 
keltiring.  6.    To‘y  boshi  dev  qomat  bir  yigitni  saxnaga  chiqardi.    7. 
Amudaryoning bu  qadar shiddatli  oqishini  endi  ko‘rishim edida! 
 
2-topshiriq. Gaplami o ‘qing,  noo‘rin ishlatilgan so‘zlami to‘g‘rilari 
bilan  almashtirib, gaplami  ko‘chiring. 
1.    Yigitcha  raso  charchagan  ekanmi,  ovqat  yeb  darrov  uxlab  qoldi.  2.  
Kolning  zilol  suvida  tonggi  quyosh  nurlari  toblanmoqda  edi.  3.  Asl    shoyidan 
tikilgan kuylak bu qomatdor qizga yoqishini bildi.  4.  Ishimiz  shunday  suratda  
davom  etsa,  qurilishni  bayramgacha tugatamiz.  5.  Qara, o‘g‘lim, eshikka bir 
inson keldi. 6.  Cho‘pon  ozg‘in  qo‘ylarni  yaylovga  haydab,  o‘z  makoniga  
qaytib keldi. 7.  Nachalnikka uchrashsam, sudga davo qilishingiz mumkin,  dedi. 
 
3-topshiriq.  Matn    namunalarini    o  ‘qing  va  bir-biriga  qiyoslang.  So'zlar 
va ulaming ma’nolaridagi farqlami  izohlang. 
Texnika    -    yunoncha    so‘z    bo'lib,    san’at,    mahorat    degan  ma’noni 
bildiradi.  Texnika  —  inson  faoliyati  vositalari  majmui.  Ishlab    chiqarish 
jarayonlarini  amalga  oshirish  va jamiyatning turmush  talablarini  qondirishga  
xizmat    qiladi.    Ba’zan    biror  faoliyatdagi    mahorat    va    usullar    ham    texnika  
deb  ataladi. (Masalan, milliy kurash texnikasi). Ijtimoiy ishlab chiqarishning  
rivojlanish  jarayonida    insoniyatning  bilimi  va  ishlab  chiqarish  tajribasi  
texnikada    mujassamlanadi.    Texnika    insonning    og‘ir  mehnatini 
yengillashtiradi. 
 
 
 
 
 
 

33 
 
4-dars  
Mavzu:  
Rasmiy-idoraviy uslub.
 
Vaqt: 2 soat 
Talabalar soni: 15-30 
Dars turi:  
Amaliy  
Darsning maqsadi:  
Rasmiy-idoraviy  uslub  haqida  to'liq 
ma'lumot berish. 
Darsning vazifalari:  
1.
 
Rasmiy-idoraviy  uslub  haqida 
to'liq ma'lumot berish. 
2.
 
Mashqlar 
orqali 
mavzuni 
mustahkamlash. 
 
 
Kutilayotgan natijalar:  
1. Talabalar Rasmiy-idoraviy uslub 
haqida to'liq tushunchaga ega bo'ladilar. 
 2. mashqlarni bajarish orqali rasmiy-
idoraviy uslubni yaxshi tushunib 
olishadi. 
 
 
Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 
Dars bosqichlari 
Mashg'ulotalr tartibi 
O'qituvchi 
Talaba  
1.Kirish 
(15 daq) 
O'qituvchi  talabalardan  uyga 
vazifani so'raydi.  
Talabalar javob berishadi. 
 
2. Asosiy qism 
(30
 
daq) 
 
 
 
 
1.
 
Rasmiy-idoraviy  uslub 
haqida ma'lumot beradi. 
2.
 
Rasmiy-idoraviy 
uslubda 
yozilgan 
materiallarni 
ko'rsatib 
ularning  hususiyatlarini 
so'raydi  va  tushuntirib 
berishadi. 
1.  Talabalar  tinglab  savol 
berishadi.(Ilova 1) 
2. Talabalar javob berishadi. 
(Ilova 2) 
 
3.  Mustahkamlash 
O'qituvchi  talabalarga  rasmiy-
idoraviy 
uslubga 
doir 
Talabalar  topshiriqlarni  juft 
bo'lib  bajarishadi. (Ilova 3) 

34 
 
(20 daq) 
 
topshiriqlar beradi. 
3.
 
Yakuniy 
qism 
(5 daq) 
 
 
O'qituvchi  talabalarga  uyga 
vazifa beradi: 
Mavzuga  doir  materiallar  yi'ib 
ularni gapirib berish. 
Uy vazifasi 
 
4.
  RASMIY-IDORAVIY USLUB. 
Ilova 1. 
Adabiy  tilning  yozma  rasmiy  shakliga  xos  bo‘lib,  muayyan  nutqiy  
qolip,  qat’iy  odat tusiga  kirib  qolgan  shakllarga  ega  bo‘lgan  nutq  uslubi  
rasmiy    uslub    sanaladi.      Barcha  qonunlar,  Prezident  farmonlari  va  hukumat 
qarorlari,  turli  hujjatlar,  ish  qog‘ozlari,  idoralararo  yozishmalar  va  shu  kabilar 
rasmiy-idoraviy  uslubda  yoziladi.  Rasmiy-idoraviy  uslubda  gaplar  ixcham  va 
aniq  bo‘ladi.  Bu  uslubda  qaror  qilindi,  inobatga  olinsin,  ijro  uchun  qabul 
qilinsin,  tasdiqlanadi    kabi  qoliplashgan  so‘zlar  va  so‘z  birikmalari  keng 
qo‘llaniladi.  Bu uslub  muayyan nutqiy qolip,  qat’iy odat  tusiga   kirib  qolgan 
shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.    
       Bu    uslub,  shuningdek,  davlat  arboblari    o‘rtasidagi  diplomatik 
munosabatlarda,    idora,    korxona,  muassasalarning  rasmiy  ish  yuritish 
jarayonlarida,  shaxslarning  ariza,  tilxat,  ishonch  qog‘ozi  singari  ish  yuritish 
qog‘ozlarida qo‘llaniladí. 
     Rasmiy    uslub    yozma    shaklda    ro‘yobga    chiqadi.    U    har    qanday  
tasviriy    vositalardan,    obrazlilikdan    xoli    bo‘ladi.    Bunday    uslubda    tilning  
ikki  vazifasi  -  axborot  uzatish  va  da’vat  etish,  buyurish  vazifasi  amalga  
oshadi.   

35 
 
     Rasmiy  uslubga  xos  har  qaysi  hujjat  turining  o‘ziga  xos  leksik,  
grammatik    xususiyatlari    mavjud.    Rasmiy    ish    qog‘ozlarining    sintaktik  
tuzilishi  qat’iy  qoliplarga  bo‘ysunadi. 
Hujjatlar  tili  va  uslubi 
Hujjatlarning  tili  va  uslubiga  qadimdan e’tibor  berishgan. Bir qat'iy  
tartibda  qonun-qoidalarga    rioya    qilingan    holda    yozilgani  ma’lum.  Turkiy  
tilida  teri, yog‘och, sopol, va  pergamentlarga  yozilgan  hujjatlar  talablariga  
ko‘ra    bitilgan.  Turkiy    tilda    bitilgan    hujjatlar  X-XII    asrlarda,  o‘zbek 
(turkiy)  tilida    yozilgan    hujjatlar    XIV-XVI  asrlar    Amir  Temur    davriga  
to‘g‘ri  keladi. O‘zbek  tilida  hujjatlar  tuzish  keyingi  asrlarda  ham  davom  
etgan, ammo  qisman  fors  tilida  ham  rasmiylashtirish  bo‘lgan.  
Hujjatlar    tili  umumadabiy    tildan  ajralgan    emas.  U  vazifasiga    ko‘ra  
rasmiy uslubga  xos. Rasmiy  uslub  xarakteriga  muvofiq hujjatlarda aniqlik, 
mantiqlik,  ishonarlilik   va   ihchamlik    yuzaga   keladi.  Shuning   uchun   ham  
hujjatlar rasmiy  uslub  talablariga javob  bera  olishi talab  qilinadi. Bu  o‘z  
o‘rnida    hujjatlarning  axborotlarini    rasmiy    ravishda    xolisligini    yuzaga  
keltiradi. 
Hujjatlar    tilining    o‘ziga    xosligi    shundaki,  unda  (trafaretli)  so‘z 
qolipli   va    andozali   so‘z    birikmalari,    gaplar  qo‘llaniladi.  Bu    jihati    bilan  
ilmiy, matbuot,  badiiy  uslublardan  farq  qiladi. 
Mustaqillik    qo‘lga    kiritilgandan    keyingi  davrda    hujjatlar    tilida 
ishlatilayotgan  so‘zlar    qatlami  ayrim    “eskirib    qolgan”  deb  hisoblanadigan 
atamalar    bilan    to‘lgani    aniq.  Masalan,  bildirgi  (bildirish),  ma’lumotnoma, 
tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar. 
Hujjatlarning    leksik    xususiyatlaridan    biri,  unda  trafaret,  qolipli  bir 
shaklda    qo‘llaniladigan  so‘zlar    ishlatilishidadir:  buyuraman,  tasdiqlayman, 
ma’qullansin, eshitildi va b.  
Hujjat  tilida  badiiy  asarlarda  qo‘llaniladigan o‘xshatish  jonlantirish, 
tasviriy    so‘zlar,  shuningdek  so‘zlashuv    uslubiga    xos  shevaga    oid    hamda 
dag‘al  so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar  uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan  

36 
 
holda    so‘zlarni  qisqartma    shaklda  berish    qoidaga    to‘g‘ri    kelmaydi. 
Umumqabul  qilingan  qisqartma so‘zlardan  foydalanish  mumkin. 
Morfologik    jihatdan    ham    hujjatlar    tili    o‘ziga    xos,  ya’ni  unga  
erkalash-kuchaytirish  qo‘shimchalari, subyektiv baho  so‘zlari  ishlatilmaydi. 
Hujjatlarda    2  shaxs    qo‘shimchasi  qo‘llanilmaydi,  chunki    hujjatlar  
fe’lning  1  yoki  3  shaxs    nomidan  yoziladi.  Shu    tufayli  -  man  (buyuraman, 
so‘rayman,  tavsiya    etaman),  -miz,  -di    qo‘shimchalari    so‘zlarga    qo‘shilib  
ishlatiladi (iltimos  qilamiz, eshitildi,  so‘raydi, so‘zga  chiqdi  va b.) 
Hujjatlarning  o‘ziga  xosligi  shundaki, ularda  harakat  nomlari  ko‘p  
qo‘llaniladi  (masalan,  joriy  etish,  hizmat  ko‘rsatish,  ijtimoiy  himoya  qilish). 
Fe’lning  buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining  qo‘llanishi ko‘proqligi  
bilan    hujjatlar  xarakterli  (ko‘paytirilsin,  bajarilsin,    iltimos  qilamiz,  
so‘raymiz)dir. 
 Fe’lning  o‘tgan  hamda  hozirgi-kelasi zamon  shakllarining qo‘llanish  
doirasi    hujjatlarda    kengroq  (qatnashdilar,    so‘raydi,  ma’qullaydi,  hisobga  
olinadi  va b.). 
Sonlarning  ishlatilishi  hujjatlar  turiga  qarab  tartibga  rioya  qilingan  
holda    yoziladi.  Ayrim    hujjat    turlari,    masalan,  ishonchnoma,    tilxat 
kabilarda  sonlar son  bilan  ham, so‘z  bilan  ham  yozish  talab  qilinadi. Pul, 
moddiy  boylik  bilan  bog‘liq  hollarda  qoidaga  muvofiq  son  bilan  birga  
uning    yozma    ifodasi    hujjatda    o‘z    ifodasini    topgan    bo‘lishi    shart    deb  
qabul  qilingan.  
Hujjatlarda      qolipga    tushgan    so‘z    birikmalari,  sintaktik    tuzilmalar  
ko‘p    qo‘llanadi.  (masalan,  men,  Mahmudov  Ozod...,  ro‘yxatga  olinsin,      ... 
qilish    maqsadida,  ....qaror    qilindi,  Siz    rahbarlik  qilayotgan).  Hujjatlarda  
turgan    frazeologik    birikmalar,  ya’ni    ko‘chma    ma’noda  qo‘llanuvchilar  
ishlatilmaydi. 
Gaplar    turiga    kelganda    darak    gapning  xabar,  axborot  beruvchi,  
ta’kidlovchi  xarakterdagi  turlari  keng  qo‘llaniladi.  Odatda  so‘roq, undov  
mazmunidagi  gaplar, shuningdek  murakkab  qo‘shma  gaplar  ishlatilmaydi. 

37 
 
Hujjatlarni  madaniy  tuzilishda, tayyorlashda, imlo va  tinish  belgilari, 
xatboshiga    alohida    e’tibor    berish    zarur.    Hujjat    nomi-    sarlavhalardan  
keyin  o‘zbek  tilida qoidalarga  muvofiq  nuqta  qo‘yilmaydi.  
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling