Mundarija
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
iborolarning nutqdagi orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quling o’rgilsin
yashirin kabilar shular jumlasidandir. Shu bois ular so‘zlar singari bitta gap bo‘lagi
vazifasini bajaradi: Komissiya hayron bo‘lib qoldi, ammo hech kim meni qaytarishni og‘ziga olmas edi (A.Qahhor). 2. Frazeologizmlarda ham so‘zlar singari ko‘p ma’nolilik mavjud: o‘ziga kelmoq - xushini yo‘qotgach o‘ziga kelmoq, esiga tushmoq, asabiylikdan so‘ng o‘ziga kelmoq; yerga urmoq-qimmatini pasaytirmoq, obro‘sizlantirmoq, biror narsaning qadriga yetmaslik. 31
3. So‘zlar singari frazeologizmlarning ham shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlari mavjud: a) omonimlar: boshiga ko‘tarmoq - to‘polon qilmoq, yaxshi ko‘rmoq, e’zozlamoq; b) sinonimlar: fe’li aynimoq - avzoyi buzilmoq, yaxshi ko‘rmoq - ko‘ngil qo‘ymoq, toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq; v) antonimlar: ko‘kka ko‘tarmoq - yerga urmoq, yuzi yorug‘ - yuzi shuvut, yuragi qinidan chiqmoq - ko‘ngli joyiga tushmoq. Fraziolgizmlar nutqning ta’sirchan vositalaridan bo‘lib, so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi. Barqaror birikmalar. Nutq jarayonida fikrimizni bayon qilish uchun so’zlar yordamidagina emas, balki bir necha so’zlarning barqaror bog’lanishidan hosil bo’lgan birikmalardan ham foydalanamiz. Masalan, Toshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko’rib, og’zim ochilib qoldi. Bu gapda og’zim ochilib qoldi birikmasi so’zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan. Bu birikma nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema –
birikmasi tarkibidagi so’zlar o’zaro erkin bo’g’langan bo’lsa, undan oldingi so’zlar so’zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda so’zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan holda mavjuddir.
Barqaror birliklar Iboralar Maqol-matallar Afarizmlar
32
Ikki va undan ortiq so’zlarning o’zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo’lgan til birikmalari barqaror birikmalar (turg’un birikmalar) deyiladi. Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar: 1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik, nutqqa tayyor holda olib kirqo`lik. 2. Ma’no butunligi. 3. Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o’rinli foydalanish nutq go’zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko’rki hisoblanadi. Barqaror birikmalarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi paremiologiya (lotincha parema – barqaror, logos – ta’limot). Barqaror birikmalar lug’atini tuzish muammolarini o’rganuvchi bo’lim esa paremiografiya (lot. parema – barqaror, grapho – yozmoq) sanaladi. Barqaror birikmalar tasnifi. Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko’ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko’ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Frazeologizmlar. 2. Maqol va matallar. 3. Aforizmlar. Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so’zlar ma’no jihatdan uyg’unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko’pincha mazmunan bir leksemaga teng keladi va ko’chma ma’noda qo`laniladi. Masalan, qulog’i ding bo’lmoq
Ma’no yaxlitligiga ega bo’lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so’zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma’nosi bir so’zga teng keladigan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko’chma ma’nodagi so’zlar birikmasi yoki gaplarga frazeologizmlar (iboralar) deyiladi. Frazeologizmlar gap tarkibida yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil 33
etgan so’zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo’laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi. Masalan, Rais daladagi hosilni ko’rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi. Frazeologiya tilshunoslikning frazologik birliklarini o’rganuvchi sohasidir.
birliklarning jami ma’nosida va 2) shunday birliklarni o’rganuvchi soha (fan) ma’nosida. Demak,ikki va undan ortiq so’zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: qo’y og’zidan cho’p olmagan,
Leksikologiya tilning lug’at tarkibini (leksikasini), frazeologiya esa frazeologik birliklar tarkibini o’rganadi. Lug’at tarkibida til birligi so’z bo’lsa, frazeologiya tarkibida frazeologizm til birligidir. Tilning lug’at boyligi leksika va frazeologiya (frazeologizmlar takibi) dan iboratdir. So’z ham, fazeologizm ham lug’aviy birlik hisoblanadi. Frazeologizmlar so’z birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida hosil bo’lmaydi, balki ular, xuddi so’zlar kabi, tilda tayyor holda bo’ladi. Demak, frazeologizmlar nutq hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi: aravani quruq olib qochmoq, kavushini
birliklardir. Frazeologizmlar lug’aviy birlik bo’lganidan, xuddi so’zlar kabi, gapda bir bo’lak vazifasida keladi. Misollar: Qosh qo’yaman deb ko’z chiharadigan bunday hodisalar hali ham onda–sonda ro’y berib turibdi. Ko’z ochib yumguncha necha ming piyoda va suvori kishilar paydo bo’ldi. Komissiya hayron bo’lib qoldi, ammo hech kim meni qaytarishni og’ziga olmas edi. Birinchi gapda frazeologizm aniqlovchi, ikkinchi gapdagisi hol, uchinchi gapdagisi kesim vazifasida kelgan. 34
Ba’zi frazeologizmlar tuzilish jihatdan gap shaklida bo’ladi. Lekin ular ham nutqda gapning bir bo’lagi vazifasida keladi: Xo’p ukajon, biz ketdik, ... Quling o’rgilsin mehmonxonalarda uchrashib qolguncha salomat bo’ling! Frazeolgizmning ma’no tuzilishi. Frazeologizmning ma’no tuzilishi frazeologik ma’no va qo’shimcha ottenkalardan iborat bo’ladi. Belgi, harakat kabilar haqida frazeologizm ifodalaydigan ma’lumot frazeologik Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling