Odinaev tolib toirovich ibragimov axmad baxtiyorovich


Download 0.59 Mb.
bet1/19
Sana31.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1313089
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Футбол мусобакаларини ташкил этиш кулланма (1)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


IBRAGIMOV MANUCHЕHR BAXTIYOROVICH
ODINAEV TOLIB TOIROVICH
IBRAGIMOV AXMAD BAXTIYOROVICH

Futbol musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish”


(Uslubiy qo`llanma)



BUXORO - 2017
Mualliflar: Ibragimov Manuchehr Baxtiyorovich
BuxDU “Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o`qituvchisi


Odinaev Tolib Toirovich
Buxoro yuridik va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o`qituvchisi

Ibragimov Axmad Baxtiyorovich Buxoro yuridik va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o`qituvchisi


Taqrizchilar:
H.A.Botirov
BuxDU, professor
A.K.Ibragimov
BuxDU “Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri

Mazkur uslubiy qo`llanma bolalar va o`smirlar futbolining hozirgi zamon talabi, sport musobaqalarining tayyorgarlik darajasi, rivojlanishi hamda musobaqalarni yuqori darajada tashkil etish va o`tkazish tizimi haqida yoritilgan. O`quv-uslubiy qo`llanmada yoshlarni barkamolikka, istiqbolli kamolotga va jismoniy tayyorgarlik darajasiga yetkazish yo`llari ko`rsatib berilgan.


Mazkur uslubiy qo`llanma Buxoro davlat universiteti “Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi yig`ilishining 2016-yil 20-dekabr 5- sonli bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya etilgan.
K I R I SH

Mustaqil O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini yuqori darajaga ko‘tarishga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.


Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17-yanvardagi 27-sonli “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to`g‘risida”gi, 1998 yil 27-maydagi 271-sonli “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g‘risida”gi qarorlari, 2006 yil 1 mayda qabul qilingan “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mamlakatimizda Futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi. Bugun mazkur jamg‘arma tomonidan bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish, yangi o‘quv-mashg‘ulot maskanlari, xususan, sun’iy qoplamli futbol maydonlari barpo etish, futbol maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2010 yil o‘zbek futboli tarixida yorqin g‘alabalarga boy bo‘ldi. O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning yordamchisi Rafael Ilyosov Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkazilgan jahon chempionatida eng ko‘p-besh o‘yinni boshqardi. Ravshan Ermatov haqli ravishda 2010 yilda ketma-ket uchunchi marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami, deb topildi, jahon futbol jamoatchiligi uni dunyo hakamlari orasida ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rdi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 19 yanvarda qabul qilingan 2011-2013 yillarda Respublikada futbolni rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori bu boradagi yutuqlarimiz salmog‘ini yanada oshirishga xizmat qildi.
Mazkur qarorda yurtimizda yangi stadionlar barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, bolalar va o‘smirlar futbol maktablarini sport inventarlari bilan ta’minlash, malakali murabbiylar va hakamlar tayyorlash ishlarini kuchaytirish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur o`quv-uslubiy qo`llanmada kasb-hunar kollejlarida futbol bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish musobaqa nizomi talablariga mos ravishda bayon etiladi, hamda o‘quvchilarga futbol musoboqalarini tashkil qilish va o‘tkazishga doir nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Mustaqil o‘rganish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalarni egallash nazarda tutadi.
O‘zbekiston futbol fediratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyat ko‘rsatayotgan futbol klublarini qayta tashkil etish yo‘li bilan mulkchilikning turli shakllaridagi professional futbol klublarini tashkil etish to‘g‘risida, O‘zbekiston futbolini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi prezidentining qarorini amalga oshirish maqsadida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta`lim muassasalarida tashkil qilingan futbol musobaqalari hamisha o‘quvchi-talabalarni qiziqtirib kelib ular orasida futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam berib kelgan, o‘quvchi-talabalar sog‘ligini mustahkamlashda, iqtidorli futbolchilarni kollej terma jamoalariga saralab olishga yordam berib kelgan, shuning bilan birga uzliksiz sport musobaqalari tizimidan o‘rin olgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalariga o‘quvchi-talabalarni tayyorlaydi. Shu sabab o‘qituvchilar jamoasi hamisha kollej birinchiliklarini, o‘quvchi-talabalar bilan birga o‘tkazib kelishlari, o‘z navbatida ularga musobaqalar qoidalari va tashkil qilib o‘tkazish shartlarini o‘rgatishlari kerak.
Musobaqalarni o‘tkazishda hakamlarning ya’ni bosh hakam va yordamchi hakamlarning tarbiyachi - pedagog va o‘yin rahbari sifatidagi o‘rnining ahamiyati nihoyatda katta va juda ma’suliyatlidir. Halol hakamlik qilish, o‘yin jarayonida maydonda ro‘y beradigan qo‘polliklarni o‘z vaqtida payqab o‘yin qoidasiga binoan tegishli choralar qo‘llash, ayrim futbolchilarning o‘yindagi intizomsizliklariga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o‘yinchilariga o‘z vaqtida tanbeh va ko‘rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o‘tkazishga yordam beradi.
Musobaqalarni davrali tizimda o‘tkazish ko‘p vaqt olishiga qaramay o‘quvchi-talabalar orasida o‘tkazilsa ishtirokchilarda musoboqalarga bo‘lgan moslashuvini oshiradi. Ular tayyorgarligini muntazam nazorat qiladi.
Mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketish bilan o‘tkaziladigan musobaqa tizimi ham o‘ta samarali bo‘lib unda ko‘p vaqt sarflanmaydi. Bu tizimdan jamoalar soni ko‘p bo‘lganda samarali foydalaniladi.
Uslubiy qo`llanma futbol musobaqalarini o‘tkazishda musobaqa turlarini aniqlab, davrali tizim, mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketish tizimi, ikki mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketish tizim va aralash tizimlarda musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish haqida keng yoritilgan.
Chiqib ketish tizimida futbol musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish orqali o‘quvchi-talabalarni ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularga futbol musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasini o‘rgatish, hakamlik amaliyoti bilan tanishtirish, o‘quvchi-talabalarni shuningdek qizlarni – “qizlar” futboliga qiziqtirish va jalb qilishdan shu bilan birga futbol jamoasini shakllantirib shahar, viloyat va respublika musobaqalariga ularni tayyorlashdan iborat.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling