Ona tili fanidan test topshiriqlari
Download 254.88 Kb.
|
Ahrorov metodik tavsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif: Ahrorov Nosirjon Abdumajidovich
- TEST BILAN IShLASh TAJRIBASIDAN
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI SIRDARYO VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI AHROROV NOSIRJON ABDUMAJIDOVICH 10-11-SINFLARDA ONA TILI FANIDAN TEST TOPSHIRIQLARI Guliston- 2021 Ma’limki, 10-11-sinf ona tili darsligi nashrdan chiqqanligiga hali ko`p bo`lgani yo’q. O`qituvchi hamda o’quvchilar 10-11-sinf darsligi asosida tuzilgan testlarga ehtiyoji bor. Ushbu metodik tavsiyada 10-11- sinflar ona tili darsligi asosida tuzilgan bo’lib, unda o`quvchilarning choraklik bilimini tekshirish uchun 500dan oshiq test savollari mavjud. Test savollarning javobi atayin berilmadi, bu foydalanuvchida o`z ustida yanada mukammalroq ishlashga turtki beradi. Test savollari o’quvchilarning o’zlashtirish qobiliyatlarini o’stirish bilan birga ularning mustaqil fikrlarini o’stirishga ham yordam beradi. Маzkur to`plam Sirdaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi O`quv-metodik kengashining 2019-yil 16-iyun apreldagi 8-sonli qarori asosida tasdiqlangan va chop etishga ruxsat etilgan. Muallif: Ahrorov Nosirjon Abdumajidovich Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Ingliz tili faniga ixtisoslashtirlgan davlat umumta`lim maktab-internati ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Muharrir: Sirdaryo viloyat XTB metodik bo`lim boshlig`i Sh. Xolmuratov. Taqrizchilar: O.Fayzullayeva GulDU “O`zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri, dotsent A.Uralov - SVXTXQTMOHM “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, (PhD) falsafa doktori TEST BILAN IShLASh TAJRIBASIDAN O’quv fanlarining asosi hisoblangan ona tili va adabiyot fanlarini chuqur o’rganish juda katta ma’naviy- ma’rifiy ahamiyatga ega. O’quvchilar ongiga shu fanlarga doir bilimlarni singdirishda rang-barang usullardan samarali foydalanilmoqda. Shulardan biri mashg’ulotlarda ta’limiy testlardan foydalanishdir. Yangi o’quv dasturlariga ko’ra, xorij tajribalaridan kelib chiqqan xolda ona tili va adabiyot darslarida o’quvchilarning mustaqil, erkin fikrlashini o’stirishga katta e’tibor qaratib, til va tafakkur uzviyligiga amal qilinmoqda. Huddi shu asosda ona tili va adabiyot fanlari bo’yicha optimallashtirilgan DTS, uzviylashtirilgan o’quv dastur va darsliklar yaraildi. Yillar davomida to’plangan tajribalarga tayangan holda o’quvchilar bilimini adolatli baholash, tekshirishda test usulidan foydalanish an’anasi yuzaga keldi. Bu borada bir qator tajribalar shakllandi. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Ingliz tili faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ahrorov Nosirjon hozirgi kunda test usulining yutuqlarini, tajribada sinalgan , takomillashtirilgan shakllarini ona tili va adabiyot ta’limi jarayoniga tatbiq etish va kundalik, odatiy ta’lim usuliga hamda shakliga aylantirib, samarali natijalarga erishmoqda. U test tuzishda o’quvchi shaxsiga mos ruhiy xususiyatlarni hisobga olib, qo’lga kiritilgan natijalarni, bilimlarni , mavjud imkoniyat va kamchilik nuqsonlarni har tomonlama ham miqdoriy jihatlan aniqlab beradigan diagnostik tahlil qiladigan, keyingi rejalarni imkonini beradigan qisqa va ma’lum qolipga solingan sinov shaklini ishlab chiqqan. Choraklar bo’yicha tayyorlangan test topshiriqlarida to’g’ri va noto’g’ri javoblarning mohiyatini to’g’ri talqin qilishda alohidalikka o’zaro bog’liqlikka, o’xshash va umumiylikka, e’tibor berilgan, savollarni alohida-alohida sharhlashga, o’zaro qiyoslashga, umumiy va xususiy tomonlarini aniqlashga imkoniyat beradi, o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo’naltiradi. Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi adabiyot taxsili jarayonida test usulidan to’g’ri, unumli va o’rinli foydalanish, ularni ilmiy-metodik talablarga rioya qilgan holda tuzish dars samaradorligini oshishiga , hamda mashg’ulotlarni hozirgi kun talabi darajasida o’tilishiga, ona tili va adabiyot ta’limi oldiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmani mukammal darajada bajarishga xizmat qiladi. Shu ma’noda ushbu metodik tavsiya ona tili va adabiyot o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib ijodiy foydalanish uchun tavsiya qilinadi. Download 254.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling