O‘simlik hujayrasi


Download 77.5 Kb.
bet1/6
Sana13.11.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1771557
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`simlik hujayrasi. Plastidlar. Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar


Reja:



1. O`simlik hujayrasining tuzilishi. Yadro.
2. Plastidlar klassifikatsiyasi, ahamiyati.
3. Xloroplast.
4. Xromoplast.
5. Leykoplast.
6. Hujayradagi oziqli moddalar, ularni aniqlash reaksiyalari.
7. Hujayra shirasi.
8. Hujayra shirasidagi zaxarli moddalar.
9. Hujayra pigmentlari.
10. Kristallar, ularning ahamiyati.
11. Hujayra po`sti.
Hujayra yadrosi.
Yadro - «nukleus» grekcha «karion». Yadro protoplazmaga o`xshash hujayraning eng asosiy qismlaridan biri bo`lib, hisoblanadi. Protoplazma yadrosiz, yadro esa protoplazmasiz yashay olmaydi. Rus olimi Gerasimovning ko`rsatishicha hujayradagi hamma protsesslarda yadro ishtirok etadi. Yadrosiz hujayra bo`lishi mumkin emasligini ko`rsatadi. 1890 yilda Gerasimov spirogira suv o`ti hujayrasidan yadroni ajratib oladi.
Yadrosi bor hujayra normal yashagan. Yadrosi olib tashlangan hujayra esa 42 kundan so`ng o`lgan. Yadroni birinchi marta 1831 yilda ingliz olimi botanik Robert Broun orxideya deb atalgan o`simlik hujayrasida ko`radi.
Yadroning shakli yumaloq yoki elepssimon, ba`zan cho`ziq va yulduzsimon yadrolar ham uchraydi.
Yadroning katta kichikligi o`rtacha hisobda 4-36 m gacha bo`ladi. Bundan ham kichkina va katta yadrolar uchraydi. Masalan, mog`or zamburug`ining yadrosi 1 mkm, Sagovnik deb atalgan o`simlikning yadrosi 500-600mkmgacha bo`ladi. Odatda o`simlik hujayrasida 1 tadan yadro bo`ladi.
Ba`zi bir hujayralar 2 ta yoki undan ko`p yadroli bo`ladi. Masalan, yashil suv o`tlarida va shubon zamburug`larida yuztagacha yadro uchraydi. Dengizda yashaydigan ba`zi bir qizil suv o`tlari hujayrasida 4000 tagacha yadro uchraydi. Ko`knorining sutli nayida 1000 tagacha yadro bor.
Ba`zi bir o`simliklarning hujayrasida yadro bo`lmaydi. Masalan, ko`k yashil suv o`tlari va bakteriyalarda. Rus olimi Peshkovning ko`rsatishicha bunday o`simliklarda yadro elementlari protoplazmada tarqoq xolda uchraydi.
Odatda yadro hujayraning turli joylarida uchraydi. Yosh hujayralarda yadro hujayraning 1/3 qismini tashkil etadi. Bunda yadro hujayraning markazida joylashgan. Qari hujayralarda esa yadro hujayraning chetida joylashgan bo`ladi.
Yadro rangsiz, tiniq, protoplazmaga nisbatan qat-tiq kolloid modda. Yadro protoplazmadan o`zining yupqa oq pardasi bilan ajralib turadi. Yadroda ikki xil, ya`ni ichki va tashqi po`sti bor. Tashqi po`stining teshikchasi bor. Yadro ichida yadro suyuqligi joylashgan. Yadro suyuqligi kariolimfa deb ataladi. Kariolimfa 2 xil bo`ladi.
1. Xromatin (bo`yaladigan)
2. Axromatin (bo`yalmaydigan).
Yadro protoplazmaga o`xshash oqsil moddadan tashkil topgan. Yadro oqsilida S,N,O lardantashqari Fe,P ham bor. Shuning uchun ham yadro oqsilini nukleoproteid deb yuritiladi. Bu oqsil oshqozonda hazm bo`lmasligi bilan boshqa oqsillardan farq qiladi. Xromatin nukleoproteiddan tuzilgan. Yadro tarkibida timonuklein kislota bor. Nukleproteidlarning reaksiyasi kislotali bo`ladi, ya`ni ko`k lakmusni qizartiradi.
Yadro tarkibida yadrochalar bor. Yadrolarning tarkibi va vazifasi to`liq o`rganilmagan. Yadro harakatlanib turadi. Birinchi harakati protoplazma bilan birgalikda. Bu harakatni sekin harakatlanish deyiladi. Ikkinchi harakati protoplazmasiz o`zi harakat qiladi. Bunday harakatni tez harakatlanish deyiladi. Demak, yadro hujayrada bo`ladigan hamma protsesslarda ishtirok etadi. Yadro achituvchi ferment-larni ishlab chiqaradi. Hujayraning bo`linishi pro-sesslarida ishtirok etadi.
Yadroning bo`linishi - hujayraning bo`linishidir.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling