Oʻzbek filologiyasi fakulteti 208-guruh talabasi Ilyasova Mohinurning


Download 239.57 Kb.
bet1/10
Sana04.02.2023
Hajmi239.57 Kb.
#1163959
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
dialektologiya hisobot



OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI


Oʻzbek filologiyasi fakulteti

208-guruh talabasi Ilyasova Mohinurning
Oʻzbek dialektologiyasi” fanidan
Dialektologik amaliyot ishi”

Amaliyot rahbari: ___________________

Toshkent-2022


  1. Shevasi o‘rganilayotgan aholining yashash joyi haqida umumiy ma'lumot, aholining milliy tarkibi, ularda o‘zbeklarning nisbiy miqdori, aholi punkti atrofidagi sheva vakillari, boshqa millat vakillari haqida ma’lumot. Sheva vakillarining kasb-kori.

Men Ilyasova Mohinur jonajon O‘zbekistonimizning Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilganman va Chirchiq shahrida istiqomat qilaman. Chirchiq shahri aholisi ko‘p millatli aholi hisoblanib, o‘zbeklar, ruslar, qozoqlar, tojiklar, tatarlar kabi millat vakillari istiqomat qiladi. Bunda o‘zbeklar 55%ini, ruslar20% ini, qozoqlar 10%ini, tojiklar 8%ini, tatarlar 4%ini va 3%ini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Shahrimizda ,asosan, qarluq va qipchoq shevasi hukmronlik qiladi.


Asli ota-onam Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilishgan. Oqqo‘rg‘on tumani mening qishlog‘im hisoblanadi. Qishlog‘imizning nomi “Oytamg‘ali” qishlog‘i deb nomlanadi. Qishlog‘imizning bunday nomlanishiga sabab, qadimda Oytamgʻali qishlogʻida “oytamgʻali urugʻi” istiqomat qilganligidan bu nom kelib chiqqan ham deyishadi. Ulugʻ tamgʻasi yangi oy (taqa) shaklida bo`lgan uchun Oytamgʻali deb atalgan. Qishloq ham shu nom bilan atalgan. Ba’zilar esa qishloq hududi oy tamgʻasi shaklida boʻlganligi uchun shu nom bilan atalgan ham deyishadi. Qishlog‘imizda doʻrmon, qipchoq, qurama, cholboyish, nayman kabi urug‘lar tarqalgan. Bizning urug‘imiz qurama deb ataladi. Qurama so‘zi “aralashganlar” ma’nosini bildiradi. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra qurama qabilaviy ittifoqi taxminan XVII asrda shakllangan. XIX asr oxiri– XX asr boshlarida o‘zbeklar tarkibiga kirgan quramaliklar Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlarida yashab kelganlar. Qishlog‘imizda ,asosan, qarluq ba’zi bir joylarda esa qipchoq shevasi hukronlik qiladi. Men Chirchiq shahrida tug‘ilib, ulg‘ayganligim uchun shu shaharning shevasida muloqot qilaman.
Shahrimizda quyidagi kasb-korlar mavjud:
Hisobchi – [bügältir]
Advokat – [jüris]
Oshpaz – [āšpäz]
Xaydovchi – [šäfjār]
Arxitektor – [ärxitektir]
Direktor – [direktir]
Jurnalist – [dǯürnälis]
Sartarosh ­– [särtärāš
Novvoy – [nānvāj]
Hamshira – [hämšira]
O‘qituvchi – [öqtüvči]



  1. Download 239.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling