O’zbekiston milliy universiteti


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana15.11.2020
Hajmi0.71 Mb.
#146237
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 

 

 

Qo’lyozma huquqida 

                                                                                                                                        UDK 152.2.16.1(09)17.(584.4) 

 

 

SUNATOV DILSHOD HOSHIMOVICHNING 

 

 

FAHM–FAROSAT–AQL BIRLIGINING SHAXS 

TARBYASIDAGI AHAMIYATI. 

 

 

5A120503–Etika va estetika 

 

Magistr 

akademik darajasini olish uchun 

DISSERTATSIYA 

 

 

 

Ilmiy rahbar: 

f.f.n. Abdullayeva N. 

 

 

 

TOSHKENT-2014 

 

MUNDARIJA 

 

KIRISH……………………………………………………………  3-7 

I-BOB. 

FAHM-FAROSAT-AQL 

TUSHUNCHALARINING 

FALSAFIY TALQINI…………………………………………… 

 



1.1. 

Fahm-farosat tushunchasi va uning mohiyati……………………..  8-16 



1.2. 

Aql tushunchasining falsafiy talqini………………………………  17-25 

 

I bob bo‟yicha xulosa……………………………………………..  25-26 

II-BOB. 

SHAXSDA  FAHM-FAROSAT  VA  AQL  UYG‘UNLIGINI 

TARBIYALASHNING  ESTETIK OMILLARI…………….. 

 

27 



2.1. 

Estetik omillarning shaxs tarbiyasiga ta‟siri ……………………… 27-

 

2.2. 

Ta‟lim muassasalarining shaxsda fahm-farosat va aql uyg„unligini 

tarbiyalashdagi o„rni………………………………………………  

 

37-51 



 

II bob bo‟yicha xulosa……………………………………………  51-52 

III-BOB. 

AXLOQIY-ESTETIK JIHATLARNING SHAXS MA’NAVIY 

KAMOLOTIDAGI AHAMIYATI……………………………. 

 

53 

3.1. 

Fahm-farosat  va  estetik  didning  shaxs  ma‟naviy  kamolotidagi 

o„rni……………………………………………………………… 

53-65 


3.2. 

Shaxsni  axloqiy-estetik  jihatdan  kamol  toptirish  jamiyat 

taraqqiyotining muhim omili……………………………………. 

66-80 


 

III bob bo‟yicha xulosa…………………………………………… 79-80 

 

XULOSA………………………………………………………….  81-83 

 

ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………………..  84-91 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi.  Shaxs  ma‟naviyati  uning  axloqiy  sifatlari,  odobi, 

Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo„lgan munosabati, aql-zakovati, 

fahm-farosati  va  qadr-qimmati  bilan  o„lchanadi.  Bu  kabi  ma‟naviy  axloqiy 

fazilatlar  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  ta‟sirida  o„zgarib,  rivojlanib,  kamol 

topib boradi. O„z navbatida, yuksak ma‟naviyat shaxsning axloqiy jihatdan kamol 

topishida  muhim  rol  o„ynaydi.  Shuning  uchun  bugun  yoshlarimiz  ma‟naviyatini 

yuksaltirish,  har  bir  voqea-hodisaga  teran  tafakkur  va  tahliliy  idrok  bilan 

yondoshishga  o„rgatish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  o„rinda  insonning 

voqelikni  asliga  muvofiq  idrok  etish,  unga  to„g„ri  munosabat  hosil  qilish  va 

voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq eta bilish fazilati 

bo„lgan  fahm  va  farosatning  ham  o„z  o„rni  bor.  Shundan  kelib  chiqib  tadqiqot 

mavzuining dolzarbligini  quyidagilar bilan belgilash mumkin: 

Birinchidan,  globallashuv  sharoitida  ulug„  ajdodlarimiz  tomonidan 

ma‟naviy-axloqiy  yetuklikka erishishga xizmat qilgan va tajribadan o„tgan, asrlar 

davomida shakllanib, sayqal topgan fahm-farosat, aql, uyat, andisha,  kabi yuksak 

axloqiy  tushunchalar,  axloqiy  qadriyatlar  milliy  axloqiy  mezonlar  majmui  – 

sharqona  axloq  kodeksining  yuqoridagi  dialektik  birlikni  shakllantirishga 

asoslanadi. 

Ikkinchidan,    ilmiy  manbalardagi  mavjud  fikrlarga  tayangan  holda  fahm  va 

farosat  tushunchalarining  mazmun-mohiyatini  aniqlash,  ularning  o„zaro  aloqasi  va 

falsafiy ta‟riflarini berish, metodologik ahamiyatini yanada chuqurroq tahlil etishda 

ko„rinadi. 

Uchinchidan,  O„zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  tashabbusi  bilan 

ishlab chiqilgan va 1997 yilda qabul qilingan “Ta‟lim to„g„risida”gi qonun, Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturining  yaratilishi  va  hayotga  tadbiq  qilinishi  ushbu  muhim 

sohada  chuqur  islohotlarning  yangi  bosqichini  boshlab  berdi.  Mamlakatimizda 

ta‟lim taraqqiyotining shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik 

hamda  madaniy  ehtiyojlarini  ta‟minlaydigan  ustuvor  sohasi  sifatida  qonunan 



 

belgilab  qo„yildi  va  asosiy  e‟tibor  shaxsning  axloqiy,  intellektual  kamolotiga 



qaratilishi bilan belgilanadi. 

To„rtinchidan,  shaxs  intellektual  taraqqiyotini  axloq  bilan  uzviyligining 

falsafiy jihatdan tadqiq etish bugungi kunda nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. 

Muammoning  o‘rganilganlik  darajasi.  Shaxsda  fahm-farosat  va  aql 

uyg„unligini shakllantirish barcha davrlar uchun o„ziga xos ahamiyatga ega bo„lgan. 

Tarixiy  manbalarga  qaraganda    «Avesto»  inson  uning  axloqiy  xususida  ko„plab 

falsafiy-axloqiy  fikrlar  e‟tirof  etilgan.

1

  Shuningdek,  “Qur‟oni  karim”  va  Hadisi 



shariflarda  ham    insonda  fahm-farosat,  aql  uyg„unligiga    oid  ko„plab  fikrlar 

uchraydi.  Buyuk  mutafakkir  Abu  Nasr  Forobiy,  «Fozil  odamlar  shahri»  asarida 

hukumat rahbarida mavjud bo„lishi kerak bo„lgan fazilatlar qatoriga xushbichimlik, 

fahm-farosatlilik, o„tkir xotira, idroklilik, so„zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, xar 

bir  ishda  me‟yorni  saqlay  bilish,  halollikka  muhabbat  va  yolg„onga  nafrat, 

olijanoblik,  boylikka  nafrat,  adolatparvarlik,  qat‟iylikni  ko„rsatib  o„tadi.  Forobiy 

fikricha, insonning baxtli bo„lishi uning hatti - harakati, aqli, bilimi, kasb-hunari va 

fozil, adolatli jamiyatda yashashiga bog„liq. Inson kamolotga erishishi uchun xayrli 

ezgu ishlarni qilishi, o„zida yuksak insoniy fazilatlarni jamlashi, hayotiy tajribaga 

ega  bo„lishi  zarur.  “Inson  yaxshi  tarbiya  ko„rmagan  va  turmushda  tajriba 

orttirmagan  bo„lsa,  u  ko„p  narsalarni  nazarga  ilmaydi  va  ulardan  jirkanadi”.  Ibn 

Sino, fikricha “Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so„zi, tili va aqli, tafakkur 

qilishi  bilan  farq  qiladi.  Inson  aqli  turli  fanlarni  o„rganish  yordamida  boyiydi”

2



Koshifiyning  “Axloqi Muhsiniy”asarining 34-bobi “Farosat bayonida” deb ataladi. 

U  “Farosat  so„zining  lug„aviy  ma‟nosi  biror  narsaning  yaxshi  va  yomon 

xususiyatini  ko„rib  aniqlashdir.  Istilohiy  ma‟nosi  esa  umumiy  bo„lib,  jonning 

suratdagi zohir holini  mushohada  qilib,  uning  ichki  mohiyatidan ogoh bo„lishdir. 

Farosat  hukumat  ishining  ulug”  shartidir.  Har  bir  hodisa,  ish  yuz  bergan  bo„lsa 

huquq  ahli uning  va orqasiga basirat ko„zi bilan nazar solishi lozim.  G„oyatda 

zohir va  bo„lgan voqea xususida, unga shariat hukmi va adolat tariqi bilan hukm 

                                                 

1

Qarang. Avesto. A.Mahkamov tarjimasi. – T. : Sharq, 2001. –B. 248. 



2

Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T. : 1993. -182 b. Ibn Sino. Danishname.- Dushanbe.: 1957.-S..59 



 

chiqarsinlar. Ulug„lar aytishicha, xukumat ziynati farosat zevari bilan go„zaldir deb 



ta‟kidlaydi 

1

.  Shuningdek  estetik  did,  fahm-farosat,  aql  masalalari  borasida  g„arb 



faylasuflari  Byork,  I.Kant,  F.V.Gegel,  Yumlarning  fundamental  tadqiqotlari 

mavjud”


2

  .  XX  asrning  boshlarida  Mahmudxo„ja  Behbudiy,  Abdulla  Avloniy, 

Abdurauf  Fitrat  kabi  jadid-ma‟rifatchilari  inson  kamolotida  fahm-farosat,  aql 

uyg„unligi  muammolarini  u  yoki  bu  jihatlariga  ta‟lim  –  tarbiya  –  ma‟rifatning 

uyg„unligidan  kelib  chiqib  yondoshdilar

3

. 



Mamlakatimiz 

mustaqillikka 

erishgandan  so„ng  estetika  sohasida  qator  ilmiy  tadqiqotlarga  qo„l  urildi,  bu 

borada  yangi  avlod  o„quv-uslubiy  adabiyotlar  yaratildi.  Ayniqsa,  ta‟limni 

tarbiya  bilan  uzviyligini  ta‟minlashda  estetikaning  o„rni  masalalari  yangicha 

yondoshuvdagi  tadqiqotlarni  yuzaga  keltirdi.  Jumladan,  axloq  va  nafosat 

uyg„unligining  shaxs  ma‟naviy  kamolotiga  ta‟siri  kabi  masalalar  bir  qator 

estetik  olimlar  tomonidan  tadqiq  etilgan.  Bu  borada  Tilab  Mahmudov

4

,  Erkin 



Umarov

5

,    Aknazar  Qurbonmamadov



6

,  G.Mahmudova,    Abdulla  SHer, 

B.Husanov, L.Muhammadjonova, M.Nurmatova, N.Abdullaeva

7

, F.Abidjonova



8

 

kabi  olimlarning ilmiy asarlarini alohida e‟tirof etish kerak.  



Dissertatsiya  ishining  ilmiy-tadqiqot  ishlari  rejalari  bilan  bog‘liqligi

Dissertatsiya  O„zbekiston  Respublikasining  2008-yil  «Yoshlar  yili»,  ,  2010-yil 

                                                 

1

Xusayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muxsiniy”, O„zbek Milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti; - 2011 yil. 



2

Бѐрк  Эдмунд.  Философское  исследования  о  происхождение  наших  людей  возвышенного  и  прекрасного.  – 

Москва:  Искусство.  1979.  –  234  с.;  Нарский  И.С.  Давид  Юм.  –  Москва:  Мысль,  1973.    –333  с.;  Вольтер  Ф. 

Эстетика. Статьи. Письма. – Москва: Искусство, 1974. – 194 с.; Кант И. Сочинение. В 6 т-х. – Москва: Мысль, 

1984; Гегель. Эстетика. В 3 т-х. – Москва: Искусство, 1979;  

3

Mahmudxo„ja  Behbudiy.  Tanlangan  asarlar.  –  Toshkent:  Ma‟naviyat,  1996.  –  114  b.;  Abdulla  Avloniy.  Tanlangan 



asarlar. 2 tomlik. – Toshkent: Ma‟naviyat, 1996. –88 b.: Abdurauf Fitrat. Oila yoki oilani boshqarish tartiblari. – Toshkent: 

Ma‟naviyat, 1998. – 112 b. 

4

Maxmudov  T.  Эстетика  и  духовные  ценности.  –  Toshkent:  Sharq,  1993.  –  286  s.;  Maxmudov  T.  Mustaqillik  va 



ma‟naviyat.  –  Toshkent:  Sharq,  2001.  –  160  b.;  Maxmudov  T.,  Петров  В.  Вопросы  методологии  эстетического 

анализа искусства. – Toshkent: Fan, 2006. –  48 s.  

5

Umarov E. Estetika. O„quv qo„llanma. – Toshkent: O„zbekiston, 1995. – 246 b.; Umarov E., Abdullaev M.  Ma‟naviyat 



asoslari.  O„quv  qo„llanma.  –  Toshkent:  Sharq,  2005.  –  128  b.;  Umarov  E.  Teatr  estetikasi.  –Toshkent:  CHASHMA 

PRINT, 2009. – 160 b. 

6

Курбонмамадов А. Эстетическая доктрина суфизма. – Душанбе: Дониш, 1984. – 240 с.; Курбонмамадов А. Из 



истории  эстетической  мысли  Средней  Азии.  –  Ташкент:  Университет,  2007.  –  168  с.;  Курбонмамадов  А. 

Эстетические  особенности  искусства.  //  O„zMU  xabarlari.  –  Toshkent,  2009.  №  4.  –S.  13-15.  G.  Maxmudova 

Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti Toshkent Davr –PRESS, 2006 

7

Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. – Toshkent: O„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 328 b.; 



Abdulla Sher, Bahodir Husanov. Estetika. – Toshkent: O‟zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. –  190 b, 

M.Nurmatova,  L.Muhammadjnova  Ma‟naviyatnging  axloqiy  asoslari,  Toshkent  O„zMU  nashriyoti  2013 

y,.M.Nurmatova, N.Abdullaeva Axloqiy-estetik madaniyat Toshkent O„zMU bosmaxonasi 2013 

8

Hozirgi zamonda  inson ongi va qalbi uchun kurashning estetikada namoyon bo„lishi. Toshkent, 2011 y. 



 

“Barkamol avlod yili”,  “2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush 



yili”  va  2014-yil  “Sog„lom  bola”  Davlat  dasturlari  hamda  mamlakatimizda 

demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish  Konsepsiyasidagi  ustuvor  yo„nalishlarga  qo„yilgan  talablarga 

asoslangan.  Shuningdek,  mazkur  tadqiqot  ishi  Mirzo  Ulug„bek  nomidagi 

O„zbekiston  Milliy  universiteti,  xususan  Falsafa  fakulteti  Etika  va  estetika 

kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga kiradi, ularning asosiy 

yo„nalishlarini o„zida aks ettiradi. 

Tadqiqotning 

maqsadi. 

shaxsda 


fahm-farosat, 

aql 


uyg„unligini 

tarbiyalashning omil va vositalarini takomillashtirish yo„llarini falsafiy tahlil etish. 



Tadqiqotning vazifalari: 

-fahm – farosat tushunchalarining axloqiy-estetik  mohiyatini tahlil etish; 

-ilmiy  manbalardagi  mavjud  fikrlarga  tayangan  holda,  fahm-farosat  va 

aqlning o„zaro aloqadorligi va o„ziga xos xususiyatlarini ko„rsatish; 

-shaxsda fahm-farosat va aql uyg„unligini takomillashtirishning muhim omil 

va vositalarini tavsiflash; 

-yoshlarda  fahm-farosat  va  aql  uyg„unligini  tarbiyalashning  zamonaviy 

ahamiyatini tadqiq etish. 



Tadqiqotning obyekti. Fahm, farosat va aql uyg„unligining shaxs tarbiyasiga 

ta‟siri masalalari 



Tadqiqotning  predmeti.  Shaxs  ma‟naviy  kamolotida  fahm-farosat  va  aql 

uyg„unligining tarbiyalashning ijtimoiy-ma‟naviy omillari. 



Tadqiqotning  metodologik  va  nazariy  asosi.  Dissertatsiyada  O„zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi,  mavzuga  doir  normativ  xujjatlar,  qabul  qilingan 

qonunlar  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasi 

qarorlaridan  manba  sifatida  foydalanildi.  Tadqiqotning  nazariy  asoslarini 

O„zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  asarlari    va  tadqiqotchi  olimlarning 

nazariy konsepsiyalari tashkil etadi. 



Tadqiqotning  metodlari  sifatida  tizimlilik,  dialektik  yondashuvlar, 

shuningdek,  tarixiylik  va  mantiqiylik,  analiz  va  sintez,  ob‟ektivlik  va  vorisiylik, 



 

qiyoslash  va  umumlashtirish,  milliylik  va  umuminsoniylik  kabi  tamoyillardan 



foydalanildi. 

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: 

-fahm tushunchasi va uning mazmuni; 

-farosat tushunchasining axloqiy-estetik mohiyati;  

-fahm-farosat, did tushunchalarining uyg„unligi masalasi; 

-fahm-farosat, aql tushunchalarining o„zaro aloqadorligi muammosi. 

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

-fahm va farosat tushunchalariga ta‟rif berildi; 

-fahm-farosat-didning  o„ziga  xos  xususiyatlari  va  dialektik  aloqadorligi  

tahlil etildi; 

-shaxsda  fahm-farosat  va  aql  uyg„unligini    tarbiyalashning  estetik  omillari 

tavsiflandi; 

-shaxsda  fahm-farosat  va  aql  uyg„unligini  ta‟minlashda  ta‟lim  va  tarbiya 

tizimining ahamiyati ko„rsatib o„tildi. 



Tadqiqot  natijalarining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.    shaxs  tarbiyasida 

fahm-farosat  va  aqlni  uyg„unlashtirish  yo„nalishlarini    belgilash  va  falsafiy  tahlil 

qilinishi uning ilmiy ahamiyatini belgilaydi. Tadqiqotda keltirilgan materiallar ba‟zi 

ilmiy xulosalar, istiqboldagi dissertatsiya ishlari va tadqiqotlar uchun muayyan asos 

bo„lishi mumkin. 

O„zbekistonda  shaxs ma‟naviy kamolotida fahm-farosat va aql uyg„unligini 

uyg„unlashtirish  borasidagi  islohotlarning  ahamiyatini  tushunish  va  tushuntirishda, 

yoshlarda axloq va nafosat tarbiyasini to„g„ri yo„lga qo„yishga oid targ„ibot ishlarida 

foydalanish  mumkin.  Shuningdek,  tadqiqotdan    “Etika”,  ”«Estetika”,  “Axloq 

falsafasi” ,“Nafosat falsafasi”, “Falsafa”, “Ijtimoiy falsafa”, “Mantiq”,  “Ma‟naviyat 

asoslari”  kabi fanlardan  axloqiy  anglash  va uning tizimi, estetik anglash va uning 

tizimi,  axloqiy  tarbiya  vositalari,  estetik  tarbiya  vositalari  mavzulari  bo„yicha 

ma‟ruza  va  amaliy  mashg„ulotlar  o„tkazishda  foydalanish  mumkinligi  bilan 

belgilanadi. 



 

Natijalarning  joriy  qilinishi.  Tadqiqotning  asosiy  xulosalari  muallifning 

respublika miqyosda o„tkazilgan konferensiyalaridagi ma‟ruzalarida foydalanildi. 

Ishning  sinovdan  o‘tganligi:  Dissertatsiya  Mirzo  Ulug„bek  nomidagi 

O„zbekiston  milliy  universitetining  Falsafa  fakulteti  “Etika-Estetika”  kafedrasida 

bajarilgan va muhokama etilib (-----, bayonnoma №2), himoyaga tavsiya etilgan. 

Dissertatsiya natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiyada bayon etilgan 

ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar muallif tomonidan nashr etilgan jami 6 

ta  5  ta  respublika  ilmiy-nazariy  konferensiyalaridagi  ma‟ruzalari,  1  ta  O„zMU 

xabarlari” jurnalidagi maqolasida  o„z aksini topgan.  



Dissertatsiyaning  tuzilishi  va  hajmi.  Dissertatsiya  «Kirish»,  uch  bob,  olti 

qism,  «Xulosa»  hamda  «Foydalanilgan  adabiyotlar  ro„yxati»dan  iborat  bo„lib, 

umumiy hajmi 91 bet. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

I-BOB. FAHM-FAROSAT-AQL TUSHUNCHALARINING FALSAFIY 



TALQINI 

 

1.1. Fahm-farosat tushunchasi va uning mohiyati 



 

Jamiyatning  ma‟naviy  va  axloqiy  sog„lomligi  bebaho  boylik  hisoblanadi. 

Negaki, sog„lom muhit ma‟nan yetuk, axloqan yuksak shaxslarni yuzaga keltiradi. 

Shuning uchun allomalar insonga xos go„zal axloqiy fazilatlar, ya‟ni  har bir inson 

o„zi  yashayotgan  muhitdagi  turmush  tarziga,  oilaga,  qo„ni-qo„shnichilik  va  yoru-

birodarlikka,  jamoat  joylaridagi  munosabatlariga,  boshqalar  bilan  bo„ladigan 

aloqasi,  yurish-turishi,  muomalasi,  kiyinishi,  did-farosati  va  boshqa  shu  kabi 

fazilatlarni tarbiyalash xususida ko„plab o„git va nasihatlar qoldirib ketishgan. Bu 

borada  ma‟naviyatimizning  buyuk  va  bebaho  merosi  Hadisi  Shariflarda  ham 

“Qo„shningizga  yaxshilik  qiling–  tinch  bo„lasiz”,  “O„zingiz  sevgan  narsani 

odamlarga ham ravo ko„ring - salomat yurasiz”, “Inson xatoni ko„proq o„z tili bilan 

sodir  qiladi”,  “Tashqi  ko„rinishlaringiz  yoki  molu-dunyolaringizga  emas,  balki 

dillaringizga va ishlaringizga baho beriladi” kabi fikrlar ko„plab uchraydi. 

Ushbu  hikmatlarda  umuminsoniy  qadriyatlar,  kishilarning  yurish-turishi, 

atrofdagilar  bilan  munosabatining  axloqiy  asoslari,  inson  go„zalligining  umumiy 

mezonlari to„g„risida olam-olam ma‟noni uqib va o„zlashtirib olish mumkin. Kim 

qaysi lavozimda va vazifada ishlashidan qat‟iy nazar, o„zining serzavq, sermazmun 

mehnati,  yaxshi  kayfiyati,  boshqalarga  yordami  va  saxiyligi,  kamtarinligi, 

madaniyligi,  qadr-qimmati  va  xulq-odobi  bilan,  hamjihat  ish  yuritishi  va 

odamlarga  foyda  keltirishi  bilan  go„zaldir.  Shuni  ham  ta‟kidlash  lozimki,  shaxs 

ma‟naviyati  uning  axloqiy  sifatlari,  odobi,  Vatan  va  xalqqa  sadoqati,  mehnatga, 

insonlarga bo„lgan munosabati, aql-zakovati, fahm-farosati va qadr-qimmati bilan 

o„lchanadi.  Bu  kabi  ma‟naviyat  axloqiy  qadriyatlar,  xususan  umuminsoniy  va 

milliy qadriyatlar ta‟sirida o„zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. O„z navbatida, 

yuksak  ma‟naviyat  shaxsning  axloqiy  jihatdan  kamol  topishida  muhim  rol 

o„ynaydi.  Shuning  uchun  bugun  yoshlarimiz  ma‟naviyatini  yuksaltirish,  har  bir 

voqea-hodisaga  teran  tafakkur  va  tahliliy  idrok  bilan  yondoshishga  o„rgatish 


10 

 

muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o„rinda insonning voqelikni asliga muvofiq idrok 



etish, unga to„g„ri munosabat hosil qilish va voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab 

chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilish fazilati bo„lgan fahm va farosatning ham o„z 

o„rni  bor.  Fahm-farosat  borasida  mutafakkirlarimiz  ko„plab  fikrlar  bildirishgan. 

Xususan Sharqning buyuk mutafakkiri Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” asarining 

34-bobi“Farosat  bayonida”  deb  ataladi.“Farosat  so„zining  lug„aviy  ma‟nosi  biror 

narsaning  yaxshi  va  yomon  xususiyatini  ko„rib  aniqlashdir.  Istilohiy  ma‟nosi  esa 

umumiy  bo„lib,  jonning  suratdagi  zohir  holini  mushohada  qilib,  uning  ichki 

mohiyatidan  ogoh  bo„lishdir.  Farosat  hukumat  ishining  ulug”  shartidir.  Har  bir 

hodisa,  ish  yuz  bergan  bo„lsa,  huquq  ahli  uning    va  orqasiga  basirat  ko„zi  bilan 

nazar  solishi  lozim.    G„oyatda  zohir  va    bo„lgan  voqea  xususida,  unga  shariat 

hukmi  va  adolat  tariqi  bilan  hukm  chiqarsinlar.  Ulug„lar  aytishicha,  xukumat 

ziynati farosat zevari bilan go„zaldir.”

1

 

Fahm ham o„z falsafiy ma‟nosiga ega bo„lib- arabcha faxmun shakliga ega. 



Faxima  fe‟lidan  “tushundi”  ma‟nosi  bilan  hosil  qilingan    bo„lib,  tushunish, 

anglash, idrok  qilish qobiliyati degan ma‟nolarni anglatadi. Ko‟rib turganimizdek 

fahm  farosat  so‟ziga  juda  yaqin.  Ammo  oradagi  tafovut  shuki  farosat-to„g„ri 

fahmlashni anglatsa, fahm-umuman olganda idrok qilishni va tushunishni bildiradi. 

Bu yerda anglash va tushunish sodir bo„lsa bo„ldi, u fahmni keltirib chiqaraveradi. 

Faqat to„g„ri anglagan odamni farosatli, noto„g„ri anglaganni esa farosatsiz deymiz.  

Fahmsiz  so„zi  esa  o‘sha  anglashni  ham  tuzuk  eplay  olmay,  chala 

tushunadigan odamga nisbatan ishlatiladi. Farosat islom falsafasida  Haq (pok va 

oliy)ning  mo„min  bandaga  bergan  nuridir.  Bunga  ushbu  hadis  mazmuni  dalolat 

qiladi:  “Qo„rkinglar  mo„min  farosatidan,  u  Xudo  nuri  bilan  qarab  har  narsaning 

zamiriga etaoladi”). Shuning uchun hech narsa farosat ahlidan yashirin emas. 

Koshifiy  farosatni ikki qismdan iborat: sha‟riy farosat va hukmiy farosatdan 

iborat  ekanligini  aytadi.  Sha‟riy  farosat  shuki,  pok  va    sof  ko„ngilli  (mo„min) 

kishining  ko„zidan  ko„tarilib,  farosat  nuri  bilan  haqiqatni  anglab  yetadi.  Bu 

                                                 

1

Koshifiy (Husayn Voiz Koshifiy) “Axloqi Muhsiniy”, O‟zbek milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti; 2011-



yil. 278-b. 

11 

 

xususida  bir qancha rivoyatlar ham mavjuddir. Xabarda kelishicha, imom Ja‟far va 



imom Muxammad Bokir (alayxumar - rizvon) Ka‟ba  xarami oldida o„tirgan ekan, 

bir kishi masjid  eshigidan kirdi. Imom Ja‟far:  “Bu kishi duradgor ko„rinadur”,  - 

dedi.  Imom    Muxammad  Bokir  esa:  “Temirchiga  o„xshaydi”,  -  dedi.  Keyin  u 

kishidan  so„radilar,  u  esa  javob  berdi:  “Men  burun  temirchilik  qilar  edim,  hozir 

duradgorman”.  Ulug„lar  farosatining  to„g„riligi  shundan  ma‟lum  bo„lib  turibdi. 

Hukmiy  farosat  esa  shundayki,  donishmandlar  uni  tajriba  bilan  topadilar  va 

dalillarning  kishining  shakli  va  shamoyilidan  mushohada  qilib,  aniqlaydilar  va 

buning  aksari  to„g„„ri  chiqadi.  Shunday  ekan,  inson  aksar  ish  binosini  farosat 

dalillariga  qo„yish  kerak  va  o„zining  pok  zehni,  tafakkuri,  mulohazasiga  ham 

murojat  qilishi kerak.  Chunki  tashqi ko„rinishlarida  yomonlik nishonasi bor toifa 

ichidagi kishilar o„z ahvolini o„zgartirganlaridan voqif va ogoh bo„lishiga harakat 

qilishi zarur. 

Koshifiy asarlarida barcha o„gitlar yuqoridagi kabi  rivoyatlar bilan boyitilib 

kishida ishonch uyg„otadi, pand-nasihatlar esa  hayotiylik kashf etadi. Bu yoshlar 

axloqiy-estetik  tarbiyasida  bugun  ham  muhim  ahamiyatga  egadir.  Ayniqsa 

“ommaviy  madaniyat”  ta‟siriga  berilgan  ayrim  yoshlarga  fahm-farosatdan  saboq 

berish bilan birga kattalarga hurmat va kichiklarga izzatli bo„lish, sharqona odob 

qoidalarini o„zlarining hayotiy me‟yoriga aylantirishga yordam beradi. 

“Aql-farosatdan mahrum holda baxtli yashagandan, aql-farosat bilan badbaxt 

bo„lgan  a‟loroqdir”  –  degan  edi  buyuk  faylasuf    Epikur.    Insoniylikning  asosiy 

qon-tomiri o‟lchovi aql-zakovat, axloqiy-ma‟naviy komillik bo‟lib hisoblanadi. Biz 

bilamizki,  inson  jonli  aqliy  mavjudod  sifatida  faoliyat  ko‟rsatishi  uchun  yeyish-

ichishi  qanchalik  zarur  bo‟lsa,  ijtimoiy  burchini  ado  etishi  uchun  fahm-farosati, 

aqliy odobi va zakovati ham shunchalik  shakllangan bo‟lishi darkor.  Xalqimizda 

“Bilagi zo‟r birini yiqar – bilimi zo‟r mingini” degan  hikmat bor. Demak bilimli 

bo‟lish uchun albatta kishi aqlan yetuk bo‟lishi kerak. Bu o‟z-o‟zidan farosatlilikni 

keltirib  chiqaradi.  Chunki,  aqlli  kishilarda  yuksak  did,  farosat  kuchli  darajada 

shaklangan bo‟ladi. Ya‟ni: 

Fahm-farosat – inson ichki olamini ko‟rsatuvchi tashqi ko‟zgudir, 


12 

 

Tashqi ko‟rinish esa, inson ichki olamni yashiruvchi ridodir



.

 

Inson  hayotiy  tajribasi,  faoliyati,  bilimi,  ilmi,    odob-axloqi,  xatti-harakati 



bilan  o„zining  ma‟naviy  olamini  boyitib  boradi.  Inson  aqlan  va  axloqan  boyigan 

sari o„z oldiga ulug„vor vazifalarni qo„yadi va unga erishish uchun harakat qiladi. 

U  o„z faoliyatini barchasini odatda aql bilan o„ylab, amalga oshiradi. 

Fahm-farosat  estetik  hissiyot  va  estetik  ong  bilan  bog„liqdir.  U  o„z-o„zini 

estetik  anglash  –  mavjud  vaziyatni  estetik  jihatdan  tahlil  qilishni,  ya‟ni  qalban 

o„zi  bilan  gaplashish,  o„zicha  baholash,  o„zini  nazorat  qilish,  o„zini  o„zi 

takomillashtirish,  har  bir  vaziyatda  yaxshi  va  yomonni  qalban  his  qilishni 

taqozo  etadi.  Farosat  –  voqelikni  asliga  muvofiq  idrok  etish,  unga  to„g„ri 

munosabat  hosil  qila  bilmoqlik,  shu  bilan  birga  voqelik  talabiga  muvofiq  tadbir 

ishlab  chiqib,  uni  hayotga  tatbiq  eta  bilishdir.  Buning  uchun  inson,  avvalo,  o„z 

holini  to„g„ri  idrok  etishi,  ikkinchidan,  o„zgani  tushunish,  o„zgalarning  ehtiyoji, 

xohishi, imkoni haqida to„g„ri tasavvur hosil qila bilishi kerak. 

Husayn  Voiz  Koshifiy  “Axloqi  Muhsuniy”  asarida:  “Farosat  Haqning 

mo‟min  bandaga  bergan  nuridir.  Bunga  ushbu  hadis  mazmuni  dalolat  qiladi: 

“Ittaku  farosatal  –  mo‟mini  fa–innahu  yanzuru  bi  nurillahi  taolo”  (ya‟ni, 

“Qo‟rqinglar mo‟min farosatidan, u Xudo nuri bilan qarab har narsaning zamiriga 

yeta  oladi”).  Shuning  uchun  hech  narsa  farosat  ahlidan  yashirin  emas…”

1

  degan 



jumla  keltirilgan.  Shuningdek,  faylasuf  Sitseron  “Men  o„tkir  aql-farosatli  yoki 

ahmoq,  kuchli  yoxud  ojiz  bo„lib  tug„ilmoqlik  o„z  ixtiyorimizda  emasligini  tan 

olaman.  Ammo  bundan  hatto  o„tirish  yoki  sayr  qilish  kabi  oddiy  xatti-harakatlar 

ham bizga bog„liq emas ekan-da, degan xulosa yasovchilar qattiq yanglishadilar”

2

 

degan edi. 



Shu o‟rinda fikrimiz isboti uchun Abulqosim Firdavsiyning   bir hikmatini 

esga olamiz. “Aqlli so„z dur-javohirlar-u toj-taxtdan ham qimmatliroqdir. Olamda 

eng  avval  inson  aqli  yaralgan.  Aql  qalb  posbonidir.  Aql  yana  uch  qo„riqchi:  til, 

                                                 

1

Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy”,  O‟zbek Milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti; - 2011 yil, 279-



bet. 

2

“100 Mumtoz faylasuf”, “Yangi asr avlodi” Toshkent-2013-yil, 148-149-betlar



 

13 

 

ko„z,  quloqning  ustidan  ham  posbonlik  qilguvchidir.  Zero,  ezgulik  va  yovuzlik 



aynan ana shu uch a‟zo orqali qalbga kirib boradi”

1

deb aytadilar. 



Bu  hodisalar  shakllanishi  asosida  shaxsda  hayotga  sof  ma‟naviy  tuyg„ular, 

yaratuvchan  salohiyat  kuchayadi,  tabiyatga,  jamiyatga,  oila  va  odamlarga 

munosabatda  axloqiy-estetik  me‟yorlar  ustuvor  bo„ladi.  Shuning  uchun  estetik 

omillarga tayanish zarurati kundan-kunga oshib bormoqda.  

Farosat masalasida buyuk shoir Muhammad Rizo Ogahiyning quyidagi bayti 

keltiriladi: 

Bo‟lg‟usi har muddao, xotir aro qilg‟ach xutur, 

Ta‟big‟a maxsus aning , fahm-farosat ko‟rmisham. 

Ko„p hollarda fahm va farosat birga ishlatiladi ammo ularning har biri o„ziga xos 

xususiyatga  ega  bo„lib  fahm,  tushunish,  anglash,  idrok  qilish  qobiliyati  bo„lsa, 

farosat-to„g„ri fahmlashni bildiradi.  Bu yerda anglash va tushunish sodir bo„lsa, u 

fahmni  keltirib  chiqaradi.  Biz  to„g„ri  anglagan  odamni  farosatli,  noto„g„ri 

anglaganni  esa  farosatsiz  deymiz.  Fahmsiz  so„zi  esa  o„sha  anglashni  xam  tuzuk 

eplay  olmay,  chala  tushunadigan  odamga  nisbatan  ishlatiladi.  Demak  fahm-

farosatli  inson    barcha  masalani,  muhokama  va  munozarani  tezda  va  to„g„ri 

tushuna  oladigan,  uning  ma‟nosini  anglay  oladigan,  so„zlovchining    maqsadi, 

aytilgan  fikrlarning  chinligini  tezda  payqay  oladigan  bo„ladi.  Zero  buyuk 

mutafakkir Forobiyning fikricha oqil inson o„zida 12 xislatni jamlashtirgan bo„lishi 

lozim.  Ular  orasida o„tkir  farosat,  o„z  fikrini  aniq  va  ravshan bayon  etish,  nafsni 

tiya olish, kamtarlik, bir so„zlik, qat‟iyatlilik va jasurlikni ham aytib o„tadi. Alloma 

hukumat  rahbarida  mavjud  bo„lishi  kerak  bo„lgan  fazilatlar  qatoriga  

xushbichimlik, fahm-farosatlilik, o„tkir xotira, idroklilik, so„zga chechanlik, ilmga 

chanqoqlik, xar bir ishda me‟yorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolg„onga 

nafrat,  olijanoblik,  boylikka  nafrat,  adolatparvarlik,  qat‟iylikni  ko„rsatib  o„tadi.

2

 

“Insonga  ikki  narsa  xos.  Ulardan  biri  –  tabiatdan  olingan.  Boshqasi  –  niyat 



(xohish),  -  deb  yozadi  Forobiy,  -  agar  inson  yaratilishining  maqsadi  bo„lmish 

                                                 

1

“100 Mumtoz faylasuf”, “Yangi asr avlodi” Toshkent-2013-yil, 190-bet. 



2

Forobiy. Fozil odamlar shahri. T., Xalq me‟rosi. 1993. 186-187-betlar. 



14 

 

barkamollik  insonga  faqat  tabiatan  xos  bo„lganida  va  faqat  yaxshi  niyat  bilan 



amalga oshirilganida edi, u holda barkamollikka yetishuvchi faoliyat va hayot tarzi 

faqat chin insoniy fazilat, ezgu ishlar va faoliyatlar, go„zal hayot tarzi bo„lur edi. 

Ammo  insonni  ushbu  barkamollikdan  mahrum  etadigan  holatlar  ham  bor,  ular 

inosniy  bo„lmagan  faoliyatlar va  hayot  tarzi bo„lib, ular  maraz,  hunuk  va  yomon 

ishlar hamda yomon faoliyatlardir”. Bu xususda inson oldida turuvchi asosiy vazifa 

nima  yaxshi-yu,  nima  yomonligini  ajartib  olish  va  nimani  qabul  qilib,  nimadan 

saqlanmoq  lozimligidan  iborat.  Bu  vazifani  inson  faqatgina  ilm  bilan  hal  eta 

olishini Forobiy qayta-qayta ta‟kidlaydi.  

Forobiy ta‟limotida axloqiy barkamollik talablari: 

1. Salomatlik 

2. Nozik farosat 

3. Yaxshi xotira 

4. Zukkolik 

5. Shirinsuxanlik 

6. Ilmga chanqoqlik 

7. Nafsni tiya olishlik 

8. Haqiqatparvarlik 

9. Olijanoblik 

10. Kamtarlik 

11. Adolatparvarlik 

12. Qat‟iyatlilik 

Buyuk  mutafakkirlaridan  biri  Husayin  Voiz  Koshifiy  ham  bu  haqida 

shunday  deydi”Farosat  so„zining  lug„aviy  ma‟nosi  biror  narsaning  yaxshi  va 

yomon  xususiyatini  ko„rib  aniqlashdir.  Istilohiy  ma‟nosi  esa  umumiy  bo„lib, 

jonning  suratdagi  zohir  holini  mushohada  qilib,  uning  ichki  mohiyatidan  ogoh 

bo„lishdir.    Farosat  hukumat  ishining  ulug„  shartidir. 

“Bundan    har  bir  shaxs 



narsalarning mohiyatini chuqur bilish bilan birgalikda o„ziga xos aql-farosatga ham 

                                                 

1

  Koshifiy  (Husayn  Voiz  Koshifiy)  “Axloqi  Muhsiniy”,  O‟zbek  milliy  insklopediyasi;  Davlat  ilmiy  nashriyoti;-



2011-yil. 278-279-betlar. 

15 

 

ega bo„lishi kerakligi haqidagi xulosani anglash mumkin. Shuningdek insonga xos 



bo„lgan xususiyatlarga axloqiy va estetik jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni 

avvalo  -  aql,  farosat  va  didning,  tafakkur,  tasavvur  va  xotiraning  mavjud 

bo„lishi,  fazilat,  xislat  va  tarbiyaning  mustahkamligi,  nafosat,  go„zallik  va 

ulug„vorlikni  his  eta  bilishi  kabilar  bilan  belgilanishi  ta‟kidlash  lozim.  Zero, 

bu sifatlar obod turmushning asosiy axloqiy va estetik asoslarini tashkil qiladi.  

Farosat  -voqelikni  asliga  muvofiq  idrok  etish, unga to„g„ri  munosabat hosil 

qila  bilmoqlik,  shu  bilan  birga  voqelik  talabiga  muvofiq  tadbir  ishlab  chiqib,  uni 

hayotga  tatbiq  eta  bilishdir.  Buning  uchun  inson,  avvalo,  o„z  holini  to„g„ri  idrok 

etishi,  ikkinchidan,  o„zgani  tushunish,  o„zgalarning  ehtiyoji,  xohishi,  imkoni 

haqida to„g„ri tasavvur hosil qila bilishi kerak. 

Yana  biri  farosat  bo„lsa,  boshqasi  -  insonni  tushunish.  E‟tiqod  bozorda  insof 

ko„rinishida namoyon bo„ladi. “Faqat o„zim bo„lay”, degan odam bu yerda uzoqqa 

borolmaydi.  “Insof  sari  baraka”  -  ma‟naviyatini  yo„qotmagan  millatning 

bozoridagi bosh qonundir. 

Bozor  ma‟naviyatidagi  milliy  an‟analarimizning  tiklanishi,  birinchi 

navbatda,  insof  va  diyonatni  insonlar  ko„nglida  qayta  uyg„otish  zarurati  bilan 

bog„liq.  Insof  va  diyonat,  halollik,  xaridorga  munosabatda  samimiylik  va  hilm 

(yumshoq  muomala,  halimlik)  xaridor  ko„nglini  topishga  intilish,  uning 

ehtiyojlarini  tushunish  -  tadbirkor  sarmoyasiga  Allohning  barakatini  yog„diruvchi 

ma‟naviy  fazilatlardir.  Xaridor  haqqiga  xiyonat,  tovlamachilik  -  hech  qachon 

bozorga  aralashgan  odamga  omad  keltirgan  emas.  Buni  bizning  ajdodlarimiz 

yaxshi  bilganlar.  Bugungi  jahon  bozorining  muhim  jihati  -  uning  ilmiy  asosga 

qo„yilganligi. Marketing fani, ya‟ni bozorni o„rganish ilmi ilgari asosan savdogar 

yo  kosibning  farosatiga  bog„liq  bo„lgan  bo„lsa,  bugun  jiddiy  tadqiqotlar  asosiga 

tayanmoqda. Ilgari bir mintaqani qamragan bo„lsa, bugun jahon miqyosida yaxlit 

fikrlashni taqozo qilmoqda. 

Manfaatlar  to„qnashuvi,  raqobat  bozor  iqtisodi  uchun  xos  narsa.  Ammo 

raqobatni kurashdan farqlash kerak. Agar raqobatni kurash deb tushunib, uni faqat 

raqibni  moliyaviy  sindirish  yo„llarini  izlash sifatida talqin  etilsa,  tadbirkorlarning 


16 

 

raqobati  bir-biriga  ziyon  yetkazish,  ishidan  ishkal  chiqarishga  qaratilsa,  bunday 



yondoshuv nizo va buzg„unchilikka,  millat  va  jamiyatning zarariga  qarab  yuradi. 

Agar  raqobat  deganda  bir-biridan  sifatliroq,  xaridorgirroq,  o„zgalar  molidan 

arzonroq,  inson  ehtiyojiga  yaroqliroq  buyum,  mahsulot  chiqarish  orqali  bozorda 

oldingi  o„rinlarni  egallashga  intilish,  buning  uchun  yangi  texnologiyalar,  unumli 

ish  usullarini  izlash  yo„lidan  borish  tushunilsa,  ya‟ni  u  ijobiy  va  ijodiy  yo„nalish 

kasb  etsa,  jamiyat  farovonligi,  inson  kamolotiga  xizmat  qiladi.  Har  kim  ekkanini 

o„radi, birovga qilinadigan yaxshilik ham, yomonlik ham bir kun albatta insonning 

o„ziga qaytadi, deb ishonamiz. Birov foyda ko„rishi uchun, albatta, ikkinchi odam 

zarar ko„rishi shart emas. 

Demak,  farosat  masalasiga  nafaqat  ma‟naviyat  balki  iqtisodiy  sohada 

ko„proq  ahamiyat  kasb  etmoqda.  O„z  holimizni  to„g„ri  idrok  etib,  o„zgani  ham 

tushunishga  intilib,  voqelik  haqida  to„g„ri  tasavvur  hosil  qilmas  ekanmiz, 

o„zimizga  ham,  jamiyatga  ham,  millatga  ham  tayinli  foydamiz  tegmaydi.  Bozor 

iqtisodi insonni o„ylashga, farosatini ishlatishga majbur qilishi bilan qimmatlidir

Tasavvuf  vakillaridan biri Jaloliddin Rumiy  masnaviylarida yuksak estetik 

madaniyatning  jamiyat  ravnaqi  va  xalq  farovonligi  uchun  qaratilgan  axloqiy 

me‟yor,  ma‟naviy  barkamollik,  jismoniy  sog„lom  va  ko„rkamlik,  aqlan  teranlik 

bilan  bog„liqligini  e‟tirof  etadi.  Bundan    har  bir  shaxs  narsalarning  mohiyatini 

chuqur bilish bilan birgalikda o„ziga xos aql-farosatga ham ega bo„lishi kerakligi 

haqidagi  xulosani  anglash  mumkin.  Rumiy  shaxsning  komillik  sifatlarini  go„zal 

ezgulik va baxt g„oyalari bilan bog„laydi. O„zining tasavvufiy qarashlarida estetik 

madaniyatning    nafaqat  shaxs  uchun,  shuningdek,  jamiyat  uchun  ham  muhim 

ekanligini tushuntiradi. 

Rumiy  insonni  buyuk  bir  mo‟jiza  sifatida  ko„radi.  “Ichindagi  ichindadur” 

fikri  orqali  insonning  ichida  hamma  narsa  yozilgan.  Biroq  zulmat  va  pardalar 

borki,  ular  yozuvlarni  o„qishga  imkon  bermaydi.  Zulmat  va  pardalar  turli-tuman 

mashg„ulotlar,  insonning  dunyo  ishlari  borasida  olgan  tadbirlari  va  ko„ngilning 

so„zsiz orzularidir. Rumiy insonning qalb amri doimo yangilanib va yuksaklik sari 



17 

 

intilib  borishini,  erishgan  yutuqlar  yangi-yangi  estetik  olam  sari  yetaklovchi 



ma‟naviy  kuch  ekanligini  ta‟kidlaydi.  Tasavvufiy  mutafakkirlarning  barchasi 

insonning  ollohning  mo‟jizasi  ekanligi  va  uning  go„zalligi  xulq  go„zalligi  

ekanligini  ta‟kidlab  o„tishgan.  Tasavvuf  estetikasida  real  moddiy  olam  go„zalligi 

inkor  etilmaydi,  balki  bu  olamdagi  barcha  narsalar  Ollohning  mevasi  va  undan 

hamma o„z ulushini olib foydalanishi aytib o„tiladi. 

Inson estetik kamoloti nafaqat estetik tuyg„u, ehtiyoj, shu bilan birga, barcha 

shaxsiy  fazilatlari  yaxlit birligida  qaror  topadi  va  ular  bilan  uzviy  bog„langandir. 

Shuning  uchun  shaxs  kamolotining  muhim  estetik  omillari,  bir  tomondan,  uning 

tarkibiy-strukturaviy  qismlari,  boshqa  tomondan,  estetik  kamolotning  o„ziga 

xosligi,  ijodiy  faoliyat  shakllanishiga  ta‟siri  bilan  birga  qarab  chiqilmog„i  lozim. 

Boshqacha  aytganda,  insonning  qobiliyati  estetik  tuyg„u  mohiyati,  ya‟ni  hissiy-

ma‟naviy  zavq,  mamnuniyat  yoki  jirkanishning  tabiati  bilan  birgalikda  namoyon 

bo„ladi. Negaki, shaxs estetik kamoloti nafaqat estetik fazilat, shu bilan birga, uni 

shaxs  sifatida  shakllantiradigan  boshqa  ko„plab  omillar  bilan  ham  uzviy 

bog„langandir. 

Lekin  ma‟naviyat  yuqoridagilarning  mexanik  yig„indisidan  iborat  emasligi 

o„z-o„zidan  ayon.  Tadqiqotchi  Z.  Sobirova  ta‟kidlaganidek,  “sof  axloqiy,  sof 

estetik, sof intellektual, sof ekologik ma‟noda olinganda ulardan hech biri alohida 

holda ma‟naviylik mohiyatini to„la ifodalay olmaydi

1”

. Shunday qilib, ma‟naviylik 



insonning  yuksak  axloqiy,  estetik,  aqliy,  ruhiy,  jismoniy  bar-kamolligini 

anglatuvchi  umumiy  tushunchadir.  Demak,  shaxs  ma‟naviyligi  tarkibida  estetik 

barkamollikning o„z o„rni bordir. 

Estetik faoliyatning ham sub‟ekti, ham ob‟ekti hisoblangan shaxsning estetik 

ehtiyoji  va  didi  u  mansub  millatning  tarixiy  shakllangan  an‟ana  va  mezonlari, 

shuningdek,  o„ziga  xos  tabiiy-hududiy,  geografik  va  ijtimoiy  hayot  sharoitlariga 

bog„liq  bo„ladi.  Inson  haqidagi  fanlar  ning  vazifasi  tasvirlash,  tushuntirish 

bilan  birga,  yana  muhimi,  fahmlashdir.  Fahmlash, idrok etish o„rganiladigan 

                                                 

1

Sobirova Z. Jamiyat yangilanishi va badiiy estetik omillar. – Toshkent: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2007. 



– 43 b. 

18 

 

ob‟ekt  yoki  sohaning  insoning  maqsadi  va  idialiga  muvofiqligini  izohlash 



(interpretatsiya) demakdir.Fahmlash, idrok etish insoniylik mohiyatini aniqlash bilan 

bog„liq bo„lgan jarayondir.  

 


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling