O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori


Download 98.51 Kb.
bet1/8
Sana27.12.2022
Hajmi98.51 Kb.
#1069214
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Банк ишши2



O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 19.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1885
Кучга кириш санаси
29.01.2009
Қўшимча ахборот
Улашиш
РУС
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС







O‘ZBYEKISTON RYESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
TIJORAT BANKLARIDA QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN OPYERASIYALARNING BUXGALTYERIYA HISOBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 19 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1885]
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
«Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi nizom (1999 yil 5 mart, ro‘yxat raqami 662);
«Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi nizomga 1-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar (2000 yil 22 fevral, ro‘yxat raqami 662-1);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/4-sonli «Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomni qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi qarori (2008 yil 3 iyun, ro‘yxat raqami 662-3 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 yil, 22-23-son, 217-modda).
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.

Download 98.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling