O'zbekiston respublikasi oliy


Download 308.52 Kb.
bet1/8
Sana11.09.2020
Hajmi308.52 Kb.
#129348
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
talim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari oliy talim misolida (1)


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI

qo'lyozma huquqida UDK: 370/371+002.6

ABDULLAYEV SOBIRJON SOHIB O'G'LI

Ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari (Oliy ta'lim misolida)



5A 110901- Pedagogika nazariyasi va tarixi (Oliy maktab pedagogikasi) magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya

Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent N.O'rinova

Farg'ona-2017

l

Mundarija



a *5 + a *4 + a *3 83

л = 83


^ 28*5+8*4+4*3 ^ 84

K = = 4.6 84



3 40 84

Д^ = Ç-H = (07 - 04) = 0.27 85



(C+r) (0.7 + 0.4) 85

Kirish

Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi o'zgarishlar jamiyat va davlat xamda uzliksiz ta'lim tizimi oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda. Bulardan biri respublikamiz fuqarolarini va yoshlarini axborot psixologik xavfsizligini ta'minlash muammosidir. Mamlakatimizda axborot jamiyatini shakllanishi, axborot erkinliklari, axborot ko'lamining ortib borishi, birinchi navbatda axborot psixologik xavfsizligi tahdidini keltirib chiqarmoqda.

Respublikamizda yoshlarni axborot psixologik xavfsizligini ta'minlash, zararli axborotlar tahdidini bartaraf etish muammosining me'yoгiy huquqiy asoslari 2002-yil 12-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasining "Axborot erkinliklari prinsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi, 2003-yil 11-noyabrdagi O'zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to'g'risida"gi, 2016-yil 16- sentabrdagi O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunlarida o'z aksini topgan. Milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog'lom axborotlardan himoyalash mexanizmlari mavjud. Misol uchun, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar orasida odob-ahloqni buzishga, shu jumladan, zo'гavonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni ta^'ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'гisida" gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo'ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr- qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'sn ko'гsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo'luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo'yilgan.

Salbiy axborotlar ta'siгidan himoyalanish, shaxsni axborot psixologik xavfsizligini ta'minlash muammosi ustida tadqiqot ishlarini olib borgan mualliflar asosan zararli axborotlarning bolalar ongiga, ularni xulq atvoriga, ruxiyatiga ta'siгini salbiy oqibatlarini o^ganganlar Zararli axborotlar tahdidini bartaraf etish metod, vosita va shakllari borasidagi tadqiqotlar olib borilmaganligini ko'rishimiz mumkin.

Shunday qilib, ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart sharoitlari muammosining dolzarbligi qator obyektiv qarama-qarshiliklarni hal etishni talab etmoqda:

  • ijtimoiy-pedagogik xarakterdagi - o'zining axborot xavfsizligini ta'minlay oladigan, kasbiy faoliyatida zararli axborot ta'siridan ximoyalana oladigan, mutaxassislar bilan jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi va ta'lim-tarbiya muassasalarining ushbu vazifalarni hal etishdagi imkoniyatlari o'rtasidagi;

  • ilmiy-nazariy xarakterdagi - ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart sharoitlarini yaratish va yetarli darajada nazariy jihatdan ishlab chiqilmaganligi o'rtasidagi;

  • ilmiy-metodik xarakterdagi - ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart sharoitlarini yaratish va ushbu jarayonini yetarli darajada mazmuniy-uslubiy jihatdan ishlab chiqilmaganligi o'rtasidagi;

Yuqoridagi qarama-qarshiliklarni hal etish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini yana bir bor ko'rsatmoqda.

Muammoning o'rganilganlik darajasi: Shaxs va jamiyatni axborot- psixologik xafsizligini ta'minlash, zararli axborotlar tahdidini bartaraf etish muammosi turli fanlarning tadqiqot predmeti xisoblanadi. Bugungi kunda Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan magistrlar xamda Oliy ta'lim nazariyasi va metodikasi soxasidagi olim va mutaxassislarning Mustaqil O'zbekistonimiz fuqarolarini va bo'lg'usi mutaxassislarini axborot-psixologik xavfsizligini ta'minlash, zararli axborotlar tahdinini bartaraf etish muammosi tadqiqotlarida ishtirok etishlari davr talabidir.

Yoshlarning ma'naviy sog'lomlik darajasi, jismoniy etukligi, har bir ishga ogoh va fidoyi bo'lishi jamiyat taraqqiyotida g'oyat muhimdir. Ushbu fikrlar Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlar asarlarida alohida ta'kidlanadi.

Bu yo'nalishda falsafa, pedagogika, tibbiyot, adabiyot, tarix, milliy istiqlol

g'oyasi va ma'naviyat asoslari, madaniyatshunoslik kabi fanlar bo'yicha

4

tadqiqotchi olimlar ilmiy ishlar olib borganlar. Binobarin, faylasuf olimlardan I.Mo'minov, J.Tulenov, S.Shermuhamedov, E.Yusupov, Z.G'ofuгov, X.Shayxova, M.Xolmatova, F.Ismoilov, S.Otamurodov, M.Imomnazarovlarning asarlarida inson ma'naviyatini takomillashtirish, komil insonni shakllantirish va tarbiyalash masalalari ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berilgan.



So'nggi yillaгda pedagogika nazariyasida talaba yoshlami axboгot psixologik xafsizligini ta'minlash, zaгaгli axboгot tahdidinining salbiy oqibatlariga oid ishlar ko'zga tashlanmoqda.

Ilmiy adabiyotlar tahlili (L.V. Astaxova, G.V. Grachev, L. Masterman, L.M. Simeli, D.S. Sinitsin, Ye.A. Stolbnikova; A.V. Fedorov, R.M. Yusupov va b.) shuni ko'reatadiki, ushbu mualliflaг o'z tadqiqotlarida salbiy axboratlaT ta'siridan himoyalanish, shaxsni axborot-psixologik xavfsizligini ta'minlashning turii metod va vositalarini o'гganganligini kuzatishimiz mumkin.

Tadqiqotning maqsadi: ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlarini nazariy va amaliy asoslarini o'гganish.

Tadqiqotning vazifalari:



Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni mazmuni, usul va metodlarini aniqlash;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning ijtimoiy psixologik-pedagogik omillarini aniqlash;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishga yo'naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Magistrlik dissertatsiyaning tadqiqot ob'ekti: oliy talimda ta'lim -tarbiya jarayoni.

Magistrlik dissertatsiyaning tadqiqot predmeti: ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning mazmuni, shart-sharoitlari, usullari va pedagogik omillari.

Tadqiqot ilmiy farazi:



agarda:

  • Ijtimoiy shart-sharoitlarning mavjudligi, ota-onalarning o'qituvchilaг bilan xamkorligi asosida ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishda samaliroq natijalarga erishilsa;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning mazmuni, shart-sharoitlari, muayyan vositalariga tayangan holda o^gatilsa;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishga yo'naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinsa;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishda tanqidiy fikrlashning turli shakllaridan foydalanilgan holda amalga oshirilsa;

psixologik-pedagogik ta'siming turli imkoniyatlaridan muntazam foydalanilsa, ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishnga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning samaradorligi ortadi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidining talabalarning xulq atvori va ruxiyatiga ta'siri, zararli axborotlar tahdidi muammosi nazariy asoslanib, ta'lim-tarbiya jarayonida talabalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish pedagogik asoslari. Tanqidiy fikrlashni shakllantirish zararli axborotlar tahdidining bartaraf etishning ustivor metodi va vositasi sifatida asoslandi.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Tadqiqot natijasi asosida olingan ma'lumotto ilmiy adabiyotlar sharhi, manbalar taxlili, ilgari surilgan nazariy g'oya^ va ishlab chiqilgan xulosalar psixologiya va pedagogikadagi nazariy bilimlarni yanada boyitishga xizmat qiladi. Ayniqsa, ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning psixologik va pedagogik jihatlarining rivojlantirishda e'tibo^a loyiqdir.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Dars jarayonlarini tashkil etishda, talabalarni ma'naviy kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalaridan oliy o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi vaziriigi oliy ta'lim jarayonida

har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish amaliyotini yangilash, o'quv-

6

metodik majmualar tayyorlash, shuningdek metodik tavsiyalardan o^tuvcM^ malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlarida ma^za^ sifatida foydalanish mumkin.



Tadqiqot metodlari: pedagogik va psixologik adabiyotlarni o^ganish; anketa; pedagogik kuzatish; matematik-statistik metod.

Ishning sinovdan o'tishi: Tajriba-sinov ishlari Faгg'ona davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalarida o'tkazildi.

Tadqiqot natijalarining chop etilganlik darajasi: Muallif tomonidan 1 ta ilmiy maqola va 5 ta tezis chop etilgan.

Himoyaga quyidagi holatlar olib chiqiladi:



  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning ilmiy nazariy o^ganilishi;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning psixologik va pedagogik shart-sharoitlari;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining tavsifi va natijalari;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishga yo'naltirilgan uslubiy tavsiyalar tizimi.

Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat.

I bob. Ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidi bartaraf etish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida

1.1. Ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidi talabalarning xulq atvori va ruxiyatiga ta'siri

Bizga ma'lumki kishilik jamiyati paydo bo'lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan foyda lanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko'rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi o'rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham "Axborot asri" - deb nom olgani bejiz emas. Ayni paytda mutaxassislar har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan birga mudofaa qudrati ham axborot tizimi va texnologiyalariga bog'liqligini ta'kidlashmoqda. Shu o'rinda jamiyat hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirish, elektron kommunikatsiyalar, elektron ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar bilan bir qatorda, yoshlarni xulq atvoriga buzg'unchilik maqsadida ta'sir etishni ko'zda tutuvchi yangi "axborot quroli" ning ta'siri kuchayishiga olib kelayotganini aytib o'tish joiz. Bu esa o'z navbatida, mamlakatimizning axborot resurslari va telekommunikatsiya tarmoqlarini noqonuniy maqsadlarda ishlatishga qarshi himoya choralarini ko'rish va ularning benuqson faoliyatini ta'minlashga da'vat etmoqda.

Globollashuv sharoitida demokratik jamiyatga, ayniqsa yoshlarga turli ommaviy axborot vositalari orqali o'z salbiy ta'sirini o'tkazishga intilayotgan "ommaviy madaniyat", "terrorizm", "diniy ekstremizm" kabi zararli oqimlar, g'oyalarning mazmun va maqsadi, mohiyatini fosh qilish lozimigi ham axborot madaniyatni shakllantirish zaruriyatini vujudga keltiradi. Ta'kidlash lozimki, bunday holat bevosita mamlakatimizda huquqiy demokratik davlatning taraqqiyoti va fuqarolik jamiyatining qaror topishi, rivojlanishi, taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. Alohida qayd qilish mumkin: hozirgi davrda shaxs faoliyatidagi muhim masalalardan biri uning demokratik xarakterdagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta'minlash, o'z huquqiy imkoniyatlaridan to'liq foydalanishi lozimligi ham axborot madaniyatining yuksalishini ta'minlash, jamiyat rivojlanish

8

jarayonlarini o'zida aks ettiruvchi informatsion bazani vujudga keltirish bilan bog'liqdir. Jamiyat barcha jabhalarining modernizatsiyalashuvi unda inson omiliga alohida e'tibor berish lozimligini talab qiladi va shu munosobat bilan shaxs informatsion madaniyati shakllanganligi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy amaliyotda ham namoyon bo'ladi.



Globallashuv sharoitida mintaqalar va mamlakatlar o'rtasidagi aloqalar va o'zaro ta'sirlar kuchayib boraverar ekan, unda yoshlar ma'naviyati, ayniqsa, ularning axloqiy qiyofasini shakllantirish zamonaviylikni tarixiylik bilan uyg'unlashtirishni taqozolaydi. Sodir bo'layotgan o'zgarishlarga qanchalik qarshilik ko'rsatmaylik inson erisholmagan manzil doimo qiziqarli hisoblanadi. Zero globallashuv jarayonining asosiy sub'ekti va harakatlantiruchi kuchi muayyan g'arazli maqsadlarni ko'zlar ekan, milliy ma'naviyat va qadriyatlarga tayangan an'anaviy tafakkur tarziga zarba berish va yoshlarni g'arbona andozadagi qolipga solish va ular ustidan hukmronlik qilishga intilaveradi. SHunday global ta'sirlar telekommunikatsiyalar, internet tizimidagi saydlar orqali yoshlarimiz ongi va ma'naviy- axloqiy qiyofasiga kuchli salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Davlatimiz madaniy - ma'naviy mustaqilligini ta'minlashda sharqona odob, axloq, milliy qadriyatlar, urf - odat va an'analarimiz asosida tarbiyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat rivojlanib borgan sari uning axloqiy tizimi ham o'zgarishlarga ehtiyoj sezadi. Yurtimizning xozirgi rivojlanish bosqichida yoshlarimizning ongi, dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy jihatlarining shakllanishida bunday xatolarga yo'l qo'yish mumkin emas. Demak, hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy hayotida ijtimoiy - gumanitar va boshqa fanlar oldida ulkan vazifalar turibdi. Bu vazifalar esa, yoshlarni ma'naviy kamolot sari etaklash, axloqiy jihatdan etuk kishilar qilib tarbiyalashdir. Xulosa qilib aytganda, globallashuvni to'siq qo'yib, chegara tortib ushlab bo'lmaydi. Hindistonlik mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining qo'yidagi so'zlarida: "Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tiraolmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. SHu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan

9

kirayotgan havo dovul bo'lib uyimni ag'dar-to'ntar qilib tashlashi, o'zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman" SHuning uchun ham, milliy istiqlol g'oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta'minlab, ayni paytda. "dovullar"dan saqlash omili ekanligini anglashimiz zarur.



Shaxs jamiyatda va uning a'zolari orasida muayyan harakatda bo'lgan ma'lumotlar, xabarlar, maxsus bilimlar, ommabop axborotlarga ega bo'lgan taqdirdagina o'z davrining ziyoli kishisi sifatida shakillanadi. SHuningdek, yuqoridagi axborot vositalari mazmuni, mohiyatini bilish va ulardan o'z faoliyatida informatsion yondashishi asosida samarali foydalana olish axborot madaniyatini tashkil etadi. 1

Axborot madaniyat shakillanishi esa axborotning azbukasidan ya'ni uning boshlang'ich asoslaridan boshlanadi. SHaxsning axborot madaniyatini shakillanishi va evolyusiyasi ana shu boshlang'ich davri bilan bog'liq bo'ladi. SHaxsning axborot madaniyatini shakillanishi va evolyusiyasi ana shu boshlang'ich asoslaridan dastlabki manbalarini oladi va tobora kengayib, rivojlanib boradigan axborot tizimlari, vositalari, ilmiy-amaliy yutuqlari asosida muayyan bosqichga ko'tariladi. SHu ma'noda axborot kitob yoki ma'ruzaning yakunlashi emas, aksincha ana shu axborot manbaidan olingan yangilik, axborot mazmun- mohiyatiga nisbatan uning yuqori bosqichidir. Axborot madaniyati, bevosita axborot manbai uchun mas'ulligi va uni samarali boshqarishida namoyon bo'ladi. Bu erda shaxsning intelektual qobilyati, uning bilimi muhim ahamiyat kasb etadi. SHaxs dunyoqarashi, layoqati namoyon bo'ladi. SHunday qilib, shaxsning axborot madaniyati tushunchasining mohiyati, tarkibiy elementlari, evolyusion tendensiyasi, axborot aloqa tizimlari bilan bevosita bog'liqligi kabi ko'plab masalalarni tadqiq etish uning muhim qismini tashkil etadi. Ta'kidlash lozimki, ommaviy axborot vositalari shaxsning ijtimoiy ongi, tafakkuri va dunyoqarashini shakillantirish va rivojlantirishda asosiy omil, bo'lib ob'ektiv va sub'ektiv asoslarga ega. Birinchidan, shaxsning globallashuv sharoitida yuz berayotgan jiddiy o'zgarishlar zamonaviy axborot madaniyatining ma'naviy, g'oyaviy mafkuraviy negizini tashkil etib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida muhim o'rin egallaydi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy voqelikka kirib kelishida axborot tizimi, vositalari va texnologiyasi faol ishtiriok etadi. Zero XXI asrda biron bir mamlakat yoki hudud taraqqiyotni tezkor axborot almashuvisiz tasavvur etib bo'lmaydi. SHu ma'noda axborotlashuvni geosiyosiy jarayonlar bilan bog'lanib ketayotganligini ham kuzatish mumkin. Bu borada Rossiyalik faylasuf S.A.Modesovning quyidagi fikrlarini keltirish o'rinli. Uning fikricha, "axborotlashgan makon yangidan-yangi geosiyosiy munosabatlardagi raqobatni shakillantirib, ya'ni jaxon tartiboti jarayonida ayrim davlatlarda axborotlashtirishni takomillashtirish asosida kattaroq mavqega ega bo'lib boradi."2

Bugungi kunda axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo'lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o'sishi va milliy xavfsizligini ta'min etadi. Ma'lumki, globallashuv jarayoni obektiv va qonuniy jarayon bo'lib, o'ziga xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga halqaro maydonga erkin chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o'z milliy manfaatlarini turli xil halqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida ta'minlashga keng imkoniyatlar beradi. Shuni aytish kerakki, vaqt o'tishi bilan globallashuv jarayonining o'ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo'la boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o'sgan bog'liqligi shuni ko'rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh ijobiy voqea - hodisalar dunyoning boshqa bir mintaqasiga juda tez tarqalib, o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, ya'ni an'anaviy tahdidlar bilan o'zaro qo'shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi hamda ularning o'zaro bog'liqligi o'sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa milliy va mintaqaviy xamda shaxsiy xavfsizlikni ta'minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e'tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo'lida asosiy "qurol"ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo'ladi, balki halqaro miqyosda ham o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Halqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o'zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va halqaro xavfsizlik xamda shaxsiy xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o'zaro bog'liqligini anglashga e'tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati "Xavfsizlik"ka bo'lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va halqaro xamda shaxsiy xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.

Bugungi globallashuv asrida axborotga bo'lgan talab har qachongidan ko'ra, kuchayib bormoqda. SHunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo'lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko'ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg'or g'oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar sifatida e'tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida bo'layotgan olamshumul o'zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma'lum bo'lmoqda. Demak, OAV, matbuot yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo'lsinki, o'tgan asrning oxirlari, XXI asrning dastlabki yillarida G'arb matbuotida biz aytgan ezgulikka xizmat qilish o'rniga boshqa buyurtmali "'ezgulikka" xizmat qilish hollari ham kuzatilmoqda.

Shu o'rinda ulug' alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e'tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar:


Download 308.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling