O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana26.07.2020
Hajmi0.84 Mb.
#124898
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2020 lugʻat


 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA          



MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETI 

PSIXOLOGIYA KAFEDRASI 

 

 



Psixologik atamalar 

izohli lug’ati 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Andijon – 2017

 



 

 

 

Anatatsiya 



Hozirgi  kunda  har  tomonlama  yetuk,  jismonan  sog’lom  avlodni  tarbiyash, 

bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  sharoitida  jahaon  mamlakalatlari  standartlariga 

mos,  raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlash  asosiy  maqsadlarimizdan  bo’lib,  buni 

amalga  oshirish  masalasi  O`zbekiston  Respublikasi  xalq  talimi  tizimi,    «Ta`lim 

to`g`risidagi  Qonuni»  va  «Kadrlar  tayorlash  milliy  dasturida  ko`zda  tutilgan 

vazifalar  va  qarorlarda  o’z  aksini  topadi.  Oldimizga  qo’yilgan  maqsadni  

muvofaqiyatli  hal  etish  ko`p  jihatdan  talabalar  o’zlashtirayotgan  manbalarga 

bog’liq.Shu  munosabat  bilan  psixologiya  fan  sohalarini  o’zlashtirish  jarayonini 

yuqori darajada bo’lishi, “fan tili”ni mukammal bilishiga bog’liqdir.  

Ushbu  uslubiy  qo’llanma  bakalavriat  yo’nalishi  talabalari  uchun 

mo’llajalangan  bo’lib,    psixologiya    fanidan  bilimlarni  samarali  o’zlashtirish  

imkonini yaratadi,qo’llanmaning o’ziga hosligi unda ilmga ,izlanishga chorlovchi 

Sharq allomalarining nodir so’zlari kiritilgan. 

Uslubiy  qo’llanma  Andijon  davlat    universiteti    psixologiya  kafedarasining 

2016-yil 27-yanvaridagi 4-son  yig’ilishida, va Ijtimoiy- iqtisodiyot fakultetining 

2016-yil 28-yanvaridagi 5-son ilmiy kengashida ko’rib chiqildi va foydalanishga 

tavsiya  etildi.Universitet  o’quv-uslubiy  hayatining  №  9-10  yig’ilishida,  o’quv-

uslubiy qo’llanma nashrga tavsiya etilgan. 

 

 

Tuzuvchi: Psixologiya fanlari nomzodi  dotsent.M.V.Xalimova. 



                  Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi. O.DJ.Qodirova. 

          Pedagogika psixolog iya ta’lim yo’nalishi talabasi  R.N. Nuriddinov 



Taqrizchi: Psixologiya fanlari nomzodi  T.G. Suleymanova. 

 

Psixologik atamalar.



 

Ilmni fursat bo‘lganda o‘rganaverish kerak. 

 Chunki ilm zarur bo‘lgan paytda fursat topilmaydi.

 

Abdulloh ibn Ma’sud 



Abstrakt  tafakkur-  umumiy  va  mavhum  tushunchalar  yordamida  paydo 

bo’ladigan tafakkur turi, abstrakt tafakkur orqali narsa va xodisalarning bevosita 

idrok  qilish  mumkin  bo’lmagan  xususiyatlari,  o’zaro  munosabatlari  aniqlanadi, 

qonuniyatlari ochiladi, «qiymat», «iffat» kabi abstrakt tushunchalar xosil qilinadi. 



Abstrakt  tushuncha-voqelikdagi  narsa  va  xodisalarning  o’zini  emas,  balki 

ularning  belgi,  xususiyat,  sifat  va  o’zaro  munosabatlarini  aks  ettiradigan 

tushunchalar. 

Abstraksiya-narsa  va  xodisalarning  ayrim  belgisi,  sifati  yoki  xususiyatini 

fikran ulardan  ayrib olib, uni  mustaqil  fikr  ob’ektiga  aylantirishdan  iborat  aqliy 

jarayon. 

Abuliya-muayyan  psixopotalogik  sabablarga  ko’ra  irodaning  bo’shashishi, 

kuchsizlanishi  yoki  to’liq  yo’qolishidan  iborat xolat.  Abuliya  xolatida kishi  eng 

oddiy harakatlarni ham bajara olmay qolishi mumkin. 

Аdаptiv  –  ахbоrоtlаrni  vа  ulаrdаn  fоydаlаnish  jаrаyonini  o‘rgаnish  hаmdа 

o‘rgаtish  uchun  qulаylаshtirish  vа  mоslаshtirish  аsоsidа  kutilgаn  nаtijаgа 

erishish. 

Adaptatsiya  -  sezgi  organlarining  ta’surot  kuchiga  moslashuvi  natijasida 

muayyan  sezgirlikning  o’zgarishi.Hayotning  turli  sharoitlariga  shaxsning 

moslashuvi ham tushuniladi. 

Adaptatsiya 

darajasi 

fonomeni-qo’zg’ovchilarning 

aniq  darajasiga 

moslashish  oqibatda  aynan  shu  darajada  sodir  bo’ladigan  o’zgarishlarga  javob 

berish hamda diqqatni qaratish 



Affekt(lotincha  affectus  –  ruhiyhayajonlanish,  qiziqish)  qisqa  muddatda  va 

shiddat bilan sodir bo‘ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat 



 

ustidan  nazoratning  susayishi  tufayli  ro‘y  beradigan  kuchli  his-tuyg‘u 



(g‘azablanish,  qo‘rqish,  nafratlanish,  shodlanish).  Mutaxassislar  normal  va 

patologik  affektlar  borligini,  shuningdek,  affektiv  reaksiyalarga  ozroq  yoki 

ko‘proq  moyil  bo‘ladigan  shaxslar  ham  bo‘lishini  ta’kidlashadi.  O‘zida  affektiv 

reaksiyaga  nisbatan  hislarga  erk  bermaslik  insondagi  normal  psixik  holat 

hisoblanadi.  Affektlar  ta’siriga  beriluvchi  kishilar  odatda  olomon  orasida 

sarosimalik uyg‘otishga moyil bo‘ladilar. 



Affekt  holati  -  tez  va  kuchli  paydo  bo’lib,  shiddat  bilan  o’tadigan  qisqa 

muddatli emotsional xolat (qurqinch, daxshat, quvonch).  



Affektiv komponent-ustanovka ob’ektiga nisbatan su’bekt xis qiladigan real 

xissiyotlar.



  

 

                   

Afferent  nervlar  (asablar)  -  (lotincha  afferens  -  olib  keluvchi)  -  refleks 

jarayonida  retseptorlarda  hosil  bo‘lgan  qo‘zg‘alishni  tegishli  markazga  eltuvchi 

asablar. 

Afaziya - (yunon. a-inkor  yuklamasi, hasia-nutq) - bosh miya qobig‘ining 

ayrim  qismlari  zararlanishi  natijasida  nutqning  izdan  chiqishidan  iborat 

psixopotologik nuqson. 

Afoniya-Tovushning vaqtincha funksional buzilish xolati. 

         Aferentatsiya  -  (lot.  afferens  (afferentis)  -  keltiruvchi)  -  tashqi  va  ichki 

qo‘zg‘atuvchilar orqali sezgi a’zolariga ta’sir etish asosida paydo bo‘lgan nerv 

tizimiga kelib turish jarayoni. 

         Afsus-nadomat - shaxsiy aybni bilish, o‘zining o‘tmishi, hozirgi kundagi 

kamchiliklariga salbiy munosabat bildirish. 



Agressiya-kimgadir  zarar  yetkazish  uchun  yo’naltirilgan  jismoniy  yoki 

verbal  xulq.  labaratoriya  eksperimentlarida  agressiya  deganda  xisstyotga  ta’sir 

qilish  uchun  elektor  toki  bilan  zarba  berish  yoki  so’z  bilan  nafsoniyatga  tegish 

tushuniladi.  Agressiyaning  bunday  ijtimoiy-  psixologik  ta’rifiga  ko’ra,odam 

agressiv bo’lmagan holda qaysar bo’lishi mumkin. 

Aglyutinatsiya-xotira  tasavvurlarini  bir-biriga  qo’shib  yoki  ulardan 

foydalanib,  yangi  narsa  va  xodisalarning  obrazlari  yaratishdan  iborat  xayol 

faoliyati. 


 



Agoniya - organizmning o’lim oldidan yoki xayot bilan o’lim o’rtasida ro’y 

beradigan psixopatologik xolat 

Agrafobiya  -  shaxsning  gavjum  maydonlardan,  shox  ko’chalardan  o’tishga 

qo’rqish xolati. 



Agrafiya-  Yozma  nutqning  yomonlasuvi(Shizofreniya  bilan  og’rigan 

bemorlarda uchraydi.)  



Agroziya  -  idrokning  buzilishi  A.miyaning  ma’lum  bir  jarohatlanishida  sodir 

bo‘ladi. (ko‘rish A. si, eshitish A.si tuyush A. si.) 



Agitatsiya-(lot.”agitatio”)  so’zidan  olingan  bo’lib;”Harakatga    keltirish,Fikr-

mulohaza va g’oyalar orqali  auditoriya ongiga ta’sir etish.  



Argumentatsiya- Dalil keltirish,asoslash, isbotlash. 

Ahloq  - ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan 

hulq  –  atvori,  yurish  –  turish,  ijtimoiy  va  shaxsiy  xayotga  o‘zaro,  shuningdek 

jamiyatga  bo‘lgan  munosabatlarini  tartibga  solib  turuvchi  barqaror  muayyan 

norma va qoidalar yig‘indisi. 



Akalkuliya  -  (yunon  inkor  yuklamasi,  calculati’  -  hisob,  hisoblash)-bosh 

miya  po‘stloq  qismi  turli  sohalarining  jarohatlanishi  natijasida  hisoblash 

faoliyatining izdan chiqishi yoki butunlay yo‘qolishi. 

Akmelogiya - cho’qqi takomil, nimaningdir yuqori bosqichi. 

Akkomadatsiya-ko’z  gavhari  shaklining  o’zgarishi  natijasida  ko’zning  turli 

masofasidagi predmetlarni normal idrok qilishga moslashuvi. 



Aksyedyental qobiliyatlar - (lot. aksedenti’ - tutib olish) - odamning xavf-

xatarsiz,  saramjon-sarishta  faoliyatda  bo‘lish  qobiliyati.  A.k.ning  yoshlarning 

kasb tanlashi va kasbga yo‘llashdagi amaliy ahamiyati katta. 

Aktsentlash  -  (yunon.  accentys  -  urg‘u)  -  narsalarning  ayrim  qismilarini  boshqa 

qismlariga  nisbatan  haddan  tashqari  kichraytirish  yoki  kattalashtirish  asosida 

yangi obrazlarni yaratishdan iborat hayol faoliyati.  

 

AKT

-  (lotin  actus  –  hulq,  xatti  -  harakat)  –  psixologiyada  akt  deganda 

organizmning turli tuman xarakterlari tushuniladi. (Masalan: Sensor akt). 


 

 



AKULPTOR

  –  ta’sir  –  markaziy    asab  tizimining  har  qanday  ta’sirida  va  uning 

boshqarishida  ishtirok  etishga  kirishadi.  Termin  P.K.  Anoxin  tomonidan 

kiritilgan. 

Alaxlash  -  psixik  qo‘zg‘alishning  ko‘rsatkichi  bo‘lib,  noto‘g‘ri  xulosa, 

fikr, qarashlarni tashkil etadi; uni tuzatib bo‘lmaydi. 



Aleksiya-o’qish  qobilyatining  buzilishi  yoki  butunlay  yo’qolishidan  iborat 

psixopatologik nuqson. 



Alturizm - boshqalarga xolisona g’amho’rlik  qilish  o’z manfaatlaridan voz 

kechib, kishilarga yaxshilik qilish. 



Alter Ego-do’st, ya’ni insoning ikkinchi «men»i hisoblanadi.

  

 

Alfa-  ritm-miyaning  elektr  faolligini,  ya’ni  sekundiga  10  marta  tebranishini 

o‘lchash va uni miyaning orqa qismida hisobga olish. 

Amaliy  psixologiya–  ijtimoiy  amaliyotning  turli  sohalaridagi  amaliy 

vazifalarni  hal  qilishda  foydalaniladigan  amaliy  bilimlar  va  texnologiyalar 

majmuasidir.  Amaliy  psixologiyaning  muhim  xususiyati  shundaki,  u  yoki  bu 

vazifalar  ularning  manfaatlari  uchun  hal  etilayotgan  iste’molchi  yoki 

buyurtmachini hamisha ko‘rsatish mumkin. 

       Amaliy  tafakkur  -  ko‘pincha  vaqt  tanqisligi  sharoitida 

yuzaga  keladigan  va  xatti-harakatlarni  maqsadini  aniqlash;  reja, 

loyihalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq. 

 

Ambivalentlik  holati  -  (lot.  har  tomonlama  kuchga  ega).  Kishida  bir 

ob’ektni  o‘ziga  nisbatan  bir  vaqtning  o‘zida  paydo  bo‘ladigan  bir-biriga 

ifodalanishi). 

Amneziya-  xotira  faoliyatining  qisman  buzilishi  yoki  to’liq  yo’qolishidan 

iborat ruhiy nuqson. 



Amoralizm- Axloqni inkor qilib, haqiqiy Axloqiy prinsiplardan bosh tortib, 

odamovilikni oqlovchi va targ’ib qiluvchi xolat. 



Analiz- fikran narsa va xodisalarga talluqli sifat va xususiyatlarni alohida 

 

qilib ajratish, taxlil qilish. 



 

          Anologik  xulosa chiqarishbir narsa yoki hodisa haqida ularning boshqa 

narsa  va  hodisalarga o‘xshash belgilariga asoslanib,  yangi xukm  hosil qilishdan 

iborat  xulosa  chikarish  turi.  Masalan,  "O‘tgan  yili  noyabr  oyida  ko‘p  yomg‘ir 

yoqkan".  Noyabr  boshlandi,  demak,  "Yog‘ingarchilik  bo‘ladi".  Analogik  xulosa 

chiqarish  chin  bo‘lishi  xam  mumkin,  yelg‘on  bo‘lishi  xam  mumkin.  Shuning 

uchun  bu  yo‘l  bilan  chiqarilgan  xulosa  ko‘pincha  taxminiy  xarakterga  ega 

bo‘ladi;  noyabr oyida yog‘ingarchilik bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. 

 

Analizator  -  tashqi  va  ichki  muxitdan keladigan  ta’sirlarni  qabul  qilib  olib, 

fiziologik  jarayon  bo’lgan  qo’zg’alishni  psixik  jarayonga,  ya’ni  sezgilarga 

aylantiruvchi nerv mexanizmlari sistemasi. 



Analitik  psixologiya  -  psixologiyadagi  oqim,  unga  1913  yili  K.G.  Yung 

asos  solgan  u  psixikani  idealistik  talqin  etib,  ong  bilan  g‘ayrishuuriylikning 

o‘zaro  kompensatsiyasiga  asoslangan  o‘z-o‘zini  boshqaruvchi  sistema  deb 

qaraydi;  shunga  ko‘ra  ong  va  g‘ayrishuuriylik  integratsiyasi  shaxsning  bir 

butunlikka  erishishi  individuallashish  yo‘lidir.  A.p.  psixopatologiya  va 

psixoterapiya, shuningdek, falsafa, antropologiya, madaniyat tarixi, etnologiya, 

mifologiya va b. fanlar bilan bog‘liq va ularga tahsir ko‘rsatgan. 

Analizatorlarning  o‘zaro  ta’siri  -  odamdagi  sezgilar  sohasi  birligining 

namoyon  bo‘lishi.  A.o‘.t.  tufayli  inson  tashqi  olamni  to‘liq  aks  ettiradi.Mas., 

odam ob’ektining o‘zidan uzoqlashishini ko‘radi. Proprioretseptif analizatorlar 

orqali borliqdagi narsa va hodisalarni bilib oladi. 



Anal  bosqich-psixoseksual  taraqqiyotning  ikkinchi  bosqichi  bo’lib  unda 

bola ichaklari faoliyatini nazorat qilish va lazzatlanish axlatni tutib turish va o’z 

vaqtida chiqarishga jamlaydi. 

Anal xarakter-Freydning anal bosqich taraqqiyotida tutilib qolgan shaxs tipi 

haqidagi konsepsiyasi bunday xarakterga ega bo’lgan odam baxil qaysar hamma 

narsani g’amlovchi yoki qahrili tartibsiz va shavqatsiz bo’ladi. 

An’ana  -  avloddan-avlodga  o‘tib  boradigan  va  muayyan  jamiyat,  sinf, 


 

ijtimoiy  guruhlar  ichida  uzoq  vaqt  saqlanadigan  ijtimoiy  va  madaniy  meros 



elementlari. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq normalari, qadr-qimmatlar, 

g‘oyalar, urf- odatlar, marosimlar va shu kabi A. sifatida namoyon bo‘ladi. Har 

qanday jamiyatda va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muayyan A.lar bor. 

Antitsipatsiya - (lot. anticiati’ - oldindan bilish, payqash) - odamning hodisalar 

rivoji, xatti-harakat natijalarini oldindan ko‘ra olish qobiliyati. 



Anenergiya-  kishidagi  faol  harakat  qilish  qobilyatining  buzilishi  yoki 

butunlay  yo’qolishidan  iborat  psixopatologik  xolat  qisman  yoki  to’liq 

xolsizlanish. 

 

 



Antropomorfizm-  (yunon.  antropos  -  odam,  ko‘rinishi,  shakl)  - 

antropomorfizm,  hayvonot,  o‘simlik  va  (stixiyalar)  ishonchsiz  tabiat  olamidagi 

hodisalar  go‘yoki  tafakkur,  hissiyot  hamda  iroda  singari  insoniy  xususiyatlarga 

egadir  degan  g‘oyaning  paydo  bo‘lishiga  asos  bo‘lgan,  fangacha  xukm  surgan 

tasavvur, inson siymosini ilohiylashtiruvchi diniy tasavvur, 

 

Anesteziya

nerv 

sistemasining 



kasalanishi 

sababli 


sezgirlikning 

yo’qolishidan iborat psixopatologik nuqson. 



Anglash– psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko‘chirishdan 

iboart  psixik  jarayoni  bo‘lib,  bu  mazmunni  boshqa  kishilarga  yetkazib  berish 

imkonini beradi. Anglamoq o‘ziga xabar bermoq, o‘z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, 

qiziqishi  va  b.  to‘g‘risida  o‘ziga  tushuntirish  demakdir.  Anglash  demak 

nimadirto‘g‘risida o‘z-o‘ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki bu vaziyat, 

kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir. 



Anketa  –  metodlardan  biri  bo‘lib,  respondent  to‘g‘risida  aniq  ko‘zlangan 

ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida qo‘llaniladi. 



Anomaliya  -  anatomik,  fiziologik  va  psixik  jixatdan  normal  usmasligidan 

iborat patopsixologik nuqson. 



Antipatiya-  biror  narsaga  yoki  kimsaga  nisbatan  bo’lgan  samimiy 

munosabstdan kelib chiqadigan va uni ifodalaydigan yoqimsiz xissiyot. 



Antropofobiya - insonning ko’pchilik davrasidan, xaloyikdan qo’rqishi 

 



Antreograd  amneziya  -  bu  bemorning  xushsizlik  xolatidan  keyingi  yoki 

biror ruhiy buzilishlardan keyingi xolatlarni eslay olmaslik. 

Anteroretrograd  amneziya-bu  faqat  xushsizlik  holati  yoki  kasallik 

boshlanayotgan paytdagi voqealarnigina emas, balki bu xolatdan keyingi voqealar 

ham xotirada qolmaslik xolati.

  

 

Animizim-  (lotincha  ashta  -  jon)  -  ibtidoiy  odamlarning  atrofdagi  narsa  va 

hodisalar  haqidagi  fan  tarakqiy  etguncha  bo‘lgan  tasavvurlari.  Animistik 

tasavvurlarga  ko‘ra  xar  bir  narsaning  o‘z  ruhi,  o‘z  joni  bor,  tabiat  kuchlari  va 

hodisalarini jonlantirishdan iborat diniy e’tiqod. Animizm O‘rta Osiyo xalklarida, 

ayniksa,  o‘zbek,  tojik,  qirg‘iz  dindorlarida  "pir"  ma’nosida  ishlatiladi.  Shunga 

ko‘ra har bir narsaning o‘z "piri" bo‘lgan. 

 

Apatiya-  (  yunoncha.  Apatheiya-  xissiyotsizlik)  -  shaxsning  atrofdagi  narsa 

va xodisalariga, qiziqishlarsiz  befarq munosabatan iborat psixopatologik xolat. 



Apersepsiya-idrok  jarayonining  shaxsning  avvalgi  bilim  va  tajribalariga, 

qiziqish,  extiyoj  va  odatlari,  umuman  psixik  xayotining  barcha  mazmunini 

belgilanish xodisasi. 

Aqliy xatti-harakatlar - tashqi muhit va nutqqa suyangan holda idrokning 

ichki rejalarida bajariladigan xatti-harakat. 



Aql  -  farosat-borliqdagi  narsa  va  hodisalarni  yordamchivositalarini  qo’llash 

orqali bilish usuli. 



Aqliy  harakatlar-  shaxsning  ongli  tarzda,  ichki  psixologik  mexanizmlar 

vositasida amalga oshiriladigan turli-tuman harakatlardir. 



Asab  tizimi  -  hayvon  va  odam  organizmining  barcha  funktsiyalarini  o‘zaro 

hamda  tashqi  muhit  bilan  to‘g‘rilab,  uyg‘unlashtirib  turuvchi  a’zolar  tizimi.  U 

organzmning ichki muhitida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va tashqi muhit ta’sirida 

qo‘zg‘alib, turli ahzolarga ta’sir etgan holda ularning faoliyatini kuchaytirib yoki 

susaytirib turadi. 

Assosatsiya-ongimizda  paydo  bo’lgan  muayyan  tasavvurlar  o’xshashlik, 

yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga ko’ra, sho’nga bog’liq bo’lgan boshqa 

tasavvurlarni xosil qiladi.

  

 

Astenik hislarkishining faoliyatini, g‘ayrat shijoatini susaytiradigan salbiy 

hislar.  Astenik  hislar  ko‘pincha  kishi  umidsizlanganda,  ruhiy  tushkunlikka 



 

10 


uchragan paytlarda ro‘y beradi. 

Aspekt- voqea-xodisalarga ma’lum nuqtai nazardan qarash. 

Attraksiya-bu bir insonning boshqa bir inson munosabati asosida   yoqish va 

yoqtirishni, o’zaro tushuntiruvchi emotsional xisdir. 



Attityud  –(o’zbekcha  “yaroqlilik”,  “moslik”)Individtomonidan  ijtimoiy 

obektning  qimmatini,mazmun  mohiyatini,ma’nosini  psixologik  his  qilish  yoki 

ma’lum bir ijtimoiy qimmatlikka nisbatan individagi ong holatini bildiradi. 

Aviatsiya  psixologiyasi  -  (lot.  avis  -  qush  -  yunon  rsyche  -  ruh  logos  - 

tushuncha,  ta’limot)-psixologiya  tarmog‘i  bo‘lib,  uchuvchilar  shaxsi  va  turli 

uchish faoliyatining psixik xususiyatlarini o‘rganadi.

 

Avtonom nutq - (yunon. aut’s -o‘zi - n’m’s - qonun) - bolaning o‘z nutqi, 

ko‘p  ma’no  va  noaniq  so‘zlar  bilan  xarakterlanadigan  ichki  nutq,  bunday  turli 

narsalarning  bir-biri  bilan  beqaror  va  uzviy  bog‘liqligi  tufayli  so‘zlarini 

ma’nosi 

Avtomatizm-ongning  bevosita  ishtirokisiz  bajariladigan,  xatti-harakatlar 

sistemasi avtomatizmga organizmning eng oddiy reflektor harakatlaridan tortib, to 

yuksak  aqliy  harakatlargacha    bo’lgan  xatti-harakatlarni  qamrab  oladi.  Masalan; 

tramvayda ust boshiniyechadi va kiyadi,botinkasini iplarini echadi va bog’laydi. 



Avtoritarizm - (lot. auct’ritas - hokimiyat ta’sir) - buyruq asosidagi talabalarga 

o‘ylamasdan ko‘r-ko‘rona bo‘ysunush. Uni avtoritet so‘zi bilan adashtirmaslik 

kerak. 

Avtoritet-obro’,  shaxsdagi  ko’pchilik  tomonidan  e’tirof    qilingan  fazilat, 

qadr-qiymat, atrofdagi boshqa kishilarga nisbatan ta’sirli, nufo’zli shaxs. 



Avtoritar  lider-bunday  lider  doimo  o’z  irodasiga  ko’pchilikni  buysundira 

oladi.  Barcha  ma’suliyatli  qarorlar  fakat  u  tomonidan  qabul  qilinadi  va  uning 

bajarilishini o’zi shaxsan nazorat qiladi, kerak bulsa, xodimlarini kattik jazolaydi. 

Avtomatlashtirish  –  (yunon.  Aut’mat’s  –  o‘z-o‘zidansodir  bo‘ladigan)  – 

mashq qilish orqali turli  malakalarni shakllantirish jarayoni.  



 

11 


Avtoritarizm    –(lot.    auct’ritas    –hokimiyat    ta’sir)    –    buyruq    asosidagi 

talabalarga  o‘ylamasdan  ko‘r-ko‘rona  bo‘ysunush.  Uni  avtoritet  so‘zi  bilan 

adashtirmaslik kerak. 

Axloqiy  barqarorlik-har  qanday  sharoitda  ham  axloqiy  normalariga  qat’iy 

rioya qilishdan iborat oliyjanob xarakter xislati. 



Amenitiv  holat-  Es-hushini  amenitiv  tarzda  buzilishi  bunda  bemorlar 

atrofdagi vaziyatni tamomila  anglamaydi  va o’zini kimligini bilmay  qoladi.Ular 

atrofdagi hodisalar bilan narsalar o’rtasidagi bog’lanishlarni tusunmaydi. 

Axloqsizlik-  muayyan  jamiyatdagi  axloqsizlik,  axloq  normalari  va 

prinsplariga  zid  xukm  yuritish,  hamda  xatti-harakatlar  qilishdan  iborat  salbiy, 

xarakter xislati. 

Axloqiy  xavotir-Individumning  egosi  (meni)  super-ego  (yuqori  men) 

tomonidan jazolanish xavfi tug’liganda u xis qiladigan uyat va aybdorlik xissi. 



Autizm-real  borliqdan  o’zilgan  xolda  xech  kim  bilan  muloqat  kilmasdan, 

o’zining ruxiy kechinmalariga berilib ketish xolati. 



Audivizual  idrok-  (ing.  Audi’  -  eshitmoq,  vision  -  ko‘rmoq)  bir  vaqtning 

o‘zida ham eshitib, ham ko‘rib idrok qilish. 



Autogen  mashq  -  (yunon.  aut’s  -  o‘zim,  denos  -  kelib  chiqaman)  -  o‘z- 

o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini idora qilish asoslangan psixoterapevtik usul. 



Autsaydyer - (Ingl. Autsider - begona) ijtimoiy psixologiya atamasi bo‘lib, 

psixologik sig‘isha olmaganligi tufayli guruh tomonidan inkor etilgan a’zo. 



Aynanlik,  o‘xshashlik  -  ikkita  buyum  yoki  hodisaning  bir-biriga 

o‘xshashligi. 

Bilimim bilan shu joyga yetib keldimkim,  

bilimsizligimni endi tushundim.  

Abu Shukur Balxiy

 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling