O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakul`teti pedagogika va psixologiya yo'nalishi Pedagogik konfliktologiyafanidan mustaqil ishi mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni


Download 49.16 Kb.
bet1/12
Sana22.04.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1380789
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKUL`TETI


Pedagogika va psixologiya yo'nalishi


Pedagogik konfliktologiyafanidan


MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni

Bajardi: Sadullayev B.


Reja:
1. Tana zaboni tushunchasi va uning tarkibiy qismlari.
2. Mimik, pantomimik harakatlari tizimida o’z hissiy holatini boshqara olish
3. Pedagogik konflikt va ularni bartaraf etishda ajdodlarimizning madaniy- ma’naviy merosi


Adabiyotlar

1.Tana zaboni tushunchasi va uning tarkibiy qismlari.
Inson kundalik hayotida juda katta informatsiya ichida yashaydi, katta informatsion oqimni qabul qiladi va xuddi shunday katta informatsion ma’lumotlarni atrofga tarqatadi ham Informatsiyalarni tarqatishda faqat uning tili, zaboni, aytgan gaplari, ishlari, yozgan kitoblari ishtirok etmaydi. Faqat mana shulargina ahamiyat kasb etmaydi. Balki informatsion ma’lumotlarni tarqatishda odam tanasining ma’lum xatti-harakatlari, ya’ni mimikasi, kiyinishi, ko‘l harakatlari, qosh ko‘zi, ovozi, ko‘z qarashlari, nigoxi, kulgusi ham ishtirok etib, ular muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, agar sizga uzoqdagi tanishingiz “Bu yoqqa kel!” deb baqirib, ammo ko‘l harakatlarini teskari tomon “ket!” shaklida qilsa, siz nima qilishni bilmay, esankirab qolasiz. CHunki “kel” axborotiga doir ko‘l harakatlari bilan, “ket” axborotiga doir qo‘l harakatlari boshqa-boshqadir, ular qarama-qarshidir. Yq’ni, “kel” bilan “ket” ma’lumotini o‘zida jamlagan qo‘l harakatlari ma’lum bir informatsiyani ifoda etadi. Demak, bizning boshqa odamlar bilan bo‘ladigan tabiiy muloqotimizda ularda jamlangan ma’lumotlar bilan birgalikda til, tana harakatlari, mimika, ovoz ham faol ishtirok etadi. Bizning uzatmoqchi bo‘lgan axborotimizga mutanosib ravishda mazkur tana harakatlarini biz beixtiyor tarzda instinktiv ishlatamiz. Ularga ko‘p e’tibor qaratmaymiz. Ammo bizning suhbatdosh, ba’zan xuddi ana shu tana harakatlari orqali siz to‘g‘ringizdagi eng “ochiq” aytilgan va haqiqiy bo‘lgan axborotni qabul qiladi hamda o‘z xulosalarini chiqaradi.
SHu bois, siz birovdan hafa bo‘lsangiz, o‘z nutqingizda hurmatli so‘zlarni aytayotgan bo‘lsangiz ham, boshqa inson ko‘pincha vaziyat samimiy emasligi, orada nimadir bo‘lganligini sizning tana harakatlaringiz (“sovuq” ovozingiz, ko‘z qarashlaringiz, “qo‘l” uchida so‘rashishingiz) orqali bilib, sezib turadi. Siz qarshingizda turgan odam tomonidan o‘zingizning ichki hissiyotlaringiz aynan va bevosita anglanishini istamaysiz, chunki aynan mana shu daqiqalarda siz mazkur odamga nisbatan yomon hissiyotlar ichida yashamoqdasiz. Biroq, siz o‘z hissiyotlaringizni yashirishingiz lozim. Ammo tana harakatlaringiz ongingiz to‘rida bo‘lgan sizning munosabatingizni o‘z tana zaboni orqali bilintirib qo‘yadi. CHunki informatsiya faqat so‘z orqaligigina emas, balki tana harakatlari orqali ham uzatiladi.Demak, tana zaboni axborot ulashish va tarqatishda faol ishtirok etadi. Informatsiyani uzatishda biz ko‘pincha e’tibor bermaydigan xuddi ana shu noan’anaviy usul - “tana zaboni” hisoblanadi.
SHunday qilib, tana zaboni nima? Tana zaboni ilmiy, aniq, lo‘nda tushuncha bo‘lmay, balki tanamiz harakati oqibatida berilayotgan, o‘zatilayotgan signallar majmuidan iborat, biz bu signallarni ataylab, yoki o‘zimiz bilmagan holda atrofdagilarga ma’lum qilamiz.

Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling