O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti “neft va gaz kimyosi yo’nalishi ”


Download 133.53 Kb.
bet1/9
Sana20.10.2023
Hajmi133.53 Kb.
#1713703
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI KIMYO FAKULTETI “NEFT VA GAZ KIMYOSI YO’NALISHI ”
3 -KURS TALABASI SAIDALIYEV SARDORNING MOTOR YOQILG’ILAR KIMYOSI FANIDAN

Mavzu: Suniy moylar . Suniy moylarning olinish usuli. Suniy moylarni mohiyati va qo’llanishi.


MUNDARIJA:
Kirish
Asosiy qism…………………………………………..3
I bob.
1.1 Moylar haqida tushuncha………………………5
1.2. Moylarning asosiy xossalari……………………15
II.BOB
2.1 Suniy moylar………………………………….....17
2.2. Suniy moylarning olinish usuli………………..18
2.3. Suniy moylarni mohiyati va qo’llanishi………20
III.BOB. Xulosa…………………………………….26
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………27


Kirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan qabul
qilingan «Xalq xo’jaligidagi ishlab chiqarishni zamonaviy texnikalar bilan
ta’minlash dasturi»ga binoan Vatanimiz ishlab chiqarish tarmoqlarini 
zamonaviy chet el va o’zimizda ishlab chiqarilgan raqobatbardosh mahsulotlar va texnikalar bilan ta’minlash lozim. 
Xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, sanoat korxonalarini barchasini 
ta’minlash borasida yoqilg’i energetikasi kompleksining hissasi beqiyosdir. 
Yoqilg’i energetika kompleksining asosini neft va gazni qayta ishlash 
sanoati tashkil etadi. Xalq ho’jaligi tarmoqlarida mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilgan neft mahsuloti bo’lgan moylari eng ko’p ishlatadi. Ular motor moyi, transmission, plastik moylar, industrial, turbina va hokazo moylar kiradi. XXI asrni dvigatellar asri deb bejiz atashmadi. Haqiqatda,
zamonaviy hayotni transport vositalarisiz, kombaynlarsiz, traktorsiz va
boshqa texnikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu texnikalar yuragi esa dvigateldir
Ishlab chiqariladigan surkov materiallari mashina va mexanizmlarning 
ekspluatastiya xususiyatlarini yaxshilab, ularni ishlash samaradorligini,
ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’inlaydi, eng asosiysi yoqilg’i-energiya resurslaridan oqilona foydalanib, yonilg’i hamda energetik resurslarni tejash imkonini beradi. 
“Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi” fani yo’nalishdagi asosiy
mutaxasislik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni o’qitishdan
maqsad respublikada surkov moy va texnologik suyuqliklar ishlab
chiqarish va ulardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanishni amalga
oshirishdir. Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi fanini o’rganishda moylash materiallari va texnologik suyuqliklarni sifatiga, ekspluatastion xossalariga asosiy ahamiyat beriladi. 
“Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi” fanida neft va uni qayta 
ishlash usullari, neftdan olinadigan moylar, moylarni adsorbstiya usuli
bilan tozalash, neft moylari uchun qo’ndirmalar (prisadkalar), neft
mahsulotlarini sifatini yaxshilashdagi qo’ndirmalarni ishlab chiqarish va
 qo’llash, tovar moylarini tayyorlash. Avtomobillarda ishlatiladigan moylash materiallari, plastik surkov moylari va ularning kolloid strukturasi haqida
qisqacha ma’lumotlar, ichki yonuv dvigatellari uchun moylar, avtomobillar
da ishlatiladigan plastik surkov moylari, maxsus suyuqliklar, yurgazib yuborish suyuqliklari. Sovitish suyuqliklari. Tormoz va amartizator suyuqliklari, neft mahsulotlari sarfini kamaytirish va tejash yo’llari bilan tanishib chuqur 
 bilimga ega bo’ladilar.
Ushbu ma’ruzalar matnining asosiy maqsadi texnikada, transport 
vositalarida, texnologik jarayonlarda qo’llanilayotgan surkov moylarini 
 ishlab chiqarish jarayonlari, ularning turlari, markalari, ekspluatastion xossalarini baholay olishga, foydalanilayotgan surkov materiallari sifati bilan transport
vositasining ish qobiliyati orasidagi bog’liqlikni aniq tushunishga, neft va neft 
mahsulotlarini tejab oqilona sarflanishining asosiy prinstiplarini bilishga 
o’rganishdan iborat. Oʻzbekistonda foydalaniladigan Oʻsimlik moylarining 80% paxta moyiga, qolganlari esa soya, kungaboqar, masxar, kunjut va boshqalar oʻsimliklar moyiga toʻgʻri keladi. Oʻsimlik moylari muhim oziq-ovqat mahsuloti, ulardan konservalar, konditer mahsulotlari, margarin tayyorlashda foydalaniladi. Texnikada Oʻsimlik moylarii sovun, alifmoy, lok, glitserin, yogʻ kislotalari va boshqalar mahsulotlar olishda ishlatiladi. Tibbiyot va farmakologiyada suyuq Oʻsimlik moylari (bodom, kanakunjut moyi) dan moy emulsiyalari tayyorlanadi. Ayrim Oʻsimlik moylari (zaytun, zigʻir, bodom moyi) har xil surtmalar va linimentlar asosini tashkil etadi. Koʻpchilik Oʻsimlik moylari kosmetik vositalar tarkibiga ham qoʻshiladi.
Moylar — moyli xom ashyolardan ajratib olinadigan mahsulot, oʻsimlik yogʻlari "moylar" deb ataladi. Moylar, asosan, yuqori molekulali yogʻ kislotalarining uch atomli spirtlar (glitserin) bilan hosil qilgan murakkab efirlari — triglitseridlardan (95—97%) tashkil topgan. Triglitseridlar — rangsiz, hidsiz va taʼmsiz moddalar. Oʻsimlik moylari tarkibiga oz miqdorda fosfolipidlar, karotinoidlar, mumlar, vitaminlar, erkin yogʻ kislotalari ham kiradi. Oʻsimlik moylarining hidi, taʼmi, rangti ana shu moddalarga bogʻliq. Oʻsimlik moylariga bodom, yer yongʻoq, zigʻir, zaytun, indov (raps), kanakunjut, kakao, kashnich, kanop, kedr, kokos, kunjut, koʻknor, kungaboqar, lavr, makkajoʻxori, masxar, nasha, olcha, olxoʻri, palma, pomidor, gʻoʻza, pista, soya, toʻng, tarvuz, tamaki, uzum, oʻrik, sholi, shaftoli, xantal (gorchitsa), qovun, qoraqayin, qovoq va boshqalar oʻsimliklar moylari kiradi. Moylar oʻsimliklarning hamma qismida uchraydi, lekin vegetativ organlarda meva va urugʻlarga nisbatan birmuncha kam boʻladi. Oʻsimliklar urugʻi tarkibidagi moy miqdori Oʻsimliklar Moy miqdori, %Yer yongʻoq 40,260,7 Kanakunjut 45,158,5 Kunjut 46,261,0 Zigʻir 36,849,5 Yongʻoq 60,074,0 Indov 38,049,5 Chigit 17,228,3 Kungaboqar 23,545,0 Soya 14,025,0 Masxar 25,037,0 Oʻ.m.ning xossasi, asosan, glitserin bilan efir bogʻlarini hosil qiluvchi yogʻ kislotalar tabiatiga koʻra aniqlanadi. Moylar tarkibida uchraydigan yogʻ kislotalar toʻyingan va toʻyinmagan boʻladi. Odatda, toʻyinmagan yogʻ kislotalar bir, ikki va uch qoʻshbogʻli, bir asosli, shoxlanmagan va juft sonli karbon atomlariga (koʻpincha S|6va S|8) ega boʻlgan yogʻ kislotalardan iborat. Bundan tashqari, Oʻsimlik moylarida oz miqdorda toq sonli karbon atomga ega (S]5dan S23gacha) boʻlgan yogʻ kislotalar ham uchraydi. Oʻsimlik moylarining quyuqligi va qotish darajasi ulardagi toʻyinmagan yogʻ kislotalar miqdoriga bogʻliq. Toʻyinmagan yogʻ kislotalar koʻp boʻlmagan Oʻsimlik moylari suyuq, qotish temperaturasi 0° dan past. Palma moyi qattiq Oʻsimlik moylariga misol boʻladi. Oʻsimlik moylarining fizik va kimyoviy xossalari ularning yod, kislota va sovunlanish sonlari bilan ifodalanadi. Yod soni moy tarkibidagi yogʻ kislotalarining toʻyinmaslik darajasini belgilaydi. Yod soni qancha katta boʻlsa, moy shuncha suyuq boʻladi. Odatda, suyuq moylarni oziq sifatida isteʼmol qilib boʻlmaydi; ulardan turli boʻyoqlar, lok, alifmoy tayyorlashda va boshqalar texnik maqsadlarda foydalaniladi.
Koʻpgina Oʻsimlik moylari havoda oksidlanib, yupqa parda hosil qiladi ("quriydi"). Yod soni 85 dan kichik boʻlgan moylar qurimaydigan, 130 dan yuqori boʻlgan moylar yaxshi quriydigan moylar hisoblanadi. Kislota soni moylar tarkibidagi erkin yogʻ kislotalari miqdorini ifodalaydi. Bu son yogʻning sifatini belgilaydi. Odatda, Oʻsimlik moylari tarkibida juda oz erkin yogʻ kislotalar uchraydi, binobarin ularning kislota soni ham kichik boʻladi. Uzoq muddat saqlangan yoki xom urugʻlardan tayyorlangan moylarda erkin yogʻ kislotalar miqdori yuqori, ularning kislota soni ham katta boʻladi. Oʻsimlik moylari uzoq muddat saqlanganida namlik, havo, yorugʻlik va boshqalar taʼsirida hosil boʻladigan aldegidlar, ketonlar va baʼzi bir yogʻ kislotalari ularga qoʻlansa hid va taxir taʼm beradi. Toʻyinmagan yogʻ kislotalardagi qoʻshbogʻlarga vodorod atomini biriktirish yoʻli bilan suyuq Oʻsimlik moylari qattiq moylarga aylantiriladi (qarang Gidrogenlash). Bunday reaksiyalardan margarin tayyorlashda foydalaniladi.
Oʻsimlik moylarining biologik qiymati ular tarkibida koʻp miqdora uchraydigan toʻyinmagan yogʻ kislotalari, fosfolipidlar va tokoferollar bilan aniklanadi. Fosfolipidlar soya (3000 mg%), paxta (2500 mg%), kungaboqar (1400 mg%) moylarida, tokoferollar makkajoʻxori moyida (100 mg%) koʻp boʻladi. Tokoferollarning vitaminlik qiymati ular miqdoriga emas, balki xiliga (mas, makkajoʻxori moyi vitaminlik qiymatining yuqori boʻlishi uning tarkibidagi alfa tokoferolga) bogʻliq.
Oʻsimlik moylari, asosan, siqish (ezish) va ekstratsiya usulida ajratib olinadi. Har ikkala usulning dastlabki bosqichlari urugʻlarni (chigit va pistani) tozalash va magʻizni qobigʻidan ajratish (parchalash)dan iborat. Soʻngra magʻiz maydalanadi (yanchiladi). Yanchilgan magʻiz maxsus qozonlarda aralashtirilib, namlangan holda 100—110° da qizdiriladi. Hosil boʻlgan yanchmani maxsus presslarda siqish (ezish) orqali moy ajratib olinadi. Ular tozalik darajasiga qarab, filtrlangan, rafinatsiya qilinmagan va rafinatsiya qilingan navlarga ajratiladi.
Industrial moylar, sanoat moylari — mashina va mexanizmlarni moylash uchun ishlatiladigan neft mahsulotlari. Qovushoqlik darajasiga koʻra yengil, oʻrta va ogʻir moylarga boʻlinadi. Yengil I. m. (50° da qovushoqligi 5 — 10 yest (1sst = 10 6 m2/sek), qotish temperaturasi ?q=25° gacha) — velosit, texnik vazelin, separator moyi. Toʻqimachilik sanoatidagi yigirish va pishitish ma-shinalari, tikuv mashinalari, metall ishlash stanoklarining shpindellari, nazorat-oʻlchash asboblarini va b.ni moylash uchun ishlatiladi. Oʻrta I. m. (50° da qovushokligi 10—50 yest, qotish temperaturasi ʻq=30°) — urchuq moyi, mashina moyi, telegraf moyi. Oʻrtacha tezlik va nagruzkada ishlaydigan mashina va me-xanizmlar, kichik quvvatli elektr dvi-gatellar va metall ishlash stanoklarining gidrotizimlari shunday moylar bilan moylanadi. Ogʻir I. m. (100° da qovushoqligi 10—30 yest, qotish temperaturasi ancha yuqori) kichik tezliklarda, lekin katta nagruzka bilan ishlaydigan sanoat uskunalari, mas, temirchilik-presslash uskunalari, tishli uzatmalar va b. ni moylash uchun ishlatiladi.
Sanoat moylari, turbina moylari, kompressor moylari, gidravlik moylar, bugʻ oqimli vakuum nasoslarda ish jismi sifatida ishlatiladigan moylar ham I. m. hisoblanadi.Sun’iy moylar.

Download 133.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling