O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni
Download 123.86 Kb. Pdf ko'rish
|
xavfli moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-modda. Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari
- 3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
- 4-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2006-YIL 26- SENTYABRDAGI XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OB’YEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TO’G’RISIDA QONUNI 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. 3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo’lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko’rsatilgan talablarning buzilishidir. 4-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari jumlasiga: 1) quyidagi xavfli moddalar: portlash-yong’in xavfi bo’lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan moddalar; tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko’ra I, II va III xavflilik darajalariga (o’ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o’rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; muayyan turdagi tashqi ta’sir chog’ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o’z-o’zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o’zgaruvchan portlovchi moddalar; inson sog’lig’i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo’lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo’q qilinadigan; 2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan; 3) ko’chmas asosga o’rnatilgan yuk ko’tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo’llar, funikulyorlardan (tog’ temir yo’llaridan) foydalaniladigan; 4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan; 5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish ob’yektlari kiradi. Download 123.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling