Psixika taraqqiyoti


Download 1.47 Mb.
bet1/10
Sana26.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1128844
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Mavzu: PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI

TAYYORLADI: BAXRIDDINOV NURALI

REJA

1) Inson ongining tarixiy taraqqiyoti.

2) Odam ongining yoshga qarab o’sishi

3) Hayvonlar psixikasi

4) Instinklar

  • Hayvonlar psixikasining paydo bo’lishi va o’sib taraqqiy qilinishini yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning, ya'ni faqat insonga xos bo’lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo’ladi. Inson ong egasi bo’lganligi tufayli hodisalaring o’zaro sababiyatlari, bog’lanishlarini va bu bog’lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o’z oldiga muayyan maqsadlar qo’yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko’radi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya'ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog’lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu tufayli ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e'tiboran paydo bo’lgan. Odamning eng avvalgi ota-bobolari to’da-to’da bo’lib yashagan. Mehnat jarayonida insonni jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta'sir etib va uni mehnati bilan o’zlashtirish jarayonida o’zining tabiatini ham o’zgartirib boradi.
  •  

Odamning taraqqiy qilishida mehnatning ro’li Inson ongining taraqqiy qilishida so’zsiz mehnat jarayoni muhim ro’l o’ynadi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o’z ehtiyojlari uchun kerak bo’lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo’lgan yog’och, tosh kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan. Ayni mehnat qurollari tayyorlanishi, qo’ldan turli-tuman ishlarda foydalanishi tufayli odamzod qo’lining panjalari rivojlandi. Odam mehnat qilgan sayin so’zlashni o’rgandi, nutq vujudga keldi, odam tilga kirdi, so’zlashni o’rgana boshladi, so’zlay berish munosabati bilan, nutq ila qilinadigan muomalada til taraqqiy eta bordi va mehnat bilan bir qatorda, odam bosh miyasi va ongining yanada o’zgarishi, takomillashuvi uchun asosiy faktor bo’lib qoldi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling