Punktuatsiya


Download 22.47 Kb.
bet1/5
Sana03.01.2023
Hajmi22.47 Kb.
#1076523
  1   2   3   4   5
Bog'liq
PUNKTUATSIYA




PUNKTUATSIYA
PUNKTUATSIYA (lot. punctum — nuqta; kichkina dog‘) —
1) alifbodan tashqari bo‘lgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi bo‘lib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. Punktuatsiyaning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirish-dir;
2) yozma matnni punktuatsion ras-miylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, me’yorlar;
3) Punktuatsiya tizimi krnu-niyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qo‘llanish me’yorlarini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi.
Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. Punktuatsiya tarixi, punktuatsion tizimniig paydo bo‘lishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon bo‘ladi. Mac, punktuatsion tizim hoz. ma’no va ko‘rinishda G’arbiy Evropa tillari yozuvlarida 15—16-asr. larda, rus yozuvida 18-asr. da, uzbek yozuvida esa 19-asr. ning 2yar-mida paydo bo‘lgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta bo‘lsa, hoz. o‘zbek Punktuatsiyasi quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, ko‘p nuqta, nuqta, nuqtali vergul, so‘roq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qo‘shtirnoq. Punktuatsiyasi ning qo‘llanishida ham tillararo tafovut bo‘lishi mumkin, mas, ispan tilida so‘roq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qo‘yiladi.
Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda muhim vositadir. O’z navbatida, muayyan tiddagi Punktuatsiya an’analarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qo‘llanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hoz. uzbek Punktuatsiya sining shakllanishi, rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. G’oziev, O. Usmon, G’. Abdurahmonov, K. Nazarov va b. tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq.



Download 22.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling