QATRADA QUYOSH AKSI
Akademik shoir G ‘afur G ‘ulom Sharq adabiyotining
yetakchi janrlaridan biri bo‘lmish ruboiyga ta ’rif berib,
u: «... olam-olam mazmunlarning javharini yig‘ib, to ‘rt
satrga sig‘dira olish mahoratidir. Qatrada — ummon,
uchqunda — quyosh mazmunini berish ruboiyga xos
xususiyatdir»1, — deb yozgan edi. Haqiqatan ham, hikmat
va falsafa ruboiyning mag‘zi bo‘lganligi uchun u jahon
she’riyatining dovruqli janrlaridan biriga aylandi — hozirda
dunyoning barcha burchagidan ruboiy muxlislarini topish
mumkin.
Ma’naviy-axloqiy mavzu Sharq adabiyotida hamisha
yetakchi bo‘lib kelgan. Ma’lumki, pand-nasihat qancha
ixcham va yorqin ifodalansa, shuncha ta ’sirchan va
jozibador boiadi. Ayni jihatdan, ruboiy hikmatli so‘zlar,
falsafiy mazmunni ifodalashda juda q o i keldi: bu ixcham
va lo‘nda shakl shoirlarga katta ma’rifiy va tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan turli-tuman o‘gitlami unga singdirish
imkoniyatini yaratadi. Jumladan, xojagon-naqshbandiya
silsilasining asoschisi Abdulxoliq G ‘ijduvoniyning quyi-
dagi ruboiysi shaklan sodda va tushunarli bo‘lsa-da,
mazmunan bir necha ma’no qatlamlariga egaligi bilan alo-
hida ajralib turadi:
1 G'afur G'ulom. Asarlar. 0 ‘n jildlik. 8-jild. — Toshkent, 1976. 412-
bet.
3