Qoraqalpog`iston geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

 Shimoliy    rayon.  Shimoliy  rayon    Amudaryo    oqimi    bo`yicha  Dauitko`l  suv  omboridan 

boshlab  Orol  dengiziga  tomon  cho`zigan  holda  joylashib,  Amudaryoning  hozirgi  del`tasidagi 

ko`pchilik hududlarni o`z ichiga qamraydi. Rayon 108,6 ming km. kv. maydonni egallab, ma`muriy 

jihatidan uning tarkibiga  Qo`ng`irot, Bo`zatov, Chimboy, Qorao`zak va Taxtako`pir tumanlarining 

hududlari  kiradi.  Bu  rayonlarda  respublikaning  yirik  sanoat  va  madaniyat  markazlari  Qo`ng`irot, 

Chimboy  shaharlari  joylashgan  va  yiliga  73,8  mlrd.  sum  yalpi  ishki  maqsulotlari  etishtiriladi. 

Shuning 41,3 mlrd. sum sanoat sohalariga tegishli.  

     Shimoliy  tabiiy-iqtisodiy  rayon  janubiy  va  markaziy  rayonlarga  qaraganda  bir  qancha  noqulay 

tabiiy rejimga ega bo`lib,  respublikaning janubi bilan qiyoslanganda vegetatsiya davri  qisqa  keladi 

va O`zbekistondagi eng shimolda joylashgan hududlar qatoriga kiradi. 

     Yanvar` oyining o`rtacha harorati -7,1-8,0°S ni tashkil qiladi.  Iyul` oyining o`rtacha harorati esa 

26°S  ga  barobar.  Musbat  10°S  yuqori  harakatga  ega  kunlarning  soni  180-190  kunni,  vegetatsiya 

davridagi  yuqori  haroratlarning  yig`indisi  esa  3800°-3850°S  ga  etadi.  Qishning  uzoqligi  3,5  oyga 

cho`ziladi.  Shimoliy  rayonlarning  termik  resurslari  paxtadan  yuqori  hosil  olish  uchun  etarli  emas, 

makkajo`xori, sholi va boshqa donli ekinlarning pishib etilishi uchun to`liq imkoniyatlar bor. Yillik 

yog`in  miqdori    89-100    mm    dan  ortmaydi.  Yog`in-sochinning  ozligi  va  mahalliy    suv 

manbalarining etishmasligidan keng hajmli er resurslaridan qishloq xo`jaligida foydalanish darajasi 

juda past. 

     Shimoliy  rayonda  Qoraqalpog`istonning  qishloq  xo`jaligiga  yaroqli  54,1%  er  maydoni  va  47% 

qishloq aholisining joylashishiga qaramasdan hozir hammasi bo`lib dehqonchilik sohasida 303 ming 

gektar ekin erlari foydalanilmoqda. 

     Tabiiy-iqtisodiy  sharoiti  va  Shunga  mos  xalq  xo`jaligining  mo`ljallash  darajasiga  mos 

rayonning  iqtisodiy  imkoniyatining    asosini  paxtachilik,  sholichilik,  beda  etishtirish,  poliz  va 

bog`dorchilik, chorvachilik egallaydi.   

Hozir  shimoliy  rayon  Qoraqalpog`iston  bo`yicha  yillik  etishtiriladigan  paxtaning  15,4%  i, 

sholining 60% ga yaqinini, qoramollarning bosh soni 21,4 % va Qorako`l qo`ylarining 71,0% to`g`ri 

keladi. 

     Kelajakda  suv  resurslaridan  oqilana  foydalanish  rejasiga  bog`liq  holda  qishloq  xo`jaligida 

foydalanadigan ekin  erlarning tarkibiga ayrim o`zgarishlar kiritiladi. Sholining maydoni qisqaradi. 

Uning  o`rniga  suvni  kam talab qiladigan makkajo`xori, arpa, bug`doy va suli ekinlarning maydoni 

kengaytiriladi.  Bu  shimoliy  rayonning  ayrim  rayonlarida  (Qorao`zyak,  Chimboy,  Qo`ng`irot)  


 

54 


paxtaning  ekin  maydonini  qisqartirishga  va  uni  boshqa  donli  ekinlarning  ekin  maydonlari  bilan 

almashtirishga imkon tug`diradi. 

Shu  bois,  termik  resurslar  bilan  kam  ta`minlangan  shimoliy  rayonda  xalq  xo`jaligi  uchun 

katta  ahamiyatga  ega,  shuningdek,    aholining  oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo`lgan  talabini qondirish 

maqsadida  mo`ljallangan  tarmoqlar  sifatida  g`allachilik,  mol-chorvachiligi,  bog`dorchilik  va 

savzabotchilik rivojlantirilmoqda.                                                                                      Shimoliy 

rayonning asosiy  sanoat  kompleksi  Qo`ng`irot-Ustyurt, Chimboy-Qushqonatov sanoat bo`g`inida 

jamlanadi.  Buning asosini energetika sanoati, ximiya sanoati mashina sozlash korxonalari, qurilish 

materiallari sanoati, engil va oziq-ovqat sanoati, transport, aloqa korxonalari va boshqalar egallaydi. 

     Keyingi  yillarda  hozirgi  zamon  talabi  rejalariga  javob  beradigan  ishlab  chiqarish    bazalarining  

ishga  tushishiga  bog`liq  Qo`ng`irot, Chimboy shaharlari rivojlanib bormoqda. 

     Keyingi loyihada rayonning ishlab chiqarish kuchlariini  tezlik bilan rivojlantirish uchun tabiiy er 

osti  boyliqlarining  mo`l  zahiralari  topildi.  Qushqonatov  mirobiliti,  Ustyurt  neft`-gaz  koni  va 

g`o`zapoya,    sholi  somoni  va  boshqa    zahiralarining  asosida  ximiya  sanoati  tarmoqlarini  tashkil 

qilish sharoiti tuziladi. 

     Gigant  Taxiatash    gidrouzelining  ishga  tushishi  faqat  qishloq  xo`jaligi  emas  transport  iqtisodiy 

aloqalarga tegishli ko`p gina  muammolarni echishda ham katta sharoitlar tug`dirmoqda. 

     Kelajakda rayonning iqtisodiy imkoniyatining yuqorilashi barcha respublikaning ishlab chiqarish 

kuchlarii  zudlik  bilan  rivojlanishiga  asos  bo`ladi  va  sanoatning  yangi  tarmoqlari  paydo  bo`lishiga 

yo`l ochadi. 

     Qoraqalpog`istonda  keyingi  yillar  ichida  Qo`ng`irot,    Chimboy  shaharlari  katta  rivojlanish 

bosqichlaridan  o`tdi.  Oldingi  manzarada  yirik  neft`-ximiya  sanoati,    qurilish  materiallarini  ishlab 

chiqaradigan  yirik  sanoat  markazi  sifatida  Qo`ng`irot,    Chimboy  shaharlari  o`sib,    rivojlanadi.  Bu 

nomi atalgan shaharlar qulay transport bo`g`inida joylashib, Taxiatosh-Xo`jayli-Qo`ng`irot-Biynau-

Aleksandrov  Gay  dasturida  ishlab  turgan  temir  yo`l  tarmog`i    orqali    Rossiya  federatsiyasi    va 

boshqa  evropa  davlatlari  bilan  ham  to`g`ri  aloqa  qiladi.  Oldingi  manzarada  esa  Taxiatosh-Nukus-

Chimboy-Qizilurda  dasturidagi  temir  yo`l  tarmog`i  to`liq  ishga  tushishi  shimoliy  rayonning 

ko`pchilik  ma`muriy  markazlarini  obodonlashtirishga  va  Qizilqumning  katta  hajmdagi boyliklarini 

xalq  xo`jaligi  sohalariga  o`zlashtirishga  yo`l  ochadi.  Bu  oxirgi  hisobda  shimoliy  tabiiy-iqtisodiy 

rayonning  ishlab  chiqarish  kuchlarini  ixtisoslashish  darajasini  etishtiradi  va  rayonning  yirik 

g`allachilik, chorvachilik, shahar atrofi xo`jaligini samarali yo`l bilan rivojlanishiga imkon yaratadi. 

Orol  (dengiz bo`yi) rayoni.     Bu tabiiy-iqtisodiy rayon  Orol  dengizi  yoqalarini  egallab 

Amudaryo  tarmog`idagi    ko`llarni,  botqoqliklarni  va    qamishzor  hududlarni  o`z  ichiga  qamraydi. 

Rayonning egallab yotgan maydoni 37,2 ming  kvadrat km  ga barobar. Bu rayonda er osti suvlari 

juda yaqin joylashganligidan botqoqliqlar, qamish bosib yotgan hududlar ko`p  uchraydi. 

     Tuprog`ining  asosiy    turlariga    botqoqli  tuproqlar  va  botqoqli-o`tloqli  tuproqlar  xosdir.  Orol 

dengizining  bo`yida  joylashgan  Botiqlar  va  qadimgi  ko`llarning  o`rnida  juda  sho`r  tuproqlar 

tarqalgan. 

     Rayon  hududi  faqat  Qoraqalpog`istonninggina  emas,    O`zbekistonning  ham  eng  shimol tarafini 

egallab,  shimoldan  va  sharqdan  dengiz  orqali  Qozog`iston  bilan,  janub  va  g`arbda 

Qoraqalpog`istonning boshqa tabiiy-iqtisodiy rayonlari bilan chegaralanadi. 

     Orol rayoni ertuzilishining moslashishida Amudaryo va Orol dengizining ta`siri, ayniqsa, kuchli.  

Agar 1960 yillarda Orol  bo`yi rayoni ko`p  sonli ko`llardan iborat bo`lsa, hozir rayon hududi qurib 

qolgan chuqurlikdan iborat va 4-davr yotqiziqlari bilan qoplangan. 

     Rayon  iqlimi  kontinental,    yozi  quruq,  qish  esa  juda  sovuq  keladi.  Yog`in  miqdori  juda  oz, 

vegetatsion davr boshqa rayonlar bilan qiyoslaganda ancha qisqa keladi. Orol (Dengiz bo`yi) tabiiy-

iqtisodiy  rayoni  Qoraqlpog`istonning  24,5%  hududini  egallab,  aholi  soni  28  mingdan  ortiq  va  9 

aholi punktida yashaydi. 

     Tabiiy  majmuasining  tarkibi  aholi  xo`jaligining  moslashish  dasturi  bo`yicha    rayon  

respublikasining  boshqa  hududlariga  qaraganda  ancha  farq    qiladi.    Masalan,  To`rtko`lda  yanvar` 

oyining O`rtacha harorati 4,8° bo`lsa, bu ko`rsatkich Mo`ynoqda 7,4° barobar. Iyul` oyining o`rtacha 

harorati To`rtko`lda 28,2° bo`lsa, Mo`ynoqda esa 26,3° ni tashkil qiladi. 


 

55 


     Musbat  plyus  5°  yuqori  vegetatsiya  davrining    uzoqligi    To`rtko`lda  240  bo`lsa,  Nukusda  226 

kunni  tashkil  etadi,  bu  ko`rsatkich  Mo`ynoqda  esa  219  kunga  barobar.  Yillik  yog`in  miqdori  105 

mm tashkil qiladi. Rayon  tabiiy o`tloqlar va suvliklarga boy,  bu chorvachilikni, ayniqsa go`sht-sut 

yo`nalishidagi chorvachilik,  andatra o`stirishga mumkinchilik beradi. 

     Orol tabiiy iqtisodiy rayoni Orol dengizining suv bosib  yotgan ekvatoriyasini o`z ichiga qamrab 

baliqchilikni  rivojlantirish imkoniyatiga ega. Keyingi yillar ichida Orol suv xavzasida baliqchilikni 

rivojlantirishning  yo`lga  qo`yilishi  Mo`ynoqda  Markaziy  Osiyoda  belgili  baliq  konserva 

kombinatining  tuzilishiga  yo`l  ochdi.  Natijada    rayon    yil  sayin  14,2  mln.  shartli  banka  baliq 

maqsulotlarini etishtiradigan bo`ldi. Rayonning tabiiy o`tloqlarini hisobga ola turib, ko`llardan qurib 

qolgan  erlarning bazasida qishloq xo`jaligi tarmoqlari tuzildi. Rayonning qishloq  xo`jaligi asosini 

go`sht-sut dasturidagi qora-molchorvachiligi em-xashak ekinlarini o`stirish va poliz etishtirish bilan 

shug`ullanadigan tarmoqlar egallaydi. 

Dengiz  bo`yi  tabiiy-iqtisodiy  rayon,  keyingi  yillarda  maxsuldorlik    profili    bo`yicha    ko`p  

tarmoqli ixtisoslashgan xo`jalik tarkibiga ega ekanligi bulishi ko`rinib turibdi. Katta hajmdagi tabiiy 

em-xashak  zahiralarini  xalq  xo`jaligida  foydalanish  maqsadida  moslashgan  qorachorvachilik 

xo`jaliklari  tuzildi.  Yil  sayin  em-xashak  ekinlarining  maydonini    kengaytirish  bo`yicha    amaliy 

tadbirlar ishga oshirilmoqda. Shunday qilib, rayonda yil sayin 1,3 ming tonna g`alla, 0,3 ming tonna 

poliz, 2,1 ming tonna sabzavot mahsulotlari etishtirilmoqda. 

     Kelajakda Orol tabiiy-iqtisodiy rayonida baliq ovlash, qoramol chorvachiligi, ayniqsa go`sht-sut 

etishtiradigan  yirik  qoramol  chorvachiligi,  ondatra  o`stirish    yo`lga  quyiladi.  Orolning  quruqlikka 

oylangan  rayonlarida  topilgan  gaz,  neft`,  qung`ir  ko`mir  hisobidan  yangi  sanoat  markazlari  va 

qishloq xo`jalik majmualari o`sib etishadi.  

  

Orol  tabiiy-iqtisodiy  rayoni  yirik  mintaqalardan    hisoblanadi  va    bu  hududda    madaniy  va 



ma`muriy markaz sifatida Mo`ynoq shahri ko`zga tashlanadi. 

    Mo`ynoq qadimda faqat Qoraqalpog`istonda emas, O`zbekiston va O`rta Osiyo doirasidagi yirik 

baliq  sanoati  markazi  edi.  Shaharda  statistik  ma`lumot  bo`yicha  13,6  ming  aholi  istiqomat  qiladi. 

Mo`ynoq  yirik  madaniy  va  qurilish  markazlaridan  hisoblanadi. Shaharda zamonaviy  ko`p  qavatli  

joylar,  madaniyat  markazlari  qad  kutarmoqda.  Mo`ynoq  shahri  asfal`tlangan  avtomobil`  yo`llari 

orqali  Qoraqalpog`istonning    poytaxti  Nukus  va  O`zbekistonning  boshqa  shaharlari  bilan    aloqaga 

ega.  Lekin,  Orol  rayoni  va  uning  shahar  xo`jaliklarini  rivojlantirishda  qiyinchiliklar  ham  mavjud. 

Orol  dengizi  xavzasining  qisqarishi  va  agir  ekologik  inqiroz  tufayli  aholini  ish  bilan  ta`minlash, 

bunyod  etilgan  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarini  ishlatish  kun  tartibidagi  muxim  muammolar 

xisoblanadi. 

     Shunday  qilib,  kelgusida  Orol  rayoni  Shimoliy  Urga  va  Orol  ekvatoriyasidan  topilgan  neft`, 

yonuvchi gaz va boshqada qazilma boylik zahiralari hisobidan O`zbekistonning  sanoati rivojlangan 

mintaqasiga aylanishi mumkin. 

Kelajakda shakllanadigan neft`-gaz, kimyo sanoati,    agrosanoat   majmuasi va tog`-kon 

sanoati  rayonlari.  O`zbekis-tonning  sharqiy-g`arbiy  qismida  joylashgan  Ustyurt  va  Qoratov  katta 

maydonni egallasada hozircha xo`jalik iste`moliga qo`shilmayapti. Bu hududlar «hudud» potentsiali 

nazaridan  qoraganda  evropada  joylashgan  Bel`giya  davlatidan  1,6  marta,  Niderlandiyadan  esa  2 

hissa  ko`proq  hududni  tashkil  etadi  va  Respublikaning  neft`,  tabiiy  gaz,  temir  rudasi,  osh  tuzi, 

fosforit,  qurilish  materiallari  zahiralariga  boy  saloxiyatli  rayonlardan  hisoblanadi.  Lekin,  ilmiy-

kuzatish  ishlarining  etarli  darajada  yo`lga  qo`yilmasligi  sababli,  bu  katta  imkoniyatga  ega  xudud 

respublika iqtisodiyotida kam foydalaniyapti. 

Ustyurt  tabiiy-iqtisodiy  rayoni-Qoraqalpog`istonning  shimoliy-g`arbida  Orol  dengizi  bilan 

Kaspiy  dengizi  orasida  joylashgan.  Janubiy  tomonidan  tabiiy  chegara  sifatida  tik  jarlar  orqali 

atrofidagi  botiqdan  ajralib  turadi.  Ustyurt  platosining  Qoraqalpog`istonga  Janubiy-Sharqiy  tamoni 

tegishli  bo`lib,  u  45°-35°    va  41°-21°  shimoliy  kenglik  oralig`ida  70  ming  kv  km  maydonni 

egallaydi.  Ustyurt  platosining  asosini  bor  va  uchlamshi  davrdagi  dengiz  yotqiziqlari  tashkil  qiladi. 

Ustyurt  platosi  tekislikka  xarakterli  bo`lib,  bunda  yuvilish  jarayonida  botiqlar  (Assaka  audan, 

Shaqpaqti, Sharja) uchraydi. 

Iqlim sharoiti keskin kontinental. Yanvar` oyining o`rtacha harorati shimoliy Ustyurtda-8,-10

0

 

chamasida  bo`lsa,  janubiy  Ustyurtda  esa  -5-7



ga  barobar.  Iyul`  oyining  o`rtacha  harorati  26°-32° 



 

56 


darajani tashkil qiladi. Vegetatsiya davridagi haroratning summasi 3800°-4700° gacha etadi. Yillik 

yog`in miqdori 105-121 mm chamasida. Ustyurt oqar suv manbalariga ega emas er osti suvlari ham 

o`ta  chuqurda  (6-25m)  joylashgan.    Shuning  uchun  suv  manbalari  sifatida  shaxta  ko`rinishdaagi 

quduqlardan va to`plangan suvlardan foydalaniladi. 

Ustyurt  Qoraqalpog`istonning  eng  yirik  iqtisodiy  imkoniyatga  ega  hududlaridan  hisoblanadi. 

Ustyurt orqali Buxoro- Ural va O`rta Osiyo-Markaz gazokuburi, Chorjau-Qo`ng`irot-Biyneu-Maqat-

Aleksandrov-Gay  dasturidagi  temir  yo`l  tarmoqlari  o`tadi.  Bu  birinchidan  Ustyurt  tabiiy-iqtisodiy 

rayonini  boshqa  sanoatli  rayonlar  bilan    to`g`ri  tutashtirsa,  ikkinchidan  bu  rayonda  ishlab 

chiqaruvchi bazalarni ko`rishga uchinchidan Ustyurtning mo`l tabiiy yaylovlarini va er osti qazilma 

boyliklarini xalq xo`jaligida foydalanish uchun aniq sharoitlar tuzadi. 

O`zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  va  yaylovlarni  loyihalash  institutlarining  ma`lumotlariga 

ko`ra, Ustyurtda 7 mln gektar yaylovlar joylashgan va  undagi o`tloqlarning em-xashak zahirasi 11 

mln tonnani tashkil qiladi. Bu yiliga 1,2 mln bosh qo`ylarni va 100 ming bosh tuyalarni em-xashak 

bilan  ta`minlashga  etadi.  Keyingi  yillarda  Ustyurt  yaylovlarining  tabiiy  o`tloqlari  ancha  boyitildi. 

Hozir Ustyurtning sharqiy tomonida qo`ylarni suv bilan ta`minlashda buloq suvlaridan foydalanilsa 

janubiy Ustyurtda atmosfera yog`in suvlaridan foydalaniladi. 

Ustyurtning  tabiiy  sharoitini  tekshirish,  bu  rayonda  kishik  suvgorish  inshaotlari  asosida 

xildagi  sug`orish,    mustahkam  em-hashak  zaxiralarini  tuzish  va  cho`ponlar  uchun  poliz 

mahsulotlarini  tayyorlashga  imkoniyat  borligini  isbotlamoqda.  O`zFA  ning  Qoraqalpog`iston 

bo`limi  botaniklarining  ma`lumotlariga  qaraganda  Ustyurt  yaylovlarini  tabiiy  yo`l  bilan  boyitish, 

shu  bilan  birga  makkajo`xori,  tariq,  bug`doy,  poliz  etishtirishga  imkoniyatlar  borligi    dalillandi. 

Kelgusida  bu  ilmiy  yangiliklardan  amalda  foydalanish  Ustyurtni  chorvachilikka  moslashgan  yirik 

rayonga    aylantirishga  yo`l  ochadi.  Ustyurt  Qoraqalpog`istonning  tabiiy  er  osti  boyliklarga  boy 

rayonlaridan  hisoblanadi.  Geologik  tekshirishlar  natijasida  zahirasi  195  mlrd  m

3

  lik  tabiiy  gaz 



konlari, neft` va gaz aralash konlarning keng  zahiralari ochildi. Borsakelmas xududida zahirasi 13 

mlrd  tonnagacha  osh  tuzi  topildi.  Bu  kelajakda  Ustyurtda,    ximiya  sanoati,  neft-gaz  sanoatini  

rivojlanishiga  yo`l  ochadi.  Hozirgi  vaqtda  ma`muriy  tomondan  Qo`ng`irot  rayonining  tarkibiga 

kiruvchi  Ustyurt  tabiiy-iqtisodiy  rayonida    ishlab  chiqarish  bazasining  tuzish  Ustyurtning  hozirgi 

shaklini butunlay o`zgartiradi, bu o`z navbatida Qoraqalpog`iston Respublikasining sanoat dasturida 

rivojlanishiga kuchli ta`sir qilishi so`zsiz. 

        Qizilqum. Qizilqum tabiiy-iqtisodiy   rayoni  g`arbda  Amudaryo del`tasi shimolda, Orol bo`yi 

rayoni,  Janubda  42

0

30  shimoliy  kenglik  oralig`idagi  hududlarni  egallaydi.    Ma`muriy  tomondan 



Qizilqum rayoni Ellikqal`a, Beruniy, To`rtko`l, Qorao`zak, Taxtako`prik tumanlariga kiradi,  yaylov 

sifatida qorako`l quy chorvachiligida ham foydalanilmoqda. 

     Qizilqum  cho`li    bur  va  uchlamchi  davr  etkiziklarining  nurashi  va  emirilishi  sharoitida  paydo 

bo`lib,    er  yuzi  juda  qalin  va  keng  hajmdagi    qumlardan    tuzilgan.    Ular  har  xil  er  tuzilishi 

formalarini  paydo  qilib  tepalik  qum  tizmalaridan  iborat.   Okean yuzidan  o`rtacha  balandligi  60-

100  metrga  barobar.  N.A.Korjenevskiy  tasdiqlashicha  rayon  Sirdaryo  va  Amudaryoning  oqishi 

natijasida  paydo  bo`lgan    allyuvial`  tekisliklar  qatoriga  kiradi.  Rayonning  eng  shimoliy  tarafida 

Beltov  Ustyurtligi,    janubiy  chegarasida  esa    Qoratov,    Sulton  Uvays    tog`i  joylashgan.    Yanvar` 

oyining  o`rtacha  harorati  –4

0

  -7



0

  bo`lsa,  iyul`  oyining  o`rtacha  harorati  Q29°,Q30°  chamasida. 

Vegetatsiya  davri  230-250  ko`ngacha  cho`ziladi,    yillik  yog`in  miqdori  69-85  mm  ga  barobar. 

Rayon  termik  resurslarga  boy  (4600°-5150°).  Bu  Qizilqum    rayonida    er  osti  sizot  suvlarining 

bazasida  bedadan,  makkajo`xoridan  va  kichik  arealdagi  sug`orish  natijasida  polizdan  mo`l  hosil 

to`plash imkonini beradi. 

     Qizilqum tabiiy-iqtisodiy rayonining iqtisodiy  imkoniyatini oshirish  uchun keng sharoitlar bor. 

Rayon  Nukus-Chimboy-Taxtako`pir-Qizil  O`rda  yo`nalishida  quri-ladigan  temir    yo`l    tarmog`i  

bo`yida joylashgan.  Bu temir yo`l tarmog`ining tezroq ishga tushishi rayonning tabiiy zahiralaridan 

xalq  xo`jaligi  majmuasida  kengdan  foydalanishga  yo`l    ochadi    va    foydalanilayotgan  keng 

o`tloqlarni  sug`orish  uchun  suv  qurilishi  ishlarini  va  meleorativlik    tadbirlarni   amalga  oshirishga 

imkoniyat yaratadi. 

Qishloq  xo`jaligiga  bog`liq  olib  borilgan  tadqiqot  ishlarining    ma`lumotlariga    qaraganda  

Qizilqum rayonida Qoraqal-pog`istonning 3,3 mln gektar tabiiy yaylovlari joylashgan.  Bu yil sayin 



 

57 


6-7  million tsentner  em-xashak  g`amlamasini to`plashga imkon beradi.  Biroq suv resurslarining 

etishmasligiga  bog`liq  Qizilqum  yaylovlaridan    haligacha  to`g`ri    foydalanilmayapti.    Shunga  mos 

keyingi  yillarda  Qizilqum  yaylovlarini  sug`orish  maqsadida  ko`p  sonli  artezian    kuduklari,   shaxta 

ko`rinishidagi    quduqlari  foydalanishga  berildi.    Qizilqum  yaylovlarining  em-xashak  balansini 

kengaytirish  maqsadida  tajriba  ishlari  ham  yuritilmoqda.  Bu  rayonda  chuchuk  suv  bilan 

ta`minlangan  paytda  gektariga  30  tsentner  mosh,    500  tsentner  yashil  massa  tipida  jo`xori  va  110 

tsentnerdan    beda  yig`ib  olishga  imkoniyat  borligi  aniqlandi  Qizilqum  yaylovlarida  olib  borilgan 

ilmiy  tekshirish  ishlarining  yakuniga  qaraganda  yuqoridagidek  qishloq  xo`jaligi  uchun 

foydalanishga  yaroqli  259  ming  gektarcha  er  resurslari  joylashgan.    Bularni  chorvachilik  uchun  

qo`shimcha    em-xashak    ekinlarining  ekilishida  foydalanish  boshqa  amallar  bilan  birgalikda 

Qizilqum  yaylovlarida  quylarning  bosh  sonini  700-800  mingga  etkazishga  imkon  tug`diradi  va 

kelgusida bu mintaqada yirik chorvachilikka moslashgan rayonlarning  tuzilishiga shubha yo`q. 

 Qoratov  (Sulton  Uvays)  tog`-kon  sanoati  rayoni.  Kelgusida  Qoraqalpog`istonning  xalq 

xo`jaligi majmuasida etakchi o`rinni tutadigan Sulton Uvays tog`-kon sanoati rayoni Amudaryoning 

o`ng  tarafida  Nukus-To`rtko`l  avtomobil  transport  trassasining  bo`yida  joylashgan,  kenglik 

yo`nalishda  10-15  km  shimoldan  janubga  qarab  esa  40  km  oraliqqa  cho`zilgan.  er  yuzasining 

tuzilishi  bo`yicha  rayonning  Janubiy  qismi  tog`  uchun  xususiyatli  rel`ef  shakllarini  saqlab  qolgan. 

Bu  bo`limda  tik  yonbag`irlar,  tog`  jinslari  va  haligacha  tuproq  paydo  bo`lmagan  kristall  tog` 

jinslaridan tuzilgan jar toshlar tez-tez uchraydi. Sulton Uvays tog`ining eng baland nuqtasi ham shu 

bo`limda  joylashib,  Qorachingil  (Achchiqtov)  degan  nom  bilan  okean  sathidan  473  metr 

balandlikda  ko`tarilib  etibdi.  Sulton  Uvays    tog`ining  shimoliy  bo`limlari  yuvilish  jarayonini 

boshidan  o`tkazib  kam-kam  pasayib,  tog`  oldi  platosi  orqali  Qizilqum  bilan  chegaralanadi. 

Rayonning markaziy bo`limi esa paleozoy davridagi metomorfizatsiyalangan cho`kindi jinslari bilan 

qoplangan. 

     Yillik  yog`in  miqdori  juda  kam  bo`lganidan  Sulton  Uvays    tog`ida  turg`un  oqar  suvlar  yo`q. 

Biroq vaqtincha oqadigan soylar, ayniqsa rayonning janubiy bo`limida ko`proq tarqalgan. Ularning 

eng  kattalari  Sulton  bobo  soyi,  O`g`risoy  va  yana  boshqa  atamalar  bilan  ataladi.  Bu  soylarning 

ko`pchiligi  Aqchadaryo  chuqurligi  bilan,  janubi-g`arbida  Amudaryoning  del`tasi  bilan  qo`shilib 

tekislikka  chiqqach  yo`q  bo`lib  ketadi.  Rayon  keskin  qit`a  iqlimi  sharoitiga  ega  bo`lib,  nurash 

jarayonida  paydo  bo`lgan,  bo`sh  jinslar  bilan  qoplangan.  Shamol  ta`sirida  Qizilqumdan  olib 

kelingan changlar bilan to`lishib tabiiy o`tloqlarning asosini juvsanli o`tloqlar, qurg`oqchilikka mos 

keng  butalar,  izen`,  qirqbo`g`in,  oqbosh  va  yana  boshqa  kserofit  tipga  kiradigan  o`simliklar 

egallaydi. Tabiiy sharoitining xususiyatiga bog`liq o`tloqlarning hosildorligi o`zgarib boradi. Sulton 

Uvays  tog`li rayonining tabiiy o`tloqlari 100 ming gektar maydonni egallagan va qo`y chorvachiligi 

uchun  foydalanishga  yaroqli.  Rayon  tabiiy    zahiralarga  boy  va  qulay  iqtisodiy-geografik  o`rinni 

egallaydi. 

    Respublikalararo ahamiyatiga ega Nukus-To`rtko`l-Buxoro-Samarkand-Toshkent avtomobil yo`li 

Sulton Uvays  orqali o`tib, O`zbekistonning sanoatli rayonlari bilan aloqa bog`laydi, ishlab  turgan 

yuqori  vol`tli  LEP  lar  esa  rayonni  arzon  energiya  bilan  ta`minlasa,  qurilgan  Nukus-Qoratov-

Uchquduq  temir  yo`l  tarmog`i  rayonni  to`g`ri    O`zbekistonning  sanoat  rayonlari  bilan  tutashtiradi. 

Bu,  birinchidan,  rayonning  transport  iqtisodiy  aloqalarini  echsa,  ikkinchidan,  tabiiy  er  osti 

boyliklaridan  sanoatda  foydalanishga  qulay  imkoniyat  yaratadi.  Rayon  tabiiy  er  osti  boyliklarning 

zahiralariga boy. Geologik tekshirishlar natijasida Sulton Uvays  tog`ining antiklinal uchastkalarida, 

ayniqsa, Xo`jako`ldagi Qozonchuqurda bur davrida paydo bo`lgan qo`ng`ir temir rudasi, Tebinbuloq 

titan aralash ruda koni topildi. Tebinbuloq eng ahamiyatli konlardan hisoblanib, bunda uchraydigan 

ruda  tarkibida  titan,  temir  rudasi,  xrom,  vanadiy,  qo`rg`oshin,  marganets  rudalari  uchraydi.  Sulton 

Uvays    tog`ining  sharq  tomonida  joylashgan  Qizilsoy,  Qazg`ansoyda  tal`kning  zahiralari  uchraydi, 

bu erda tal`k aralash rayon joylashgan. Ulardan Qazg`ansoy tal`k aralash rayon 1,7-2,5 km Qizilsoy 

tal`k koni esa 1,3-1,5 km ga cha oraliqda cho`zilib yotibdi. 

       Markaziy Sulton Uvaysning g`arbida nikel` rudasi va Darvoza tog`, Qahratog` rayonlarida 

granit  zahiralari  mavjud.  Sulton  Uvays  tog`ining  g`arbida  joylashgan  Xo`jako`l,  Cho`qayto`g`ay 

rayonlarida  sanoatda  ahamiyatga  ega  fosforitning  keng  zahiralari  joylashgan.  Bundan  faqat 

Cho`qayto`g`ay fosforit konining tekshirilgan zahirasi 20,6 mln tonnani tashkil qiladi. Sulton Uvays  


 

58 


tog`ining  janubiy-g`arbida  joylashgan  Oqtov  rayonsining  paleozoy  yotqiziqlarida  marmarning  va 

ohaktoshning zahiralari topildi.  Bulardan Oqtov ohaktosh koni joylashgan gorizontning qalinligi 40 

metrdan 140 metrgacha etadi. Keyingi yillarda geologik tekshirishlar natijasida Sulton Uvays  tog`-

kon sanoati rayonida sanoat ahamiyatiga ega gips, slanets, granit va boshqa da tabiiy boyliklarning 

zahiralari  ham  ochildi.  Bu  kelgusida  katta  Tebinbuloq  metallurgiya  zavodini,  yiliga  1,8  mln  tonna 

tsement  va  120  mln  shartli  plita  shifer  tayyorlaydigan  Oqtov  tsement-shifer  kombinatini  va  yillik 

quvvati  100  ming  m

3

  temir-beton  konstruktsiyalarini ishlab chiqaradigan Qoratov yirik panelli o`y 



qurilish kombinatini tuzishga yo`l ochadi. Sulton Uvays  tog`-kon sanoati rayonida ishlab chiqarish 

kuchlarining  tezlik  bilan  rivojlanishini  ta`minlashda  va  oldingi  manzarada  quriladigan  ishlab 

chiqarish  inshootlarini  ishchi  kuchi  bilan  ta`minlashda  Amudaryo  orqali  Sulton  Uvays-Jumurtov 

rayonida    solinadigan  ko`prik  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  ko`prik  tog`-kon  sanoatli  rayonni  ortiq 

mehnat rezervlariga ega Xorazm vohasidagi ma`muriy rayonlar bilan tutashtiradi va sug`oriladigan 

dehqonchilik rayonlaridan bo`shagan ishchi kuchini yangi quriladigan ishlab chiqarish ob`ektlariga 

tortishga  yo`l  ochadi.  Shunday  qilib,  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  orasida  transport-iqtisodiy 

aloqalarni  rivojlantirish  oxirgi  hisobda  ortda qolgan rayonlarning iqtisodiy salohiyatini rivojlangan 

rayonlarga  tenglashtirishga  va  foydalanilmayotgan  potentsialli  zahiralarni  xalq  xo`jaligida 

foydalanishga  imkon  yaratadi.  Xulosa  qilib  aytganda,  Qoraqalpog`istonning  tabiiy  sharoiti  va 

resurslarini  hisobga  olib  xalq  xo`jaligi  majmuasining  keyingi  yillar  ichida  rivojlanish  yo`llarini 

tahlil  qilish  respublikada  ko`p    tarmoqli  ishlab  chiqarish  sohalarining  o`sib  etishishiga  

foydalanilmayotgan  keng  imkoniyatli  resurslarning  borligini    ko`rsatadi.  Kelgusida  engil  va  oziq-

ovqat sanoati tarmoqlari bilan bir qatorda yoqilg`i-energetika, qurilish materiallari sanoati,mashina 

qurilishi  markazlari  tuzildi.  Bu  qishloq  xo`jaligi  tarmoqlarini  keng  rivojlantirishga  va  ishlab 

chiqarishning  natijaligini  orttirishga  yo`l  ochadi.  Shunday  qilib,  kelajakda  Qoraqalpog`istonning 

xalq  xo`jaligi  tarmoqlarini  rivojlantirishda  jadal  intilishlar  yuzaga  keladi.  Sanoatning  yangi 

tarmoqlari-rangli  metallurgiya,  ximiya  sanoati,  gaz  sanoati  tarmoqlari  o`sadi.  Shu  tufayli  xalq 

xo`jaligi tarmoqlarining samaradorligini orttirish va xo`jalik aylanishiga Ustyurt, Qoratov, Qizilqum 

yana  boshqa  hududlarni  qo`shish  yangi  sanoat  markazlarining  o`sib  etishiga  va  qishloq  xo`jalik 

majmuasini, ayniqsa, chorvachilik komplekslarini tuzish zarur bo`ladi. Bu va yana boshqa tadbirlar 

oxirgi  hisobda  Qoraqalpog`istonning  sanoatlashgan  dasturda  rivojlanishi  va  uning  O`zbekiston 



miqyosida mehnatning mintaqa oralig`ida tutgan rolining ortishiga yo`l ochadi.  

Katalog: lektions -> geografiya -> uzb
uzb -> Sizga tavsiya etilaёtgan ma`ruza matnlari Tuproqshunoslik faniga mansub bo`lib, undagi
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi Ajini1z nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> Uzbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika
uzb -> O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
uzb -> MA’ruzalar matni mavzu: kirish. Topografiya va kartografiya fanlarining maqsadi va vazifalari Reja
uzb -> Uzbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling