Reja: Dramaturgiyaning eng muhim shartlari


Download 49.29 Kb.
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi49.29 Kb.
#1643853
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6. Маvzu


6- Mavzu Dramaturgiya animatsiya san’atining asosidir
Reja:

  1. Dramaturgiyaning eng muhim shartlari

  2. Dramaturgiyada janrlar haqida

Drama deganda avvalo biz badiiy adabiyotdagi uchta etakchi janr turlaridan biri, dramatik janr turini anglaymiz. Drama janri esa teatr sahnasida qo‘yish uchun, kino ekranga ko‘chirish uchun yozilgan adabiy asarlar sirasiga kiradi. Demak, u badiiy adabiyot sohasidan san’at sohasiga, san’atga ko‘chadi. Tom ma’noda san’at asari mahsuliga aylanadi, teatr – sahnasi manbaiga ko‘tariladi. Dramaturgiya esa u yoki bu xalq yaratgan ma’lum davrdagi dramalar majmuasi, drama asarlari yig‘indisi asosida yuzaga kelgan mazkur tur “tarix” ham desa bo‘ladi. Uning asoslari esa, endi bu katta ham nazariy, ham amaliy echimga, o‘rganish va o‘rgatishga qaratilgan kursni tashkil etadi. Dramaturgiya asoslari degan kurs, predmet ancha katta, dolzarb va o‘ta murakkab dars va mavzularni o‘z ichiga qamraydi. Ayni chog‘da yangi fan sohasi hamdir.
Dramaturgiyaning eng muhim shartlari – asoslaridan biri hayotiylik, haqqoniylik bilan badiiy barkamollikning omuxta, sintez tarzda, mahorat darajasida namoyon bo‘lishidir. Bu talab dramaturgga ham, uni sahnalashtirayotgan rejissyorga ham barobar taaluqlidir. Hatto bu ikki talabni sahnada to‘la va mahorat darajasida ro‘yobga chiqarish uchun nafaqt dramaturg, rejissyor mas’ul, balki ana shu asarni tayyorlab, tomoshabinga etkazishda ishtirok etuvchi aktyordan, rassomdan, hatto chiroq ustasi, rang tasvir yaratuvchi elektrikkacha javobgardir, ma’suldir.
Ikkinchi asosi: Dramada mavjud bo‘lgan konfliktning haqqoniyligi, hayotiyligi dramatizmni tashkil eta bilish masalasini o‘z ichiga oladi.
Uchinchi asosi: drama harakat yaratish mahorati, uni tashkil ettirish, bo‘ysindirish masalasi. Dramatik harakat (deystvie) sahna asarining, dramaning o‘ziga xosligi va estetik xususiyati bo‘lib, spektaklni qon tomiri hamdir.
Asarning muvaffaqiyatida bu omilning o‘rni, ahamiyati kattadir. Harakat faqat jismoniy intilish, yurish-turish, yugurish emas, balki ruhiy holat majmuasi bo‘lib, u o‘z ichiga monolog, dialogdan tortib, imo-ishora, so‘zsiz holatlar, mimika, intonatsiya, remarka, pantomimalargacha qamrab oladi. Zero, dramada uzviy yaxlitlikni saqlash va to‘la namoyon etishda dramatik harakat spektaklning qon tomiri vazifasini o‘taydi.1

Download 49.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling