Reja: Kirish I bob. Nevropsixologiya fanining ilmiy-nazariy tahlili


Download 59.4 Kb.
bet1/12
Sana10.02.2023
Hajmi59.4 Kb.
#1184147
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi tibbiyot


Reja:
Kirish
I Bob. Nevropsixologiya fanining ilmiy-nazariy tahlili.
1.1.Nevropsixologiya haqida tushuncha.
1.2.Nevropsixologiyaning maqsadi, vazifalari va nevropsixologiya tarixi.
1.3. Chet el hamda o'zbek olimlarining nevropsixologiyaga oid ilmiy-nazariy qarashlari.
I Bob bo'yicha xulosa
II Bob. Nevropsixologiyani amaliy jihatdan o'rganish.
2.1.Ekspremental nevropsixologiya haqida tushuncha.
2.2.Kognitiv jarayonlarni o'lchash va nevropsixologik terapiyalar.
II Bob bo’yicha xulosa
Xulosa
Tavsiyalar
Adabiyotlar ro'yhati

Kirish
Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,madaniy,ma'naviy islohotlar amalga oshirilmoqda.Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Mamlakat kelajagi uchun sog'lom, dunyoqarashi keng, ham jismonan ham ruhan sog'lom avlodlarni yaratish hamda ularni yetishtirish uchun psixologiya sohasiga alohida e'tibor berilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 07.06.2019 yildagi 472-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori qabul qilindi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Psixologiya sohasiga qaratilayotgan bunday e'tibor uning sohasi bo'lgan tibbiyot psixologiyasining ham rivojiga hizmat qilmoqda. Inson salomatligi azaliy va ko'p qirrali masala bo'lib, hozirgi globallashuvning markaziy nuqtasida turadi. Jamiyatni muqarrar halokatdan olib qolish uchun sog'lom, baquvvat avlodni tarbiyalashimiz hayotiy zaruratdir.

Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling