Rivojlantirish strategiyasi


Download 228.95 Kb.
bet1/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI AKАDEMIYASI
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi


MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNI


RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI FANIDAN

O‘QUV-USLUBIY MAJMUA



Toshkent-2023

KIRISH

Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining dolzarbligi yoshlarda sog‘lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllanitirish, el-yurt oldidagi ma’naviy burchni to‘g‘ri anglash, milliy g‘oya orqali ularda milliy g‘oya va an’analarga mehr-muhabbatni kuchaytirish, ularni mustaqil kishilar qilib tarbiyalash zarurligi bilan belgilanadi.


Ushbu fan mamlakatning yuksak taraqqiyotini ta’minlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy poydevorini mustahkamlashda vatanparvarlik, daxldorlik hissini o‘zida mujassam etgan yoshlarni kamol toptirishga xizmat qiladi.
Shuningdek globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlar ta’siriga tushmaydigan, mafkuraviy immuniteti mustahkam insonni voyaga yetkazishda mazkur fan alohida o‘ringa egadir.
Milliy g‘oya bugungi kunda gumanitar va jtimoiy-iqtisodiy fanlar qatoridan o‘ziga munosib o‘rin olgan ilm sohasi va o‘quv fani hisoblanadi.
Bu esa birinchidan, mazkur fanning ob‘yekti va predmeti doirasini, qonun va kategoriyalarini, uslub va tamoyillarini, maqsad va vazifalarini, o‘ziga xos xususiyatlarini, boshqa fanlardan farq qiluvchi tomonlarini yanada ravshanroq yoritish; ikkinchidan, g‘oya va mafkura tushunchalariga falsafiy jihatdan ta’rif va tavsif berish hamda ularni tasniflashda mantiqiy izchillikni ta’minlash, shuningdek, ular o‘rtasidagi umumiy o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarni har tomonlama yoritib berish, ularning ko‘zlagan maqsad va vazifalarini mustaqil taraqqiyot yillarida xalqimizning erishgan yutuqlari misolida bayon qilish; uchinchidan, milliy mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalarini o‘rganish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning natijalari asosida ularning mazmuni va mohiyatini yanada teranroq anglash ishlarini kuchaytirish; to‘rtinchidan, globallashuv sharoitida jahonda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning mantig‘ini tezlikda anglab olish uchun ishonchli axborot manbalaridan foydalanish; beshinchidan, zamonaviy mafkuraviy kurash usullarining taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish; oltinchidan, yaqin kelajakda jahon xalqlari hayotida yuz beradigan mafkuraviy jarayonlarning kechishi haqida ilmiy bashorat qilish kabi masalalarni teranroq yoritishni talab etmoqda.
Globallashuv jarayonlari shiddatli kechayotgan bugungi kunda o‘zbek xalqining milliy g‘oya va mafkurasi fan hamda taktik va strategik hatti-harakat qilish usuli sifatida nafaqat olamshumul nazariy masalalarni, balki real hayotiy bo‘lgan amaliy masalalarni ham har bir insonning yoshi, kasb-kori, intelektual salohiyati, dunyoqarashi, mehnat va xizmat jamoalariga mansubligi, yashash joyi, turmush tarzi, ta’lim-tarbiya maskanlarida o‘qib egallayotgan mutaxassisliklari va shunga o‘xshash kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy faoliyat olib borishni taqozo etadi.
Madomiki, biz uchun inson eng oliy qadriyat ekan, uning dilidagi dardlariga darmon topish, ezgulikka yo‘g‘rilgan orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish ham shunchalik ulug‘ ish hisoblanadi. Bu ulug‘ ishni milliy g‘oya va mafkura ilmi bilan qurollangan, uni mamlakatimizda tinchlik, hamkorlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash strategiyasi ekanligini chuqur anglagan ziyolilar jamoasi, aholining faol qatlamlari bajarishga qodir bo‘ladilar.
Ana shu talab va vazifalardan kelib chiqqan holda mazkur fan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda g‘oyaviy kurashchanlik va mustaqil dunyoqarashni mustahkamlashdan iborat.


Zero, shunday ekan jahonda kechayotgan g‘oyaviy-mafkuraviy kurash maydonlarida o‘zbek xalqining g‘oyaviy-mafkuraviy raqobatbardoshligini ta’minlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan mutaxassislarning yangi avlodini tarbiyalab voyaga yetkazish o‘zining dolzarbligicha qolaveradi.
Shuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martda qabul qilingan “Ma’naviy-marifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori1da, to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilganidek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda.
Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” degan hayot baxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’anaviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Mavjud muammolarni hal etish, ma’anaviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchangligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Shuning uchun, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida, quyidagilar ma’anaviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustivor yo‘nalishlari etib belgilandi:
- ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalishsari“ g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
- oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’anaviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
-targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkiletish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
-el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga ma’suliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborort xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
- madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalaridan ma’anaviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligiga erishish;
-geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olb borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarinini rivojlantirish.”2kabi bir qator o‘ta muhim vazifalarni bajarish zarurligi ko‘rsatib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan barcha qaror va farmonlar qanchalik darajada o‘z vaqtida ijro etilsa, erksevar, mehnatkash xalqimiz jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi va shunchalik darajada strategik jihatdan o‘zining jahon hamjamiyati oldida g‘oyaviy-mafkuraviy3 daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Hech qachon unutmaylik, go‘zal va betakror O‘zbekiston barchamizniki ekan, uning taqdiri va kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz4. Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyligimiz bor. Va men ishonaman, Xudo hohlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham, albatta, bo‘ladi.”5
Darhaqiqat, bunda o‘zbek xalqining milliy g‘oya va mafkurasi-jamiyatimizda o‘rnatilgan tinchlik, hamkorlik va barqaror taraqqiyotning strategiyasi bo‘lib xizmat qiladi.
1-mavzu. “MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI” FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI

Reja:

1.Milliy g‘oyani o‘rganishning ob‘yektiv zarurati
2.“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti va asosiy vazifalari
3.“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy tushunchalari va tamoyillari



Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling