S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

 
5-masala.  Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘lda yo‘nalishlar 
bo‘yicha yuk tashish hajmi va o‘rtacha uzoqligi shartli statistika 
ma’lumotlar asosida yo‘nalish turlari bo‘yicha tashilgan yuklar, tarif yuk 
aylanmasi, bir tonna yuk tashish o‘rtacha masofasi ko‘rsatkichlari 
o‘zgarishi, ulushi, o‘rtacha tashish uzoqligi o‘zgarishi qaysi omillar 
ta’siriga bog‘liqligi tahlil qilinsin hamda xulosa va takliflar bildirilsin.    
 
3.7.5-jadval 
Yo‘nalishlar 
Tashilgan 
yuklar, mln. 
tonna 
Tarif yuk 
aylanmasi, 
mln.tkm. 
1 tonna yukni tashish 
o‘rtacha masofasi, km. 
1.  Mahalliy yo‘nalish 
85 
23 205 
273 
2.  Yuk chiqishi 
55 
32 780 
596 
1.  Yuk kirishi 
70 
27 230 
389 
2.  Tranzit 50 
22 
650 
453 
Jami, temir yo‘l bo‘yicha 
260 
105 865 
407,2 
6-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “A-B uchastkasida yuklarni 
tashish o‘rtacha zichligi va yuk turlari bo‘yicha taqsimoti” shartli statistika 
ma’lumotlar asosida uchastkada yuklarni tashish o‘rtacha zichligi va yuk 
turlari bo‘yicha taqsimoti, yuk tashish zichligi ko‘rsatkichi qaysi omillar 
ta’siriga bog‘liqligi tahlil qilinsin hamda xulosa va takliflar bildirilsin. 
 
3.7.6-jadval 
Harakat 
yo‘nalishi 
Barcha 
yuklarni 
tashish 
o‘rtacha 
zichligi, 
tonna 
*km/ km 
Yuk turlari bo‘yicha tashish o‘rtacha zichligi, tonna *km/ km 
Tosh ko‘mir 
Neft 
mahsulo
tla
ri 
Qora 
meta
lla

O‘rmon 
yuklari 
Mineral 
qurilish 
mate
ria
llari 
Mashina, 
uskunalar 
Mineral 
o‘g‘itlar 
Boshqa 
yuklar 
A bekatiga 
31,8 
0,4 
6,2 
5,4 
0,3 
3,5 
3,8 
2,7 
9,5 

bekatiga 
73,8  46,2 0,6 4,5 11,2  2,6  1,8  1,5 5,4 
Ikkala 
yo‘nalishda 
105,6 46,6 6,8 9,8 11,5  6,1  5,6 4,2 14,9 
Notekislik 
koeffitsiyenti 
0,43 0,01 
0,10 
0,83 
0,03 0,74 0,47 
0,55 
0,57 
 
49

3.8. Nazorat savollari 
 
1.  Tashish statistikasining ahamiyatini tavsiflab bering. 
2.  Temir yo‘l transportining vazifasi nimadan iborat ? 
3.  Temir yo‘l transportining xususiyatlari nimadan iborat ? 
4.  Yuk tashish statistikasining ma’lumotlari qayerda va nima maqsadda 
qo‘llaniladi ? 
5.  Yuk tashish qaysi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi? 
6.  Yuk tashishni hisobga oluvchi dastlabki hujjatlarni izohlang. 
7.  Yuk xatini uning mazmuni va zaruratini tavsiflab bering. 
8.  Yo‘l qaydnomasi va uning bo‘lagini mazmuni va ahamiyatini tavsiflab 
bering. 
9.  Yuklarning umumiy tarif- statistik nomenklatura(YuUTSN)sining 
mazmuni va zaruratini izohlab bering. 
10. Yuklarni ortish va tushurishni hisobga olish momenti(payti) qanday 
belgilanadi hamda bunda qaysi hujjatlar dastlabki manba bo‘lib xizmat 
qiladi? 
11. Yuk tashish statistikasida qaysi turkumlash turlari qo‘llaniladi , ular 
mazmuni, zarurati nimalardan iborat? 
12. Yuk tashish statistikasida qo‘llaniladigan turkumlash turlari qaysi 
maqsadlarda va qayerda ishlatiladi?  
13. Yuk tashish statistikasining hajm(miqdor) ko‘rsatkichlarini va ulardan 
foydalanish doirasini izohlab bering. 
14. Yuk tashish statistikasining sifat ko‘rsatkichlarini va ulardan 
foydalanish doirasini izohlab bering. 
 
3.9. Testlar 
 
1.  Temir yo‘l statistikasining kuzatuv obyekti nimadan iborat? 
a)  bekat; 
b)  vokzal; 
c)  *harakatdagi tarkib inventar parkidan; 
d)  lokomotiv aravasi. 
2.  Qaysi hujjat, bekatdagi vagon aylanmasini va mavjud vagonlar 
sonini , aniqlaydi? 
a)  mashinist yo‘lnomasi; 
b)  poyezd varag‘i; 
c)  *depo navbatchisining stoldagi jurnali; 
d)  balans jurnali. 
3.  Qaysi hujjat, poyezd tarkibidagi vagonlar ro‘yxatini ularning 
raqami bilan ko‘rsatadi? 
a)  yo‘l qaydnomasi
50

b)  ruxsatnoma; 
c)  *mashinist marshruti; 
d)  yo‘l qaydnomasi. 
4.  Temir yo‘l ro‘yxatiga kirgan va balansida turgan lokomotivlar, 
uning nimasini tashkil etadi? 
a)  mavjud parkini; 
b)  ishlatilgan parkini; 
c)  *inventar parkini; 
d)  zaxira parkini. 
5.  Ro‘yxatga olingan va balansga kiritilgan vagonlar temir yo‘lning 
qaysi parkini tashkil etadi? 
a)  mavjud; 
b)  foydalanish; 
c)  *inventar; 
d)  zaxira. 
6.  Yuk tashish statistikasining kuzatuv obyekti nimadan iborat? 
a)  mahsulotdan; 
b)  jo‘natmadan; 
c)  *tovar – moddiy boyliklardan; 
d)  tashishdan. 
7.  Nima yuk tashish statistikasining kuzatuv birligi bo‘lib xizmat 
qiladi? 
a)  ortish; 
b)  tushirish; 
c)  *jo‘natma; 
d)  vagon og‘irligi. 
8.  Yuk jo‘natmasining xususiyati nimadan iborat? 
a)  bittaligidan; 
b)  ikkitaligidan; 
c)  *huquqiy bo‘linmaslikdan; 
d)  Yuk ortilishidan. 
9.  Temir yo‘l transportiga tashish uchun taqdim etilgan yuk, qaysi 
hujjat bilan, rasmiylashtiriladi? 
a)  tilxat; 
b)  ishonchnoma; 
c)  *yuk xati; 
d)  chipta. 
10. Temir yo‘lning qaysi hujjati asosida yuk jo‘natuvchi va oluvchi-
ning huquqi, majburiyati, yuk tashish sharti va to‘lovi belgilanadi? 
a)  ro‘yxat; 
51

b)  tilxat; 
c)  *yo‘l qaydnomasi; 
d)  d koreshok. 
11. “Yo‘l qaydnomasi” qayerda qoladi? 
a)  jo‘natish bekatida; 
b)  ortiq bekatda; 
c)  *yuk bilan birga manzil bekatga ketadi; 
d)  tovar kontorasida. 
12. “Yo‘l qaydnomasi” koreshogi qayerda qoladi? 
a)  kelish bekatida; 
b)  to‘lov bekatida; 
c)  *jo‘natish bekatida; 
d)  poyezdda. 
13. Yuk tashish tugagach “Yuk xati” kimga beriladi? 
a)  revizorga; 
b)  fuditorga; 
c)  *yuk oluvchiga; 
d)  kassaga. 
14. Tashilayotgan yuk miqdori va harakatini ifodalovchi ko‘rsatkich-
lar qanday ko‘rsatkichlar deb ta’riflanadi? 
a)  sifat ko‘rsatkichlari; 
b)  oddiy ko‘rsatkichlar; 
c)  *hajm ko‘rsatkichlari; 
d)  murakkab ko‘rsatkichlar. 
15. Temir yo‘l transporti mahsulotini qaysi ko‘rsatkich ifodalaydi? 
a)  tashish; 
b)  yuk ortish; 
c)  *tarif yuk aylanmasi; 
d)  yuk tushirish. 
16. Tarif yuk aylanmasi qaysi hujjat asosida aniqlanadi? 
a)  nakladnoy; 
b)  kvitansiya; 
c)  *yo‘l qaydnomasi; 
d)  ro‘yxat. 
17. Tarif yuk aylanmasi, yukni hisobga olishning qaysi daqiqasi 
bo‘yicha, aniqlanadi? 
a)  jo‘natilgan; 
b)  turgan; 
c)  *yuk yetib kelgan daqiqasi; 
d)  ortilgan; 
52

18. Yuk tashishda, qaysi ko‘rsatkich harakatdagi tarkibga bo‘lgan 
talabni belgilash uchun, asos qilib olinadi? 
a)  sifat ko‘rsatkich; 
b)  park soni; 
c)  *hajm ko‘rsastkichi; 
d)  nisbiy ko‘rsatkich; 
19. Bir tonna tashilgan yuk masofasini ifodalovchi ko‘rsatkich nima 
deb ataladi? 
a)  zichlik; 
b)  yuklama; 
c)  *yuk tashish o‘rtacha masofasi; 
d)  jo‘natma; 
20. Uchastkadagi yuk oqimi shiddatini qaysi ko‘rsatkich tavsiflaydi? 
a)  yuk ortish; 
b)  yuk tushirish; 
c)  *tashish zichligi; 
d)  tashish uzunligi. 
 
53

4-bob. Tashish statistikasi. Yo’lovchi tashish statistikasi  
 
4.1. Yo‘lovchi tashish hisobini uyushtirish 
 
Yo‘lovchi tashish statistikasining zarurati. Mamlakat ijtimoiy va 
iqtisodiy hayotida yo‘lovchilarni tashish, ularni o‘z vaqtida manziliga 
yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi 
tashish yil sayin muntazam ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida, mamlakat 
aholisining ortib borishi, respublika hududlarida ishlab chiqarish kuchla-
rining rivojlanishi, aholi farovonligining ortishi, xorij mamlakatlari bilan 
iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarning kengayishi bilan bog‘liq. Yo‘-
lovchi tashish hajmining muntazam ortib borishi tashish ishlarini 
rejalashtirish va tashkil etishni takomillashtirishni taqozo etadi. Ushbu 
masalalarni yechishda yo‘lovchilarni tashish to‘g‘risidagi statistik ma’lu-
mot muhim ahamiyatga ega.  
Yo‘lovchi tashish statistikasining asosiy vazifasi. Yo‘lovchi tashish 
statistikasining asosiy vazifalari yo‘lovchi tashish hajmi va tarkibi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, shuningdek, ular rivojining asosiy 
qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.  
Yo‘lovchi tashish statistikasining kuzatuv obyekti. Yo‘lovchi tashish 
statistikasining kuzatuv obyekti bo‘lib, to‘lovli chipta va unga tenglash-
tirilgan hujjatlar hamda amaldagi ko‘rsatmaga muvofiq bepul chiptalar 
asosida yo‘lovchi park vagonlarida, motorvagon va dizel harakatidagi 
tarkibda, umumiy temir yo‘l bo‘ylab avtomotritsallarda tashilgan yo‘lov-
chilar xizmat qiladi. Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish poyezdlari ikki 
kategoriyaga ajratilgan: yo‘lovchi va tezkor poyezdlar. 
Yo‘lovchi tashish statistikasining hisob birligi.  Yo‘lovchi tashishni 
hisobga olishda uning kuzatuv birligi bo‘lib, jo‘natish bekatidan manzil 
bekatga bir yo‘nalishda bajarilgan bitta yo‘lovchi safarini ifodalovchi 
Yo‘lovchi safari” xizmat qiladi. Yo‘lovchi tashishni hisobga olishda, zona 
chiptalari asosidagi “u yoqqa” yo‘lovchi safari bo‘yicha jo‘natish bekati 
bo‘lib, chiptani sotgan bekat esa jo‘natish bekati deb hisoblanadi , “orqaga 
qaytish” safarida esa faqat jo‘natgan zona hisobga olinadi. Yo‘-lovchi 
safari masofasi, sotilgan chiptalarda ko‘rsatilgan jo‘natish punkti-dan 
oraliq uzellar orqali to manzil punktgacha aniqlanadi. Temir yo‘l uchun 
yo‘lovchi tashish umumiy masofasi, sotilgan chiptalar to‘g‘risi-dagi 
hisobotda ko‘rsatilgan, yo‘lovchi yurgan yo‘nalish bo‘yicha aniqla-nadi. 
Mintaqaviy temir yo‘l uzellari doirasida yo‘lovchi tashish maso-fasi, 
barcha hollarda yo‘lovchi tashish poyezdlarining, eng qisa yo‘nalish yo‘li 
bo‘yicha hisobga olinadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish 
bo‘yicha statistik hisobot, to‘g‘ri, mahalliy, shahar atrofi va xalqaro 
54

yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tuziladigan, yo‘lovchi chiptalari sotilgan-ligi 
to‘g‘risidagi bekatlar hisobotlari asosida tuziladi. Yo‘lovchi tashish, shahar 
atrofidagi yo‘nalishda quyidagi tarif turlari bo‘yicha, hisobga olinadi: 
zonali; kilometr bo‘yicha; abonementli; umumiy. 
Yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob momenti. Chipta sotilgan sana, 
yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob daqiqasi bo‘lib xizmat qiladi. Jo‘-
natish bo‘yicha hisobotda yo‘lovchi boshqa kalendar oyida safar qilgan 
bo‘lsada, u chipta sotib olgan kalendar oyida chiptaga muvofiq hisobga 
olinadi. Shahar atrofi abonent chiptalari bo‘yicha safarlar, ushbu chipta-lar 
foydalanilgan kalendar oylar bo‘yicha, teng bo‘laklarda hisobga olinadi. 
Yo‘lovchining har bir safari bo‘yicha hisobotda quyidagi belgi-lar 
ifodalanadi: jo‘natish va manzil bekati va temir yo‘li; poyezd va va-gon 
kategoriyasi; uzatish punktlari; poyaslar raqami; uzoqlik masofasi va 
zonasi; tashish kategoryasining bahosi; chipta sotilganligi hisobi; tarif turi 
va tashish haqi miqdori. 
Yo‘lovchi tashish kuzatuvining dastlabki manbalari. Sotilgan chipta-lar 
to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari , yo‘lovchi tashish 
statistikasining dastlabki manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Sotilgan chipta-lar 
to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari asosida, temir yo‘l 
Ma’lumot hisoblash markazi” belgilangan dastur bo‘yicha, yo‘lovchi-
larni tashish to‘g‘risidagi statistik hisobotni ishlab chiqadi. 
Tayanch iboralar: yo‘lovchi tashish hajmi; yo‘lovchi tashish hajmi va 
tarkibi; ishlarini rejalashtirish va tashkil etish; to‘lovli chipta va unga 
tenglashtirilgan hujjatlar; yo‘lovchi safari; dastlabki kuzatuv manbalari. 
 
4.2. Yo‘lovchi tashish statistikasi ko‘rsatkichlari va guruhlash 
 
Yo‘lovchi tashish statistikasi ko‘rsatkichlari hajm va sifat 
ko‘rsatkichlari guruhlaridan iborat. Yo‘lovchi tashish statistikasi hajm 
ko‘rsatkichlari qatoriga quyidagilar kiradi:  
9  jo‘natilgan yo‘lovchilar 

p
gr
P
 bu, temir yo‘l bekatlaridan hisobot 
davrida sotilgan yo‘lovchi tashish chiptalar soni.  
9  tashilgan yo‘lovchilar 

P
P
 bu, hisobot davrida xarid qilingan chip-
talar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni. 
9  yo‘lovchi aylanmasi 

l
P
P
 bu ko‘rsatkich, yo‘lovchilar sonini ular 
tashilgan masofa bilan birga tavsiflaydi va yo‘lovchi kilometrda 
o‘lchanadi.  
Yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichi, temir yo‘l uchun barcha 
yo‘nalishdagi yo‘lovchi aylanmasining yig‘indisi tarzida aniqlanadi: 
( )
( ) ( )



+
=
l
P
l
P
l
P
P
P
P
 
(yo‘lovchi-km) 
                        
55

  shahar atrofidagi yo‘nalishda             uzoq yo‘nalish 
 
Qabul qilingan           Olib kirilgan            Tranzit 
yo‘lovchilar soni =  yo‘lovchilar soni  +  yo‘lovchilar soni 
 
Tashilgan                     Jo‘natilgan           Qabul qilingan 
yo‘lovchilar soni =  yo‘lovchilar soni +   yo‘lovchilar soni 
 
Temir yo‘l statistikasida yo‘lovchi tashish yo‘nalish turi, hududiy 
belgisi, geografik pozitsiyasi va uzoqlik poyaslari bo‘yicha alohida 
guruhlarga ajratib hisobga olinadi. 
Yo‘lovchi tashish quyidagi alohida yo‘nalish turlariga ajratiladi:  
9  shahar atrofida tashish - katta ma’muriy markazlarga tutash bo‘lgan 
uchastkalar doirasida yo‘lovchi tashish;  
9  mahalliy tashish - bitta temir yo‘l miqyosidagi yo‘lovchi tashish;  
9  to‘g‘ri yo‘nalishda tashish – ikkitadan kam bo‘lmagan temir yo‘llar 
doirasidagi yo‘lovchi tashish;  
9  uzoq yo‘nalishda tashish –  mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlardagi tashish 
yig‘indisiga teng;  
9  to‘g‘ri yo‘nalishda tashish – olib ketish, keltirish va tranzit 
yig‘indisidan iborat.  
Yo‘lovchi tashish, yo‘nalish turlari bo‘yicha iqtisodiy guruhlanishi 
quyidagilarni tavsiflaydi: 
a)  hududiy guruhlash - tashilgan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumot-larni 
hududiy guruhlarga ajratish asosida muhim bekat yoki uzellar bo‘yicha 
jo‘natish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Jo‘natilgan yo‘lovchilar to‘g‘risi-
dagi bekatlar ma’lumoti umumlashtirilgach, mintaqaviy temir yo‘l 
uzellari, temir yo‘l transporti va ma’muriy rayonlar bo‘yicha jo‘natil-
gan yo‘lovchilar soni aniqlanadi. Bu har bir bekat, mintaqaviy temir 
yo‘l uzeli, temir yo‘l transporti, ma’muriy rayon bo‘yicha umuman va 
yo‘nalishlar kesimida tashish miqdorini tavsiflashga imkon yaratadi. 
b)  geografik pozitsiyalar bo‘yicha mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalish turlariga 
guruhlash - mamlakat rayonlari va mintaqaviy temir yo‘l uzellari orasida 
yo‘lovchi tashish bo‘yicha aloqalarni tavsiflashga sharoit yaratadi. 
Tashish statistikasi hajm ko‘rsatkichlari yo‘lovchi tashish miqdori va 
temir yo‘l mahsulotini tavsiflaydi.  
Yo‘lovchi tashish sifat ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga 
quyidagilar kiradi: yo‘lovchi tashish o‘rtacha masofasi 
P
l

; yo‘lovchi 
tashish zichligi; yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashish notekisligi; yo‘lovchi 
vagonida yo‘lovchilar zichligi; aholi harakatchanligi. 
Yo‘lovchi tashish o‘rtacha masofasi 
P
l

 bu, bitta yo‘lovchi bajargan 
safari o‘rtacha masofasi, km. Bu ko‘rsatkich yo‘lovchi aylanmasining 
(

l
P
P
) tashilgan yo‘lovchilar soniga nisbati tarzida aniqlanadi: 
56

( )


=

P
P
p
P
l
P
l
   
' . .
'
yo l km
yo l

Yo‘lovchi tashish zichligi 
P
f

- foydalanuvdagi 1 km. temir yo‘l 
uchastkasiga to‘g‘ri keladigan yo‘lovchilar sonini tavsiflaydigan intensiv 
ko‘rstkichdir. Bu ko‘rsatkich, yo‘lovchi aylanmasining (

l
P
P
) foydalanil-
gan uchastka uzunligiga (
.
экспл
L
) nisbati tarzida aniqlanadi: 
( )


=

.
экспл
P
P
L
l
P
f
    
' . .
'
yo l km
yo l

Yo‘lovchi vagonida yo‘lovchilar zichligi 
P
q
 bu, vagon bosib o‘tgan 
umumiy masofada bitta vagonga to‘g‘ri kelgan yo‘lovchilar sonini 
tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkich, yo‘lovchi aylanmasining (
P
P l

) vagon bosib 
o‘tgan umumiy masofaga 
(
)
p
n S

 nisbati tarzida aniqlanadi: 
( )
( )


=
S
n
l
P
q
P
P
P
 
.
.
.
.
'
km
vag
km
l
yo

Aholi harakatchanligi koeffitsiyenti bu, temir yo‘lda bir yil mobaynida 
tashilgan aholi sonidir. U tashilgan yo‘lovchilar soni (
P
P

) aholining 
o‘rtacha soniga 
N

⎛ ⎞
⎜ ⎟
⎝ ⎠
 nisbati tarzida aniqlanadi: 


=
N
P
K
P
p
p
   
kishi
lovchi
yo'

Tayanch iboralar: hajm va sifat ko‘rsatkichlari; yo‘lovchi aylanma-si 
ko‘rsatkichi; yo‘lovchi tashish hajm ko‘rsatkichlari; sifat ko‘rsatkich-lari; 
intensiv ko‘rstkich; yo‘lovchilar soni; aholining o‘rtacha soni. 
 
4.3 Yo‘lovchi tashish bo‘yicha hisobot 
 
Temir yo‘l transportida, yo‘lovchi tashish bo‘yicha statistik hisobot, 
quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat: 
9  yo‘lovchilarni tashish va bu tashish daromadlari – yo‘lovchi tashish 
umumiy miqdori, yo‘lovchi aylanmasi, tashish o‘rtacha uzoqligi va 
yo‘nalish turlari bo‘yicha tashish daromadlari: 
9  manzil rayonlari bo‘yicha uzoq yo‘nalishga jo‘natilgan yo‘lovchilar 
taqsimoti: 
9  uzoq yo‘nalishdagi yo‘lovchilar harakat zichligi miqdori va uchastkalar 
bo‘yicha yo‘lovchi oqimining yo‘nalishi tavsifi bilan; 
9  ishini tavsiflash, mehnat unumdorligini aniqlash uchun mintaqaviy 
temir yo‘l uzellari bo‘yicha yo‘lovchi tashish; 
9  poyaslar, tashish uzoqligi va bu masofadagi tashish o‘rtacha daro-mad  
stavkalari  bo‘yicha  uzoq  yo‘nalishga jo‘natilgan yo‘lovchilar- 
57

ning taqsimoti; 
9  har bir bekat, mintaqaviy temir yo‘l uzeli bo‘yicha barcha 
yo‘nalishlarga jo‘natgan yo‘lovchi miqdorini tavsiflash . 
Temir yo‘l “Ma’lumot hisoblash markazi” mahalliy yo‘nalish, olib 
ketish va shahar atrofi yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish to‘g‘risida, 
bekatlar hisobotlaridan ma’lumot olishi mumkin. Mintaqaviy temir yo‘l 
uzellari bo‘yicha , yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari, 
bekatlararo korrespondensiya asosida aniqlanadi.  
Tayanch iboralar: yo‘lovchi tashish statistik hisoboti; tashish 
daromadi; yo‘lovchilar taqsimoti; yo‘lovchi oqimi; daromad stavkasi; 
bekatlar aro korrespondensiya; ma’lumot hisoblash markazi. 
 
4.4. Qo‘l yuki (богаж) tashish statistikasi 
 
Temir yo‘l transportida, yo‘lovchilarga tegishli bo‘lgan shaxsiy 
narsalardan iborat qo‘l yukini tashish uchun, shu maqsadga mo‘ljallangan 
maxsus qo‘l yuki vagonlaridan foydalaniladi. Pulli yoki bepul yo‘l 
chiptasini yo‘lovchi ko‘rsatib, tashish uchun topshirgan va boshqa 
transport turlaridan hamda xorij temir yo‘llaridan mamlakat temir 
yo‘llarida harakatni davom ettirish uchun qabul qilingan qo‘l yuklari 
statistik hisobga olinadi. Qo‘l yukini tashish jo‘natish bekatida, uni 
tashishga qabul qilish momenti bo‘yicha, hisobga olinadi.  
Qo‘l yuki kuzatuv birligi bo‘lib, qo‘l yuki jo‘natmasi xizmat qiladi. Har 
bir qo‘l yuki jo‘natmasi bo‘yicha quyidagi xislatlar qayd etiladi: jo‘natish 
kalendar oyi; jo‘natuvchi va qabul qiluvchi manzil bekati va temir yo‘li; 
jo‘natma massasi; yo‘nalish turi; tashish haqi. Qo‘l yuki tashish 
statistikasida tashish yo‘nalishning ikki turi belgilangan: mahalliy va 
to‘g‘ri yo‘nalishlar.  
Mahalliy yo‘nalishda qo‘l yuki tashish bu, bitta temir yo‘l doirasida 
tashilgan qo‘l yuki, to‘g‘ri yo‘nalishda qo‘l yuki tashish – qo‘l yuki 
tashishda bir necha temir yo‘llar ishtirok etadi. 
Qo‘l yuki aylanmasi ko‘rsatkichi, qo‘l yuki massasini tashish 
masofasiga ko‘paytmasi tarzda aniqlanadi. 
Dastlabki hisob manbasi - bularga Qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi, 
uzatish Qaydnomalari kiradi.  Qo‘l yuki tashish hisobotini tuzish uchun 
Qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi, suv transporti va to‘g‘ri aralashgan temir 
yo‘l-suv yo‘nalishidagi xorij temir yo‘llaridan Qo‘l yuki qabul qilish 
to‘g‘risidagi uzatish Qaydnomalari, dastlabki hisob manbasi bo‘lib xizmat 
qiladi. Bu Qaydnomalar qayta ishlanib bo‘lgach, tonna o‘lchov birligida 
tashilgan qo‘l yuki hajmi, tonna-kilometrdagi yuk aylanmasi, qo‘l yuki 
tashish daromadi umumiy summasi, shuningdek qo‘l yuki tashish o‘rtacha  
58

masofasi va o‘rtacha daromad stavkasi to‘g‘risida statistik hisobot tuziladi. 
Tayanch iboralar: qo‘l yukini tashish; pulli yoki bepul yo‘l chiptasi; 
qo‘l yuki jo‘natmasi; qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi; uzatish 
Qaydnomalari; qo‘l yuki hajmi. 
 
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling