Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.06.2020
Hajmi0.7 Mb.
#118828
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI-Sadinov Javlon - 405-guruh


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 

O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

SAMARQAND VETERINARIYA 



MEDISINASIINSTITUTI

 

 

IQTISODIYOT VA AGROTEXNOLOGIYA FAKULTETI 

 

CHORVACHILIKDA IQTISODIY SAMARADORLIK VA 

BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI 

 

TA’LIM YO’NALISHI: 5420100- QISHLOQ XO‘JALIGIDA 



MENEJMENT

 

 

 



KURS ISHI 

 

 



 

 

Mavzu:  Fermer  xo’jaligi  faoliyatini  diversifikasiyalashning 

huquqiy va iqtisodiy asoslari 



 

 

 

Bajardi: 405-gurux talabasi Sadinov Javlon 

Tekshirdi: M.Nazarova

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

Samarqand 2020

 

 


MUNDARIJA 

 

 



KIRISH .......................................................................................................................... 

 



1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI .................. 

 



2. Fermer xo’jaligining resurslar salohiyati va ular bilan taminlanganlik holati .......... 

 



2.1. Yer-suv resurslari va fermer xo’jaliklarining ular bilan taminlanganlik holati ..... 

 



2.2. Mehnat resurslari va ular bilan fermer xo’jaliklarining ta’minlanganlik holati 

tahlili .............................................................................................................................. 

 

2.3. Moddiy-texnika resurslari va ular bilan ta’minlanganlik ..................................... 



11 

 

3. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy va iqtisodiy asoslari . 13 



 

3.1. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning ahamiyati ............................ 

13 

 

3.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy asoslari .................. 



17 

 

3.3. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning iqtisodiy asoslari ................. 



20 

 

4. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy asoslarini 



takomillashtirish .......................................................................................................... 

24 


 

4.1. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni qonuniy takomillashtirib borish 

24 

 

4.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni 



kabul qilinishi .............................................................................................................. 

26 


 

XULOSA VA TAKLIFLAR ....................................................................................... 

29 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ................................................ 



31 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 





KIRISH 

 

Respublikamizda  mustaqillik  yillarida agrar  sohada amalga  oshirilgan iqtisodiy 



islohotlar  mazmuniga  e'tibor  qaratadigan  bo‘lsak,  qishloq  xo‘jaligida  mahsulot 

yetishtiruvchi  dehqonning  moddiy  manfaatdorligi  va  iqtisodiy  erkinligini  ta'minlash 

orqali  mavjud  yer  va  suv,  mehnat  resurslaridan  foydalanish  samaradorligini 

oshirishga qaratilganligini ko‘rish mumkin. Aholining yeriga, mol-mulkning haqiqiy 

egasiga aylanib borishi zamirida birinchi navbatda, mamlakat aholisining tobora o‘sib 

boruvchi ehtiyojlarini ichki imkoniyatlar hisobiga sifatli va nisbatan arzon oziq-ovqat 

mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash masalasi mujassam. Bugungi kunda fermerlar 

faqatgina xomashyo yetishtirib beruvchi emas, balki uni qayta ishlovchi, qishloqlarga 

sanoatni  olib  kirib,  ko‘plab  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratayotgan  ishbilarmonga 

aylanmoqda. 

 

Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash hozirgi kunda dolzarb masala 



hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 

yil 9 oktyabrda “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va 

qonuniy  manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali 

foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-

sonli  farmonini  qabul  qilinishi  dehqon  xo‘jaliklari,  tomorqa  yer  egalarini  huquq  va 

manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  birga,  fermer  xo‘jaliklarida  qishloq  xo‘jaligi  ekin 

maydonlaridan  samarali  foydalanish,  fermer  xo‘jaliklarini  2018-2021  yillar 

mobaynida  bosqichma  bosqich  to‘liq  ko‘p  tarmoqli  xo‘jalik  yuritish  shakliga 

o‘tkazish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. 

 

Ko‘p  tarmoqli  fermer  xo‘jaliklarini  tashkil  etilishidan  asosiy  maqsad  –  tabiat 



omillari  va  moddiy-texnik  resurslardan  samarali  foydalanish  asosida  sifatli  va 

raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarib  moliyaviy  barqorarlikka  erishish 

hisoblanadi

1

.  Shuning  uchun  ko‘p  tarmoqli  xo‘jaliklar  tashkil  etilganida  qishloq 



joylarda  yangi  ish  o‘rinlari  barpo  etiladi  va  uning  natijasida  aholini  ish  bilan 

ta'minlaning darajasi oshadi. Shu bilan bir qatorda qishloq aholisining sanoatni qayta 

ishlash va boshqa tarmoqlariga oqib o‘tish jarayoni yuzaga keladi. 

 

Mamlakatning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarkibi shakllanishida birlamchi 



ravishda  uning  geografik  o‘rni,  tabiiy-iqlim  resurslari  va  resurs  salohiyati  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Mavjud  tabiiy  imkoniyatlar  yetarli  bo‘lgan  holatda,  qishloq 

xo‘jaligi  hududiy  ixtisoslashuvi  shakllantiriladi  hamda  mamlakat  aholisining  oziq-

ovqat  mahsulotlariga  va  sanoat tarmoqlarining xom-ashyoga  bo‘lgan talabidan kelib 

chiqib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beruvchi 

samarali  ishlab  chiqarish  tanlanadi.  Qishloq  xo‘jaligida  ishlab  chiqarish  tarkibi 

tanlanganidan  so‘ng,  bozor  qonuniyatiga  ko‘ra  zarur  bo‘lgan  tovar  ishlab  chiqarish 

jarayoni  boshlanadi,  ya'ni  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishlab  chiqaruvchi 

tomonidan yaratilgan mahsulotga bozorda talabning bo‘lishi ishlab chiqaruvchi 

 

 



 

1

 



Mamarasulov X. va boshqalar “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish masalalari”-Amaliy qo‘llanma.T-2016 y

 

 



 

 



daromadini  ta'minlasa,  mahsulotning  haddan  tashqari  ortiqchaligi  esa  mavjud 

bozorning  to‘yinishiga  va  bozorda  mahsulot  turlarining  ortishiga  olib  kelishi 

oqibatida  daromadning  oshishiga  aks  ta'sir  etadi.  Shuning  uchun  doimiy  ravishda 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchining  oldida  bir  muammo  turadi,  bu  mamlakat  qishloq 

xo‘jaligi  ishlab  chiqarish  yo‘nalishini  hisobga  olgan  holda  daromadli  ekinni 

yetishtirish  hamda  ishlab  chiqarishni  kengaytirilgan  holda  davom  ettirishidir.  Bu 

savolga  javob  izlagan  holda  ishlab  chiqaruvchi  bir  turdagi  mahsulotdan  ololmagan 

me'yoriy  daromadini  boshqa  turdagi  yangi  mahsulotni  ishlab  chiqarish  hisobiga  ega 

bo‘lishga harakat qiladi. Bu intilish asosida ishlab chiqarishning diversifikatsiyalash 

jarayoni yotadi. 

 

Kurs  ishining  maqsadi  Fermer  xo’jaligi  faoliyatini  diversifikasiyalashning 



huquqiy  va  iqtisodiy  asoslarining  predmeti  agrar  sektorda  ko‘p  tarmoqli  fermer 

xo‘jaliklarini tashkil qilish, ular faoliyatini diversifikatsiyalash va fermer xo‘jaliklari 

faoliyati  jarayonidagi  iqtisodiy  munosabatlari  majmuini  talabalarga  o‘rgatish 

hisoblanadi. 

 

Qishloq  xo’jaligida  iqtisodiy  islohotlar  sharoitida  fermer  xo’jaliklarning 



diversifikasiyalashgan  faoliyatini  rivojlantirishning  maqsadi  fermer  xujaliklari 

daromadlarini 

oshirish 

va 


resurslardan 

samarali 

foydalanishda 

faoliyatni 

diversifikatsiyalash,  qo‘shimcha  va  yordamchi  tarmoklarni  rivojlantirish  bo‘yicha 

zarur  bo‘lgan  bilimlarni  shakllantirish  hamda  O‘zbekiston  Respublikasida 

iqtisodiyotni 

erkinlashtirish, 

agrar 

sohada 


iqtisodiy 

islohotlarni 

yanada 

chuqurlashtirish  tamoyillari  asosida  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  ilg‘or 



texnologiyalar  asosida  tashkil  etish  va  optimallashtirish  bo‘yicha  ma'lumotlar 

berishdan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 





1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI 

 

Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash o‘z mazmun-mohiyatiga 



ko‘ra,  bir  tomondan,  modernizatsiyalashning  zaruriy  tarkibiy  qismi,  boshqa 

tomondan,  uni  taqozo  etuvchi  sabab  hisoblanadi.  Shu  jihatdan  ushbu  ikki  jarayon 

o‘zaro uzviy bog‘liq.Diversifikatsiyalash ham ko‘p mazmunli va serqirra bo‘lib, uni 

fermer xo‘jaligining ko‘plab soha va jarayonlariga nisbatan qo‘llash mumkin. Fermer 

xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  diversifikatsiyalash  deganda,  birinchi  navbatda,  uning 

faoliyat  sohasini  kengaytirish  nazarda  tutiladi.Odatda,  fermer  xo‘jaligining  faoliyat 

sohasi u mansub bo‘lgan tarmoq ishlab chiqarishi bilan belgilanadi. 

 

Fermer  xo‘jaligi  faoliyatini  diversifikatsiyalash,  shuningdek,  ishlab 



chiqarilayotgan  mahsulotlar  yoki  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  assortimentini 

ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bu o‘rinda fermer xo‘jaligi turli faoliyat sohalari bilan 

shug‘ullanishi  shart  emas.  Odatda,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yagona,  bitta 

mahsulot  turini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  fermer  xo‘jaligi  barkarorligi  xavf-

xatarning  yuqori  darajasi  bilan  tavsiflanadi.  Chunki,  ushbu  mahsulot  bozoridagi 

kon'yunkturaning salbiy o‘zgarishi fermer xo‘jaligi faoliyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi 

mumkin. 

 

Quyida kurs ishini bajarish davomida  foydalanilgan ayrim  adabiyotlarga sharh 



berib o’tamiz: 

 

1. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 21.12.1995 



 

Mehnat  kodeksi  16  bob  294-moddadan  iborat.  Mehnat  to’g’risidagi  qonun 

hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

qonunlari  va  Jo’qorg’i  Kenges  qarorlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumatining 

hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining 

boshqa  vakillik  va  ijroiya  organlari  o’z  vakolatlari  doirasida  qabul  qiladigan 

qarorlardan iboratdir. 

 

2.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoni.  Fermer,  dehqon 



xo’jaliklari  va  tomorqa  yer  egalarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya 

qilish,  qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlaridan  samarali  foydalanish  tizimini  tubdan 

takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida. 09.10.2017. PF-5199 

 

3. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali 



marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017 

 

Prezident mazkur nutqda qishloq xo’jaligi faoliyat turlari boshqaruvi 



samaradorligiga alohida urg’u berib o’tdi. 

 

Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 



 

160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq 

yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. 

 

4. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan 



tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017 

 

Prezident mazkur nutqda qishloq xo’jaligi faoliyat turlari boshqaruvi 



samaradorligiga alohida urg’u berib o’tdi. 

 



Fermerlik  harakatini  rivojlantirish  natijasida  mamlakatimizda  keyingi  yillarda 

160  mingdan  ortiq  fermer  xo’jaliklari  shakllanib,  ular  bugungi  kunda  10  dan  ortiq 

yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. 

 

Eng quvonarlisi, 12 mingdan ziyod fermer xo’jaligi rahbarlarini 30 yoshgacha 



bo’lgan  yoshlar  tashkil  etsa,  6  mingdan  ortiq  fermer  xo’jaligiga  xotin-qizlarimiz 

rahbarlik qilmoqda. 

 

Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga ko’payib, bugungi 



kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq 

qishloqlarda yuz minglab yangi ish o’rinlari barpo etildi. 

 

5. O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoni.  Qishloq  va  suv  xo’jaligi 



davlat  boshqaruvi  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida. 

17.04.2018. PF-5418-son 

 

Mamlakatda  qishloq  va  suv xo’jaligini  rivojlantirish  uchun  zarur  iqtisodiy  va 



tashkiliy-huquqiy  asoslar  yaratish  bo’yicha  keng  ko’lamli  ishlar  olib  borilmoqda. 

Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy 

qilishda  fermer  xo’jaliklari  uchun  qo’shimcha  shart-sharoitlar  yaratishga  alohida 

e’tibor qaratilmoqda. 

 

Qishloq xo’jaligi tarmog’ining jadal rivojlanishi, o’z navbatida, suv resurslari 



iste’molining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va 

xatarlarga  nisbatan o’z  vaqtida  choralar  ko’rilmagan  taqdirda,  mamlakat  oziq-ovqat 

xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 

 

6. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik 



 

– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 2017. 

Prezident asarida quyidagilarga e’tibor qaratilgan: 

 

2017-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, 



 

shuningdek,  barcha  bo‘g‘indagi  hokimliklar  quyidagi  strategik  muhim  vazifalarni 

amalga oshirishi shart: 

 

birinchi  –  ekin  maydonlari  va  ekinlar  tarkibini  optimallashtirish,  ilg‘or 



agrotexnologiyalarni  joriy  etish  va  hosildorlikni  oshirish,  meva-sabzavot  va  uzum 

yetishtirishni ko‘paytirish; 

 

ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. 



Oxirgi 10-yil  mobaynida  mineral  o‘g‘itlar,  yoqilg‘i-moylash  materiallari va urug‘lik 

narxining  o‘sishi  bilan  paxta  xomashyosi  va  g‘allani  xarid  qilish  narxlari  o‘sishi 

o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda; 

 

uchinchi  –  o‘tgan  yillarda  Moliya  vazirligi  va  uning  huzuridagi  Jamg‘arma 



rahbariyati  tomonidan  shakllantirilgan,  agrotexnika  tadbirlarini  moliyalashtirishda 

ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur. 

 

7.  Dadaboyev  T.,  Mirzaabdullayeva  G.  O’zbekiston  qishloq  xo’jaligi 



iqtisodiyotida 

olib 


borilgan 

islohot 


natijalari//Iqtisodiyot 

va 


innovatsion 

texnologiyalar  ilmiy  elektron  jurnali.  -№  1,  2018  1/2018  (№  00033) 

www.iqtisodiyot.uz 

 

Qishloq  xo’jaligi  mamlakat  aholisining  oziq-ovqat  va  iqtisodiyot  boshqa 



tarmoqlarining  xomashyo  mahsulotlariga  bo’lgan  ehtiyojlarini  qondirishda  muhim 

ahamiyat kasb etadi. Shu bois, maqolada ushbu sohaning mamlakatda oshitrilayotgan 

 



islohotlar natijasida erishilgan natijalar tahlili va uni rivojlantirish bo’yicha taklif 

hamda tavsiyalar bayon etilgan. 

 

8.  Maxsutaliyev  A.,  Xidirov  T.  Modernizatsiya  –  barqaror  rivojlanish 



omili//Agro ilm  -  O’zbekiston qishloq xo’jaligi.  – Toshkent, 2014. -4 (32)-son. -80-

81-b. 


 

Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  ilg’or  texnika  va  texnologiyalarsiz 

tasavvur  qilish  qiyin.  Masalaning  bu  jihati  naqadar  muhim  ahamiyat  kasb  etishini 

inobatga olgan holda sohani texnik-texnologik jihatidan modernizatsiya qilishga katta 

e’tibor  qaratilmoqda.  Qishloq  xo’jalik  mahsulotalarini  qayta  ishlash  sohasida  2015 

yilga qadar 500dan ortiq loyiha ishga tushiriladi. 

9. Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq  xo’jaligi  iqtisodiyoti. –T.: ILM-ZIYO, 

2017. 


 

Mazkur  darslikning  4-bobi  “Qishloq  xo’jaligda  mulk  va  xo’jalik  yuritish 

shakllarining samaradorligi” deb atalib, 4.4  – “Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va 

samaradorligini  oshirishda  erishilgan  yutuqlar.  Ayrim  rivojlangan  mamlakatlarda 

fermer  xo’jaliklari  tajribasi”  mavzusida  quyidagilar  yoritilgan:  Fermerlik  harakati, 

ularda  xo’jalik  yuritish  samaradorlik  darajasi  bo’yicha  to’plangan  ijobiy  tajribalar 

bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar bilan 

barqaror  rivojlanishi  va  samaradorligini  oshirishda  ma’lum  darajada  foydali 

ekanligini  e’tiborga  olib,  Amerika  Qo’shma  Shtatlari  qishloq  xo’jaligida  fermerlik 

harakati tajribasini o’rganish maqsadga muvofiqdir. 

10.  Rashidov   J.,   Shavkarov   B.   Boshqaruv   samaradorligini   oshirish. 

//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2015. -№1. -3-b. 

 

Mazkur maqola mualliflari boshqaruv samaradorligini oshirish uchun 



quyidagilarni taklif qilishadi: 

 

- Boshqaruv xodimlari malakasini zamonaviy bilimlar orqali oshirib 



borish; - Xorij tajribalaridan keng foydalanish; 

 

- Ilg’or texnologiyalarni, zamonaviy kommunikasiya vositalarini joriy yetish; - 



Ilmiy tadqiqot ishlari va innovasiyalarni joriy etishni rag’batlantirish; 

 

- Xodimlar tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, samarali mehnatni 



rag’batlantirish. 

 

11. Saidov M.X., Mamatqulov A.V. Fermer xo’jaliklarida strategik boshqaruv 



faoliyatini takomillashtirish//Meva - sabzavotchilik majmuida iqtisodiy munosabatlar 

tizimini va menejmentning axborot  – tahlil ta’minotini takomillashtirish.  –Toshkent, 

2017. 

 

Qishloq  xo’jalik  ishlarini  amalga  oshirish  hududdagi  ko’plab  omillar 



buyurtmachi  tashkilotlar,  qayta  ishlovchi,moddiy  ta’minot  korxonalari  va  hamkor 

tashkilotlarning faoliyatiga ham bog’liqdir. Shu bois ular bilan ham uzoq muddatga 

belgilangan integrasion faoliyat yo’nalishlari oydinlashtirib olinishi, ya’ni hamkorlik 

shartnomalari  tuzib  olingan  bo’lishi  zarur.  Integrasiyaviy  tizimda  inson  omilining 

faollik darajasi yuqori bo’lishligi uning eng muhim shartlaridan biridir. “Inson omili 

 

– bu turli holatlarni egallagan klass, qatlam va guruhlarning faoliyat yuritishda o’zaro 



ta’sir etishi bilan jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi”. 

 

 



 



2. Fermer xo’jaligining resurslar salohiyati va ular bilan taminlanganlik holati 

 

2.1. Yer-suv resurslari va fermer xo’jaliklarining ular bilan taminlanganlik 



holati 

 

O’zbekiston  Respublikasining  barcha  yer  resurslari  yagona  yer  fondini  tashkil 



etadi. Ular maqsadli foydalanishiga qarab, O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 

2-bobida ko’rsatilganidek quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: 

1. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar; 

2. Aholi punktlarining yerlari; 

3.  Sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  va  boshqa  maqsadlarga  mo’ljallangan 

yerlar; 


 

4.  Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreasiya maqsadlariga 

mo’ljallangan yerlar; 

 

5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; 



6. o’rmon fondi yerlari; 

7. Suv fondi yerlari; 

8. Davlat zahira yerlari. 

 

Yer  resurslari  -  buyuk  va  hech  narsa  bilan  almashtirib  bo’lmaydigan  milliy 



boylik. Yer resurslari, boshqa ishlab chiqarish vositalardan tubdan farq qilgani holda, 

asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega va 

qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi iqtisodiga katta ta’sir ko’rsatadi. 

 

1. Yer  tabiat  mahsuli.  Inson  mehnati  tuproq  xususiyatini  o’zgartiradi,  bu  uning 



mehnat  predmeti  ekanligi,  o’simliklarning  rivojlanishi  va  o’sishga  ta’sir  ko’rsatishi 

uning  mehnat  vositasi  ekanligi.  Ikkalasi  birgalikda  uning  ishlab  chiqarish  vositasi 

ekanligini bildiradi. 

 

2.  Yerning  hududiy  chegaralanganligi  va  uning  takror  yaratilmasligi.  Yer 



boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi insonnig xohishi bilan ko’payib qolavermaydi. 

 

3. Yerni almashtirish mumkin emasligi. Yerni boshqa ishlab chiqarish vositalari 



kabi  almashtirib  bo’lmaydi,  undan  boshqa  ishlab  chiqarish  vositalarini  ishlab 

chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga qarab takomillashganlari bilan almashtiriladi. 

 

4. Yerni siljitib bo’lmasligi. Yer qayerda joylashgan bo’lsa, o’sha yerda undan 



foydalanish mumkin, uni bir joydan boshqa joyga ko’chirish mumkin emas. 

 

5. Yer uchastkalarining sifati bo’yicha turli tumanligi. Yer uchastkalariga bir xil 



miqdorda mablag’ va mehnat sarflansa ham olinadigan mahsulotlar miqdori turlicha 

bo’lishi mumkin. 

 

6.Boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanilganda 



eskiradi, o’zining foydalilik xususiyatini kamaytiradi va butunlay ishdan chiqadi. 

 

Fermer  xo’jaliklari  sonining  muntazam  optimallashtirilib  borishi  natijasida 



fermer xo’jaliklari soni qisqartirilib ularga biriktirilgan yer maydoni oshib bormoqda. 

 

Kattaqo’rg’on tumanining yer resurslari tarkibini ma’lumotlar asosida ko’rib 



chiqamiz (2.1.1-jadval). 

 

 



 

 



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling