Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv


Download 22.19 Kb.
bet1/7
Sana14.10.2023
Hajmi22.19 Kb.
#1702349
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv-fayllar.org


Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv




MAVZU: “SCHYOT TIZIMI VA IKKIYOQLAMA YOZUV” 

Maqsad: Schyotlar to’g’risida tushuncha va ularni turkumlash, asosiy schyotlar va
kalkulyatsiya schyotlari, ikkiyoqlama yozuvning nazorat ahamiyati buxgalteriya
hisobi schyotlarining rejasini talabalarga o’rgatish.

Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002 y.
9 -sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y.
30 avgust.
3. Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g.

Ishning mazmuni: 
1. Schyotlar to’g’risida tushuncha va ularni turkumlash 
2. Asosiy schyotlar
3. Kalkulyatsiya Schyotlari 
4. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat ahamiyati 
5. Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi 
3.1. Schyotlar to’g’risida tushuncha va ularni turkumlash 

Korxonaning xo’jalik muomalalari tegishli axborot tashuvchilar asosida schyotlarda


aks ettiriladi hamda shu muomalalar ta’sir qiladigan mablag’lar mavjudligi qayd
etiladi. Shunday qilib, schyotlar yordamida xo’jalik mablag’lari va xo’jalik
muomalalarining joriy ettirilishi va shu bilan bir vaqtda yig’ma ko’rsatkichlarni
olishni ta’minlovchi hisobning bir turdagi ob’ektlarini iqtisodiy guruhlash amalga
oshiriladi. Undan tashqari, schyotlar xo’jalik faoliyatining borishi ustidan tezkor
nazoratni yuritish imkonini beradi.
Demak, schyotlar - bu xo’jalik mablag’lari va xo’jalik muomalalarini joriy aks
ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish usuli deb ta’riflasak bo’ladi.
Schyotlarning ko’rinishi hisob yozuvlar qilinadigan jadvalga o’xshaydi.
Schyotlardagi yozuvlar, hisobga olinayotgan ob’ektlarning xususiyatiga qarab har
xil o’lchagichlarda - natura, mehnat va pul o’lchagichlarida olib boriladi. Lekin
ma’lumotlarni natura va mehnat o’lchagichlarida ifodalash bilan birga schyotlardagi
barcha ma’lumotlar albatta pul o’lchagichda ham ko’rsatiladi. Bu umumlashtirilgan,
yakuniy ko’rsatkichlarni olish uchun zarurdir.
Xo’jalik mablag’larini harakati tegishli balans moddalarini ko’payishiga yoki
kamayishiga olib keladi. Masalan, kassadagi naqd pullarni harakati ularning



g’aznaga kelib tushishi («Kassa» moddasining ko’payishi) yoki undan berilishi


(«Kassa» moddasining kamayishi) bilan tavsiflanadi; mol etkazib beruvchilar bilan
hisob-kitoblarning harakati - bu korxonaning mol etkazib beruvchilarga bo’lgan
qarzning ko’payishi («Mol etkazib beruvchilar» moddasining o’sishi) yoki uning
uzilishi «Mol etkazib beruvchilar» moddasaning kamayishiga olib keladi.
Schyotdagi umumiy summani hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun mablag’larni
ko’payishini, ularning kamayishidan alohida ajratib ko’rsatish qulayroq, shuning
uchun schyot ikki qismga bo’linadi: chap va o’ng tomonga. Uning biri (chap tomoni)



Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling