Siydik ayirish sistemasi Siydik tanosil a’zolari, apparatus urogenitalis


Download 34.49 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi34.49 Kb.
#1355467
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ayirish sistemasi


Siydik ayirish sistemasi
Siydik tanosil a’zolari, apparatus urogenitalis – o’z navbatida, kelib chiqishi va bajaradigan vazifasiga ko’ra ikkita a’zolar sitemasiga bulinadi:
1.Siydik ayirish sistemasi a’zolari
2. Tanosil a’zolari
Siydik ayirish a’zolariga, organa urinaria - buyrak, buyrak naychasi, qovuq va siydik chiqarish nayidan iborat. Bu sistema qondan, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlarni ajratadi va tashqariga chiqarib tashlaydi. Tanosil sistemasi esa organizmning ko’payish jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Buyrak
Buyrak, renis, (renalis) - organizm qon tarkibidagi siydikni ajratib tashqariga chiqaradi. Buyrak loviyasimon shaklda bo’lib, uzunligi 10 - 12 sm, kengligi 5 - 6 sm, qalinligi 4 sm, og’irligi 120 - 200 gr bo’ladi. Buyrak bel sohasida, umartqaning ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa tomonida, qorin pardaning ortida joylashgan. O’ng buyrak chap buyrakka nisbatan biroz pastroqda bo’ladi. O’ng buyrak XI ko’krak umurtqasining pastki chekkasidan boshlanadi va III bel umurtqasining oʼrta qismigacha davom etadi. Chap buyrak esa, XI koʼkrak umurtqasining o’rtasidan boshlanib, III bel umurtqasining pastki chekkasiga tugallanadi. Buyrakning ikkita yuzasi, ikkita uchi va ikkita tomoni farqlanadi.
Buyrakning yuzalari:
- Oldingi yuzasi - facies anterior
- Orqa yuzasi - facies posterior
Buyrak uchlari:
- Yukorigi uchi - extremitas superior
- Pastki uchi - extremitas inferior
Buyrak tomonlari:
- Tashki qirrasi - margo lateralis
- Medial qirrasi - margo medialis
Medial qirraning o’rtasida, oldingi va orqa yuzalar orasidagi botiqlik buyrak darvozasi - hilus renalis joylashgan. Byrak darvozasidan arteriya va nervlar kiradi, siydik yo’li, vena va limfa tomirlari chiqadi. Bu darrvoza sohasi botiq shaklda bo’lib u buyrak boʼshlig’iga davom etib ketadi. Buyrakning orqa yuzasi diafragmaga, belning kvadrat mushagiga, qorinning koʼndalang mushagiga va katta bel mushagiga tegib turadi. Buyrakning yuqori uchida buyrak usti bezi joylashadi. Buyrakni kesib kurganimizda u ikki hil moddaddalan iboratligini ko’rishimiz mumkin: poʼstloq qismi va magʼiz qismi.

Download 34.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling