Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
DAVLAТ SOLIQ QO’MIТASI  
SOLIQ AKADEMIYASI 
 
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH”  
KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“SOLIQ STATISTIKASI VA PROGNOZI” 
FANIDAN 
 
MA’RUZA MAТNLAR  
TO’PLAMI 
 
Oliy ta’limning 340000 - “Biznes va boshqaruv” 
ta’lim sohasidagi      5340800 - “Soliqlar va soliqqa tortish” 
bakalavriat yo’nalishi uchun 
 
 
Kafedraning 2012  yil 25 avgustdagi 1-sonli majlis 
bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 
 
“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri 
_________________i.f.d. N.Kuziyeva 
 
 
Tuzuvchilar:  
i.f.d. N. Kuziyeva 
o’q. I.Norkuziev 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2012 

 

1-mavzu: «Soliq statistikasi va prognozi» fanning predmeti va vazifalari  
 
Reja: 
1.
 
«Soliq statistikasi va prognozi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalar 
2.
 
Soliq statistikasi haqida tushuncha. 
3.
 
Soliq statistikasida qo’llaniladigan statistik usullar. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
prognoz,  reja,  ijtimoiy  prognozlash,  iqtisodiy  prognozlash,  ilmiy-texnikaviy  prognozlash, 
predmet 
 
1. «Soliq statistikasi va prognozi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.  
Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish davrda Respublikamizda izchil amalga 
oshirilayotgan  islohotlar  -  agrar,  mulkiy  munosabatlar,  tashqi  iqtisodiy,  moliya-kredit  tizimi  va 
ijtimoiy  sohalarda  tub  o’zgarishlarni  yuzaga  keltirdi.  Bu  islohatlar  orasida  moliya-kredit  tizimini 
isloh  qilish  alohida  rol  o’ynaydi.  Chunki,  jamiyatni  barcha  sohalari  faoliyati  pulli  munosabatlar 
bilan  bevosita  bog’liqdir,  vaholanki,  pulli  munosabatlarni  samarali    ishlash  mexanizmi  o’z 
navbatida    boshqa  sohalarga    bevosita  ta’sir  etadiki,  bu  moliya-kredit  tizimini    jamiyat  iqtisodiy 
tizimidagi    o’rni  naqadar  yuqori  ekanligini    ko’rsatadi.  «…  bunday  iqtisodiy  o’sish  ko’p  jihatdan 
iqtisodiyotda  soliq  yukini  pasaytirishga  qaratilgan  va  izchil  amalga  oshirilayotgan  siyosat  bilan 
bog’liq. Jumladan, 2010 yilda  yuridik shaxslar uchun foyda solig’i 9 foizgacha, mikrofirmalar va 
kichik biznes uchun yagona to’lov 7 foizgacha tushirilgani buning amaliy tasdig’idir. Shu borada 
o’tgan  yili  Davlat  budjeti  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  oshirib,  ya’ni  0,3  foiz  profitsit  bilan 
bajarilganini ta’kidlash zarur” - degan edi, - Prezidentimiz I.A.Karimov.
1
 
Soliqlar  davlatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  siyosatini  amalga  oshirishning  asosiy  manbai 
hisoblanadi. Bu masalani echish soliq tushumlarining ob’ektiga soliq bazasiga bog’liq. 
«Soliq statistikasi  va prognozi»  fanining predmeti soliqlar va  yig’imlar tushumini, soliqka 
tortiladigan baza va uni tashkil etuvchi elementlarning rivojlanishi tendensiyasini chuqur o’rganish 
va  shu  asosda  byudjet  tushumlari  ob’ektlarini  har  birini  alohida,  shuningdek  ularning  umumiy 
hajmini ma’lum davr uchun prognozlash (istiqbolini ko’rish). 
«Soliq statistikasi va prognozi» fanining asosiy vazifalari  quyidagilar hisoblanadi: 
1.  Tuman  va  hududlar  bo’yicha  asosiy  daromad  turlariga  doir  yillik  tushumlarni  prognoz 
qilish; 
2.  Asosiy  daromad  turlari  bo’yicha  oylarga  bo’lgan  xolda  choraklik  tushumlarni  prognoz 
qilish; 
3.  Prognoz  hisob-kitoblari  bilan  belgilangan  daromadlarni  jalb  etish  bo’yicha  choralarni 
amalga  oshirish,  soliq  organlarining  soliq  to’lovchilarga  faol  ta’siri,  O’zbekiston  soliq 
qonunchiligiga muvofiq soliqlar va majburiy to’lovlar yig’ishni ta’minlash. 
Iqtisodiyotni  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  davrda  soliqlar  moliyaviy  resurslar 
orasida eng muhim o’rin tutib, davlat moliyasi, aniqrog’i davlat byudjeti daromadlarini muhim pul 
mablag’lari bilan  ta’minlab turadi. Soliqlar iqtisodiy mohiyati jihatidan davlat byudjeti va xo’jalik 
yurituvchi  sub’ektlar  o’rtasidagi    majburiy  to’lovlar  bilan  bog’liq  iqtisodiy  munosabatlarni 
ifodalaydi.  Soliqlarni  iqtisodiy    mohiyatini  anglatuvchi    iqtisodchi  olimlar  tomonidan  ko’plab 
ta’riflar  berilgan.  Ularni  barchasida  soliqlar  majburiy  harakterdagi,  davlat  ixtiyoriga(byudjetga) 
yo’naltirilishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanishi keltirib o’tiladi. Ushbularni  
umumlashtirgan  holda  bizningcha  soliqlarga  quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin.  Soliqlar  bu  
davlatni  moliyaviy  resurslarga  bo’lgan  ehtiyojini  o’ondirish  maqsadidi  yuridik  va  jismoniy 
shaxslardan qonuniy yo’l bilan muayyan maddatda va stavkada majburiy tartibda davlat byudjetiga  
yo’naltirilgan pul mablag’lari yig’indisidir.  
                                                 
1
  I.A.Karimov.  Barcha  reja  va  dasturlarimiz  vatanimiz  taraqqiyotini  yuksaltirish,  xalqimiz  farovonligini  oshirishga 
xizmat qiladi. T.: “O’zbekiston” 2011. 

 

Soliq    tizimi    bu    o’zaro    bog’liq  mohiyati  jihatidan  bir  xil  bo’lgan  soliqlar  va    soliqsiz 
to’lovlar, soliq siyosati va soliq mexanizmlarining o’zaro majmui bo’lib, respublika byudjet tizimi, 
ya’ni davlat  byudjeti va mahalliy byudjetlar uchun muhim moliyaviy resurs hisoblanadi. Hozirgi  
vaqtda davlat byudjeti daromadlarining 80-85 foizga  yaqini soliqlar va soliqsiz to’lovlar hisobiga 
shakllanmoqda.  Soliqlarni  boshqa  iqtisodiy  kategoriyalardan  umumiy  jihatdan  farqini  ifodalovchi 
o’ziga xos umumiy belgilari mavjud bo’lib ular quyidagilardir: 

 
soliqlar  davlat  paydo  bo’lishi  bilan  yuzaga  kelgan  chunki,  davlatni  o’z  funksiyalarini 
bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy resurs xizmatini o’taydi.  

 
soliqlar albatta oliy davlat organi (O’zbekistonda oliy majlis) tomonidan  tasdiqlanib qonun 
bilan  belgilanadi.  shuningdek  mahalliy    hokimiyatlar  vakolatiga  o’z  hududiy  xususiyatdan  kelib 
chiqib ayrim soliqsiz  to’lovlarni joriy etish belgilangan. 

 
soliqlarni  keyingi  belgisi  bu  soliqlar  albatta  byudjetga    yo’naltiriladi  va  boshqa  fondlarga 
tushmaydi hamda uni faqat davlat taqsimlaydi. 

 
soliqlarni muhim belgilaridan biri bu ular majburiy harakterdaligidir. 

 
soliqlarning  yana  bir  asosiy  belgilaridan  biri  -  bu  ularni  davlatni  iqtisodiy  siyosatini  
mazmun mohiyatiga qarab o’zgarib turishligi ya’ni  universalligidir. 

 
soliqlar yordamida  davlat  va  xo’jalik  yurituvchi sub’ektlar (yuridik va jismoniy shaxslar) 
o’rtasida  mulkchilikni  qayta  tao’simlash  jarayoni    yuzaga  keladiki,  bu  soliqlarni  o’ziga  xos 
xususiyatini  ifodalaydi 
Soliqlar  moliyaviy  resurs  sifatida  murakkab  iqtisodiy    munosabatlarni  qamrab  oladi.  Shu 
tufayli  ham  funksiya  ham  vazifalarni    mujassam  etgan  hola  mavjud  bo’ladi.  Soliqlar  funksiyalari 
haqida  yagona  fikrlar  hanuzgacha  mavjud  emas.  Ayrim  iqtisodchilar  soliqlar  fiskal  (xazina), 
nazorat, qayta taqsimlash funksiyalarga xos deb ta’kidlashsa,  ba’zilari soliqlarga fiskal va iqtisodiy 
funksiyalar  xos  deb  hisoblashadi.  G’arb  iqtisodchilaridan    (Jirarden  T.D.,  Malmigan  R.B.)  
ayrimlari  soliqlar  fiskal    va  nazorat  qilish  funksiyalaridan    tashqari  rag’batlantirish,  iqtisodiyotni 
boshqarish  hamda  daromadlarni  boshqarish    kabi  funksiyalarni  ham  bajaradi  deb  ta’kidlashadi. 
O’zbek  olimlaridan  akademik  M.Sharifxo’jayev  va  A.O’lmasovlar,  soliqlar  uch  xil  funksiyani 
bajaradi:    fiskal  ya’ni  davlat  byudjetiga  muhim  ravishda  pul  tushirib  turish,  xo’jalik  faoliyatini 
rag’batlantirish;  aholi ayrim toifalarini sotsial  himoya qilish, deb fikr  bildirishgan
1

 Soliqlarga  fiskal  (byudjetni  pul  resurslari  bilan  ta’minlash),  milliy  daromadni  qayta 
taqsimlash,  ishlab  chiqarishni  rag’batlantirish  va  iqtisodiyotni  boshqarish  kabi  funksiyalar  xosdir. 
Qayd etganimizdek, soliqlar murakkab iqtisodiy kategoriya sifatidagi  moliyaviy resurs bo’lib, unga 
funksiyalardan tashqari vazifalar ham xos bo’ladi. Funksiya bu doimiy mavjud  iqtisodiy voqelikni 
ifodalaydi.  Shu tufayli soliq  funksiyalarini o’zgartirib  bo’lmaydi  balki    iqtisodiy  mavjudligi  kashf 
etiladi. Soliqlarni  vazifalari esa  bundan  farqli ravishda davlatni iqtisodiy siyosatining mohiyatidan 
kelib  chiqib  belgilanadi  va  unga  o’zgaruvchanlik  ya’ni  moslashuvchanlik  xos  xususiyatdir.  Shu  
tufayli ham  soliqlarni vazifalari  turli  davlatlarda farqlanadi.  

 
O’zbekiston  respublikasida  amalda  mavjud  bo’lgan  soliqlarni  oldiga  bugungi  kunda 
quyidagi vazifalar qo’yilgan; 

 
Respublika  milliy  iqtisodiyotida    raqobatchilik  muhitini  yaratish  va  monopoliyaga  qarshi 
kurashish. bu asosan  monopoliya mavqeiga ega bo’lgan korxonalarga yuqori stavkalar belgilanishi 
va  raqobatchilik  muhitini  yaratish  maqsadida  yangi  xo’jalik  yurituvchilarni  paydo  bo’lishini 
rag’batlantirish tarzida amalga oshirilmoqda; 

 
milliy  iqtisodiyotda  qulay  investitsion  muhitni    yaratish  vazifasi.  agar  amaldagi  soliq  
qonunchiligiga  e’tiborberiladigan  bo’lsa,  soliqlar  bo’yicha  eng  ko’p  tabaqalashtirilgan  past  soliq 
stavkasi  va  imtiyozlar  belgilangan.  chunki  chet  el  investitsiyasini  kirib  kelishini  rag’batlantirishni 
eng asosiy vositalaridan  biri  bu soliqlar hisoblanadi; 

 
soliqlarni  oldiga  qo’yilgan  yana  bir  asosiy  vazifalardan  biri  bu    respublikamizda  o’rta  va 
kichik  biznesni  rivojlanishiga  ko’maklashish  hisoblanadi.  shu    maqsadda  kichik  biznes 
sub’ektlariga dastlabki ikki  yilda soliqdan ozod etish, soddalashtirilgan soliq tizimi (yagona soliq 
                                                 
1
 A.O’lmasov, M.Sharifxo’jaev.  Iqtisodiyot  nazariyasi.  T.;  Mehnat.  1995 yil. 377-bet. 

 

to’lovi)ni    qo’llanilmoqda.  Bundan    asosiy  maqsad  esa  kichik    biznesni    mavqeini    ko’tarishdir. 
Moliyaviy  resurslar  orasida  soliqlardan  tashqari  soliqsiz    to’lovlar  ham    mavjudki,    ular  mohiyati 
jihatidan  byudjet  tizimi  va    boshqa  fondlarni  muhim  moliyaviy  resursi  hisoblanadi.  Soliqsiz 
to’lovlarni soliqlardan  farqi shundaki, ular albatta Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi shart emas, 
mahalliy  hokimiyatlar  tomonidan  belgilanishi    mumkin,    ikkinchidan  to’lovlar  barchasi    albatta 
byudjetga  kelib  tushmasligi    mumkin  ya’ni  boshqa    fondlarga  (pensiya  fondi,    yo’l  fondi)  ham 
yo’naltiriladi.  Uchinchidan  soliqsiz  to’lovlar  to’lov  muddatlari  aniq  ko’rsatilmasligi  mumkin 
(masalan,  boj  haqi).    To’rtinchidan  soliqsiz  to’lovlar    soliqlardan  farqli  o’zgaruvchanlik 
xususiyatiga  ega  bo’ladi.  Soliqsiz  to’lovlar  byudjet  tizimi  uchun  muhim  moliyaviy  resurs 
hisoblanadi. Bu to’lovlar hisobiga bugungi kunda amal qilayotgan, bojxona boji, davlat boji, ijara 
haqi,  dehqon  bozorida  patta  to’lovi,  alohida  turdagi  (alkogolli)  tovarlarni  sotish  uchun  litsenziya 
yig’imi, pensiya fondiga,  yo’l fondiga, turli xil maxsus fondlar va hayriya fondlariga to’lovlar va 
shu kabilar kiradi. 
Iqtisodiyotni  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  davrda  byudjet  tushumlarining 
samarali  nazoratini,  ular  aniq  prognozlashtirishsiz  amalga  oshirib  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  ham 
soliq  tushumlarini  prognozlash  aniq  hisob-kitoblar,  ma’lumotlar  asosida  amalga  oshirishni  talab 
qiladi. 
2.  Soliq  tushumlari,  soliq  tushumlari  tahlili  davlat  byudjetining  daromad  qismini  to’gri 
shakllanishida  alohida  ahamiyatga  ega.  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov    o’z  asarlaridan 
birida soliq tizimini isloh qilish haqida shunday degan edi: 
«Prinsipial muhim ustuvor vazifalardan biri – soliq siyosatini yanada takomillashtirishdir. 
Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondoshuvlarni ishlab chiqish, bu borada 
boshqa  mamlakatlarning  ilg’or  tajribasidan  foydalanish  o’ta    muhim  ahamiyatga  ega.  Soliq  tizimi 
nafaqat soliqlarni undirish, birinchi galda, rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lishi lozim.»
2
 
Jamiyatda  ro’y  berayotgan  hodisalarni,  voqealarni  o’zgarishlarni  kuzatib  borish,  ularga 
baho  berish  va  olingan  axborot  yordamida  kelgusi  davr  uchun  vazifalarni  belgilab  olish  muhim 
ahamiyatga ega.  
Bu kuzatishlarni statistika fani yordamida olib borish mumkin. 
Statistika fani deganda quyidagi manolarni tushunish mumkin: 
Birinchidan, bu - jamiyat hayotining miqdoriy qonuniyatlarini ifodalovchi axborotni olish, 
ishlash va tahlil qilishdan iborat ijtimoiy faoliyat turi. Bu axborot jamiyat hayotining turli sohalarini 
(texnik-iqtisodiy;  sotsial-iqtisodiy;  sotsial-siyosiy  hodisalarni  va  boshqalarni),  ularning  sifat 
tarkibini aks ettiradi. Bu manoda statistika tushunchasi statistik hisob manosiga to’g’ri keladi. 
Iqtisodiy  statistika  –  bu  statistikaning  muhim  tarmog’i  bo’lib,  iqtisodiyotda  sodir 
bo’ladigan hodisa va jarayonlarning sifatini xarakterlovchi fan hisoblanadi.  
Soliq  statistikasi  esa  soliq  tizimida  sodir  bo’ladigan  hodisa  va  jarayonlarning  sifat 
ko’rsatkichini  aniqlaydi.  Soliq  statistikasi  ma’lumotlari  soliq  tizimi  va  unda  kechadigan 
jarayonlarning hamma asosiy ko’rsatkichlarini sifatli va tizimli aks ettirilishini ta’minlashga imkon 
beradi.  Soliq  statistikasi bevosita  statistikaning  boshqa  tarmoqlari  bilan  bog’langan.  Ya’ni,  sanoat 
statistikasi,  qishloq  xo’jalik  statistikasi,  qurilish  statistikasi  va  boshqa  tarmoqlar  statistikasi  bilan 
uzviy  bog’liq.  Chunki  iqtisodiyotda  bir  tarmoqni  boshqasidan  ayro  holda  tasavvur  qilish  qiyin. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, soliq statistikasi soliq tizimidagi hodisa va jarayonlarni ijtimoiy va 
iqtisodiy  jarayonlar  bilan  o’zaro  bog’liqligini  ko’rib  chiqadi.  Bunda  tahlil  uchun  bir  xil 
ko’rsatkichlar  ishlatilishi  mumkin.  Masalan,  mehnat  haqi  ko’rsatkichlari  bir  tomondan,  ishlab 
chiqarish  xarajatlarini  ifodalasa  (iqtisodiy  omil),  ikkinchi  tomondan  daromadlarni  taqsimlash 
jarayoni (ijtimoiy omil), uchinchi tomondan esa byudjet daromadlari bilan bog’liq. Chunki, mehnat 
haqining oshishi  yoki  kamayishi jismoniy  shaxslarning daromad solig’ining  o’zgarishiga, natijada 
byudjet daromadlarining o’zgarishiga olib keladi. O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2009 yil 
25  dekabrdagi  PQ-1245  sonli    «2010  yilgi  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  va  byudjet 
parametrlari  to’g’risida»gi    Qarorida  jismoniy  shaxslarning  daromad  solig’i  davlat  byudjeti 
                                                 
2
  I.A.Karimov.  «Bizning  bosh  maqsadimi-  jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va 
isloh etishdir». Т.: «O’zbekiston», 2005. 

 

daromadlarining 12,3 %ini tashkil etishi belgilab qo’yilgan.  
Soliq  statistikasining  statistikaning  boshqa  tarmoqlari  bilan  yana  ko’proq  bog’langanligi 
ko’rishda  umumiy  ko’rsatkichlarga  ega  bo’lish  uchun  soliq  statistikasi  iqtisodiy    statistika 
ma’lumotlaridan foydalanishini keltirib o’tish kifoya. Ya’ni, tumanda tashkil etilgan va ro’yxatdan 
o’tgan  korxonalar  soni,  ularning  tegishli  tarmog’i  haqidagi  ma’lumotlar  tuman  statistika 
bo’limlaridan olinadi. Bu ham  o’z navbatida tumanda hisobot davrida nechta korxona ochilganligi 
va  ularning  qaysilari  qaysi  tarmoqqa  tegishliligidan  ular  to’laydigan  soliqlar,  buning  natijasida 
byudjetga tushumlarning qaysi soliq turidan qancha miqdorda o’zgarishini ko’rish mumkin bo’ladi. 
Ikkinchi tomondan esa ommaviy miqdoriy munosabat va o’zaro aloqalarni o’lchash va tahlil 
qilishning umumiy masalalarini o’rganuvchi fandir. 
Soliq siyosatini ro’yobga chiqarishda iqtisodiy statistikaning muhim tarmog’i  hisoblangan 
soliq statistikasi ko’rsatkichlaridan foydalanish alohida o’rin tutadi. 
Soliq  statistikasi  bu  -  davlat  miqyosidagi  soliqlar  tushumini    hisobga  olish  mexanizmi 
bo’lib,  xo’jalik  subektlari  tomonidan  to’lanadigan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  davlat 
soliq  organlarida    o’ziga  xos  statistik  ko’rsatkichlar  va  malumotlarni  maxsus    hisobotlarda, 
jadvallarda va shakllarda olib borilishidir. 
Hozirgi zamonda soliq statistikasi so’zi uchta manoda ishlatiladi: 
1.
 
Soliq statistikasi bu -  iqtisodiy statistikaning maxsus yo’nalishi; 
2.
 
Soliq  statistikasi  -  soliq  siyosatida  bo’layotgan  u  yoki  bu  hodisalarni,  jarayonlarni 
hajmi, miqdorini tariflab beruvchi sonlar majmui; 
3.
 
Soliq statistikasi bu - malumotlar yig’ish,  hisobga olish va  hisobotlar tuzish. 
Soliq  statistikasi  soliq  tizimidagi  jami  tasodif  hodisa  va  voqealarni,  ularga  ta’sir  etuvchi 
omillarini o’rganadi. 
Soliq  siyosatini  ro’yobga  chiqarishda  iqtisodiy  statistikaning  muhim  tarmog’i  
hisoblangan  soliq  statistikasi  ko’rsatkichlaridan  foydalanish  alohida  o’rin  tutadi,  chunki  jahon 
mamlakatlarida, jumladan O’zbekistonda  ham soliq organlari xo’jalik subektlarini ro’yxatga olib, 
ularning jami daromadlari va to’lagan soliqlari bo’yicha malumotlarni yig’ib umumlashtiradi. 
Ushbu  jamlangan  malumotlardan  davlat  boshqaruv  organlari,  soliq  organlari,  statistika 
idoralari  davlat  byudjetini  daromad,  xarajat  qismlarini  biri-biriga  moyilligini  aniqlashda  va 
kelajakdagi vazifalarni aniqlashda foydalanadilar. 
Demak,  soliq  statistikasi  bu  iqtisodiy  statistikaning  muhim  tarmog’i  bo’lib,  uning  asosiy 
vazifalari davlat byudjeti daromad qismining  tarkibini shaklantirishdan iborat. 
2002  yil  26  dekabrda  qabul  qilingan  «Davlat  statistikasi  to’g’risida»gi  Qonuni,  “Davlat  
soliq  xizmati  to’g’risida”gi  Qonuni  va  Soliq  kodeksiga  asosan  soliq  statistikasining  asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
-  soliq  tizimi  faoliyati  haqida  statistik  ma’lumotlarni  yig’ish,  qayta  ishlash, 
umumlashtirish va har tomonlama tahlil qilish; 
- ilmiy tadqiqot natijalari, xalqaro standartlar va tavsiyalarga  asoslangan statistik usullarni 
ishlab chiqish va soliq tizimiga joriy qilish; 
-  soliq  tizimida  ma’lumotlarning  ishonchliligini,  ob’ektivligini,  tezkorligini,  barqarorligi 
va to’liqligini ta’minlash; 
- Respublikaning iqtisodiy holatini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlarning umumiyligi va 
tizimliligini ta’minlash.  
Soliq statistikasi yordamida quyidagi nazorat ishlarini amalga oshirish mumkin: 
1.
 
Хo’jalik yurituvchi subektlarni «Davlat soliq xizmati to’g’risida» gi Qonunga binoan 
to’liq ro’yxatga olish va faoliyatini nazorat qilish; 
2.
 
Soliqlar 
tushumi 
bo’yicha 
hukumat 
tomonidan 
belgilangan 
prognoz 
ko’rsatkichlarining  bajarilishini  o’rganish  va  ushbu  malumotlar  asosida  byudjetning  daromad 
qismini to’ldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab chiqish; 
3.
 
Хo’jalik yurituvchi subektlarning to’laydigan soliq turlarini o’rganib chiqish va soliq 
yuki taqsimotini o’rganish; 

 

4.
 
Soliqlar,  yig’imlar va boshqa to’lovlar bo’yicha  yig’ilgan malumotlarni o’rganish va  
hisobotlar tuzish; 
5.
 
Тuzilgan    hisobotlarning  tahlili  asosida  kelajak  davr  uchun  soliqlar  va  boshqa 
majburiy to’lovlar prognozini tashkil qilish. 
Хulosa  qilib  aytish  kerakki,  soliq  statistikasi  yordamida,  davlat  byudjeti  daromad 
qismining  tarkibini,  uning  sifatli  to’ldirilishini,  byudjet  defitsiti  yoki  profitsitini,  xo’jalik 
yurituvchi  subektlarning  soliq  qarzi,  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlar  miqdorini,  davlatda  olib 
borilayotgan  soliq  siyosati  samaradoriligini,  olib  borilayotgan  soliq  siyosatini  iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga va aholini yashash darajasini ko’tarishga tasiri to’liq o’rganib chiqiladi. 
3.Iqtisodiy  taraqqiyotni  barqarorlashtirish  va  ijtimoiy  dasturlarni  belgilangan  ko’lamda 
bajarilishini  taminlash  maqsadida  byudjet  daromad  manbalarining  tarkibi  statistik  usullar  bilan 
o’rganib chiqiladi va xarajatlar tarkibi bilan muvofiqlashtiriladi. 
Soliq  statistikasining  ko’rsatkichlari  umumiy  statistika  nazariyasining  kuzatish 
ko’rsatkichlariga asoslangan. 
Statistikada statistik kuzatish usullari (tanlab kuzatish; sidirg’a kuzatish va boshqalar)dan 
hodisa,  obektni  va  yalpisiga  narsa-hodisalarni  majmuini  har  tomonlama  ifodalaydigan 
ko’rsatkichlar sistemasidan (masalan balans metodida), statistik gruppalash natijalarini qamragan 
umumiy va kombinatsion jadvallardan, shuningdek, boshqa vositalardan foydalaniladi.  
Soliq  statistikasining  ko’rsatkichlari  xo’jalik  yurituvchi  subektlarni  (yuridik  va  jismoniy 
shaxslarni),  davlat  byudjeti  oldidagi  majburiyatlarining  bajarilishi  haqidagi  birlamchi 
malumotlarga asoslanib  hisoblanadi. 
Yoppasiga  kuzatishda  o’rganilayotgan  obektning  barcha  elementlari  tekshiriladi,  tanlab 
kuzatish  o’rganilayotgan  obektning  barcha  elementlariga  emas,  balki  malum  yo’l  bilan  tanlab 
olingan qismiga tadbiq etiladi. 
Balans  metodi  resurslarni  o’zaro  bog’liqliklarini  va  ulardan  foydalanish  yo’llarini 
ko’rsatadi hamda takror ishlab chiqarishdagi mutanosiblikni, o’zaro bog’liqligini aniqlaydi. 
Statistik kuzatish  natijasida o’rganilayotgan hodisalarning  har  biri  to’g’risida  malumotlar 
to’planadi. Bu masala statistik kuzatish natijalarini svodkalash va gruppalash yo’li bilan echiladi. 
Statistik  gruppalashda  statistik  malumotlar  ishlab  chiqiladi  va  tahlil  qilinadi,  bunda 
o’rganilayotgan hodisalar malum belgilari bo’yicha bir xil guruhlarga yoki guruhchalarga bo’lib 
chiqiladi va tahlil qilinadi. 
Svodkalash  tor  va  keng  manoga  ega.  Тor  manoda  u  malumotlarni  jamg’arishni  anglatsa, 
keng  manoda  esa  ularni  ishlatish  natijasida  o’rganilayotgan  hodisalarning  xususiyati  va 
qonuniyatlarini  to’la  yoritish  imkoniyatini  beradi. Keng  manoda  svodkali  guruhlash  va  jadvallar 
tuzishni   ham o’z  ichiga oladi. 
Тo’plangan  statistik  malumotlar  muhim  belgilar  asosida  guruhlanib,  tekshirilayotgan 
hodisalarning ichki bog’lanishlari va qonuniyatlari o’rganib chiqiladi. 
Masalan:  Soliqlar  tushumini  oddiy  jamlash  bilan  chegaralanilsa,  u  paytda  umumiy 
tushumdan  boshqa  narsaga  ega  bo’lish  qiyin.  Soliqlar  tushumini  chuqurroq  tahlil  qilish  uchun 
ularni asosiy va muhim belgilari bo’yicha guruhlab o’rganish zarur. 
Guruhlash  statistik  svodkaning  muhim  usuli    hisoblanadi.  Bu  usul  orqali  soliqlar 
tushumining  umumiy  yig’indisiga  nisbatan  soliqlarning  ayrim  gruppalarining  salmog’ini,  soliq 
turlari salmog’ini umumiy tushumlar yig’indisiga nisbatini aniqlash mumkin. 
Masalan:  Soliqlarning  umumiy  yig’indisida  bevosita,  bilvosita  soliqlarning  salmog’ini 
aniqlash  mumkin  yoki  bevosita  soliqlarning  tarkibidagi  soliq  turlarining  salmog’ini  aniqlash 
mumkin. 
Statistik  kuzatish  malumotlarini  qayta  ishlab  bo’lgach,  guruhlarga  ajratib,  jadvallar, 
grafiklarda aks ettirish mumkin. 
Soliq  statistikasida  ko’rsatkichlarni  hisoblab  chiqarish  usullarini  ishlab  chiqish  muhim 
ahamiyatga  ega.  O’rganilayotgan  hodisa  va  jarayonlarning  sifatini  xarakterlovchi  usul  bu  – 
guruhlash  usulidir.  Bunda  jami  ko’rsatkichlar  aldohida  bir  xil  bo’lgan  guruhlarga  ajratilib  tahlil 
qilinadi.  Guruhlashtirish  alohida  guruhlarning  ulushini  aniqlash  imkonini  beradi.  Ya’ni,  har  bir 

 

guruhning  yoki  har  bir  soliq  turini  byudjet  daromadlarining  umumiy  summasidagi  ulushini 
aniqlashda qo’l keladi. 
Statistik  kuzatish,  svodkalash  va  guruhlash  amalga  oshirilgandan  so’ng,  o’rganilayotgan 
hodisalar  va  jarayonlarning  hajmi,  miqdori,  soni  va  darajasini  tariflovchi  qator  ko’rsatkichlar 
ishlatiladi: 
- mutloq (absolyut) miqdorlar.  
- nisbiy miqdorlar. Bunga misol qilib soliqlar tushumining umumiy hajmini o’tgan davrga 
nisbatan o’sishini aniqlashni keltirish mumkin. 
Hodisalarni  vaqt  ichida  o’zgarishini  soliq  statistikasida  dinamika  deb,  shu  jarayonni 
tariflovchi ko’rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi. 
Har qanday dinamika qatori ikki elementdan:  
1. Хronologik sanalar; davrlar (yillar, oylar va x.k.) ro’yxatidan; 
2.  O’rganilayotgan  hodisaning  soni;  hajmi;  miqdori  va  tarkibini  tariflovchi  darajalardan 
tashkil topadi. 
Rejadan  farq  qilishga  sabab  bo’lgan  omillarni  statistika  baholaydi.  Jumladan,  soliq 
tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
soliq bazasining o’zgarishi; 
soliq stavkasining o’zgarishi; 
ayrim korxonalarga berilayotgan o’zgarishlar va engilliklar; 
soliqlarning unifikatsiya qilinishi; 
 ayrim soliqlarning bekor qilinishi va h.k. 
Soliq  bazasi  o’zgarishining  soliqni  mutloq  o’sishiga  ta’sirini  quyidagi  formula  bo’yicha 
aniqlash mumkin:  
U
s
= ∆ S
1i
 x K
0i 
- ∆ S
0i
 x K
0i
 
Soliq hajmining mutloq o’sishi quyidagicha aniqlanadi: 
U
k
= ∆ S
1i
 x K
1i 
- ∆ S
1i
 x K
0i 
; bunda 
S
1i
 , S
0i
 – i ko’rsatkich bo’yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasining hajmi; 
K
1i 
 , K
0i 
 - i ko’rsatkich bo’yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi. 
Shu ikki omil hisobiga o’sgan soliqlarning mutloq summasi, soliq daromadlarining umumiy 
o’sishiga teng bo’ladi. 
Analitik  maqsadlarda  asosiy  ko’rsatkichlar  bilan  birga  boshqa  ko’rsatkichlar    ham 
qo’llaniladi,  ular  mavsumiy  va  boshqa  omillarni  byudjetning  tashkil  bo’lishiga  va  xarajatlariga 
ta’sirini  baholaydilar.  Masalan,  byudjet  umumiy  summasi  bilan  ayrim  olingan  xarajat  turlari 
orasidagi  bog’lanishni,  shuningdek,  yalpi  ichki  mahsulot  bilan  ayrim  moddalar  bo’yicha 
daromadlar 
summasi 
orasidagi 
bog’lanishni  o’rganish  uchun  elastiklikning  empirik 
koeffitsiyentlaridan foydalanish mumkin: 
E = ∆U / ∆X  *  X / U; bunda, 
E  –  elastiklik  koeffitsiyenti    («Х»  omilning  1  %  ga  o’zgarishi  natijasida  «U»  yakuniy 
ko’rsatkichning o’zgarish darajasi); 
∆Х -  «Х» omilning o’sishi; 
∆U - «U» yakuniy ko’rsatkichning o’sishi. 
O’sish  yoki  kamayish  surati  necha  foizga  ko’p  yoki  kam  ekanligini  aniqlash  uchun 
qo’shimcha o’sish yoki kamayish sur’ati bilan aniqlanadi. 
Soliq statistikasida soliq tushumlarining o’sgan yoki kamayganligi aniqlash uchun oldingi 
davrda tushgan tushum, reja bo’yicha belgilangan tushum miqdori, chorak boshidan, oy boshidan 
hamda yil boshidan reja ko’rsatkichlarining bajarilishi kabi ko’rsatkichlar o’rganiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling