Tabiyiy geografiya va gidrometrologiya


Download 1.49 Mb.
bet1/10
Sana06.05.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1434872
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tektonik harakatlar strukturalar


BERDAQ NOMIDAGI QORAQOLPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIYIY GEOGRAFIYA VA GIDROMETROLOGIYA KAFEDRASI GEOLOGIYA YÓNALISHI


UMUMIY VA TARIXIY GEOLOGIYA FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu :Tektonik harakatlar va tektonik strukturalar
Bajardi: Baymuratov Bekmurat
Qabul qildi: Bekmanov Nigmat
Reja:
Kirish
II.Asosiy qisim
1.1.Tektonik harakatlar
1.2. Tektonik strukturalar
II.Tog‘ jinslarining deformatsiyasi
2.1. Deformatsiya turlari
2.2.Fleksuralar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Tektonik – textovixa – yunoncha so’z bo’lib, qurilish, tuzilish degan ma’noni anglatadi. Tektonik xarakatlar deganda ichki kuchlar natijasida yer qobig’i qatlamlarining siljishi, yotish holatining o’zgarib egilib, bukilishi, uzilishining yuzaga kelishi anglashiniladi. Tektonik xarakatlar tufayli yer po’stining ayrim qismlari xarakatga kelib uzoq geologik davrlar mobaniyda tog’ tizmalarining ko’tarilishi, tog’lar orasida botiqlarning shakllanishi sodir bo’ladi.
Shu tariqa o’rganilayotgan tabiiy geografik jarayonlarning barchasi bevosita, balki bilvosita tektonik xarakatlar, tektonik xarakatlar tufayli shakllanuvchi yoriqlar, yoriqlar atrofidagi yaxlitligi susaygan maydonlar bo’ylab yuzaga keladi.
Tektonik harakatlar tufayli nadviglar, sdviglar, uzilmalar kabi tog’ ko’tarilish jarayonida yuz beradigan litologik qtlamlar burmalanishining o’ziga xos ko’rinishlari shakllanadi.
Er taraqqiyoti tarixida tog‘ hosil qiluvchi kuchli tektonik harakatlar ro‘y bergan tog‘ burmalanishi epoxalari ajratiladi. Masalan, baykal tog‘ burmalanishi proterozoyning oxiri-paleozoyning boshlanishida, kaledon va gersin tog‘ burmalanishlari paleozoyning o‘rtasida va oxirida, kimmeriy tog‘ burmalanishi mezozoy erasida, alьp tog‘ burmalanishi esa kaynozoy erasida sodir bo‘lgan. Tektonik harakatlar eng qadimgi, qadimgi, yangi (neotektonik) va hozirgi zamon tektonik harakatlariga bo‘linadi.
Eng qadimgi tektonik harakatlarga arxey va proterozoyda sodir bo‘lgan tektonik harakatlar kiradi. Qadimgisi - paleozoy (kaledon, gersin) va mezozoy (kimmeriy) eralaridagi, neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlari esa kaynozoy (alьp) erasidagi tog‘ burmalanishlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan geologik, qisman geomorfologik usullar orqali o‘rganiladi.
Er po‘stidagi tektonik harakatlar qatlam yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarning dastlabki yotishini o‘zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik ta’sir qilgan kuchdan esa, sinadi, darzlar hosil qilib, bo‘laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko‘tarilib, ikkinchi qismi cho‘kishi mumkin.
Qatlamlarning shakli va yaxlitligining o‘zgarishi ichki harakatga bog‘liqdir. Bu harakatdan cho‘kish, ko‘tarilish, burmalanish, er yorilishi, katta - katta palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik harakatlar ikki xil - orogen va epeyrogen harakatlarga bo‘linadi. Orogen harakatlar o‘z navbatida plikativ (burmalanish) va diz’yunktiv (uzilma) turlarga ajratiladi. Epeyrogen (tebranma) harakatlar er po‘stining asriy tebranishida o‘z ifodasini topgan.
Dengiz yotqiziqlarining barcha qit’alarda topilishi o‘tgan geologik davrlarda bir necha marta er po‘stida asriy tebranishlar kechganligidan dalolat beradi. Bunday harakatlar hozir ham davom etmoqda.
Epeyrogen harakatlar qirg‘oq chiziqlarining o‘zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz sohillarining ba’zi joylarida suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki sohilining ko‘tarilishida ro‘y beradi.
Quruqlikning cho‘kishi yoki dengiz sathining ko‘tarilishi natijasida dengiz transgressiyasi ro‘y beradi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa regressiya deyiladi.
Er po‘stining asriy tebranishi faqat dengiz sohillaridagina emas, balki materik ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Fransiyaning ayrim joylari, Alьp tog‘larining etaklari va Boden ko‘li atrofi, SHimoliy Amerikada Michigan ko‘li sohillari, Tinch okeandagi ko‘pchilik marjon orollari ham asta - sekin cho‘kmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling