Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
Download 64.25 Kb.
|
Xolida Toshtemirova
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2023 Mundarija: Kirish……………………………………………………………………….….…...3 I-BOB. Nemis va ozbek tillaridagi soroq gaplarning tarjimalarda berilishi 1.1.
- Kirish Mavzuning dolzarbligi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FAKULTETI TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI KURS ISHI MAVZU: Nemis va o'zbek tillaridagi so'roq gaplarning tarjimalarda berilishi BAJARUVCHI: 201 A-gurub talabasi ____________________________ ILMIY RAHBAR: Ln., dotsent O.Safarov TOSHKENT-2023 Mundarija: Kirish……………………………………………………………………….….…...3 I-BOB. Nemis va o'zbek tillaridagi so'roq gaplarning tarjimalarda berilishi 1.1. Nemis tilida so`roq gaplarni berilishi…..…………………..........................5 1.2. Nemischa-o`zbekcha tarjimalarda so`roq gaplarning ishlatilishi ……...12 II-BOB. O`zbek tiida so`oroq gaplarni va nemis tilidagi so`roq gapalrni qiyosiy tahlili 2.1. O`zbek leksikasida so`roq gaplar ……………………………………..…24 2.2. O`zbek va nemis tillarida ritorik so’roq gaplar ……….……….….....…29 Xulosa ………………………………………………………………..……..…….33 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..........34 Kirish Mavzuning dolzarbligi: So'roq gap (Der Fragesatz) So'roq gap biror voqea-hodisa haqida ma’lumot olishni, biror narsa- predmet haqida bilishni ifodalaydi. So'roq gaplar oxirida so'roq belgisi qo'yiladi. So'roq gaplar to'rtga bo'linadi. 1. So'roq so'zsiz so'roq gap (die Fragesatze ohne Fragewort)larda birinchi o'rinda kesim, ikkinchi o'rinda ega, uchinchi o'rinda ikkinchi darajali bo'lak keladi. So'roq so'zsiz so'roq gap so'roq intonatsiya bilan ayti- ladi, ya’ni ohang gap boshida pasayib, oxirida ko'tariladi. 1. kesim 2. ega 3. o'rin holi Arbeitet dein Vater im Werk? Otang zavodda ishlaydimi? 1. kesim 2. ega 3. payt holi 4. to'ldiruvchi Kommst du heute zu mir? Sen bugun menikiga kelayapsanmi? 2. So'roq so'zli so'roq gap (die Fragesatze mit Fragewort)larda birinchi o'rinda so'roq so'z, ikkinchi o'rinda kesim, uchinchi o'rinda esa ega yoki ikkinchi dararajali bo'lak keladi. So'roq so'z sifatida wer, was, wem, wen, wo, wann, wohin, woher, wie, wie lange, wie oft, seit wann, bis wann, warum so'zlari kelishi mumkin. So'roq so'zli so'roq gaplarda ohang darak gaplardagidek ko'tarilib pasayadi. 1. so'roq so'z 2. kesim 3. ega Was liest du? Sen nima o'qiyapsan? So'roq gap tarkibida wie so'roq so'zi kelgan bo'lsa, so'roq so'z birinchi o'rinda, undan so'ng sifat yoki ravish, uchinchi o'rinda kesim, kesimdan keyin esa ega, undan so'ng ikkinchi darajali bo'lak keladi: Wie alt bistdu? Yoshing nechada? So'roq gaplar tarkibida wieviel?, welcher?, wessen?, was fiir ein?, was fur? so'roq so'zlari kelgan bo'lsa, birinchi o'rinda so'roq so'z, undan keyin ot, uchinchi o'rinda kesim, undan so'ng ega yoki ikkinchi darajali bo'lak keladi: Wessen Buch liegt da? Kimning kitobi bu yerda turibdi? So'roq so'z predlogli to'ldiruvchiga qaratilgan bo'lsa, o'sha to'ldiruvchining predlogi so'roq so'zdan oldin turadi: Auf wen wartest du? Sen kimni kutayapsan? So'roq gaplarda sich olmoshi fe’lning tuslanuvchi qismidan keyin keladi: Wo befindet sich das Hamsa - Theater? So'roq gaplarning egasi olmosh bilan ifodalangan bo'lsa, unda sich bevosita olmoshdan keyin turadi: Interessierst du dich fur Musik? - Sen muzikaga qiziqasanmi. 3. Tasdiqlovchi so'roq gaplar (die Bestatigungsfragesatze) tartib jihatdan darak gaplardan hech qanday farq qilmaydi. Biroq qo'yilgan savolga qaytarilgan javob ko'pincha tasdiq ma’nosiga ega bo'ladi. Shuning uchun bunday so'roq gaplar tasdiqlovchi so'roq gaplar deyiladi: Du schreibst richtig? - Sen to'g'ri yozyapsanmi. 4. Ritorik so'roq gaplar (die rhetorischen Fragesatze) nutqqa emot- sional ta’sirchanlik berish, uni hayajonli etish uchun stilistik vosita bo'lib xizmat qiladi. Ritorik so'roq gaplardagi so'roq ichida uning javobi, so'roq mazmunidan esa tasdiq anglashilib turadi: Wer liebt das Kind nicht? (Eigentlich lieben das Kind alle) - Kim bolani sevmaydi? (Shubhasiz bolani hamma sevadi) jJe.mis tili grammatikasidan universal qollanma Download 64.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling